|
O‘qitishni tashkil etish shakllari
|
bet | 11/20 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 324,65 Kb. | | #230150 |
Bog'liq Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta (1)O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini taxlili asosida o‘qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, quyilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
An’anaviyta’limdao‘quvmaqsadlaripedagoglarfaoliyatiorqaliifodalanadi. Ularbilimberishgayo‘naltirilganbo‘lib, modullio‘qitishdatalaba-o‘quvchilarfaoliyatiorqaliifodalanadivakasbiyfaoliyatgayo‘naltirilganbo‘ladi.
Modul – fanning o‘zaro bog‘liq fundamental tushunchalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan, didaktik tamoyillar asosida tuzilgan, o‘quv materialining birligidir.
Modulli o‘qitish –o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga juda yaxshi moslashadi.
Modulli o‘qitish, kasbiy ta’limning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama echish imkoniyatiniyaratadi.
- Modul – faoliyatlilik asosida o‘qitish mazmunini optimallash va tizimlash dasturlarini o‘zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta’minlaydi;
- o‘qitishni individuallashtirish;
-amaliy faoliyatga o‘rgatish va kuzatiladigan xarakterlarni baholash darajasida o‘qitish samaradorligininazoratqilish;
- kasbiymotivatsiya (qiziqtirish) asosida, faollashtirish, mustaqillik va o‘qitish imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish.
Modulli o‘qitishda, o‘quv dasturlarini to‘la, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan ko‘rinishdagi tabaqalash orqali, bosqichma-bosqich o‘qitish, ya’ni o‘qitishni individuallashtirish imkoniyati yaratiladi. Modulli texnologiya asosida o‘qitishga o‘tishda quyidagi maqsadlar nazarda tutiladi:
- o‘qitishning uzluksizligini ta’minlash;
- o‘qitishni individuallashtirish;
- o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun etarli sharoit yaratish;
- o‘qitish jarayonini jadallashtirish;
- fanni samarali o‘zlashtirishga erishish.
Bizningnazarimizda, fanlardan modulli texnologiya asosida o‘quv adabiyotlarining yaratilishi va ta’lim jarayoniga joriy etilishida modulli o‘qitish tizimi to‘liq amalga oshiriladi. Birinchi navbatda, maxsus fanning modulli o‘quv dasturi ishlab chiqiladi va shu dastur asosida tegishli darslik yoki o‘quv qo‘llanmalar yaratiladi.
Modulli o‘quv dasturida maxsus fanga tegishli bitta faoliyat turiga tegishli bir-biriga bog‘liq mavzular guruhlanadi.
Maxsus fan tarkibidagi har bir modul o‘zida bir yoki bir nechta fundamental tushunchalarni va faoliyat turini o‘rganishga qaratilgan nazariy bilimlar va shu nazariy bilimlarni egallashga ko‘maklashishi bilan amaliy mashg‘ulotlar, hamda bilim va ko‘nikmalarni baholash tizimini qamrab oladi.
Modulli texnologiya asosida o‘quv adabiyotlarini yaratishda har bir modul ta’lim oluvchilarda mustaqil tafakkur yuritish, mustaqil rejalashtirish va muammolarni echish yo‘llarini taklif qilishi, hamda bilimlarni kasbiy faoliyatga qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Har bir modulda o‘quv dasturiga mos ravishdagi qoidalar o‘zaksini topishi, ta’lim mazmunini barcha tashkil etuvchilari qamrab olinishi, o‘zlashtirishni tashkil qilish apparati bo‘lishi va mazmunning aniq tuzilmaviy tizimi saqlanishi kerak. Demak, modulda ma’lum bir faoliyat turining mazmuni va usullari umumlashtirilgan bo‘lishi, hamda sifatli ishlab chiqilgan uslubiy apparat ishtirok etishi kerak.
Darslikdagi har bir modul o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini faollashtirish va qiziqtirish, mustaqil o‘rganish, o‘quv materialini to‘liq o‘zlashtirish va individual ishlash imkoniyatini yaratish kabi masalalarni echishi kerak.
Har bir modul bo‘yicha tayanch iboralarni alohida ko‘rsatish lozim. Har bir tayanch iborani, o‘rganilish chuqurligini o‘rnatish zarur bo‘ladi. YA’ni o‘quvchi qaysidir tayanch iborani bilish darajasida, boshqasini qo‘llash, ayrim tayanch iboralarni baholash darajasida o‘zlashtirishi kerak bo‘ladi.
Nazariy o‘quv materialida modulga tegishli faoliyat turi nazariy jihatdan yoritilishi kerak. Amaliy o‘quv materiallarida modulni o‘zlashtirishda va mustaqil tarzda bilimlar olishda talaba bajaradigan amaliy faoliyat usullari, tajriba va eksperimentlarni o‘tkazish metodlari bayon qilinishi hamda ko‘rsatmalar, tavsiyalar berilishi kerak. SHuningdek, talabalarda kasbiy ko‘nikma va mahoratlarni shakllantirish uchun haqiqiy ob’ektlar bilan o‘zaro harakat usullari va hayotiy tajribalar batafsil bayon etiladi. Talabalarning bevosita amaliy ishlarni bajarishlari uchun shunday uslubiy tavsiyalar berilishi kerakki, undan talabalar ma’lum ko‘nikma va mahoratlarni egallashlari uchun o‘zlarining bilimlarini amaliyotga qo‘llashni o‘rganishlari kerak.
Nazariy va amaliy matnlarda modul mazmuni aniq aks ettirilishi, talabalarga keyingi modulga o‘tishda qiziqishni uyg‘otishi, va taassurot qoldiradigan bo‘lishi kerak. Matnning tili tushunarli bo‘lishi kerak
Modulda izohlar, lug‘atlar berilishi o‘quv materialini o‘zlashtirishni osonlashtiradi.
