6-mavzu: Teglarni qo'llash va matn parametrlarini o'zgartirish.
Reja:
1.
HTML hujjatining kodida biz hamisha biror bir bezak ob'ektlarining o’lchamlarini yoki ularning ranglari xususiyatlarini ko’rsatishimizga to’g’ri keladi.
HTML tilida rang va o’lchov birliklarini qo’llashning standart qoidasi mavjud.
Rang berishning ikkita usuli mavjud. Ko’p qo’llaniladigan usul kerak rangning RGB kodini ko’rsatishdir. Ma'lumki har qanday rangni uchta asosiy: qizil, yashil va ko’k ranglarning qorishmasidan hosil qilish mumkin. Brauzerlar bizga un olti milliondan ortiq rangni tasvirlash imkonyatini beradi, chunki asosiy 3 ta rangdan har birining qiymati 0 dan 255 gacha qiymat qabul qiladi. Ixtiyoriy rang har biri asosiy ranglarning ulushini ifodalovchi 3 ta son majmuasidan iborat bo’ladi. HTML tilida rang qulaylik uchun 16 lik sistemadagi 6 ta raqamlardan tashkil topadi va ularning oldiga “reshotka” “#” belgisi quyiladi.
Masalan: Color = “#FF0000” Qizil rang ekanligini bildiradi
Rang ulushlarini ko’rsatib turuvchi raqamlar tartibiga e'tibor berish kerak. Chunki birinchi qizil, ikkinchi yashil va uchinchi ko’k rang ulushlari joylashadi. Biz yuqoridagi misolda qizil rangni tasvirladik. Rang o’rnatishning muqobil varianti ham mavjud. Quyidagi jadvalda eng ko’p ishlatiladigan 16 ta rang uchun o’rnatilgan qiymatlar ko’rsatilgan: