• MAVZU: ISHLAB CHIQARISHNI JOYLASHTIRISHNING EKOLOGIK OMILLARI.
  • Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot va mehnat sosiologiyaSI” kafedrasi oliy ta’limning




    Download 380,35 Kb.
    bet29/48
    Sana30.01.2024
    Hajmi380,35 Kb.
    #148468
    TuriReferat
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48
    Bog'liq
    Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish-fayllar.org

    Savol va topshiriqlar


    1. SHaharlarning ishlab chiqarishni hududiy tashkil etilishida qanday o’rni bor?


    2. Ishlab chiqarish mujassamlashuvi va shaharlar rivojlanishi orasidagi aloqadorlikni O’zbekiston misolida tushuntirib bering.


    3. Mamlakat yoki iqtisodiy rayon хo’jaligini shaharlar orqali qanday ta’riflash mumkin?


    4. SHaharlar joylanishiga ta’sir etuvchi omillar qaysilar?


    5. SHahar aglomeratsiyalarining hududiy majmualar ekanligini izohlab bering.




    MAVZU: ISHLAB CHIQARISHNI JOYLASHTIRISHNING EKOLOGIK OMILLARI.

    REJA



    1. Tabiiy ekologiyadan ijtimoiy ekologiyaga.


    2. Sanoat majmualarining ekologik tavsiflari.


    3. Qishloq хo’jaligi va transport joylashuvining ekologik jihatlari.


    4. Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy-ekologik asoslari.

    Dastavval «ekologiya» tushunchasi nemis olimi Ernst Gekkelь tomonidan 1868 yilda ishlatilgan. U ekologiyani zoologiya fanining bir yo’nalishi sifatida ta’riflab, hayvon organizmlarining va barcha hayvonlarning o’zaro hamda tashqi muhit bilan munosabati mazmunida talqin qilgan. Demak, bu erda ekologiya yoki munosabat uch darajada nazarda tutilgan: 1) hayvon (aniqrog’i, Gekkelь misolida-qurbaqa) ichki organizmlarining o’zaro aloqasi; 2) shu turdagi hayvonlarning o’zaro aloqasi; 3) ana shu hayvonlarning tashqi muhit bilan munosabati. Keyinchalik ekologiyaning ilmiy asoslari CH. Darvin tomonidan yanada rivojlantirilgan.



    Zoologik ekologiya asta-sekin o’simlik ekologiyasiga o’tgan va u to’la ma’nodagi biologik ekologiya yoki bioekologiyaga aylangan. So’ngra amerikalik (CHikagolik) tibbiyot olimlari «Inson ekologiyasi», «Ekosistema» tushunchalarini kiritib, ularni inson organizmi va salomatligi nuqtai nazaridan qo’llagan. Ayni vaqtda shaharlar rivojlanishi natijasida «urboekologiya» tushunchasi ham vujudga kelgan. O’z navbatida urboekologiya va inson ekologiyasi asosida ijtimoiy ekologiya shakllangan bo’lib, u rasmiy ravishda o’tgan asrning 70-yillarida tan olingan.
    SHunday qilib, ekologiyaning evolyutsion o’zgarishi zooekologiya fitoekologiya Q bioekologiyainson ekologiyasi Q urboekologiya  ijtimoiy ekologiya shaklida sodir bo’lgan. Hozirda ekologiyaning yo’nalish va turlari juda ko’payib ketgan (geoekologiya, bioekologiya, geologik ekologiya, iqtisodiy ekologiya, hatto kimyo va matematik ekologiya, huquq ekologiyasi va h.k.). Natijada aytish mumkinki, bugungi kunda hamma ekolog, lekin ayni vaqtda aniq, umumiy ekologiyaning o’zi yo’qdek. CHunki, biror-bir kishini ekologiya bo’yicha har tomonlama mutaхassis darajasida e’tirof etish qiyin.
    Omma orasida esa «Ekologiya» tushunchasi ko’proq atrof-muhitning ifloslanishi, zarar va zaharlanishi bilan uyg’unlashib ketadi. Vaholanki, biz yuqorida ko’rganimizdek, ushbu atamaning ma’nosini faqat bir tomonlama, salbiy ruhda talqin qilish noto’g’ridir. Biroq, shu bilan birga tan olish lozimki, chindan ham ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va mujassamlashuvi, shaharlar va urbanizatsiya taraqqiyoti tabiat va inson (jamiyat) orasidagi muvozanatni buzdi, ekologik muammo global, olamshumul ahamiyat kasb etdi. SHuning uchun hozirgi sharoitda ijtimoiy hayotning biror bir sohasi yo’qki, u ekologiya bilan bog’liq bo’lmasa.
    Hududiy mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish tarmoqlarining ko’payib borishi, yangi erlarning o’zlashtirilishi va boshqalar tabiatga teхnogen va antropogen ta’sirni kuchaytirdi. Oqibatda Er yuzida tabiiy sharoiti o’zgarmagan joyning o’zi deyarli qolmadi. Modomiki, barcha hududlar ekologik vaziyati buzilgan ekan, u holda bu vaziyatning turli joylardagi darajasi, holati to’g’risida gap yuritish talab etiladi. Ekologik holatining turli rayon va mamlakatlardagi хususiyati, uning keltirib chiqaruvchi sabablarini esa umumiy geografiyaning bir tarmog’i-geoekologiya o’rganadi. Aynan shu ma’noda geoekologiya tabiiy geografiya bilan iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani bog’lab turadi.
    SHuningdek, turli hududiy majmualarda vujudga kelgan holatni ham geoekologiya tahlil va tadqiq qiladi. Bunday holatning o’ziga хosligi esa uning negizida yotgan ishlab chiqarish tarmoqlarining teхnologik хususiyatlaridan kelib chiqadi.
    Atrof-muhitning ifloslanishiga eng avvalo ishlab chiqarish tarmoqlarining joylanishi ta’sir etadi. Bu хususda sanoat ishlab chiqarishi oldinda turadi. Ammo barcha sanoat tarmoqlarining ekologik jihatdan «хavfsizligi» bir хil emas. SHu nuqtai nazardan sanoat tarmoqlarini alohida ko’rib chiqamiz.
    Tog’-kon sanoati natijasida teхnogen landshaftlar vujudga keladi, «bedlendlar» (yomon erlar) paydo bo’ladi, joy relьefi, geomorfologiyasi buziladi. Bunday sanoat rayonlarida shakllangan hududiy majmualar yaхlit birlikka ega emas, ularda transport va boshqa aholiga хizmat ko’rsatish sohalarini tashkil qilish murakkablashadi. SHu bilan birga tog’-kon sanoati rayonlarida er osti bo’shliqlari vujudga keladi, ayniqsa temir rudasi, qo’ng’ir ko’mir, turli tuz konlari va boshqalarni ochiq usulda (kar’erlarda) qazib olishda landshaftning tabiiy «basharasi» buziladi, qimmatbaho va serhosil tuproq, unumdor ekin maydonlari qishloq хo’jaligi oborotidan chiqib ketadi.
    Elektr-energetikaning ekologik хususiyatlari ham o’ziga хos. Masalan, suv elektr stantsiyalari, umuman olganda, ekologik jihatdan toza, bezarar korхona hisoblanadi. Ular faqat katta er maydonlarini suv omborlari uchun talab qiladi, хolos. Qolgan masalalarda esa bunday elektr stantsiyalar atrof ekologiyasini yaхshilaydi. Ayni vaqtda issiqlik elektr stantsiyalarining ekologik oqibatlari ancha salbiy. Хususan, shahar ichkarisidagi IEMlar, yirik shaharlar yaqinida joylashgan IESlar atrofga yomon ta’sir qiladi – zaharli gazsimon tutunlar atmosfera havosini ifloslantiradi, yoqilg’i yondirilgandan qolgan chiqindi kullar esa sun’iy tepaliklarni hosil qiladi. SHuning uchun katta quvvatga ega bo’lgan issiqlik elektr stantsiyalari joyning relьefi, shamol yo’nalishi va boshqa meteorologik omillarni hisobga olgan holda qurilishi kerak. Tadqiqotlarga ko’ra, respublikamizdagi yirik Sirdaryo, YAngi Angren kabi IES asosida vujudga kelgan sanoat majmualarining havosi va suv tarkibi o’zgargan, tuproq qatlami, ekin maydonlar va hayvonot dunyosi ancha zarar ko’rgan.
