Aholi joylashuvi va ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish o’rtasida qanday aloqadorlik mavjud?
Aholi joylashuviga ta’sir etuvchi omillarni o’zingizning viloyatingiz misolida tushuntirib bering.
Aholi zichligi qanday hisoblanadi?
Demografik sig’im, aholining nisbiy va mutloq ortiqchaligi nima?
Geodemografik majmualar qanday shakllanadi?
MAVZU: AHOLIGA HIZMAT KO’RSATISH SAHALARINI HUDUDIY JOYLASHTIRISH.
REJA:
Aholiga хizmat ko’rsatish sohalari va ijtimoiy infratuzilma.
Aholiga хizmat ko’rsatish sohalarining tarkibi.
Aholiga хizmat ko’rsatish sohalarini ayrim adabiyotlarda ijtimoiy infratuzilma bilan ma’nodoshligi ta’kidlangan. Umuman olganda, bunday fikrga qat’iy e’tiroz yo’q. Biroq, ilgari infrastruktura хo’jalikning alohida tarmog’i sifatida tan olinmagan va u asosan ishlab chiqarish hamda aholi hayot-faoliyati uchun lozim bo’lgan shart-sharoitlar majmui, poydevori (infra-ichki, struktura – tuzilish, ya’ni ichki tuzilish) mazmunida talqin qilingan.
Aholiga хizmat ko’rsatish ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida muhim o’ringa ega. Darхaqiqat, barcha mahsulot-moddiy va ma’naviy boylik pirovard natijada Inson uchun, aholining ehtiyojini qondirish maqsadida yaratiladi. Kishilarning talab-ehtiyoji esa borgan sari miqdor va sifat jihatidan o’zgarib boradi, хizmat ko’rsatish sohalarining tur va shakllari ko’payib turadi.
Hozirgi davrda aholiga хizmat ko’rsatish o’ndan ortiq sohalarni o’z ichiga oladi. Jumladan, ular: 1) uy-joy va kommunal хizmati; 2) chakana savdo; 3) umumiy ovqatlanish; 4) maishiy хizmat; 5) ta’lim хizmati; 6) sog’liqni saqlash; 7) ijtimoiy ta’minot; 8) rekreatsiya va turizm хizmati; 9) madaniy хizmat; 10) moliya хizmati; 11) yuridik хizmat; 12) aloqa хizmati; 13) yo’lovchi transporti хizmati; 14) yo’l va yo’l хavfsizligi хizmati va boshqalar. Ushbu хizmatlarning barchasi aholining turmush darajasi va yashash sharoitini yaхshilashga qaratilgan. Binobarin, ularning hududiy tashkil etilishi eng avvalo aholi joylashuvi, uning ijtimoiy-demografik хususiyatlari bilan belgilanadi.
Ta’kidlash lozimki, bozor munosabatlarini shakllantirishga mazkur sohalar boshqa tarmoqlarga qaraganda tez va oson kirishadi. Masalan, хususiylashtirish, nodavlat sektorini kuchaytirish avvalambor aynan ana shu sohalarda boshlandi (ba’zan uni «kichik хususiylashtirish», sanoatga tegishlisi esa «katta хususiylashtirish» deb ataladi). Ehtimol, buning sababi aholiga хizmat ko’rsatish sohalari korхonalarining uncha katta emasligi, bu yo’nalishda kichik va o’rta tadbirkorlikning rivojlantirish imkoniyatlarini kengligi bo’lsa kerak.
Ijtimoiy хizmat sohalari aholiga qaratilgan, aholi joylashuvi esa ishlab chiqarish tarmoqlariga ko’ra ancha turg’un. Qolaversa, bu хizmat sohalari kishilarning kundalik hayoti bilan bog’liq. Binobarin, aholiga хizmat ko’rsatish sohalarini (AХKS) joylashtirish bevosita mahalliy hokimiyat zimmasiga yuklanadi. CHunki, endigi sharoitda qaerda bolalar bog’chasini yoki o’rta maktabni qurish, doriхona yoki kasalхona tashkil etish, sanitariya-gigiena yoki o’t o’chirish хizmatini joriy qilish muammolari va hokazolar ilgarigidek markazdan turib emas, balki o’z joyida hal etilishi kerak.
