• Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT)
  • avtomatlashtirilgan tizimning afzalliklari va ularning farqlari




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/117
    Sana19.05.2024
    Hajmi0,97 Mb.
    #244133
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   117
    Bog'liq
    ok

    avtomatlashtirilgan tizimning afzalliklari va ularning farqlari
    Axborot tizimlari boshqaruv xizmatlari xodimlariga axborot xizmat ko’rsatuvchi tizim
    sifatida axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va ishlab chiqish bo’yicha
    texnologik vazifani
    bajaradi. U aniq iqtisodiy obyektda qabul qilingan boshqaruv faoliyatining usullari va tuzilishi
    bilan belgilangan tartibda vujudga keladi, shakllanadi va faoliyat yuritadi.
    Jamiyatni axborotlashtirishning zamonaviy darajasi iqtisodiy obyektlarning turli-tuman
    axborot tizimlarida eng yangi texnik, texnologik, dasturiy vositalardan foydalanishni taqozo
    qiladi.
    Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT)
    – axborotlar, axborotlarni ishlab chiqishda
    qo’llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va modellar hamda boshqaruv qarorlarini qabul
    qilishga mo’ljallangan texnik, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislarning majmuidir.


    AATning tashkil qilinishi iqtisodiy obyektning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda
    ko’maklashadi va boshqaruv sifatini ta’minlaydi. Korxona, firma va barcha sohalarning ish
    rejalarini muvofiqlashtirishda tezkor qarorlarni ishlab chiqish, moddiy va moliyaviy resurslar
    bilan aniq harakat qilish orqali AATning eng katta samaradorligiga erishiladi. Shu bois ham
    AATlarining faoliyat yuritish sharoitlarida boshqaruv jarayonlari obyektning o’ziga xos tarkibiy-
    dinamik xususiyatlarini ko’proq yoki kamroq adekvat aks ettiruvchi iqtisodiy-tashkiliy
    modellarga asoslanadi. Modelning o’xshashligi, eng avvalo uning haqiqiy vaziyatga tahlid
    qiluvchi sharoitlarda xatti-harakati o’xshashligi ma’nosida obyektga mosligini, qo’yilgan vazifa-
    ning ta’riflari va xususiyatlari uchun muhim qismida modellashtirilgan obyektning holatini
    bildiradi. Shubhasiz, modelda obyektning xususiyatlari to’liq qaytarilishi mumkin emas, ammo
    tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun muhim bo’lmagan qismlarini e’tiborga
    olmaslik mumkin. Modellar ehtimoliy va deterministik, vazifaviy va tarkibiyga bo’lingan, o’z
    shaxsiy tasnifiga ega. Modelning bu xususiyatlari axborot tizimlarining xilma-xil turlarini
    vujudga keltiradi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy komponentlari 1-rasmda
    keltirilgan.
    AATni tashkil qilish tajribasi, muvofiqlashtirilgan usullarni iqtisodiy ish faoliyatiga tadbiq
    etish, ishlab chiqarish - xo’jalik jarayonlarining vaziyatlarini shakllantirish, davlat va tijorat
    tuzilmalarini zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash boshqaruvda axborot jarayonlari
    texnologiyasini tubdan o’zgartiradi. Hozirda boshqaruv faoliyatining AAT ko’plab tashkil
    qilinmoqda.

    Download 0,97 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   117




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    avtomatlashtirilgan tizimning afzalliklari va ularning farqlari

    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish