• MAVZU: ISHLAB CHIQARISHNI IJTIMOIY TASHKIL ETISHNING SHAKLLARI REJA: 1. Ishlab chiqarishda mujassamlashuv. 2. Ixtisoslashuv va uning shakllari.
  • Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot va mehnat sosiologiyaSI” kafedrasi oliy ta’limning




    Download 380.35 Kb.
    bet7/48
    Sana30.01.2024
    Hajmi380.35 Kb.
    #148468
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
    Bog'liq
    Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish-fayllar.org
    1-LABORATORIYA MASHG’ULOT MAVZU. Axborot tizimlarida axborotni himoyalash, O\'zbek tilining izohli lug\'ati - A, 10 gerkusov, Mikroelektronika - Vikipediya, slayd 1, Aholi daromadlari, ttva tl yakuniy j, nazora, Elma catalog fin, 200 Ibora Rus tili - Лист1, Sh.N.Ibadullayeva

    Savol va topshiriqlar

    1. Joylanish, joylashtirish, hududiy tashkil etish o’rtasida qanday farq bor?


    2. «I.Tyunen хalqalari» nima?


    3. A.Veberning «sanoat shtandorti» haqida nimalarni bilasiz?


    4. V.Kristaller va A.Lyosh ilmiy g’oyalari mohiyatini tushuntirib bering.


    5. YAngiliklar davr va hududga qanday tarqaladi?




    MAVZU: ISHLAB CHIQARISHNI IJTIMOIY TASHKIL ETISHNING SHAKLLARI
    REJA:
    1. Ishlab chiqarishda mujassamlashuv.
    2. Ixtisoslashuv va uning shakllari.
    3. Kooperatsiya, uning ixtisoslashuv bilan aloqasi.
    4. Kombinatlashuv, ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko`rsatish sohalarida bu shaklning amalga oshirilishi.
    Ishlab chiqarishni tashkil etishning barcha shakllari - mujassamlashuv (konsentratsiya), ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinatsiya ayni paytda ijtimoiy va hududiy tomonlarga ega. Albatta, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya uchun ishlab chiqarishning hududiy tomoni yetakchi rol o`ynaydi. Shunga qaramasdan, bu bir-biri bilan bog`liq b o`lgan jarayonlarni uyushtirgan holda o`rganish, tahlil qilish, biridan ikkinchisiga o`ta bilish geografik fikrlashning muhim xususiyatidir.

    Endi qisqacha ishlab chikarishni tashkil etish shakllariga to`xtalib o`taylik Ularning tahlilini mujassamlashuvdan boshlaganimiz ma'qul bo`lsa kerak, zero qolgan shakllarning negizida ham u yoki bu ko`rinishdagi mujassamlashuvni ko`rishimiz mumkin.


    Mujassamlashuv yoki ishlab chiqarishning to`planishi, yig`ilishi iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga tegishlidir. Ammo geografik jihatdan u eng avvalo sanoat, qishloq xo`jaligi va transport, ya'ni moddiy sohalarda yaqqol namoyon bo`ladi. Qolaversa, iqtisodiy geografiya fanining obyektini aynan shu tarmoqlarning hududiy tashkil etilishini, ularning joylashish xususiyatlari belgilab beradi. Chunonchi, sanoat uchun "nuqta" yoki tugun ko`rinishida hududiy tashkil etish, qishloq xujaligiga areal yoki mintaqa (zonal), transport uchun esa lentasimon yoki chiziq shaklidagi joylashuv xosdir. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ma'lum darajada xuddi ana shu nuqtalar -sanoat markazlari va tugunlari, areal va zonalar, "tasmalar"ni, ularning joylashuvi, aloqasi va hududiy munosabatlarini o`rganadi. Ijtimoiy obyektlarning hududiy tashkil etilishi esa yuqoridagi tarmoqlar joylashuvi bilan belgilanadi. Masalan, aholi va unga xizmat ko`rsatuvchi sohalarning hududiy tizimlari sanoat, qishloq xo`jaligi va transport geografiyasi asosida amalga oshiriladi. Demak, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya nuqta, areal va chiziqlar, ularning o`zaro hududiy munosabati to`g`risidagi fan hisoblanadi. Buni biz iqtisodiy geografiyaning o`ziga xos "geometriyasi" deb atashimiz ham mumkin.
