|
Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti
|
bet | 17/20 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 279,5 Kb. | | #139558 |
Bog'liq Tohir achildiyevdanQismlar nomi
|
Unsurlarning umumiy hajmiga nisbatan maydonning solishtirma og‘irligi % (Pi/Pk) 100
|
Unsur qismining jismoniy eskirishi, (%) Fi
|
Jismoniy eskirgan qismining o‘rtacha o‘lchami qiymatini aniqlash, (%)
|
Unsurning umumiy jismoniy eskirishida qismning jismoniy eskirish hissasi (%)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Quvurlar
Sim
|
80
20
|
45
35
|
(80/100)*45
(20/100)*15
|
36
7
|
|
100%
|
|
|
Fk=43
| Jismoniy eskirishni 5% gacha yaxlitlab, muhandislik tizimlarini jismoniy eskirishi -45%ga teng.
Binoning jismoniy eskirishini aniqlash.
Jadval 9.
№
|
Bino unsurlari-ning nomi
|
Kattalashtiril-gan konstruk-tiv unsurning solishtirma og‘irliklari, %
|
Mazkur to‘plamning 2 ilovasidagi jadvalga ko‘ra unsurlarning solishtirma og‘irligi, %
|
Unsurlar-ning hisobiy solishtir-ma og‘irligi, Li 100%
|
Bino unsurlarining jismoniy eskirishi, %
|
Unsurlar-ning natijasi bo‘yicha Fk, %
|
Jismoniy eskirishning o‘rtacha o‘lcham qiymati Fk* Li/100
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
1
2
3
4
5
6
7
8
|
Poydevor
Devorlar
Pardevorlar
Tom yopma
Pollar
Deraza
Eshiklar
Muhandislik tizimlari
|
4
43
7
11
6
18
|
-
86
14
75
-
48
52
-
|
4
37
6
7
11
2,88
3,12
15
|
36
32
27
26
33
38
23
43
|
1,44
11,84
1,62
1,82
3,63
1,1
0,71
6,45
|
|
|
100
|
|
100
|
|
28,61
|
Olingan natijani 1% gacha yiriklaymiz, binoning jismoniy eskirishi-29% ga teng.
Nuqsonlarni bartaraf etish choralari.
Bino konstruksiyalarini grunt va yog‘ingarchilik suvlarining ta’siridan himoya qilish juda muhim. Ayrim o‘qlar bo‘yicha er sathi tushirilib, otmostka qilish lozim.
Devorlarda darz va o‘yiqlarni yamash, ko‘chgan g‘ishtlarni tiklash, sirtini tozalash, namlanganlikni va uning natijasida yuzaga kelgan dog‘larni bartaraf etish choralarni ko‘rish kerak. G‘isht devorlarini quritishda gidroizolyasiyani joylashishi yoki quyilishiga quritish ishlari bog‘liq. Quritish ishlari qaysi joyda namlik aniqlanishi va ish hajmini belgilashga bog‘liq. Devorda gidroizolyasiyani borligini va sifatini aniqlash uchun elektr o‘lchov usullari tavsiya etilishi mumkin.
Pardevorlarning shift bilan tutash qismlarida yuzaga kelgan darzlarni yamash, chakka o‘tishi natijasida yuzaga kelgan dog‘larni tozalash lozim. Binoda bir marta namlanish asosan tomdan suv o‘tib ketishi natijasida bo‘lgan va chetlashtirish ishlarini tabiiy yo‘l bilan yoki isitish va ventilyasiya yordamida amalga oshirish mumkin. Jarayonni tezlashtirish uchun issiq olovli va elektr qurilmalardan hamda xlorli kalsiy yordamidan foydalanish mumkin. Qurish muddati atrof muxit temperaturasiga ham bog‘liq. Agar namlik doimiy bo‘lsa (misol uchun grunt suvlari ta’sirida) na isitish ishlari, na boshqacha quritish ishlari yaxshi natija bera olmaydi. CHunki namlanish bunday hollarda konstruksiyani doimiy namlanishdan saqlash kerak va namlanish kelayotgan joyni bartaraf etish kerak. SHu bois darxol bu salbiy vaziyatni bartarafetish lozim. Keyinchalik quritish ishlari olib borish mumkin bo‘ladi. Buning uchun tabiiy quritish usulidan xam foydalanish mumkin.
