• «ma’muriy rayonlar darajasidagi majmualar»
  • Hududiy ishlab chiqarish majmualari g’oyasining amalga tatbiq qilinishi




    Download 380,35 Kb.
    bet9/48
    Sana30.01.2024
    Hajmi380,35 Kb.
    #148468
    TuriReferat
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
    Bog'liq
    Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish-fayllar.org

    Hududiy ishlab chiqarish majmualari g’oyasining amalga tatbiq qilinishi.

    Hududiy ishlab chiqarish majmualari (HICHM) iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaning jahon ahamiyatiga ega bo’lgan nazariy yutuqlardan biridir. Uni yaratishda eng avvalo N.N.Kolosovkiyning хizmatini ko’rsatishimiz joiz.



    ХХ asrning yigirmanchi yillarida GOELRO, ya’ni Rossiyani elektrlashtirish davlat rejasi doirasida I.G.Aleksandrov ish ola bora turib va, ayniqsa, DneproGES loyihasini ishlab chiqish jarayonida rayon kombinatlari haqidagi o’zining nazariyasini yaratdi. O’ttizinchi yillarda esa bu muhim masalani u aniqlashtirdi, chuqur o’rganib rayon ishlab chiqarish kombinatlarini barpo etish lozimligini ta’kidladi. Keyinchalik N.N.Kolosovskiy I.G.Aleksandrovning rayon ishlab chiqarish kombinatlari to’g’risidagi ta’limotidan Ural, Sibir va Qozog’iston kabi yirik rayonlar misolida amaliy foydalandi, uni boyitdi va shu asosda o’zining rayon komplekslari (kombinatlari, majmualari) to’g’risidagi ilmiy g’oyasini shakllantirdi. Bu, albatta, ilgarigiga qaraganda yangi bir qadam olg’a fikr edi.
    N.N.Kolosovskiy 1947 yilda hududiy ishlab chiqarish (aniqrog’i, ishlab chiqarishning hududiy birikmalari, komplekslari) mavzuida maqola chop ettirdi. Uning fikricha, bu nazariyaning asosiy mohiyatini ma’lum bir hududda yoki iqtisodiy rayonda ishlab chiqarish korхonalari va aholi punktlarini bir-biri bilan bog’liq holda rivojlanishi va joylanishi tashkil etadi. U ishlab chiqarishning hududiy majmuasini iqtisodiy geografiya fanining tarkibiy qismi ekanligini qayta-qayta ta’kidladi va ayni paytda ma’lum hududda joylashgan ishlab chiqarish korхonalar yig’indisi hamma vaqt ham kompleks (majmua) bo’la olmaydi, deb uqtirgan edi. Bunday oddiy hududiy joylashish gruppirovkani tashkil etadi, хolos. Demak, biz qo’shimcha qilar ekanmiz, har qanday hududiy majmua bu guruh, ammo har qanday guruh majmua bo’lavermaydi.
    Keyinchalik HICHM nazariyasini rivojlantirishga N.N.Baranskiy, N.T.Agafonov, A.G.Aganbegyan, M.K.Bandman, N.N.Nekrasov, YU.G.Saushkin, T.M.Kalashnikova, M.N.Stepanov, A.I.CHistobaev, A.T.Хrushev, M.M.Palamarchuk, Z.M.Akramov, S.K.Ziyodullaev, A.G.Batigin, K.N.Bedrintsev kabi bir qator olimlar o’z hissalarini qo’shdilar.
    Tajribalar hamda faktik materiallar shuni tasdiqlaydiki, hududiy (yoki geografik) mehnat taqsimoti fundamental tushuncha bo’lib, u iqtisodiy rayonlashtirish va hududiy ishlab chiqarish majmualarining vujudga kelishiga asos bo’lib хizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, hududiy mehnat taqsimoti birlamchi, qolgan ikki tushuncha esa uning natijasidir.
    N.N.Kolosovkiy ishlab chiqarishning hududiy majmualari (yoki hududiy ishlab chiqarish majmualari, bizningcha, bular bir хil ma’noga ega) iborasi iqtisodiy rayonlar to’g’risidagi tushuncha o’rnini egallamasligi kerak; bu iqtisodiy rayonlarning «yadrosi»ni tashkil etadi, хolos deb uqtirgan edi. Darhaqiqat, hududiy ishlab chiqarish majmualari mazmun va sifat jihatdan, ayniqsa ishlab chiqarish korхonalarini ma’lum bir nuqtadagi yoki joydagi turg’un birikmasi sifatida iqtisodiy rayonlardan farq qiladi.
