|
Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot va mehnat sosiologiyaSI” kafedrasi oliy ta’limning
|
bet | 10/48 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 380,35 Kb. | | #148468 | Turi | Referat |
Bog'liq Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish-fayllar.orgBu sahifa navigatsiya:
- MAVZU
Savol va topshiriqlar.
1. Hududiy ishlab chiqarish majmualari nima va uning asoschisi kim?
2. nima sababdan hududiy ishlab chiqarish majmualari iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi?
3. Hududiy ishlab chiqarish majmualari va energiya ishlab chiqarish tsikllari o’rtasidagi farq nimadan iborat?
4. Nima uchun sobiq Ittifoq davrida hududiy ishlab chiqarish majmualari g’oyasi yaхshi natijalarni bermadi?
5. Respublikamizda vujudga kelayotgan hududiy ishlab chiqarish majmualarini ta’riflab bering.
MAVZU: ISHLAB CHIQARISHNI HUDUDIY TASHKIL ETISHNING ASOSIY OMILLARI
REJA
1. Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirish haqida umumiy tushuncha.
2. Xom ashyo omili.
3. Yoqilg`i-energetika omili.
4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar.
5. Transport, ekologiya va bozor iqtisodiyoti omili.
Iqtisodiyot tarmoqlari o`z-o`zidan, tasodifiy hududiy tarqalmaydi, balki ma'lum shart-sharoitlar va omillarni hisobga olgan holda joylashtiriladi yoki hududiy tashkil etiladi. Bu omillarni yaxshi bilish ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimining rivojlanish qonuniyatlarini o`rganishga asos bo`ladi. Qonuniyatlar esa talabalarning behisob fakt va raqamlarni yodlab olishdan ozod qiladi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda xom ashyo, yoqilgi, elektr quvvati, suv va iqlim sharoitlari, mehnat resurslari, iste'mol va transport, iqtisodiy geografik o`rin kabi omillar e'tiborga olinadi. Shuningdek, ekologiya, ilmiy-texnika taraqqiyoti va bozor iqtisodiyoti omillarining bu boradagi ahamiyati ham oshib bormoqda (3-chizma).
Ushbu omillarni tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik guruhlarga birlashtirish mumkin. Ularning mohiyati va ta'sirchanligi jamiyat rivojlanishi bilan o`zgarib turadi. Chunonchi, ilmiy-texnika taraqqiyoti natijasida xom ashyo, yoqilg`i, elektroenergiya va transportning hal qiluvchi ta'siri biroz susayib boradi. Ayni paytda, ijtimoiy (iste'mol) va ekologik omillar hamda bozor iqtisodiyoti munosabatlari ishlab chikarishni tashkil etishda ustuvor o`ringa ega bo`lmoqda.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart-sharoitlar, omillar hisobga olinadi. Lekin ma'lum tarmoqni hududiy tashkil etishda barcha omillar emas, balki ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal etuvchi rol uynaydi (1-jadval). Bu masalani tushuntirish uchun yaratiladigan mahsulot birligiga suv yoki elektr quvvati, ishchi kuchining qay darajada sarflanishini ko`rsatish kifoya. Boshqacha qilib aytganda, kasr maxrajida mahsulot birligi, uning suratida esa alohida-alohida omil turlari (masalan, 1 tonna shakar olish uchun qancha xom ashyo, ya'ni qancha qand lavlagi ishlatiladi, qancha elektr quvvati yoki mehnat sarflanadi) turadi. Qaysi omil bo`yicha yirik son chiqsa, odatda, uning ahamiyati shuncha yuqori bo`ladi va u ko`rilayotgan iqtisodiyot tarmog`ini joylashtirishda belgilovchi, aniqlovchi vazifani o`taydi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, ma'lum tarmoqqa kiruvchi barcha korxonalar yoki kichik "tarmoqchalar" uchun bittagina omil tegishli bo`lmaydi. Jumladan, mashinasozlik tarmog`iga kiruvchi ba'zi bir korxonalarni joylashtirishda xom ashyo (metall) ko`proq ahamiyatga ega bo`lsa, boshqasi uchun malakali ishchi kuchi muhim omil hisoblanadi.
Endi yuqorida ko`rsatilgan asosiy omillarga qisqacha to`xtalib o`tamiz.
|
| |