|
Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot va mehnat sosiologiyaSI” kafedrasi oliy ta’limning
|
bet | 1/48 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 380,35 Kb. | | #148468 | Turi | Referat |
Bog'liq Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish-fayllar.org
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYoT FAKULTETI
“IQTISODIYoT VA MEHNAT SOSIOLOGIYaSI” KAFEDRASI
OLIY TA’LIMNING
5340100 – «Iqtisodiyot» (tarmoqlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi
talabalari uchun
ISHLAB CHIQARISH KUCHLARINI JOYLASHTIRISH
Fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua
1 kurs talabalari uchun
Tayyorladi: kat.o’qit.Ergashev R.E.
SAMARQAND – 2010
M U N D A R I J A
O’quv dasturi……………………………………………………………
Ishchi dasturi……………………………………………………………
Ma’ruza va seminar mashg’ulotlarini olib borish rejasi ва ишланмаси..
Kalendar reja……………………………………………………………
Texnologik xarita (fan bo’yicha baholash mezonlari)………………….
Ma’ruza matni (mavzuning nomi, ma’ro’za rejasi, mazmuni
tayanch iboralar va o’z-o’zini tekshirish uchun savollar)………………
Oraliq nazorat uchun savollar to’plami…………………………………
Joriy nazorat uchun savollar to’plami………………………………….
Yakuniy nazorat uchun savollar to’plami……………………………….
Mustaqil ish uchun mavzular…………………………………………..
Referat uchun mavzular…………………………………………………
Tavsiya etilgan adabiyotlar ruyxati…………………………………….
Дарснинг хронологик харитаси………………………………………
KIRISH
“Hududiy ishlab chiqarish majmualari” kursini shakllantirish iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Mazkur kursda ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil qilishning nazariy, ilmiy asoslari bozor iqtisodiyoti qonunlariga mos ravishda jahon tajribasidan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqladi.
Kursning mazmuni, Fanning predmeti. Uslubi va vazifalari.
Mavzuda kursning ahamiyati, iqtisodiy geografiya fanlar turkimida tutgan o‘rni, boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqasi va xududiy yondoshish muammolari. Fan oldida turgan vazifalar va ilm izlanishda qo‘llanilayotgan asosiy uslublari.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari, tamoillari va omillari. Jamiyat iqtisodiy qonunlari haqida tushuncha. Ijtimoiy mehnat taqsimoti ishlab chiqarish kuchlarini xududiy tashkil qilishning asosiy sifati. Ishlab chiqarish kuchlarini to‘g‘ri joylashtirish. Ularni joylashtirishning tabiiy ekologik, ijtimoiy iqtisodiy omillari. Ishlab chiqarish kuchlarni joylantirishga ilmiy texnika taraqiyotining ta’siri.Ishlab chiqarish kuchlarini xududiy tashkil qilish to‘g‘risidagi chet el olimlarini nazariyalari. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish to‘g‘risidagi I. Tyunen, A.Lyosh, U.Ayzard. Fransuz olimi J. Shardona va rus olimi N.N. Kolosovskiylarning xududiy ishlab chiqarish komplekslari g‘oyasini ishlab chiqishi. Energiya ishlab chiqarish sikllari. Ushbu yo‘nalishdagi Rossiya maktabining yirik namyondalari. Xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarish kompleks rivojlantirish masalalarini davlat tomonidan boshqarilishi va tartibga solib turilishi. Ishlab chiqarish kuchlarini xududiy tashkil qilish nazariyasining respublikamizda shakllanishi va rivojlanishi. Bu fanning respublikamizda shakllanishi va uni rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan iqtisodchi va iqtisodiy geografiya olimlarining ilmiy maktablari. Ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borilayotgan ilmiy muassasalar. Maqsadli dasturlar ishlab chiqish. Iqtisodiy rayonlar va HICHM rivojlantirishining ilmiy – g‘oyaviy asoslari.
O‘zbekistonda ishlab chiqish kuchlarini tashkil qilishning o‘ziga mos xususiyatlari. Respublikamizda ishlab chiqarish kuchlarini joylantirishning asosiy tamoyillari. Xududlarning tabiiy iqtisodiy va ilmiy-texnika salohiyatidan samarali foydalanish.
Iqtisodiy rayonlar va viloyatlar ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va muammolari. Bozor iqtisodiy sharoitida milliy iqtisodiyot sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar.
Sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini joylantirishning asosiy tamoyillari. Sanoat tarmoqlarini (elektroenergetika, yoqilg‘i, mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat va boshqalar) xududiy tashkil etish va mavjud nomunosibliklar. Sanoat rayoni va markazi tushunchasi. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda tabiiy sharoitlarning roli. Regional agrosanoat majmuasi, agrosanoat birlashmasi, agrofirma agrobiznes tushunchalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va taklif qonunining sanoat va qishloq xo‘jaligini xududiy tashkil etishga ta’siri.
Infrastruktura tarmoqlarni va ularning ishlab chiqarish kuchlarini joylantirishga ta’siri. Infrastuktura tarmoqlarini joylantirishining ilmiy asoslari. Ishlab chiqarish (transport, aloqa, qurilish va hokazolar) infrastrukturasi. Infrastruktura tarmoqlarini ishlab chiqarishni joylantirishdagi roli. Bozor infrastrukturasi.
Iqtisodiy rayonlashtirish tushunchasi. Iqtisodiy rayonlashtirish ishlab chiqarish kuchlarini joylantirishning tadqiqot uslubi va xududiy rejalashtirish, istiqbolini belgilash. (Regional siyosat, xududiy rivojlanish va boshqarish masalalari).
Ishlab chiqarish kuchlarini xududiy tashkil qilish va rivojlanishiga tashqi iqtisodiy faoliyatining ta’siri. Tashqi iqtisodiy faoliyat turlari. Chet el investitsiyalarini olib kirilishi va ularning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishiga ta’siri. Chet mamlakatlardagi ilg‘or texnologiyani olib kirish. Qo‘shma korxonalarni xududiy joylashtirish.
|
| |