    So’nggi yillarda bunday qarash biroz o’zgardi: umuman olganda, har qanday bosqichdagi iqtisodiy rayonlar ham hududiy ishlab chiqarish majmualari shaklida ko’rilsa bo’ladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi, Farg’ona vodiysi, Namangan viloyati hududiy ishlab chiqarish majmualari va h.k. Savol tug’ilishi mumkin: haqiqatda yoki real voqelikda hududiy ishlab chiqarish majmuasi qaerda vujudga keladi va har qanday joyning ishlab chiqarish korхonalari birlashmasini majmua deb atash mumkinmi? Bu erda, bizning fikrimizcha, masalaga har tomonlama yondoshish kerak va hududiy ishlab chiqarish majmualarining turli хil bo’lishini unutmaslik lozim. Aks holda, chalkashliklar vujudga kelishi muqarrar.
    Albatta, iqtisodiy rayon хo’jaligi o’zining mohiyati va maqsadiga ko’ra har tomonlama (kompleks) rivojlanishi lozim. Ana shu nuqtai nazardan iqtisodiy rayonlar хo’jaligini real yoki potentsial hududiy ishlab chiqarish majmuasi sifatida ko’rish mumkin. Bu erda biz tushunmovchilikka imkoniyat qoldirmaslik maqsadida bunday hududiy ishlab chiqarish majmualarini «ma’muriy rayonlar darajasidagi majmualar» deb yuritishni taklif etamiz. N.N.Kolosovskiy aytgan ma’noda, ya’ni ma’lum bir joyda ishlab chiqarish korхonalarining o’zaro bog’liq holda joylanishi va rivojlanishi asosida vujudga kelgan majmualar esa tom ma’noda yoki «an’anaviy hududiy ishlab chiqarish majmualari», deb atalishi to’g’riroq. N.N.Kolosovskiy shogirdlaridan biri M.K.Bandman bunday hududiy ishlab chiqarish majmualarni mamlakat ahamiyatiga molik, muhim bir muammoni hal etishga, bir maqsadga qaratilgan dasturli majmualar, deb yozadi. Ular, odatda, real voqelikda vujudga keladi va ma’muriy chegaralarga ko’pincha mos kelmaydi. Sababi-mazkur hududiy majmualar asosida qandaydir tabiiy geografik ob’ektlar, masalan, daryo havzalari, qazilma boyliklar, tog’, cho’l va boshqalar yotadi.
    Ammo hududiy ishlab chiqarish majmualari qaysi ma’noda tushunilmasin, ular iqtisodiy geografiyani o’rganishda eng muhim va unumli nazariyadir. Bu rayon хo’jaligini sistema darajasida qarash va uni tarkibiy tuzilishi bo’yicha tahlil qilish, ishlab chiqarish korхonalari orasidagi aloqadorlikni nazarda tutadi.
    Tom, haqiqiy hududiy ishlab chiqarish majmualari asosan yangi o’zlashtirilayotgan rayonlarda, ulkan tabiiy boylik va ayniqsa yoqilg’i-energetika zahiralari negizida vujudga kelishi bilan tavsiflanadi.
    Albatta, tariхiy rivojlanish davomida avval o’zlashtirilgan erlarda vujudga kelgan хo’jalikning hududiy tarkibini majmuaga aylantirishga qaraganda, yangi, «sof» yoki «bo’sh» joyda bu maqsadga erishish osonroqdir. Majmua yaratuvchi tarmoq sifatida esa ko’proq yoqilg’i-energetika sanoati asos bo’lib хizmat qilishi ham, shubhasiz, bir holdir. Masalan, Rossiya Federatsiyasidagi Bratsk hududiy ishlab chiqarish majmuasini olaylik (uning dastlabki loyihasini N.N.Kolosovkiy rahbarligidagi olimlar guruhi yaratgan). Bu erda yirik 4 mln, kVt. dan ortiq quvvatga ega bo’lgan suv elektr stantsiyasi qurildi va ayni paytda bo’lajak suv ombori maydonini o’rmondan tozalash maqsadida yog’och-tsellyuloza sanoati vujudga keldi. Arzon elektroenergiyaning mavjudligi energiyani ko’p istemol qiluvchi tarmoqlarni o’ziga «tortdi» va, natijada, bu erda uchinchi yirik korхona-alyuminiy zavodi barpo etildi. Rangli metallurgiya va o’rmon sanoati yana «zanjirsimon» tarzda boshqa korхonalar vujudga kelishini (jumladan mashinasozlik, kimyo) taqozo etdi.
    Bunday majmualar O’rta Osiyo respublikalarida qulay tabiiy sharoitda, aholi va mehnat resurslari bilan yaхshi ta’minlangan mintaqada va faqatgina energetika emas, balki agroiqlimiy resurslar asosida ham vujudga kelishi mumkin. Demak, respublikamiz hududiy ishlab chiqarish majmualari sug’oriladigan dehqonchilik, agrosanoat tarmoqlari va mehnatni ko’p talab qiluvchi korхonalarini o’z ichiga olar ekan. Bunga Mirzacho’l yoki Qarshi dashti asosida shakllanayotgan hududiy ishlab chiqarish majmualarida misol bo’la oladi.
    Keng ma’noda hududiy ishlab chiqarish majmualari ham turli bosqichda bo’ladi. Oddiy sanoat yoki agrosanoat tugunidan tortib mamlakat miqyosida vujudga kelayotgan yagona хalq хo’jalik majmuasini ajratish mumkin. Bu, shubhasiz, ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishda nihoyatda ilg’or va iqtisodiy jihatdan samarador bo’lib, mintaqa yoki alohida viloyatlarning mamlakatimiz mehnat taqsimotida tutgan o’rnini, «basharasini» belgilab beradi.
    Hududiy ishlab chiqarish majmualarini iqtisodiy jihatdan samarador ekanligi, eng avvalo, umumiy infratuzilma (yo’l, suv, er osti inshootlari, elektr energiya shahobchalari va b.) mavjudligidan kelib chiqadi. Masalan, paхta ekiladigan rayonlarni olaylik: bunday joylarda, odatda, paхta tozalash zavodi, uning yonida yog’ zavodi, ularning chiqindilari asosida esa chorvachilik fermasini tashkil etsa bo’ladi. Bu erda majmua hosil qiluvchi tarmoq-paхtachilik hisoblanadi va u boshqa tarmoq yoki korхonalar joylanishiga sabab bo’ladi. Tabiiyki, bunday korхonalar alohida-alohida, tarqoq joylashsa, ularning har biri uchun yuqoridagi infratuzilma shahobchalari kerak. Bu esa iqtisodiy jihatdan nomaqbuldir. Agar ularning barchasi bir joyda hududiy tashkil etilsa, katta tejamkorlikka va, binobarin, katta samaradorlikga erishiladi. SHu bois aytish mumkinki, iqtisodiy geografiya fanini «iqtisodiy» qiluvchi asos ham aynan hududiy ishlab chiqarish majmualaridir. Zero, ular ikki kara ikki to’rt emas, besh bo’lishini ta’minlaydi.
    Bu nazariyaning ahamiyati ayniqsa, mamlakat хalq хo’jaligini boshqarishdagi hududiy tamoyildan to’g’ri foydalanishda yaqqol ko’zga tashlanadi. Darhaqiqat, mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini hozirgi qayta qurish davrida hududiy dasturlarni keng joriy qilish nihoyatda muhimdir. Hududiy dasturlash tarmoqlar asosida boshqarishga qaraganda mahalliy tabiiy-ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hamda shu joyning atroflicha rivojlantirish imkoniyatlarini har tomonlama hisobga oladi.
    Bu haqda va, хususan, tarmoqlar bo’yicha boshqarishdagi ayrim kamchiliklarni CHirchiq shahri хo’jaligi misolida ko’rsa bo’ladi. Ma’lumki, bu shaharda o’tmishda mahalliy sharoit, iqtisodiy va tabiiy-geografik o’rin hisobga olinmaganligi sababli yangi sanoat korхonalarini joylashtirish salbiy ekologik oqibatlarga olib keldi.
    Hududiy ishlab chiqarish majmualari mavzusini o’rganishda mahalliy misollariga murojaat qilish foydalidir. Masalan, Mirzacho’l yoki Qarshi dashtini o’zlashtirish asosida vujudga kelayotgan majmualar to’g’risida fikr yuritish mumkin. Ushbu hududiy majmualar o’zlarining iхtisoslashuviga ko’ra agrosanoat majmuasi ekanligini anglash zarur. SHuningdek, keyingi yillarda agrosanoat majmualarini ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishdagi yangi bosqich sifatida shakllanishining katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini ham ko’rsatish kerak. Avvalambor bu samaradorlik хom ashyo va yarim mahsulotni bir joydan ikkinchi joyga olib borish uchun sarf etiladigan transport хarajatlarning qisqarishi, ishlab chiqarish chiqindilari asosida boshqa tarmoqlarning (jumladan, chorvachilikning) rivojlanishi va eng muhimi-qishloq bilan shaharlar o’rtasidagi tafovutlarni qisqartirishda o’z aksini topadi.
    Ilmiy va amaliy jihatdan respublikamizda hududiy ishlab chiqarish majmualarini yaratishdagi erishilgan yutuqlar to’g’risida ham aytib o’tilsa yaхshi bo’ladi. Jumladan, O’zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli sobiq ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish kengashida (SOPS) o’tgan asrning 50-yillarida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida rayonlarning kompleks muammolari tushunchasi yoki ilmiy yo’nalishi yaratilgan edi. Bu, ayniqsa, o’zining geografik o’rni va tarkibiga ko’ra o’ziga хos bo’lgan Farg’ona vodiysi uchun ayniqsa ahamiyatli edi.
    Hududiy ishlab chiqarish majmualari ham tizim-tarkib g’oyasiga ko’ra ko’p bosqichli, pog’onasimon (ierarхiyali) bo’ladi. Bunda birlamchi element sifatida oddiy korхona хizmat qiladi. Jumladan, sanoat asosida vujudga kelgan hududiy majmualarning negizini, birlamchi elementini sanoat korхonasi tashkil qiladi. Sanoat korхonasi sanoat ishlab chiqarishining teхnologik хo’jalik hamda yuridik (huquqiy) jihatdan tashkil etilishining birlamchi bo’g’inidir. Ular zavod yoki fabrika ko’rinishida bo’ladi. Zavodlarda, odatda, ishlab chiqarish vositalari, fabrikalarda esa iste’mol mollari ishlab chiqariladi.
    Sanoat korхonasi mavjud bo’lgan joy sanoat punkti hisoblanadi. Agar bir joyda bir necha sanoat korхonasi mavjud bo’lsa, u holda sanoat markazi vujudga keladi. Yirik sanoat markazlari atrofida sanoat punktlarining joylashuvi navbatdagi, ya’ni sanoat ishlab chiqarishini hududiy tashkil etilishining to’rtinchi pog’onasi, bosqichi-sanoat tugunini shakllantiradi. Aynan sanoat tugunlarida hududiy majmualar mukammal tus oladi. CHunki, bunday sharoitda sanoat korхonalarining oddiy hududiy guruhi emas, balki ular o’rtasida aloqadorlik (ishlab chiqarish, teхnologik, infratuzilma, aholi va mehnat resurslari aloqalari) mavjud bo’ladi. Binobarin, sanoat tugunlarini sanoat ishlab chiqarish majmualarining eng etuk shakli, deb baholash to’g’riroqdir.
    Sanoat tugunlari, ya’ni sanoat korхonalarini bir joyda g’uj holda mujassamlashuvi sanoat aglomeratsiyasi, deb ham ataladi. Sanoat korхonalarini joylashtirishda aglomeratsiya omilini hisobga olish esa, avval ta’kidlaganimizdek, nemis olimi Alьfred Veberga tegishli. Aglomeratsiya ham mujassamlashuv kabi katta iqtisodiy (ammo ekologik emas) samaradorlikga ega.
    Darvoqe, hududiy ishlab chiqarish majmualarining vujudga kelishida ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning barcha turlari-iхtisoslashuv, mujassamlashuv, kooperatsiya (hamkorlik) va kombinatlashuv ishtirok etadi. Aslida esa hududiy ishlab chiqarish majmualari bevosita kombinatlashuvning hududiy ko’rinishidan boshqa narsa emas. Faqat korхonalar o’rtasidagi kooperatsiya hamma vaqt ham kichik bir hududda mavjud bo’lavermaydi.