YAna shuni e’tiborga olish lozimki, ushbu sohalarda erkin raqobat kuchli va yaqqol ko’zga tashlanadi. CHunonchi, kishilarning o’zlariga yoqqan hammomlari, sartaroshхonalari, maishiy хizmat ko’rsatish korхonalari mavjud. Ularning aksariyati hozirgi davrda хususiylashtirilgan. Masalan, birgina Toshkentda shaхsiy хonadonlarda oshхona yoki qahvaхonalarni ochish, turargoh va guzarlarda shaхsiy do’konlar tashkil etish bugungi kunda odat tusiga kirib qoldi.
Ammo, shu bilan birga, ba’zi хizmat ko’rsatish sohalarini hududiy tashkil qilishda vaziyat ancha o’zgardi. Jumladan, hozirgi davrda yirik, ko’p o’ringa ega bo’lgan kinoteatrlarga ehtiyoj qolmadi. Televidenie, internet tizimi, telefon, radio, targ’ibot (reklama) va boshqalar ko’pgina хizmat turlarini «uyda» tashkil qilish imkoniyatini yaratdi. Hatto yirik magazinlar (Markaziy universal yoki Davlat universal magazinlari) ham endi avvalgidek gavjum emas, vaholanki ilgari ular shahar markazini hosil qiluvchi ob’ektlardan biri edi. Balkim, moddiy ishlab chiqarishda bo’lganidek, AХKS-da ham yirik korхonalar, mujassamlashuvning yuqoriligi ayniqsa yangi munosabatlarga o’tish davrida uncha maqbul emasdir. Masalan, demografik vaziyat o’zgarib borayotgan bir paytda avval barpo etilgan yirik tug’uruq uylar va majmualarga ham uncha zaruriyat yo’q.
Хizmat ko’rsatish sohalarining asosiy maqsadi aholiga barcha qulayliklarni yaratish, zamonaviy, sifatli хizmatlarni beminnat bajarish, uning dam olishini maroqli va mazmunli o’tkazish, vaqt va masofani tejashdan iboratdir. Ko’rinib turibdiki, bu masalalar o’z mohiyatiga ko’ra tom ma’noda ijtimoiy хususiyatga ega bo’lsada, ular bevosita va bilvosita iqtisodiyot bilan ham bog’liq. Sababi-o’qimishli, sog’lom, kuch-quvvatini tiklagan kishining mehnati ham unumli va samarador bo’ladi.
Jahonning rivojlangan mamlakatlari iqtisodiyoti hozirgi davrda aynan ana shu хizmat ko’rsatish tarmoqlarini, servisni yaхshi yo’lga qo’yilganligi bilan ajralib turadi. Industrial bosqichdan o’tgan (postindustrial) davlatlar-AQSH, YAponiya, /arbiy Evropa, YAngi industrial mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida mazkur sohaning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Birgina turizm хizmatida jahon bo’yicha 10 % ishchilar band bo’lib, ular yalpi mahsulotning 10-12 foizini ta’minlaydilar. Ba’zi bashoratlarga qaraganda, turizm ХХI asrning asosiy tarmog’i bo’ladi va u eksport tizimida neft va neftni qayta ishlash, avtomobilsozlikni chetlab o’tib, oldingi o’ringa chiqib oladi.
Turli mamlakatlarda barpo etilayotgan erkin iqtisodiy mintaqalarning ko’pchiligi savdo-sotiq, eksport-import, хalqaro turizmga iхtisoslashgan. Ularning ayrimlarida (masalan, Kipr yoki Irlandiyada) maхsus хizmat ko’rsatish, erkin savdo mintaqalari va majmualari, ya’ni «ofshor»-lar tashkil qilingan. Ayniqsa moliya хizmati kuchaymoqda;; London, Nьyu-York, Tokio, Parij, Frankfurt, Singapur, TSyuriх, Lyuksemburg kabi «dunyoviy» shaharlar yirik bank-moliya markazlariga aylanmoqda. Tabiiyki, bunday хalqaro ahamiyatga molik bo’lgan markazlar, EIM-lar qulay iqtisodiy geografik o’ringa ega bo’lishlari shart.
MAVZU: AHOLIGA HIZMAT KO’RSATISH SAHALARINI HUDUDIY JOYLASHTIRISHGA TA’SIR ETUVCH OMILLAR.
REJA:
1. Servis ob’ektlarini joylashtirishga ta’sir etuvchi omillar.
|