|
Polimerlar sintezi’’ mavzusini o‘qitishda interfaol metodlarning qo‘llanilishi annotatsiya
|
Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 23,1 Kb. | | #255933 |
Bog'liq POLIMERLAR SINTEZI
‘‘POLIMERLAR SINTEZI’’ MAVZUSINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARNING QO‘LLANILISHI
Annotatsiya. Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda interfaol metodlarni qo’llash, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda interfaol usullardan foydalanish. ‘‘ Polimerlar sintezi ’’ mavzusini o‘qitishda bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazishda interfaol metodlardan unumli foydalanish, ‘‘ Blits-o‘yin texnologiyasi’’, ‘‘ Klaster’’, ‘‘ Toifalash jadvali’’ kabi grafik organayzerlari, interfaol ta’limning umumiy tavsifi va uning didaktik imkoniyatlari hamda mavzuni yoritishda interfaol metodlardan unumli foydalanish atroflicha yoritilgan.
Kalit so’zlar: grafik organayzerlari, intefaol, ta’lim, interfaol usul, klaster, mutaxassis, didaktik imkoniyatlar.
Hozirgi kunda jadal rivojlanayotgan yurtimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan keng kamrovli islohotlar natijasida barqaror iqtisodiy o’sish, ayniqsa, ilg‘or texnologiyalarga asoslangan holda ta’lim jarayonini tashkil etish, ilm-fan innovatsion faoliyatni jadal rivojlantirish davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanadi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida pedogoglar tomonidan interfaol metodlarning o‘rinli, maqsadli, samarali qo’llanilishi talim oluvchilarda muloqotga kirishuvchanlik, jamoaviy faoliyat yuritish, mantiqiy fikrlash, mavjud g‘oyalarni sintezlash, tahlil qilish, turli qarashlar orasidagi mantiqiy bog’likni toppish qobiliyatlarini mustahkamlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Zamonaviy pedogogik texnologiyalardan unumli foydalanib, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning eng maqbul yo’li- o’quv mashg’ulotlarining interfaol metodlar yordamida tashkil etish hisoblanadi.
Blits – o‘yin texnologiyasi o‘quvchilarni harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan fani asosida ko‘p, xilma-xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga qaratilgan. Ushbu texnologiya davomida o‘quvchilar o‘zlarining mustaqil fikrlarini boshqalarga o‘tkaza oladilar, chunki bu texnologiya shunga to‘liq sharoit yaratib beradi. Blits-o‘yin texnologiyasi o‘quvchilarga tarqatilgan qog‘ozlarda ko‘rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka holda mustaqil ravishda belgilab, so‘ngra o‘z fikrini boshqalarga o‘tkaza olish yoki o‘z fikrida qolish, o‘zgalar bilan hamfikr bo‘la olishga yordam beradi.
Klaster- erkin fikrlashning asosiy metodi hisoblanadi. «Klaster» metodi puxta o'ylangan strategiya bo'lib, undan ta'lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar jarayonida amalga oshiriladi.
Klaster inglizcha so'z bo'lib (kluster) – bir butun holatda ma'lum mavzu bo'yicha erkin va ochiq fikrlashning notekis shaklini namoyon etadi. Klaster metodini amalga oshirishda yangi mavzuning asosiy tushunchasi aylanma shaklidagi chizma ichida yoziladi. Masalan yangi mavzu pedagogik qobiliyatlar bo'lsa talabalar u haqida ko'z oldiga kelgan fikrlarni yozish taklif etiladi. Bunda talabalar tomonidan yozilgan fikrlar umumlashtirib aytib beriladi. Bu fikrlarni doskada bo'r yoki plakatda flomasterlar bilan yozish mumkin.
Yangi mavzu o'rganishda darsni mustahkamlash bosqichida talabalarga quyidagi topshiriq beriladi. Qizil rangli ruchkalarini (yashil, qora bo'lsa ham bo'ladi) olib yangi o'rganilgan tushunchalar bilan boyitiladi. Talabalar yozilganlarni (o'qib) aytib beradilar. Doskada (boshqa rangli bo'r bilan) yoki plakatda boshqa rangli flolmasterlar bilan aytilgan fikrlari yozib boriladi. Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli sifatida ta'lim oluvchilarga muammo (mavzu) lar hususida ihtiyoriy, erkin, ochiq o'ylash va fikrlarni bemalol bayon etish imkoniyatini yaratadi
|
| |