    Yuqorida mujassamlashuvning hududiy tomoniga e'tibor berdik. Uning ijtimoiy tomoni ham xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida turlicha bo`ladi. Umuman olganda, mujassamlashuv sanoat misolida juda aniq yoki sezilarli ko`rinadi. Bu borada ishlab chiqarish fondlari, yalpi mahsulot yoki ishchi va xizmatchilarning turli korxonalarda yig`ilishi, to`planishi sof holdagi ishlab chiqarish yoki korxona mujassamlashuvi, ularning shaharlar va rayonlar joylashuvini esa urbanistik va hududiy mujassamlashuv sifatida ko`rsatish o`rinli.
    Mujassamlashuvning bu shakllari bir-biriga o`tib turadi va turli rayon yoki mamlakatlarda har xil birikmada bo`ladi. Masalan, shaharning markazlashuv darajasi ma'lum bir bosqichga ko`tarilgandan, hududning "sig`imi" optimal darajaga yetgandan keyin o`ziga xos vaziyat vujudga keladi, ya'ni endi mazkur shaharda qo`shimcha korxonalarni qurish imkoniyati qolmaydi. Ekologik, uy-joy, transport muammolari keskinlashadi, qurish uchun yer maydoni ham yetishmaydi va ayni paytda yangi korxona bu markazdan olisda joylashuvni ham "istamaydi". Demak, yirik shaharda ham emas, undan uzoqda ham emas; shaharning imkoniyati yo`q, korxona esa undan yiroqlasha olmaydi. Natijada, yangi korxona yoki ilmiy tekshirish muassasalari, oliy o`quv yurtlari yirik shaharning ta'sir doirasida o`rnashadi - shahar aglomeratsiyasi, sanoat tuguni vujudga keladi. Ammo aglomeratsiyalar ham o`ziga xos hududiy mujassamlashuvdir. Fanda aglomeratsiya omili va u bilan bog`liq aglomeratsiya samaradorligiga ilk bor nemis olimi Alfred Veber (1909-y.) asos solgan.
    Yuqorida keltirilgan mulohazalarga misol sifatida Toshkent atrofida joylashgan go`sht kombinati (O`rtaovul shaharchasi), ToshIES, Toshksnt agrar universiteti (Yalang`och shaharchasi), Yadro fizikasi instituti (Ulug`bek shaharchasi), alkagolsiz ichimliklar kombinati (Qibray) va hokazolarni ko`rsatish mumkin. Toshkent aholisi ehtiyoji va xo`jaligi uchun zarur bo`lgan bu korxonalarni poytaxtda qurishning iloji yo`q, lekin ular iste'molchi, sanoat, ilm-fan markaziga yaqin bo`lmog`i lozim. Bundan yana bir xulosa, ya'ni ishlab chiqarish mujassamlashuvi bilan shahar rivojlanishi o`rtasidagi munosabat kelib chiqadi. Dastlab shaharning vujudga kelish va ulg`ayishida ishlab chiqarishni joylashtirish (mujassamlashuvi) yetakchi rol o`ynaydi, keyinchalik esa shaharning o`zi ishlab chiqarishning hududiy tashkil etish omiliga aylanadi. Endi turli shakldagi mujassamlashuvga misol keltiraylik. Masalan, O`zbekiston sanoat mahsulotining yarmidan ko`pini har birida 2000 dan ortiq ishchi ishlaydigan korxonalar ishlab chiqaradi, deb faraz qilaylik. Bu ishlab chiqarish yoki korxona darajasidagi mujassamlashuvdir. Toshkent shahrida mavjud korxonalar O`zbekiston Respublikasi sanoat mahsulotining taxminan 15-16 foizini beradi - bu urbanistik mujassamlashuv bo`ladi. Agar Farg`ona vodiysini respublikamizning asosiy pilla yoki meva maskani, neft mahsulotlari yoki o`simlik moyi ishlab chiqaruvchi rayoni sifatida ko`rsak, u holda hududiy mujassamlashuvni nazarda tutgan bo`lamiz.
