Umumiy ma’lumotlar (QMQ 2.01.16-97)




Download 279,5 Kb.
bet3/20
Sana17.01.2024
Hajmi279,5 Kb.
#139558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Tohir achildiyevdan

Umumiy ma’lumotlar (QMQ 2.01.16-97).

Konstruksiyalarning, unsurlarning, muhandislik jihozlari tizimining (bundan keyin tizimlar) va butunlay binolarning jismoniy eskirishi, tabiiy-iqlimiy omillar va inson hayot faoliyati natijasida ularning dastlabki texnik-ekspluatatsiyaviy sifatlarini (mustahkamligini, barqarorligini, ishonchliligini, estetik ko‘rinishini va boshqalarni) yo‘qotishlari qabul qilinishi lozim.


Baholash vaqtidagi jismoniy eskirish-konstruksiyalarning, unsurlarning, tizimlarning yoki butunlay binolarning shikastlanishini yo‘qotishga ketadigan tadbirlarning xolisona bahosini, ularning qayta tiklash bahosiga nisbati bilan ifodalanadi.
Alohida konstruksiyalarning, unsurlarning,tizimlarning yoki ularning qismlarini jismoniy eskirishi QMQ 2.01.16-97ning 1-72 jadvallarida keltirilgan qiymatlar asosida kuzatish va asboblar bilan tekshirishni solishtirish yo‘li bilan baholanishi lozim.
Eslatma:
1. Agar konstruksiya, unsur, tizim yoki ularning qismi eskirishning muayyan oralig‘idagi qiymatlariga mos keluvchi barcha belgilarga ega bo‘lsa, u holda jismoniy eskirish intervalining yuqori chegarasiga teng deb qabul qilinishi lozim.
2. Agar konstruksiyada tizimda yoki ularning qismida bir necha eskirish belgilaridan faqat biri bo‘lsa, u holda jismoniy eskirish intervalining quyi chegarasiga teng deb qabul qilinishi lozim.
3. Agar jadvalda jismoniy eskirishning interval qiymati faqat bitta belgiga mos kelsa, konstruksiya, unsur, tizim yoki uning qismining jismoniy eskirishini interpolyasiya bo‘yicha, mavjud zararlanish o‘lchami yoki tavsifidan kelib chiqib qabul qilish lozim.
4. Jismoniy eskirishni bartaraf etish bo‘yicha 1-72 jadvallarda keltirilgan ishlar tarkibiga mazkur konstruksiyalarning, unsurlarning, tizimlarning yoki uning qismini ta’mirlash ishlariga taaluqli bo‘lgan, bir vaqtda bajariladigan qo‘shimcha ishlar va pardoz ishlari kiritilmagan.
Konstruksiyalarning, unsurlarning, tizimlarning va ularning turli darajada eskirishga ega bo‘lgan qismlarining jismoniy eskirishini quyidagi formula bo‘yicha aniqlash lozim:
bu erda:
Fk-konstruksiya, unsur, tizimlarning jismoniy eskirishi, %;
Fi-l-72 jadvallar bo‘yicha aniqlangan konstruksiya, unsur yoki tizim qismlarining jismoniy eskirishi, %;
Pi- shikastlangan qismning o‘lchamlari (maydon yoki uzunlik), m2 yoki m;
Pk- butun konstruksiya o‘lchamlari, m2 yoki m;
n- shikastlangan qismlar soni.
Binoning jismoniy eskirishini quyidagi formula bilan aniqlash lozim:

bu erda:
Fz- binoning jismoniy eskirishi, %;
Fki- alohida konstruksiya, unsur yoki tizimning jismoniy eskirishi;
li-alohida konstruksiya, unsur yoki tizimning tiklanish narxini umumiy tiklanish narxidagi tegishli ulush koeffitsienti;
n- binodagi alohida konstruksiyalar, unsurlar yoki tizimlar soni.
Alohida konstruksiya, unsur yoki tizimning tiklanish narxi binoning umumiy tiklanish narxidagi ulushini (% larda) belgilangan tartibda tasdiqlangan turar joy binolarning tiklanish narxining yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlarlari bo‘yicha, tasdiqlangan ko‘rsatgichlarga ega bo‘lmagan konstruksiyalar, unsurlar, tizimlar uchun esa ularning smeta narxlari bo‘yicha qabul qilinadi.
Binoning yiriklashtirilgan konstruktiv unsurlarning tiklash narxining o‘rtacha ulushi QMQ 2.01.16-97ning 2 tavsiyanoma ilovada keltirilgan.
Jismoniy eskirishning qiymatini:konstruksiya, unsur, tizimlarning ayrim qismlari uchun – 10% gacha; konstruksiya, unsur va tizimlar uchun – 5% gacha; butun bino uchun – 1% gacha yaxlitlash lozim.
Qatlamli konstruksiyalar devor va yopmalar jismoniy eskirishini baholash uchun qo‘sh tizimni qo‘llash lozim: texnik holati bo‘yicha (QMQ 2.01.16-97ning 14, 40 jadvallar), konstruksiyaning xizmat muddati bo‘yicha.
Qatlamli konstruksiyalarning jismoniy eskirishini xizmat muddatiga ko‘ra quyidagi formula bo‘yicha aniqlash lozim:

bu erda:
Fs- qatlamli konstruksiyaning jismoniy eskirishi, %;
Fi- QMQ 2.01.16-97ning 1va 2 chizmalar bo‘yicha mazkur qatlamli konstruksiyaning ekspluatatsiya muddatiga ko‘ra aniqlanadigan qatlam materialining jismoniy eskirishi, % da;
Ki- qatlam materiali narxining butun konstruksiya narxiga nisbati sifatida aniqlanadigan koeffitsient (QMQ 2.01.16-97ning 3 tavsiyaviy ilovaga qarang);
n- qatlamlar soni.
Butun binoning ichki muhandislik jihozlari tizimini jismoniy eskirishi QMQ 2.01.16-97ning 64-72 jadvallar bo‘yicha, bu tizimni tashkil etuvchi unsurlarning texnik holatini baholash asosida aniqlanishi lozim.
Agar eksplutatsiya jarayonida tizimning ayrim unsurlari yangisi bilan almashtirilgan bo‘lsa, tizimning jismoniy eskirishini QMQ 2.01.16-97ning 3-7 rasmlarda keltirilgan jadval bo‘yicha ayrim unsurlarning ekspluatatsiya muddati asosida, hisoblash yo‘li bilan oydinlashtirish lozim. Uzil-kesil baholash uchun qiymatlarning kattarog‘ini olish lozim.
Tizimning jismoniy eskirishi unsurlarning o‘rta hisobdagi eskirish qiymati sifatida aniqlanishi kerak.
Gaz va lift jihozlarining jismoniy eskirishi maxsus me’yoriy xujjatlarga ko‘ra aniqlanishi kerak.
Mazkur qoidalarda ko‘rsatilmagan konstruksiya, unsur va tizimlarning jismoniy eskirishini baholashda shunga yaqin muqobil ma’lumotlardan (QMQ 2.01.16-97ning 1-78 jadvallar) yoki tegishli davlat me’yoriy xujjatlaridan foydalanish lozim.
Kuchli zilzila (7,8,9 va undan ko‘proq balli) ta’sirida ishlaydigan yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning jismoniy eskirishini maxsus uslubiy va me’yoriy xujjatlarga ko‘ra aniqlanishi lozim.



Download 279,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 279,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumiy ma’lumotlar (QMQ 2.01.16-97)

Download 279,5 Kb.