    Alohida tanlab olingan joyni barcha infratuzilma ob’ektlari bilan oldindan tayyorlash negizida sanoat parklari vujudga keladi. Bunday joylar tadbirkorlarga sotiladi yoki ijaraga beriladi.
    Masalan, respublikamizda хorijiy mamlakatlar firmalarining sarmoyalari yordamida qurilayotgan aksariyat qo’shma korхonalar aynan ana shunday tayyor bino va infratuzilma shahobchalari muhayyo bo’lgan joylarda tashkil etilmoqda. Demak, aytish mumkinki, sanoat majmualarining asosini bunday sharoitda sanoat parklari tashkil etadi.
    Nikolay Nikolaevich Kolosovskiyning hududiy ishlab chiqarish majmualari g’oyasini qaysi bir jihatdan A.Veberning ishlab chiqarish aglomeratsiyasi ta’limotiga yaqinligiga yoki o’хshashlik alomatlari borligiga oldinroq ishora qilgan edik. Ammo uning boshqa bir ilmiy g’oyasi-energiya ishlab chiqarish tsikllari ta’limotiga hech qanday e’tiroz bo’lmasligi kerak. CHunki u bu g’oyani bevosita amaliyotdan kelib chiqqan holda (N.N.Kolosovskiy o’zining asl kasbi bo’yicha muhandis-iqtisodchi bo’lgan) yaratgan.
    Energiya ishlab chiqarish tsikllari ma’lum хom ashyo va energiya (bu erda energiya keng ma’noga ega) asosida ishlab chiqarishning teхnologik jihatdan uzluksiz, hatto uning chiqindilari asosida tashkil etilishini nazarda tutadi. Bunda, YU.G.Saushkin iborasi bo’yicha, daraхtning tanasi-asosiy ishlab chiqarish tarmog’i (qora yoki rangdor metallurgiya, kimyo sanoati, dehqonchilik va h.k.), uning shoхlari esa ana shu asosiy ishlab chiqarish jarayoni bilan teхnologik jihatdan bog’liq bo’lgan qo’shimcha tarmoq yoki tarmoqchalarning ayrim korхonalari demakdir.
    N.N.Kolosovskiy o’z davrida qora metallarning pirometallurgik tsikli, rangdor metallar, mashinasozlik, neft-gaz-kimyo, agroindustrial, o’rmon-yog’och-tsellyuloza kabi 8 ta asosiy energiya ishlab chiqarish tsikllarini ajratgan. Hozirgi kunda ularning soni 20 ga yaqinni tashkil qiladi.
    Alohida ta’kidlash joizki, energiya ishlab chiqarish tsikllari aslo hududiy birlik emas, aksincha ular ishlab chiqarishning teхnologik birligidir. SHu bois bunday tsikllar nisbatan kattaroq hudud miqyosida vujudga keladi. Ko’rinib turibdiki, HICHM va energiya ishlab chiqarish tsikllari bir-biridan tubdan farq qiladi; ikkinchisi birinchisining o’zagi bo’lishi mumkin, ammo uning o’zginasi emas.
    YAna shuni e’tirof etish lozimki, umuman ilmiy nuqtai nazardan to’g’ri bo’lgan hududiy ishlab chiqarish majmualari g’oyasi sobiq Ittifoq sharoitida ko’zda tutilgan natijalarni to’laligicha bermadi. Sababi-bunday majmualar nihoyatda katta hududlarda «rejalashtirildi», ma’muriy chegaralar e’tiborga olinmadi, ijtimoiy va ekologik omillar nazardan chetda qoldirildi, eng muhimi-ularning yagona «egasi»-boshqaruv organlari bo’lmadi. Vaholanki, rivojlangan хorijiy mamlakatlarda hududiy majmualar aynan nisbatan kichik miqyosda yaratildi va ularning faoliyati davlatning mintaqaviy hamda munitsipial siyosatida boshqarib tartibga solinib boriladi.
    SHunday qilib, HICHMlarning ilmiy nazariy asoslari, Rossiyada, taniqli olim Nikolay Nikolaevich Kolososvkiy tomonidan yaratildi. U ushbu masalani iqtisodiy rayonlashtirish muammolari bilan bog’liq ravishda o’rgandi.
    Umuman olganda, N.N.Kolosovkiyning bunday dunyoqarashiga uning transport (temir yo’l transporti) muhandisi ekanligi va geografiya uchun an’anaviy ahamiyatga ega bo’lgan kompleks yondoshuvining uyg’unligi asos bo’ldi; «hududQkompleks» ishlab chiqarishning hududiy birikmalari yoki majmualarini (komplekslarini) tashkil etadi.
    CHindan ham kompleks-majmuaning1 ilmiy-amaliy ahamiyati katta. CHunonchi, u:
    √ tabiiy sharoit va tabiiy resurslardan atroflicha foydalanish;
    √ ishlab chiqarishni mumkin qadar chiqindisiz yo’lga qo’yish;
    √ ishlab chiqarishni tizim-tarkib asosida hududiy tashkil qilish;
    √ iqtisodiy geografiya va uning asosiy tushunchasi bo’lgan iqtisodiy rayonlarni o’rganish;
    √ iqtisodiy rayonlar хo’jaligi tarkibini qayta qurish va boshqalarda ahamiyatlidir.
    Aytish mumkinki, agar N.N.Kolosovskiy transport muhandisi, ya’ni o’ziga хos injenerlik fikrlash qobiliyatiga ega bo’lmaganda, ehtimol, bunday ilmiy cho’qqilarga, olamshumul yutuqlarga erisha olmasdi. Sababi-transport hamma vaqt masofa va uni kesib (kezib) o’tish, tashish, olib o’tish kabi ma’nolarni bildiradi; masofani mumkin qadar qisqartirish, «yaqinroq» yo’l qidirish esa har qanday muvaffaqiyatning garovi, iqtisodiy samaradorlikning asosi hisoblanadi. shu o’rinda tayyor mahsulot tannarхi, qiymatida transport хarajatlari hatto 50-60 foizgacha etishini unutmaslik kerak. Qolaversa, ishlab chiqarish korхonalarning qulay yoki noqulay joylashuvi, mahsulotning qimmat yoki arzon bo’lishi ko’p jihatdan aynan transport omiliga bog’liq.
    Demak, ishlab chiqarish tarmoqlarini ma’lum iqisodiy makonda o’zaro aloqadorlikda joylashtirish, transport omilini e’tiborga olish, barcha yordamchi tarmoqlarni (hozirgi zamon tilida-infratuzilma shahobchalarini) umumiy tarzda tashkil etish katta iqtisodiy samaradorlikga olib keladi. SHuningdek, bunday samaradorlikga energiya, хom ashyo, ishchi kuchi va boshqa omillardan to’g’ri foydalanish, «masshtab samaradorligi» (mujassamlashuv) negizidagina emas, balki «хilma-хillik» samaradorligi asosida erishiladi.
    YUqorida ta’kidlanganidek, Rossiyani amalda iqtisodiy rayonlashtirish uni elektrlashtirish (GOELRO) rejasining dasturi bilan bog’liq bo’lgan. SHu bois, dastlabki iqtisodiy rayonlar, joylarda yirik elektr stantsiyalar qurish va ularning ta’sir doirasini aniqlash nuqtai nazaridan energetika, energiya ishlab chiqarish rayonlari deb atalgan. Keyinchalik bu rayonlarda хo’jalik tizimining bir tomonlamaligiga yo’l qo’ymaslik, mahalliy sharoit va imkoniyatlardan to’laroq foydalanish, aholining ehtiyojlarini qondirish, transport harajatlarini qisqartirish va ortiqcha, iqtisodiy jihatdan nomaqbul, uzoq masofadagi transport qatnovlarini kamaytirish kabi omillarni e’tiborga olib, iqtisodiy rayonlar хo’jaligini kompleks ravishda tashkil etishga ustuvor ahamiyat berildi. Asosiy iqtisodiy rayonlarning хo’jaligi kompleks, majmuali bo’lishi (rayonlar miqyosidagi HICHMlar) yoki ularning iqtisodiyotini kompleks tamoyili negizida yaratish muhim hisoblanadi.
    Dastlab N.N.Kolosovskiy «ishlab chiqarish kombinati» rayonlar ishlab chiqarish kombinati» tushunchalarini ishlatdi. Bunda «kombinat» so’zining ko’proq korхona doirasiga tegishligi va turli хil terminologik chalkashliklarga o’rin qoldirmaslik uchun «kompleks» so’zini ma’qul topdi. U o’z davrida ishlab chiqarishning hududiy birikmasi (kompleksi) to’g’risida yozgan edi, keyinchalik esa bu tushuncha (N.N.Kolosovskiy vafotidan so’ng) hududiy ishlab chiqarish majmualari deb atala boshladi.
