Binoning jismoniy eskirishini aniqlash




Download 279,5 Kb.
bet9/20
Sana17.01.2024
Hajmi279,5 Kb.
#139558
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Tohir achildiyevdan

Binoning jismoniy eskirishini aniqlash.

Ayrim konstruksiyalar, elementlar vamuhandislik uskunalarining jismoniy eskirishini baholashda vizual va asboblar yordamida aniqlangan natijalarni QMQ da keltirilgan me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan solishtirish orqali erishiladi. Konstruksiyalar, uskunalar, muhandislik jihozlari tizimi va butunlay binolarning jismoniy eskirishi, tabiiy –iqlimiy omillar va inson hayot faoliyati natijasida ularning dastlabki texnik ekspluatatsiyaviy sifatlarini (mustahkamligi, barqarorligi, ishonchliligi, estetik ko‘rinishi va boshqalar) yo‘qotishlari qabul qilinishi lozim.


Konstruksiyalarning, unsurlarning, tizimlarning va ularning turli darajada eskirishiga ega bo‘lgan qismlarining jismoniy eskirishini quyidagi formula bo‘yicha aniqlash lozim:
bu erda:
Fkkonstruksiya, unsur yoki tizimlarning jismoniy eskirishi, %
Fi – QMQ jadvallari bo‘yicha aniqlangan konstruksiya, unsur yoki tizim qismlarining jismoniy eskirishi, %
Pi–shikastlangan qismning o‘lchamlari (maydon yoki uzunlik), m2 yoki m;
Pk- butun konstruksiya o‘lchamlari, m2 yoki m;
n –shikastlangan qismlar soni;
Binoning jismoniy eskirishini quyidagi formula bilan aniqlash lozim:

bu erda:
F3– binoning jismoniy eskirishi, %,
Fkialohida konstruksiya, unsur yoki tizimning jismoniy eskirishi;
Li– alohida konstruksiya, unsur yoki tizimning tiklanish narxini umumiy tiklanish narxidagi tegishli ulush koeffitsienti;
n-binodagi alohida konstruksiyalar, unsurlar yoki tizimlar soni.
Alohida konstruksiya, unsur yoki tizimning tiklanish narxi binoning umumiy tiklanish narxidagi ulushini (% larda) belgilangan tartibda turar joy binolarning tiklanish narxining yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlari bo‘yicha qabul qilinadi.
Jismoniy eskirishining qiymatini konstruksiya, unsur yoki tizimlarning ayrim qismlari uchun – 10% gacha; konstruksiya, unsur yoki tizimlar uchun – 5% gacha; butun bino uchun – 1% gacha yaxlitlash lozim.

Download 279,5 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Download 279,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Binoning jismoniy eskirishini aniqlash

Download 279,5 Kb.