Nuqsonlarni bartaraf qilish ishlarining tahliliy tarkibi




Download 279,5 Kb.
bet18/20
Sana17.01.2024
Hajmi279,5 Kb.
#139558
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Tohir achildiyevdan

Nuqsonlarni bartaraf qilish ishlarining tahliliy tarkibi.

  1. Poydevorlar - kemtiklarni, darzlarni yamash, mustahkamlash, sokol qismi pardozlarini tiklash, gorizontal himoyani ta’mirlash.

  2. Devorlar – darzlarni va o‘nqir-cho‘nqirlarni yamash, suvoqlar ta’miri yoki tirqishlarni yopish, fasadni tozalash. Devorlar, karnizlar, ravoqlarning zararlangan qismlarini ta’mirlash.

  3. Pardevorlar – darzlarini va chuqurlarni yamash. Sirtlarini tozalash va darzlarni pardozlash.

  4. Tom – eshitish tuynuklari detallarini, mustahkamlovchilarini ta’mirlash, mauerlatni almashtirish va stropila oyoqlarini mustahkamlash, konstruksiyani to‘g‘rilash, o‘yiqlarni mustahkamlash.

  5. Tom yopmalari joylarda tunuka listlarini almashtirish, mustahkamlash. Tom cho‘qqi plitalarini almashtirish, yamoqlarni qo‘yish va zararlangan joylarda teshiklarni yamash, klyamer bilan mustahkamlash. Tarnovlarning zararlangan detallarini almashtirib ta’mirlash.

  6. Pollar:

a) elimlab preslangan taxtali – ayrim qismlarda tekislash, plintusni mustahkamlash, ulamlarni almashtirish va tirqishlarni o‘rni bilan yamash. Polni tekislash, o‘rni bilan 10% gacha pol maydonida taxtani qayta yotqizish.
b) sopol koshinli – ayrim koshinlarni almashtirish, yopmani o‘rni bilan yangi koshinlarni qisman almashtirish.
v) linoleumli – materiallarni elimlash, siyqalangan o‘rinlarni yamash va 20% gacha yangi ashyo ishlatib plintuslarni ta’mirlash.
7. Eshik – qo‘shilmalarni randalab zichlash, qo‘shimcha qo‘shilmalarni o‘rnatish.
8. Deraza – tabaqalarini ta’mirlash, bog‘langan o‘rnilarni taglik qo‘yib mustahkamlash. 30% gacha yangi material qo‘shib oyna solish.
9. Suvoq – joylarda 1-2m gacha suvoqlarni, 5% gacha maydonda ta’mirlash.
10. Gulqog‘oz yopishtirish – devorlarni asosini tayyorlash bilan gulqog‘oz yopishtirish.
11. Oqova – asboblar tutash joylarni tuzatish va cho‘yan o‘tkazuvchi quvurlarni o‘rni bilan ta’mirlash, xlorlangan (PXV) o‘tkazuvchi quvurlarni qisman almashtirish; ayrim asboblarni almashtirish.
12. Elektr jihozlari – etmaydigan asboblarni o‘rnatish, asboblarni mahkamlash, shkaflarni ta’mirlash. Tarmoqlar va asboblarning ayrim qismlarini almashtirish.
13. Markaziy isitish tizimi – yopg‘ich armaturalarni qisman, ayrim isitish asboblarini almashtirish va magistrallarning ayrim qismlarini issiqlik himoyasini tiklash va sozlash.
14. Issiq va sovuq suv ta’minoti – qisman jo‘mraklarni va yopqich armaturalarni almashtirish, o‘tkazuvchi quvurlarning ayrim qismlarini ta’mirlash, almashtirish va bo‘yoqlarini tiklash. Issiqlik himoyasini tiklash.



Download 279,5 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 279,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nuqsonlarni bartaraf qilish ishlarining tahliliy tarkibi

Download 279,5 Kb.