    Mujassamlashuvning yuqori yoki pastligi ayni chog`da ma'lum bir sohaning rivojlanganlik darajasini belgilaydi. Bu yerda "umumiy maxraj" bo`lib shahar, viloyat yoki boshqa bir joyda yashovchi aholining ulushi, hissasi xizmat qiladi. Aytaylik, Fargona vodiysida O`zbekiston Respublikasi aholisining 27 foizi joylashgan. Agar u yoki bu ishlab chiqarish ko`rsatkichi shu raqamdan qancha yuqori bo`lsa, mazkur ishlab chiqarish tarmog`i vodiyda shunchalik rivojlangan, mujassamlangan bo`ladi.
    Korxona, urbanistik va hududiy mujassamlashuv turli rayon yoki mamlakatlarda turlicha birikma hosil qiladi. Past darajadagi korxona yoki ishlab chiqarish mujassamlashuvi yuqori urbanistik mujassamlashuvga to`g`ri kelishi ham uchraydi. Bu holda shaharda mayda korxonalar soni juda ko`p bo`ladi. Aksincha, urbanistik mujassamlashuv past, ammo ishlab chiqarish mujassamlashuvi yuqori bo`lishi ham mumkin. Bunga kichikroq shaharda, masalan, Asaka yoki Xivada katta ishlab chiqarish korxonalarining joylashuvi misol bo`la oladi. Xuddi shunday, past darajadagi urbanistik mujassamlashuv yuqori hududiy mujassamlashuvga ham olib keladi. Bu holda mazkur hududda juda ko`p kichik sanoat punkti yoki markazlari mavjud bo`ladi. Xuddi shu vaziyatni respublikaning ko`pgina viloyatlaridagi (Andijon, Buxoro, Farg`ona, Namangan, Xorazm va h.k.) to`qimachilik qo`shma korxonalarining joylashganligida uchratamiz. Shu bilan birga past darajadagi hududiy mujassamlashuv yuqori urbanistik ko`rsatkich bilan ham uyg`unlashgan tarzda keladi. Masalan, bir vaqtlar Fransiya deganda, avvalo uning poytaxti Parij, Vengriya ramzida esa Budapesht tushunilar edi. Shunday qilib, yuqori darajadagi mujassamlashuv, ayniqsa bozor munosabatlariga o`tish davrida o`ta yirik korxonalarni barpo etish hamma vaqt ham ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan samarali emas. Bunday vaziyatda xom ashyo va tayyor mahsulotni transportda tashish xarajatlari ko`payadi, ishchi kuchi yetishmaydi va, eng muhimi, ekologik muvozanat buziladi. Xo`sh, qaysi darajadagi mujassamlashuv ma'qul degan savol tugiladi. Axir, ayni bir hajmdagi mahsulotni turli xil yiriklikdagi korxona, shahar yoki rayonlarda ishlab chiqarish mumkin-ku! Bu yerda ham bir tomonlamalik, qat'iylik zararli va xavflidir. Binobarin, turli xil yiriklikdagi korxonalar, shaharlar bo`lgani maqsadga muvofiq bo`lsa kerak. Demak, mujassamlashuv obyektiv qonuniyat, biroq u barcha mamlakatlarga xos va iqtisodiy samaradorlikka ega bo`lsa-da, uning ma'lum chegarasi, darajasi, doirasi bo`lishi shart.
    Mamlakatning birgina, aksariyat hollarda, poytaxt shahari asosida rivojlanishini Lotin Amerikasi davlatlarining yaqin o`tmishdagi taraqqiyoti yoki Afrika mamlakatlari misolida ko`rishimiz mumkin. Ushbu mamlakatlar o`z ijtimoiy-iqtisodiy borlig`ini ularning eng yirik markazi bo`lgan poytaxt shahrida mujassamlantiradi. Bunday hollarda ishlab chiqarishning bir tomonlama yoki nomutanosib hududiy tarkibini, o`ta markazlashgan mujassamlashuvni bildiradi.
    Respublikada ham faqat Toshkent yoki Toshkent viloyatini rivojlantirib, qolgan mintaqa va joylarni o`z holiga qoldiraverish ham yaramaydi, albatta. Shu bois Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo, Jizzax kabi viloyatlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish zamon talabi bo`lib, bu masalalar mustaqil davlatning ilmiy asosda ishlab chiqilgan mintaqaviy siyosatida o`z aksini topmog`i lozim.
    Markazlashuv mujassamlashuvning bir ko`rinishidir. Bu yerda ishlab chiqarish korxonalari yoki boshqa tashkilotlar va sohalarni asosan birgina shaharda joylashuvi tushuniladi. Ayni paytda mamlakat yoki xo`jalik boshqaruvining bunday tizimi yakka hokimlik-monopoliyaga olib kelishi turgan gap, bu esa maqsadga nomuvofiqdir.
    Yuqoridagi ma'noda mujassamlashuv tushunchasi hamma vaqt markaz tushunchasini ifodalaydi. Shubhasizki, bu markaz balandroq turishi, ko`zga yaqqol va darhol tashlanishi lozim. Ammo "markaz" deganda shaharlarni umuman sanoat yoki madaniyat markazi sifatida qarash ham to`g`ri bo`lmaydi. Qolaversa, barcha shaharlar ham sanoat, madaniyat markazidir. Shuning uchun shahar aynan qaysi sanoat tarmog`i markazi ekanligini aniqlash ma'qulroq hisoblanadi. Chunonchi, Angren umuman sanoat markazi emas, balki ko`mir (yokilg`i) sanoat markazi, Marg`ilon yoki Namangan esa to`qimachilik, Asaka mashinasozlik sanoatining markazi ekanligini ko`rsatish to`g`riroq bo`ladi.
    Ixtisoslashuv ham ishlab chiqarishni tashkil etishning muhim shakli bo`lib, u hududiy mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarning tarkib topishi bilan chambarchas bog`liq. Uning uch bosqichi va uch turi mavjud. Ixtisoslashuvning uch bosqichi deganda korxona, shahar yoki rayon miqyosidagi ixtisoslashuv tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, ularning har biriga hududiy yoki ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ma'lum bir mahsulotning ishlab chiqarilishi biriktiriladi. O`z navbatida, ixtisoslashuv shu korxona (u jamoa xo`jaligi bo`lishi ham mumkin), shahar va rayonlarning "basharasini", ularning mehnat taqsimotida tutgan o`rnini belgilab beradi.
    Ixtisoslashuvning uch turi-bu qism (detal), texnologik yoki yarim mahsulot (polufabrikat) va predmet (tayyor mahsulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuvidir. Ixtisoslashuvning bunday ko`rinishlari bir-biri bilan uzviy bog`liq va ular turli hududiy bosqichda o`zgacha xususiyatga ega bo`ladi.
    Ixtisoslashuv oqibatida xalq xo`jaligining tarmoqlari vujudga keladi, iqtisodiy rayonlar, shaharlarning funksional tiplari shakllanadi. Shu bilan birga, u tashqi iqtisodiy aloqalarni taqozo etadi, chunki ishlab chiqarilgan va mahalliy iste'moldan ortib qolgan mahsulot chetga chiqariladi, mazkur rayonda yetishmaydigan mahsulot esa boshqa joydan keltiriladi.
    Ixtisoslashuvni aniqlash uchun bir necha shart va sharoitlar zarur. Muhimi - mahsulot faqat shu joy talabini qondiribgina qolmay, balki ortiqchasi boshqa rayonlarga chiqarilishi yoki tovar xususiyatiga ega bo`lishi kerak, aks holda bu tarmoq mazkur joy uchun ixtisoslashgan soha bo`lmasligi mumkin. Aytaylik, rayon yoki viloyatda respublikada ishlab chiqilgan mahsulot shu yerning o`zida batamom iste'mol qilinsa yoki, aksincha, ushbu mahsulot mahalliy sharoit ehtiyojini qondirmay, tamomila chetga chiqarilsa, har ikkala holda ham to`laqonli ixtisoslashuv bo`lishi mumkin emas. Birinchi misolda oddiy natural xo`jalik, ikkinchi holda esa xom ashyoga asoslangan qaram rayon yoki mamlakat guvohi bo`lamiz, chunki ko`p degan so`z har doim ham ortiqcha ma'noni anglatmaydi. Masalan, Rossiya Federatsiyasining Markaziy iqtisodiy rayonida Belorussiyadan ko`proq kartoshka yoki Boltiqbo`yi respublikalariga ko`ra ko`proq sut ishlab chiqariladi. Ammo na kartoshka, na sut Rossiyaning Markaziy rayoni uchun ixtisoslashgan tarmoq hisoblanmaydi, zero bu mahsulotlarning barchasi o`z joyida iste'mol qilinadi, chunki rayonning o`zida 30 mln dan ziyod aholi yashaydi. Ayni paytda kartoshka Belorussiya Respublikasi uchun, sut Boltiqbo`yi mamlakatlariga ixtisoslashgan tarmoq bo`lib xizmat qiladi. Bu joylarda qishloq xo`jalik mahsulotlariga bo`lgan mahalliy talab qondiriladi, ortiqchasi esa chetga chiqariladi.
    Shunday tartibda mulohaza yuritib, O`zbekistondagi ixtisoslashgan tarmoqlarni aniqlash mumkin. Chunonchi, respublikamiz paxta tolasi, pilla, tog`-kon sanoati, avtomobilsozlik va boshqa sohalarga ixtisoslashgan. Uni ip yoki ipak gazlamaga, un, neft sanoatiga ixtisoslashgan deyish biroz mushkulroq, chunki bu mahsulotlar O`zbekistonda hozircha yetarlicha ishlab chiqarilmaydi va ular mahalliy talabni to`la qondira olmaydi.
    Ixtisoslashuv, albatta, faqat moddiy ishlab chiqarishga tegishli emas. U barcha ijtimoiy jabhalarga ham molik xususiyatdir. Qolaversa, ayrim oliygohlar o`qituvchi, boshqalari-agronom, muhandis, iqtisodchi kabi mutaxassislarni tayyorlaydi. Sababi-bu oliygohlar shunday xodimlarni tayyorlashga ixtisoslashgan.
    Ixtisoslashuvning ham mujassamlashuvga o`xshash o`zining chegarasi bo`lishi lozim; o`ta tor ixtisoslashuv bir tomonlamalikka, yo`l xarajatlarining ko`payishiga olib keladi. Ulkan korxonalarni qurish qanday zararli bo`lsa, haddan tashqari tor ixtisoslashuv, yakkahokimlik ham shuncha xatarlidir. Afsuski, yaqin o`tmishda mamlakatimiz qudrati, uning rivojlanganlik darajasi "yirik", "eng katta", "yagona" kabi tushunchalar bilan ifodalanar, "birinchi" bo`lish esa ko`p hollarda qolgan barcha sohalarda qoloqlikni anglatar edi. Ammo bu mulohazalardan noto`g`ri xulosa chiqarish ham kerak emas, chunki ixtisoslashuvsiz shahar, tuman, viloyat, iqtisodiy rayon, respublikalarni, qolaversa, jamiyat va kishilarning o`zini ham rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. Shuning uchun ixtisoslashgan tarmoq bilan birgalikda boshqa yordamchi yoki ikkilamchi sohalar ham, hech bo`lmaganda, mahalliy ehtiyoj doirasida rivojlangan bo`lishi lozim. Bu yerda ixtisoslashgan tarmoqni daraxtning tanasiga, daryoga, qo`shimcha tarmoqlarni esa daraxtning shox va shoxchalariga, daryoning irmoqlariga o`xshatish o`rinli. O`z-o`zidan ma'lumki, tanasiz shox ham bo`lmaydi, shoxsiz daraxt esa - bu oddiy butadir, irmoqsiz daryo ham barkamol daryo tizimini shakllantirmaydi.
