• 6-mavzu. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli. Avtomatlashtirilgan axborot
  • Mavzu rejasi
  • Tayanch so’z va iboralar
  • Samarqand davlat arxitektura-qurilish




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/117
    Sana19.05.2024
    Hajmi0,97 Mb.
    #244133
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   117
    Bog'liq
    ok

    Nazorat savollari
    1. Tashkilotni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi nima maqsadldarda tashkil
    etiladi?
    2. AATning konseptual modeli nima vazifani bajaradi?
    3. Axborot tizimining funksional modelini qanday tassavvur etish mumkin?
    4. Axborot muhiti deganda nimani tushunasiz?


    5. An’anaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi ikki an’anaviy segment
    ma’lumot va matndan tashqari, yana qo’shimcha segmentlarni qayta ishlashni ta’minlaydi?
    6. Kim axborot manbasiga muhtojdir?
    6-mavzu. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli. Avtomatlashtirilgan axborot
    tizimlaring tasnifi - darajasiga ko'ra avtomatlashtirish. Boshqaruv jarayoni ko'rinishiga ko'ra
    qo'llanish sohalari bo'yicha avtomatlashtirish yo'llari (2 soat).
    Mavzu rejasi:
    6.1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli.
    6.2. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlaring tasnifi - darajasiga ko'ra avtomatlashtirish.
    6.3. Boshqaruv jarayoni ko'rinishiga ko'ra qo'llanish sohalari bo'yicha avtomatlashtirish yo'llari.
    Tayanch so’z va iboralar:
    avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, AAT larining hayotiylik
    sikli, AAT larining tasnifi, qo'llanish sohalari bo'yicha avtomatlashtirish yo'llari.
    6.1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli
    Avtomalashtirilgan axborot tizimlarining hayotiy sikli
    Avtomatlashtirilgan axborot
    tizimini yaratish, rivojlantirish mohiyati vaqtga nisbatan «hayotiy sikl» kabi iqtisodiy
    kategoriyani aks ettiradi. Ya’ni, uning yaratilishi to undan foydalanishni to’xtatishgacha bo’lgan
    oraliqdagi hayot siklini anglatadi. AATning hayot siklida quyidagi bosqichlar ajralib turadi:
    1. Loyiha oldi bosqichi(rejalashtirish va talablar tahliliy-tizimli tahlil). Mavjud boshqaruv
    tizimini, birinchi galda axborot tizimlarini tadqiq va tahlil etish, yaratiladigan AATga nisbatan
    qo’yiladigan talablarni belgilash, texnik-iqtisodiy asos (TIA) va texnik vazifalarni AAT ishlab
    chiqishda rasmiylashtirish.
    2. Texnik loyihalashtirish (mantiqiy loyihalashtirish). Ta’riflangan talablarga muvofiq
    avtomatlashtiriladigan funksiyalar tarkibini (funksional arxitektura) va ta’minlovchi kenja tizim
    tarkibini (tizimli arxitektura) ishlab chiqish, AATning texnik loyihasini rasmiylashtirish.
    3. Qo’llanma loyihalashtirish (jismoniy loyihalashtirish). Dasturlarni ishlab chiqish va tizim,
    ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonini ishlab chiqish, xodimlar uchun qo’llanma
    yo’riqnomalarni yaratish, qo’llanma loyihani rasmiylashtirish.
    4. Tadbiq etish (testlash, tajriba ekspluatatsiyasi). AAT kenja tizimlarini kompleks tuzatish,
    xodimni o’qitish, AATni bosqichma-bosqich joriy etish, ekspluatatsiyaga topshirish.
    5. Ekspluatatsiya (kuzatib qo’yish, modernizasiyalashtirish). Kundalik ekspluatatsiya,
    dasturiy va texnik vositalar, shuningdek butun loyihani kuzatib borish, AATning ishi to’g’risida
    statistik ma’lumotlar yig’ish, xato va kamchiliklarni to’g’rilash, AATni modernizasiyalashga
    nisbatan talablarni rasmiylashtirish va uni bajarish.
    Axborot tizimlarining hayotiy sikli interaktiv mazmun kasb etadi: hayotiy siklning amalga
    oshirilgan bosqichlari vaqti-vaqti bilan yangi talablar va tashqi muhitgacha o’zgarishlarga
    muvofiq qaytarilib turiladi. Hayot siklining har bir bosqichi va pallasida navbatdagi qarorlar
    uchun asos sanaluvchi texnik qarorlar va hujjatlar to’plami shakllanadi.

    Download 0,97 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   117




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish