• Uslubiy ta’minot va tashkiliy ta’minot
  • Huquqiy ta’minot
  • Lingivinistik ta’minot
  • Axborot tizimlarining funksional qismi
  • Samarqand davlat arxitektura-qurilish




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/117
    Sana19.05.2024
    Hajmi0,97 Mb.
    #244133
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   117
    Bog'liq
    ok

    Maxsus dasturiy ta’minot.
    Aniq bir dasturiy tizimni yaratishda ishlab chiqilgan dasturlar
    majmuini ifoda qiladi. Uning tarkibiga turli darajada ishlab chiqilgan modellar, ma’lum bir
    obyektning ishlashini aks ettiruvchi amaliy dasturlar paketi kiradi.
    Uslubiy ta’minot va tashkiliy ta’minot
    – axborot tizimlarini ishga tushirish va ishlatish
    jarayonida axborot tizimi xodimlarining texnik vositalar bilan va o’zaro ta’sirini belgilovchi
    metodlar, vositalar va hujjatlar majmuidir.
    Ergonomik ta’minot
    (sharoit) – ish joylariga, axborot modellariga, xodimning ish faoliyatiga
    nisbatan turli ergonomik talablardan iborat hujjatlar, ularni amalga oshirish usullari to’plamidir.
    Maqsad – xodim ishining yuqori samaradorligini ta’minlash.
    Huquqiy ta’minot
    – axborot tizimlarining huquqiy maqomi va uni ishga tushirishni
    belgilovchi huquqiy me’yorlar majmuidir. Axborotlarni olish qayta o’zgartirish va foydalanish
    tartibi belgilab qo’yiladi. Huquqiy ta’minotning asosiy maqsadi qonunchilikni mustahkamlash
    sanaladi. Huquqiy ta’minot tarkibiga qonunlar, farmoyish, hukumat organlari qarorlari,
    buyruqlari, yo’riqnomalari va vazirliklar, idoralar, mahalliy hukumat organlarining boshqa
    me’yoriy hujjatlari kiradi.
    Lingivinistik ta’minot
    – axborot tizimlari xodimlari va texnik, dasturiy va axborot ta’minoti
    xodimlarining muloqot tili majmui (til vositasi), shuningdek, axborot tizimlarida foydala-
    niladigan atamalar majmui kiradi.
    Psixologik ta’minot
    – joriy qilinayotgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini foyda-
    lanuvchilar psixologik jihatdan qabul qilishi va unga asta-sekinlik bilan qo’nikishi hisoblanadi.

    Axborot tizimlarining funksional qismi
    axborot tizimlarining vazifa va topshiriqlari
    bajarilishini ta’minlaydi. Amalda bu yerda tashkilotni boshqarish tizimining modeli saqlanadi.
    Mazkur tizim doirasida boshqaruv maqsadlarining funksiyalariga funksiyalarning esa axborot
    tizimi kenja tizimiga o’zgarishi ro’y beradi. Kenja tizimlar vazifalarni amalga oshiradi. Ular
    tizimning biror bir belgisiga ko’ra ajratib ko’rsatilgan qismidir. Odatda axborot tizimlarida
    funksional qism funksional belgilariga ko’ra kenja tizimlarga bo’linadi:
    - Boshqaruv darajasi(oliy, o’rta, quyi);
    - Boshqariladigan resurs turi(moddiy, mehnat, moliyaviy va hakazo);
    - Qo’llanish sohasi (bank, jamg’arma bozori va hakazo);
    - Boshqaruv ishi va davri.
    Shuni qayd etish lozimki, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining funksional qismi tarkibi
    va mazmuni ma’lum bir obyektga bog’liq. Axborot tizimlarining ta’minlovchi qismi tarkibi va
    mazmuni turli obyektlar uchun bir xilda bo’ladi.

    Download 0,97 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   117




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish