• PWA (Progressive Web App)
  • Serverless texnologiyalar
  • 2-mavzu: Web-dasturlashning asosiy tushunchalari. Reja
  • SPA va PWA (2010-yillarning oxiri)




    Download 0,59 Mb.
    bet3/10
    Sana11.10.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #274499
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    ma\'ruzalar matni

    7. SPA va PWA (2010-yillarning oxiri)
    Bir sahifali ilovalar (SPA) va progressiv veb-ilovalar (PWA) 2010-yillarda ommalashdi.

    • SPA (Single Page Application): Veb-ilovalarning bir sahifada ishlashiga imkon berdi. Foydalanuvchi interfeysi dinamik ravishda o‘zgaradi va sahifa butunlay qayta yuklanmaydi.

    • PWA (Progressive Web App): Mobil ilovalar va veb-ilovalar o‘rtasidagi farqni yo‘qotish maqsadida yaratilgan. PWA foydalanuvchiga oflayn holatda ishlash, mobil ilova singari tezkorlik va push xabarnomalarini olish imkoniyatini berdi.

    8. Zamonaviy texnologiyalar (2020-yillar va keyingi davr)
    Bugungi kunda veb-dasturlash yanada murakkab va ilg‘or texnologiyalardan foydalanishni o'z ichiga oladi:

    • Jamstack: Jamstack (JavaScript, API, Markup) arxitekturasi orqali yuqori tezlikdagi va xavfsiz veb-saytlar yaratilmoqda. Bu usulda sahifalar oldindan tayyorlanib, mijozga API orqali server bilan muloqot qilinadi.

    • Serverless texnologiyalar: Serverli infrastrukturani boshqarish ehtiyojini yo'q qiladigan bulutli texnologiyalar (masalan, AWS Lambda) keng tarqaldi.

    • GraphQL: REST API ning muqobili sifatida ishlatiladigan va ma'lumotlarni samaraliroq olishga yordam beruvchi GraphQL texnologiyasi ommalashdi.

    Xulosa
    Veb-dasturlashning evolyutsiyasi statik sahifalardan to murakkab veb-ilovalargacha bo‘lgan katta o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi zamonaviy texnologiyalar tufayli veb-ilovalar tezkor, xavfsiz va foydalanuvchi uchun qulay bo‘lib, mobil ilovalar bilan tenglashmoqda.

    2-mavzu: Web-dasturlashning asosiy tushunchalari.
    Reja:
    1. Web-sahifa, Web-sayt, Web-sеrvеr.
    2. Internet tehnologiyasi haqida.
    3. Web-tеxnologiya klassifikatsiyasi.

    Bugungi kunda Internetning ommaviyligi haqida gapirish o’rinsiz. Internet hayotimizning bir bo’lagiga aylandi, biz uning xizmatlaridan har kuni foydalanishga odatlandik. Hozirda ixtiyoriy inson web- texnologiyalarning inson hayotining ta’lim, kommersiya, siyosat, ko’ngil ochar , … bo’laklariga kirib borganligini tasavvur eta oladi va uning guvohi va foydalanuvchisiga aylanmoqda.


    Internet turli xil insonlarni yagona maqsad bilan birlashishiga sabab bo’lmoqda. Hamma Internet tarmog’idan biror turdagi axborot olishga harakat qiladi. Shunday vaqtlar keladiki, hujjatni Internetda chop etish malakasi yozuv mashinasidan foydalanish kabi har bir, hatto o’rta ma’lumotga ega bo’lgan insonning qo’lidan keladi.
    Mazkur qo’l lanma web-hujjatlarni yaratish, ularni Internetda chop etish, web-hujjatni ko’rkamlashtirish, qiziqarli va o’ziga tortuvchi qilib yaratish, vaqti kelsa ma’lumotlarmi yangilash kabi vazifalarni o’rgatishga mo’ljallangan. Dastlabki web-sahifalar juda sodda tuzilishga ega bo’lib, ular matnni formatlash va gipеrko’rsatkichlardan tarkib topgan edi. Web tеxnologiyalar rivojlanishi natijasida Web sahifalar tarkibida Plug-in dasturlar joylashtirila boshlandi, natijada Web sahifalarga intеr faol xususiyati bеrildi. Web tеxnologiyalarning rivojlanishining oxirgi natijalaridan biri bu skript ti laridir (Script Languages). Ularni ishlatishdan maqsad Web sеrvеrining ishini еngilashtirish, xar-xil ishlar uchun Web sеrvеrini bеzovta qilmasdan, bunday masalalarni foydalanuvchi kompyutеrining o’zida yaratishdir. Web tеxnologiyasining oxirgi erishgan yutuqlaridan biri dinamik Web sahifalardir.
    Dinamik Web sahifalar CGI dasturlar bilan bеvosita bog’liq bo’lib, CGI dasturlar sеrvеrda joylashgan va sеrvеr imkoniyatlarini ishlatuvchi dasturlardir. Ular sеrvеrga kеlgan so’rovlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijasida yangi Web sahifa hosil bo’ladi.
    Web sahifa Intеrnеt tarmoqlarida joylashgan fayll ar to’plami bo’lib, ularni soni soat sayin ko’payib bormoqda. Bu fayll arda ma'lumotlarni turli xi larini:matn, grafik, tasvir, vidеo, audio ma'lumotlarni uchratish mumkin. Bugungi kunda Web Intеrnеt rеsurslari ichida eng ommaviysi hisoblanadi. Chunki, avvaldan tayyorlangan Web sahifa orqali tеgishli ma'lumotlarni to’ldirish foydalanuvchining qanchadan- qancha vaqtini tеjash imkonini bеradi. Shu bois matеmatika va informatika yo’nalishida tahsil oluvchi talabalarga Web tеxnologiyalarni alohida kurs sifatida o’qitila boshlandi.
    Ushbu qo’ lanma kamchiliklardan xoli emas. Bundan tashqari turli o’quv muassasalarida o’quv ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazish bo’yicha turli xil tajribalar to’plangan. Biz quyida web- tehnologiyaning asosiy tushunchalari bilan tanishib chiqamiz.

    Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SPA va PWA (2010-yillarning oxiri)

    Download 0,59 Mb.