Devorlarni namlikdan himoya qilish usullarini 4ta guruhga bo‘lish mumkin:
1. a) namlikni konstruksiyaga o‘tish yo‘llarida to‘siq hosil qilish, ularga quyidagilar kiradi: suv o‘tkazmaydigan to‘siq; unda loydan yoki elektrosilikat, bitum yoki petrolatum qo‘yiladi.
b) binoning atrofida yoki suv oqimi tomonidan drenaj o‘rnatish.
v) suv o‘tmaydigan ekran hosil qilish konstruksiyani yuzasidan ko‘proq bitumdan yoki rulon ximplyonkalar yordamida qilinadi.
g) konstruksiyalarda isitish suvoq qatlamini qalinroq qilish.
2. Konstruksiyalarda gidroizolyasiya qatlamini tiklash usullari, buning uchun binoning sokolida paz o‘yilib unga gidroizolyasiya qatlami o‘rnatiladi.
3. Elektroosmos usuli.
4. Suv o‘tkazmaydigan zonalarni tashkil qilib va shu joylarga ximiyoviy moddalarni kiritish usullari.
Konstruksiyalarni namlikdan himoya qilish usullarini ob’ekt joylashgan sharoitga qarab tanlanadi.
Tom konstruksiyalarda mahkamlovchi qismlarini, stropila oyoqlarini, o‘yiqlarni mustahkamlash, unsurlarni to‘g‘rilash kerak.
Tom yopmasida zanglagan tunukalarni zangdan tozalash va bo‘yoqlash, ochilgan tirqishlarni berkitish yoki shu bo‘laklarni almashtirish, siljib qolgan shiferlarni mahkamlash, singan qismlarini yangisiga almashtirish, devor tarnovlarini tozalash va mustahkamlash, tirqishlarni berkitish yoki shu bo‘laklarni almashtirish choralarini zudlik bilan ko‘rish lozim.
Zinalardagi kichik-kichik darzlarni yamash, ko‘chib ketgan marmar plitkalarini yopishtirish, tutqichlarni mustahkamlash kerak.
Pol konstruksiyasidagi taxtalarni ko‘chgan qismini mustahkamlash, ayrimjoylarini almashtirish va tozalash, lok bilan bo‘yash lozim. Linoleum pollarning surilgan qismlarini birlashtirib mahkamlash, plintuslarni mustahkamlash, yirtilgan qismini yangi ashyoga almashtirish lozim. Sopol koshinlarni ko‘chgan qismini sement-qumli qorishma bilan yopishtirish, qolgan qismlarni yuvib tozalash kerak.
Eshik-romlarning shishgan, kesakisiga tegib qolayotgan joylarini randalash, qism (oshiq-moshiq, tutqich, qulf, shpingalet)larini tiklash, mahkamlash, ayrimlarini almashtirish, singan ko‘zlarga oyna solish lozim.
Joylarda devor bilan tarmashuv yo‘qolgan va tushib ketgan suvoqlarni ko‘chirish, devorlarni tayyorlash va qayta suvash lozim.
Gulqog‘oz bilan pardozlangan devorlardagi yirtilgan va namlanish natijasida chiroyini yo‘qotgan gulqog‘ozlarni yangisiga almashtirish, ko‘chgan qismlarni elimlash kerak. Ayrim xona devorlardagi dog‘larni tozalab vodoemulsiya bilan pardozlash, shift va devorlardagi dog‘larni tozalash, yuvib ko‘chirish, qaytadan pardozlash choralari ko‘rilishi lozim.
Quvur o‘tkazgichlarni zanglagan qismlarini zangdan tozalash va bo‘yoqlash, ulangan qismlaridagi hosil bo‘lgan tirqishlarni berkitish yoki quvurni almashtirish, oqova quvurlarini ulangan qismlarini tuzatish, muhandislik jihozlari, isitish asboblarini ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish kerak.
Etarlicha yoritilmayotgan xonalarda nosoz yoritgich qurilmalarini talab darajasida ta’mirlsh va tashkil etish, elektr asboblarini tuzatish, yaroqsizlarini yangisiga almashtirish lozim.
|
| |