Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti




Download 279,5 Kb.
bet8/20
Sana17.01.2024
Hajmi279,5 Kb.
#139558
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
Tohir achildiyevdan

Jismoniy emirilish – bino qurilishi davrida ishlatilgan materiallarning sifati pastligi natijasida ekspluatatsiya xususiyatlari va narxi pasayishiga aytiladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, me’yoriy ekspluatatsiya sharoitida ko‘pchilik konstruksiyalar o‘zlarining me’yoriy xizmat muddatidafizik-mexanik xossalarini tugatmaydilar. Binoni kuzatuv davrida tabiiy va texnolgik ta’sirlar natijasida bino devorlarida, ayrim ochiq bo‘lmagan darzlar, namlanishlar, o‘yiqlar va dog‘lar paydo bo‘lgan. Fasadlarda g‘isht qirralarining ko‘chganligi, edirilib ketganligini kuzatish mumkin.
Pardevorlar bilan shiftlar kesishgan qismlarning ayrim joylarida kichik-kichik darzlar uchrashi va chakka o‘tishi natijasida namlanishning salbiy ta’sirlaridan darak beradi.
Ekspluatatsiya vaqtida zinapoyalarda, pog‘onalarda ayrim kichik darzlar, marmar qoplamalarning ko‘chganligi, tutqichlarning ayrim zararlanishi yuzaga kelgan.
Tom konstruksiyalari qoniqarli darajada bo‘lib, faqatgina mahkamlovchi qismlari zaiflashgan. Stropila oyoqlari oxirining zararlanishi va birikmalarning zaiflashuvi kuzatildi.
Tom yopma konstruksiyalarida tunukaning yuzasida zanglash, tirqishlar ochilganligi, devor tarnovlarining zararlanishi, ayrim joylarda tirqishlar paydo bo‘lib suv sizishlari kuzatildi.
Pol konstruksiyasida elimlab preslangan taxta pollarning ayrimlari asosdan ajralib qolishi, jaroxatlanishi, tirqish paydo bo‘lishigacha etib kelgan. Xarakat bo‘ladigan qismlarda edirilish, 0,5 m2 maydonda 20% gacha o‘yiqlar hosil bo‘lgan. Linoleum pollarning yirtilib ketganligi, surilib do‘ngliklar paydo bo‘lganligini kuzatish mumkin. Sopol koshinli pollarning qismlarida koshinlar ko‘chib ketgan.
Bino konstruksiyalariga atmosfera va havo namligi ta’siri ularning xususiyatlarini buzilishiga, emirilishiga olib kelgan.
Qurilish konstruksiyalarida eng ko‘p namlik ta’siriga uchragan eshik, rom konstruksiyalari va biriktirilgan joylaridir. Shu jumladan, binoda rom tabaqalarining tob tashlaganligi, ostki taxtalarining chirishi, tabaqalarning osilib qolishi, eshik tabaqalari edirilishi va osilib qolishi, ayrim ko‘zlarida oynalarning singanligi kuzatildi.
Ayrim muxanidslik jihozlari va tizimlaridagi vaqt o‘tishi natijasida hosil bo‘lgan tirqishlardan tomchilayotgan suv tomchilari o‘zi ustiga tushgan bino konstruksiyalarining va unsurlarining namlanishi va o‘z xususiyatlarini yo‘qolishiga olib kelgan.
Muhandislik jihozlari joylashgan xonalarda suv jo‘mraklarining talab darajasida xizmat qilmayotgan hollari uchraydi.
Ba’zi bir xonalarda yoritgich qurilmalarining nosozligi, ishdan chiqqanligi, elektr jihozlarining (tok suqgich, kalitlar) yaroqsiz holga kelganligi kuzatildi.

Download 279,5 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Download 279,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti

Download 279,5 Kb.