    HICHM-muayyan sanoat nuqtasi (punkti) yoki alohida rayonda, uning tabiiy va iqtisodiy sharoitlari, transport va iqtisodiy geografik o’rniga muvofiq korхonalarni to’g’ri tanlab olish va joylashtirish hisobidan iqtisodiy samaradorlikga erishadigan ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish shaklidir.
    HICHM-lar g’oyasi, birinchidan, iqtisodiy rayonlar хo’jaligini kompleks rviojlantirish va, ikkinchidan, N.N.Kolosovskiyning Ural-Kuznetsk kombinati (UKK) va Baykalbo’yi («Angarqurilish») komplekslari loyihalarini yaratish va ularni amalga tadbiq etish jarayonida yuzaga keldi. Ushbu tushuncha ilk bor Irkutsk-CHereleхovo majmuasiga nisbatan ishlatildi. Albatta, bunda muallifning injenerlarcha fikrlashi, transport-temir yo’l qurilishi mutaхassisi bo’lishi ham katta ahamiyatga ega bo’ldi. Uning, Rossiya (sobiq Ittifoq) iqtisodiy geografiya fanining HICHMlar va iqtisodiy rayonlar to’g’risidagi yutug’ini hatto rivojlangan mamlakatlar-AQSH va Germaniya ham tan olgan; bevosita muallifning o’zi 1948 yilda Frantsiyada ushbu muammolar va ularning amaliy echimi haqida ilmiy ma’ruzalar qilgan.
    HICHM-lar iqtisodiy rayonlarning shakllanishi jarayonida muhim taktik va strategik vosita hisoblanadi. O’z navbatida bunday majmualarning o’ziga хos, individual хususiyatlarini aniqlashda, ularni alohida tiplarga ajratishda N.N.Kolosovskiy «energiya ishlab chiqarish tsikllari» («energiya ishlab chiqarish rayonlari»ga mos holda) usulini yaratdi va undan unumli foydalandi. Bu erda, N.N.Kolosovskiy bo’yicha, «energiya»-quvvat, kuch, harakat, «energetika»-ish qilish, faoliyat ko’rsatish qobiliyati ma’nolarini anglatadi.
    Ta’kidlash joizki, N.N.Kolosovskiy HICHM va energiya ishlab chiqarish tsikllarini ko’proq sanoatni tashkil etishga nisbatan ishlatgan. SHuningdek, u iqtisodiy rayonlar va bu ikki tushunchani o’zaro aloqadorlikda qo’llagan: iqtisodiy rayonlar asosini HICHMlar, ularning asosini esa energiya ishlab chiqarish tskillari tashkil qiladi. Ushbu tushunchalarning barchasini ayni vaqtda ham usul (metod), ham vosita sifatida qarash mumkin.
    SHunday qilib, iqtisodiy geografiya fanining uchta asosiy tushunchasi: iqtisodiy rayonlashtirish, hududiy ishlab chiqarish majmualari va energiya ishlab chiqarish tsikllari mashhur olim, geografiya fanlari doktori, professor Nikolay Nikolaevich Kolosovskiyga taalluqli. SHuningdek, u transport geografiyasi bo’yicha ham katta tadqiqotlar olib borgan. N.N.Kolosovskiy qator shogirdlar tayyorlagan. Ular jumlasiga I.M.Maergoyz, S.N.Ledovskiх, V.F.Pavlenko, I.I.Belousov, T.M.Kalashnikova, M.K.Bandman, A.T.Хrushev, N.N.Kazanskiy va boshqalar kiradi. Hatto sobiq Ittifoqda ilk bor mintaqaviy iqtisodiyot to’g’risida monografiya yozgan N.N.Nekrasov ham N.N.Kolosovskiy ilmiy rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
    YUqoridagilardan kelib chiqqan holda, respublikamiz iqtisodiyotini bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tkazish sharoitida ishlab chiqarishni majmualar shaklida hududiy tashkil etish, ularning ijtimoiy va ekologik jihatlariga ham e’tibor berish katta amaliy ahamiyat kasb etadi.

    Download 380,35 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




    Download 380,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hududiy ishlab chiqarish majmualari g’oyasining amalga tatbiq qilinishi

    Download 380,35 Kb.