O‘zbekiston tarixi fanida Amir Temur va Temuriylar davrini o‘qitishdagi innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar




Download 324,65 Kb.
bet9/20
Sana13.05.2024
Hajmi324,65 Kb.
#230150
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta (1)

1.2. O‘zbekiston tarixi fanida Amir Temur va Temuriylar davrini o‘qitishdagi innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar

Ilg‘or pedagogik texnalogiyalar hamda axborot texnologiyalarini jumladan, internet tarmog‘idan, shuningdek sohani yanada yuksaltirishda ilg‘or xorij tajribalaridan foydalanish mamlakatimiz ta’lim siyosatining yo‘nalishi hisoblanmoqda. Jumladan, bu boradagi ishlarni yuksaltirishni huquqiy asosi sifatida ko‘plab huquqiy-meyoriy hujjatlar qabul qilindi. Masalan, 2002 yilning 30 mayida Prezident I. A. Karimovning “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-komunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi PF 3080 sonli farmoni, 2002-yilning 6-iyunidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-komunikatsiya texnologiyalarini joriy etisht o‘g‘risidagi 200-qorori, O‘zbekistonRespubliksi Prezidentining 2005-yilning 28-sentabridagi “O‘zbekiston Respubliksining jamoat ta’limi axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risidagi 191-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martdagi “Zamonaviy axborot –komunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori kabilar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bundan tashqari PrezidentI. A. Karimovning 2015-yilning 12-iyunidagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari” to‘g‘risidagi farmoni oliy ta’lim muassasasi pedagog kadrlarni o‘z faoliyatidavomida innovatsiyalar hamda axborot texnologiyalaridan (jumladan, internet tarmog‘idan) unumli va samarali foydalanish ko‘nikmalarini yanada oshirishga qaratilgan .Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim jarayonida Toshkent Davlat Pedagogika Instituti huzuridagi Innovatsion texnologiyalar markazi yangi pedagogik texnologiya asosida o‘qitishni tashkil etish, kadrlarni bu boradagi malakalarini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Markazimizda ko‘chma seminarlar ham amalga oshirilmoqda.


Zamonaviy jamiyat o‘zining tez va chuqur o‘zgaruvchan tavsifiga ega bo‘lib, bunday o‘zgarishlar jamoatchilik tuzilmalari, jumladan, mustaqil davlatlar, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, demografik siyosat, urbanizatsiya jarayonlarida ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. Ta’lim ham global umumhamjamiyat tuzilmasining alohida tarkibiy qismi sifatida jamiyatda bo‘layotgan barcha o‘zgarishlarni hisobga olishi, ana shu asosda o‘z tuzilishi va faoliyat mazmunini o‘zgartirishi zarur. Bugungi kunda ta’limning jamiyat rivojlanish sur’atlaridan ortda qolayotganligi, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan texnologiyalarning zamonaviy talablarga to‘liq javob bermasligi haqidagi masala dunyo ham jamiyati tomonidan tez-tez e’tirof etilmoqda. CHunki ta’lim ham ijtimoiylashtirish vazifasini bajaruvchi sifatida jamiyatdagi o‘zgarishlar ortidan borishi hamda uning rivojlanishiga o‘zta’sirinio‘tkazishi kerak. Biroq jamiyat rivojlanishi va ta’lim tizimi o‘rtasidagi munosabat murakkab ko‘rinishga ega bo‘lib, yuqori darajadagi jo‘shqinlik bilan farqlanadi. Ta’lim barcha faol va sust o‘zgarishlar ta’sirini qabul qilavermaydi, jamiyatda bo‘layotgan voqealarga esa o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ana shu nuqtai nazardan ta’limdagi o‘zgarishlar faqatgina natija sifatida emas, balki jamiyatningkelgusidagi o‘ziga xos rivojlanish shartidir.
O‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan ta’lim sifatini belgilovchi holatlarga jiddiy e’tibor berish, unda yuqori pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tariqasida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanishga undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, talabalar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb kilishdan iboratdir.
“O‘zbekiston tarixi” fanini loyihalashtirishda kuydagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalanish zarurdir.

Download 324,65 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Download 324,65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston tarixi fanida Amir Temur va Temuriylar davrini o‘qitishdagi innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar

Download 324,65 Kb.