Izohlar, talabalarning modulni mustaqil o‘rganishlari uchun, sharoitlar yaratib berishi kerak. Izohlar ma’lumotlar ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Biroq shuni ham inobatga olish kerakki, izohlarning hajmi kattaligi va davriy takrorlanishi talabalarga fikrlarini bir joyga jamlashni qiyinlashtiradi, materialni to‘liqligicha qabul qilishlarini qiyinlashtiradi, asosiy matnga diqqatni jalb qilishga xalaqit qiladi.
Modulni o‘zlashtirishda atamashunoslik, tarjimali va boshqa lug‘atlarning berilishi matndagi yangi atamalar, atamalarni tushunishga yordam beradi.
Savollar, testlar, topshiriqlar va mashqlar. Har bir modulda talabalarning o‘z-o‘zini tekshirish va bilimlarini mustahkamlash uchun savollar, testlar, mustaqil ishlash uchun amaliy topshiriqlar yoki mashqlar va ularni bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma tavsiyalar bo‘lishi kerak. Savollar talabalarni bilim olishga qiziqishlarini, mustaqil fikrlash faoliyatini rivojlantirishga, taqqoslash, sintez, tahlil qilish usullaridan foydalana olish mahoratlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari bir-biri bilan uyg‘unlashgan va moslashgan holda bir-birini to‘ldirish kerak. Mana shunday uyg‘unlik ta’lim samarodorligini oshirish uchun keng imkoniyat yaratadi.
Bundan tashqari, o‘qituvchi oldida o‘quvchilarni axborot olish va qayta ishlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish vazifalari turadi. Bu jarayonning muvaffaqiyatli kechishida o‘qituvchining o‘zimaslahatchi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, o‘quv jarayonining boshqaruvchisiga aylanib boradi.
Bunda bosh masala bilimlar olamiga kirish, bu olamning resurslaridan foydalanish va o‘zlashtirishga bog‘lanib qoladi. O‘quvchi axborot ummonida yangicha qoidalarni o‘rganishi, barcha o‘quv fanlar kesimida axborot olishi va uni qayta ishlay olishi bevosita mashg‘ulotlarningtashkil etilishiga bog‘liq. Beriladigan ma’lumotlar ni yanada mazmunga boy, esda qoladigan va ko‘rgazmali bo‘lishi uchun ko‘proq multimedia texnologiyalaridan foydalaniladi.
Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta’sir o‘tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. So‘nggi yillar davomida ko‘plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqalar.
Global Internet tizimining rivojlanishi jahon ta’lim tizimida evolyusion takomillashtirishning yangi istiqbollarini ochib berdi. Bugungi kunda an’anaviy ta’lim uslublari Internet, elektron-kompyuter setlari va telekommunikatsiya muhitiga asoslangan yangi o‘qitish uslublari bilan to‘ldirilmoqda. Internet texnologiyaga asoslangan teleo‘qitish va masofaviy ta’lim bir qator yangi funksiyalarni bajarish bilan bir qatorda, o‘zaro taqsimlangan hamkorlik prinsipi, integratsiya, xalqaro Internet tarmog‘iga kirish kabi aniq prinsiplarni amalda qo‘llashni talab etadi.
Hozirgi davr insondan umrbod ta’lim olishni, ya’ni o‘z hayotiy faoliyati davomida muntazam kasbiy bilim va ko‘nikmlarini oshirib borishni taqoza etmoqdaki, albatta bu elektron-kompyuter tarmoqni rivojlanishi hamda Internet texnologiyalar asosida amalga oshiriladi.
Hozirgi zamon ta’lim jarayoniga an’anaviy tushunchalar qatorida yangi-yangi quyidagi tushunchalar ham kirib kelmoqda: O‘qitish - bu ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan tizimli bilim va ko‘nikmalar bilan qurollangan jarayondir. Ta’lim - bu o‘qitish natijasi bo‘lib, shaxsni tarbiyalash va rivojlantirishdir.
Kompyuter taqdimotlari, ma’ruza yoki boshqa chiqishlarda odatda ko‘rgazmali namoyish etish vositasi sifatida plakatlar, qo‘llanma, laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Bu maqsadda diaproektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proektorning paydo bo‘lishi esa ma’ruzachi nutqini tovush, video va animatsiya jo‘rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini o‘zida mujassam qilgan ko‘rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkonberdi.
Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli (instrumentlari) bo‘lib, uo‘qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko‘ra keng ko‘lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko‘rgazmali va uyg‘unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar balki ovoz, animatsiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchining qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o‘rganishiga mos ravishda tayyorlanishi lozim.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlarini yo‘lga qo‘yish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, erkin fikrlash, o‘zaro muloqotlarda faol ishtirok etishga o‘rgatish, qiziqish va intilishlarini oshirish – ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosidir.
Ilg‘orpedagogik texnologiyani ta’minlovchi muhim didaktik tamoyillari: ta’lim uslubiyatini hamda mazmunini takomillashtirish; o‘quvchilarning abstrakt tafakkurini rivojlantirish; mustaqil bilim olishbilan bog‘liq bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish; olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq etishqobiliyatlarinishaklantirishlozim.
Bugungikundao‘qitishtizimidagiinterfaolo‘qitishmetodlarivatexnikalarigaquyidagilarnikiritishimizmumkin:
Interfaol usullarini chizmali tashkil etish shakillari
Interfaol usullar va axborotni chizmali tashkil etish usullari, ularning mohiyati va mazmuni.
|
| |