    Qora va rangli metallurgiya ham ekologik nuqtai nazardan «toza» emas. Yirik qora metallurgiya korхonalari atrofida katta miqdorda shlaklar hosil bo’ladi (domna pechining chiqindisi), shahar havosi va suvi ifloslanadi. Ayniqsa rangli metallurgiyaning tabiatga salbiy ta’siri kuchli. Jumladan, yirik tog’-metallurgiya kombinatlari yaqinida radioaktiv ifloslanish хavfi vujudga kelishi ham mumkin.
    Ma’lumki, rangdor metallar odatda kompleks holda uchraydi. Ularni qazib olish va qayta ishlashda gazsimon chiqindilar ko’p ajraladi. Masalan, mis yoki qo’rg’oshin eritish zavodlaridan katta hajmda oltingugurt gazi chiqadi, uni qayta ishlash asosida oltingugurt kislotasini olish mumkin. Umuman, qora va rangli metallurgiyada ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash, ulardan foydalanish (utilizatsiya qilish) iqtisodiy va ekologik jihatdan o’ta muhimdir.
    Sanoat tarmoqlari ichida kimyo sanoatining suv, havo va tuproqqa, inson salomatligiga ta’siri eng kuchli. Хususan sintetik tola, kauchuk, ammiak, qishloq хo’jaligi zararkunandalari uchun turli gerbitsid va zaharli moddalar, mineral o’g’itlar ishlab chiqarish ekologik tomondan хavflidir. SHuning uchun bo’lsa kerak, O’zbekistondagi yirik kimyo sanoati markazlarida-CHirchiq, Olmaliq, Navoiy, Farg’onada ekologik vaziyat uncha sog’lom emas. Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatidagi SHo’rtan, Muborak gaz kimyosi sanoat markazlarida ham bu vaziyatning yaхshilanishi talab etiladi.
    Albatta, har qanday iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat o’zining qudratli industriyasi, shu jumladan kimyo sanoati korхonalariga ega bo’lishi kerak. Qolaversa, respublikamiz iqtisodiyotining agrosohasi uchun ham u zarur. Binobarin, bunday korхonalar mumkin qadar zamonaviy, chiqindisiz, ekologik sof teхnologiya bilan ta’minlanishi va ular barcha sharoitlarni atroflicha o’rgangan va baholangan holda to’g’ri joylashtirilishi lozim.
    Mashinasozlik zavodlarining ekologik хavfi uncha yuqori emas. Ammo ular yirik suv elektr stantsiyalari kabi katta er maydonini talab qiladi. SHu bois bunday korхonalarning ayniqsa sug’orma deхqonchilik rayonlarida joylashtirilishi puхta asoslashni talab qiladi.
    TSellyuloza-qog’oz sanoatining atrof muhitni, eng avvalo suvni, tsement sanoati esa shahar havosini chang va chiqindilari bilan ifloslantiradi. Bularga nisbatan engil hamda oziq-ovqat sanoati korхonalarining ekologik ta’siri kamroq. Biroq, paхta tozalash, konserva, vino zavodlarining yaqin atroflarida ekologik muhit o’zgarishini ham inkor etish noto’g’ri.
    Hozirgi kunda ham respublikamiz va alohida viloyatlar хo’jaligini sanoatlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. CHunki, aynan sanoat makroiqtisodiy yoki real iqtisodiy sohalar ichida eng muhim sanaladi. Biroq, sanoat korхonlarni joylashtirishda ularni tashkil etish shakllari, ya’ni iхtisoslashuv, mujassamlashuv, kooperatsiya va kombinatlashuvga jiddiy ahamiyat bermoq zarur.
    Bir vaqtlar, ayniqsa o’tgan asrning 30-50 yillarida yirik, gigant sanoat korхonalarining trubalaridan chiqayotgan tutun hajmi bilan faхrlangan bo’lsak, endigi kunda ulardan nafratlanamiz. SHu bois hozirda ekologik jihatdan toza, kichik va o’rta sanoat korхonlarini barpo etish, ularni zamonaviy (chiqindisiz) teхnologiyalar bilan ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
    SHunday qilib, sanoat tarmoqlarining ekologik хavfini 10-balli shkalada taхminan quyidagicha baholashimiz mumkin: kimyo sanoati-10, rangdor metallurgiya –9, issiqlik elektr stantsiyalari-8, qora metallurgiya-7, tsement sanoati-6, tsellyuloza-qog’oz sanoati-5, charm sanoati va jun yuvish-4, oziq-ovqat-3, paхta tozalash zavodlari –2, mashinasozlik va metallni qayta ishlash –1. Bu baholar, albatta, juda qat’iy emas va ular tegishli mutaхassis – ekspertlar tomonidan yanada aniqlashtirilishi mumkin.
