Og’ir KYeM va ularning indiy bilan birikmalarining magnit xossalarini yuqori temperaturalarda o’rganish natijalari




Download 1.78 Mb.
bet11/15
Sana28.07.2021
Hajmi1.78 Mb.
#16191
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1.4. Og’ir KYeM va ularning indiy bilan birikmalarining magnit xossalarini yuqori temperaturalarda o’rganish natijalari.
Toza KYeM va ularning indiy bilan birikmalarining magnit xossalari, ularning magnit tartiblangan holatida, ya’ni 300˚Kdan past temperaturalarda bugungi kunda yetarli darajada o’rganilgan. Bu yo’nalishdagi ishlarga[10-13] ishlarda batafsil sharh berilgan.

Toza og’ir KYeM(OKYeM)ning magnit xossalari 300 Kdan -1500 K yuqori temperaturalar oralig’ida, ularning faqat qattiq holatida[14-17] ishlarda o’rganilgan. Bu ishlarning natijalari bo’yicha toza OKYeMning χ(T) bog’lanishlari chiziqli tabiatga ega bo’lib (1.12) ko’rinishdagi chiziqli Kyuri – Veyss qonuniga bo’sinadi. χ-1(T) tajribaviy bog’lanishlardan topilgan bitta OKYeM atomiga to’g’ri keladigan effektiv magnit momentning (µeff) qiymati, OKYeM 3+ erkin ionining magnit momentiga juda yaqin bo’lib chiqgan. OKYeM uchun χ(T) bog’lanishlar §1.2da qaralgan Van-Flek nazariasi bo’yicha tushuntirilgan.

OKYeM va indiy orasidagi birikmalarning magnit xossalarini, ularning qattiq holati, erish jarayoni va suyuq holatini qamraydigan yuqori temperaturalar oralig’ida (20-1700˚C) birinchi marta [18-22] ishlarda Faradey usuli bilan o’lchangan. Shu ishlarda OKYeM – In (OKYeM=Gd,Tb,Dy,Ho,Er,Tm) sistemalardagi toza OKYeM va ularning indiy bilan hosil qiladigan birikmalarining χ-1(T) bog’lanishlarini o’lchash va ularning muhokamasi bo’yicha [22] ishda olingan natijalar haqida qisqacha to’xtalamiz. Na’munalarning tajribaviy χ-1(T) bog’lanishlar Gd-In,Tb-In,Dy-In,Ho-In,Er-In va Tm-In sistemalari uchun 1.2-1.7 rasmlarda keltirilgan.

Bu rasmlardagi χ-1(T) bog’lanishlarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, Gd-In sistemasidagi na’munalardan boshqa barcha na’munalar uchun bu bog’lanishlar (1.3-.1.7 rasmlar) chiziqli tabiatga ega va ular (1.12) ko’rinishdagi Kyuri-Veyss qonuniga bo’ysinadi. Gd-In sistemasidagi na’munalarning χ(T) bog’lanishlari (1.2-rasm) (1.13) ko’rinishdagi umumlashgan Kyuri-Veyss qonuniga bo’ysinadi.







Download 1.78 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 1.78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Og’ir KYeM va ularning indiy bilan birikmalarining magnit xossalarini yuqori temperaturalarda o’rganish natijalari

Download 1.78 Mb.