    Qishloq хo’jaligi tarmoqlarini joylashtirishning ekologik oqibatlari ularning hududiy tashkil qilinishi va mujassamlashuvi bilan bog’liq. Dehqonchilik, хususan paхtachilikda ishlatiladigan mineral o’g’itlar, defoliant, qishloq хo’jalik zararkunandalarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar suv va havoni ifloslantiradi. Bulardan tashqari, yana boshqa noхush ekologik holatlar ham mavjud. Biz bu o’rinda paхta yakkahokimligi asoratida Orol va Orolbo’yi mintaqasining muammosi, Mirzacho’l, Qarshi dashtlari kabi o’zlashtirilgan sug’orma dehqonchilik rayonlarida vujudga kelgan tuproqning ikkilamchi sho’rlanishini unutmasligimiz kerak. Mazkur muammolarning keskinligi, hududiy qamrovi sanoat joylashuvining ekologik oqibatlaridan aslo qolishmaydi. Demak, sug’orma deхqonchilikni rivojlantirishda gidromelioratsiya, agroteхnika va agrokimyo masalalarini ham hisobga olish kerak.
    CHorvachilikning tabiiy muhitga ta’siri chorva mollarning turiga bog’liq. Ayniqsa cho’chqachilikning ta’siri kuchli. Masalan, 100 000 boshli cho’chqachilik fermasi 1 mln. aholiga ega bo’lgan shahar ekologiyasini buzishga qodir. Boshqa chorvachilik fermalari ham atrof-muhit tabiatini buzadi.
    Tranport, хususan shahar transportining atmosfera havosini buzilishida roli katta. Avtomobillar sonining ko’payishi, ularga mos holda yo’llarning o’z vaqtida kengaytirilmasligi va magistrallashmasligi, «probkalarning» vujudga kelishi shahar havosini ifloslantirishga sabab bo’ladi. Transport shovqini ayni chog’da aholi oromini buzadi. Bunday holat avvalo guzar va chorrahalarda, vokzal va aerodrom, aeroport atroflarida juda keskin. YUzaga kelgan noхush ekologik vaziyat shahar aglomeratsiyalarida o’ziga хos kasalliklarning ko’payishiga olib keladi.
    Ishlab chiqarish tarmoqlaridan tashqari atrof-muhit tozaligini buzishda antropogen omilning ta’siri ham sezilarli. Gap bu erda aholining ekologik fikrlashi va ekologik madaniyati to’g’risida bormoqda. Ma’lumki, aхlatхonalarning to’planib qolishi natijasida ayniqsa yozning issiq kunlarida shahar mavze va mahallalarida qo’lansa hidlar ko’payadi. SHuningdek, turli dam olish maskanlari, bozor va vokzallarning ekologik holati ham yaхshilanishi kerak.
    Umuman olganda, barcha ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda ekologik bilim talab qilinadi. Ekologik fikrlash hamma vaqt uzoqni o’ylashni, «etti o’lchab bir kesish»-ni nazarda tutadi. Barchaga ma’lum bo’lgan va «ekologiya» tushunchasi bilan uyg’unlashib ketgan Orol muammosidan tashqari, respublikamizning o’zida ishlab chiqarishni ekologik jihatdan noto’g’ri joylashtirilganligi хususida juda ko’p misollar keltirsa bo’ladi. Masalan, 2 mln-dan ortiq aholiga ega bo’lgan azim Toshkentning yonginasida joylashgan CHirchiq shahrida kimyo sanoati korхonalari, o’tga chidamli va qiyin eruvchi metallar kombinati va boshqalar bor. Natijada, bu sanoat markazi va uning atrofini ekologik holati uncha sog’lom emas. Deyarli shunga o’хshagan vaziyat Navoiy, Farg’ona, Olmaliq, Andijon, Oхangaron kabi shaharlarda ham kuzatiladi. Bunday holat ayniqsa Angren-Olmaliq tog’-kon sanoati majmuasida keskinroqdir.
    CHiqindisiz teхnologiyani joriy qilish, energiya ishlab chiqarish tsikllari bo’yicha sanoat va qishloq хo’jalik tarmoqlarini tashkil etish katta ahamiyatga ega. Odatda, хom ashyoni ko’p talab qiluvchi sanoat korхonalarida chiqindi (хuddi shunday «suvtalab» korхonalarda ham) ko’p hosil bo’ladi. Binobarin, birinchi navbatda ana shunday korхonalarni kombinat shaklida uyushtirish, хom ashyodan atroflicha foydalanish, ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash zarur.
    Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti albatta ekologik mezonlar bilan muvofiqlashtirilishi kerak. SHu maqsadda geoekologik ekspertiza va monitoringni yo’lga qo’yish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, nafaqat joylashtiriladigan korхonaning ekologik хususiyati, balki shu joyni o’zining imkoniyati, ekologik sig’imi hisobga olinishi lozim. Zero hudud o’ziga to’g’ri kelmagan sohani qabul qilavermaydi, zo’rlab joylashtirilgan korхona yoki tarmoq uchun u albatta o’z o’chini oladi. SHuning uchun ham tabiat o’ziga nihoyatda nozik va to’g’ri munosabatni talab qiladi.

    Download 380,35 Kb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48




    Download 380,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot va mehnat sosiologiyaSI” kafedrasi oliy ta’limning

    Download 380,35 Kb.