    Demak, ixtisoslashuv kompleks, har tomonlama rivojlanish bilan uyg`unlashuvi kerak. Zero, ixtisoslashuvda yo`l qo`yilgan xatolar oqibatini hozirgi kunda sezib turibmiz. Bu kamchiliklar ayniqsa sobiq ittifoqdosh respublikalarning o`zaro iqtisodiy aloqalarini buzilishida o`z aksnni topmoqda. Shu sababli, e'tibor ko`proq har bir respublikaning mumkin qadar atroflicha rivojlanishiga qaratilmoqda. Albatta, bunday taraqqiyot respublikani jahon hamjamiyatidagi boshqa mamlakatlardan farq qildiruvchi, uning o`rnini belgilab beruvchi ixtisoslashgan tarmoqlarni takomillashtirish orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, ixtisoslashuv har bir joyning kimligi yoki nimaligini, bir joyning ikkinchi joydan farqini anglatadi va, binobarin, u, ya'ni hududiy ixtisoslashuv, iqtisodiy rayon iqtisodiy geografiyaning o`zak tushunchalari hisoblanadi.
    Kooperatsiya pirovard natijada muayyan bir mahsulot yaratish uchun turli korxonalarning hamkorligidir (1-chizma). Bu korxonalar faqat bir yoki ikki tarmoqqa tegishli bo`lmasligi mumkin. Shu bilan birga, kooperatsiyada hududiy birlik, barcha ixtisoslashgan korxonalarning bir joyda o`rinlashuvi uncha sezilmaydi va, aksincha, ularning tarqoq ko`rinishda joylashuvi kuzatiladi.
    Kooperatsiyada qatnashuvchi korxonalar soni ishlab chiqarilayotgan mahsulotning murakkabligiga bog`liq. Chunonchi, mashinasozlikda, aniqrog`I, yengil va yuk mashinalarini ishlab chiqarish uchun juda ko`p ehtiyot qismlar, detallar kerak. Shu bois bunday mashinalarning yaratilishida yuzlab ixtisoslashgan korxonalarning ulushi bor. Masalan, Moskvada yengil avtomobil yoki Lixachev nomli zavod, Tolyattidagi Volga avtomobil zavodi (Jiguli) va shunga o`xshash birlashmalar 200 va undan ortiq korxonalar bilan hamkorlik qiladi. O`zimizning Asakadagi "O`zDEU" avtokorxonasi ham respublikamiz va boshqa mamlakatlardagi (asosan Janubiy Koreya) korxonalar bilan aloqa qiladi.
    Modomiki asosiy yakunlovchi yoki yig`uvchi bosh korxona ko`p joydan asbob-uskunalar, detall va jihozlar olar ekan, u transport-geografik jihatdan qulay nuqtada o`rinlashuvi zarur.
    Kombinatsiya, kombinatlash kooperatsiyaga o`xshab korxonalar birlashmasidan iborat. Ammo bu yerda tarqoq holda joylashgan birlik emas, balki ularning hududiy umumiyligi tushuniladi. Shu sababali kombinatsiyada, kooperatsiyadan farqli o`laroq, ko`proq hududiylik, majmua namoyon bo`ladi.
    Bu ikki, yuzaki qaraganda, bir-biriga o`xshash tushuncha o`rtasida boshqa farqlar ham bor. Kooperatsiyada natija, maqsad, pirovard mahsulot bir bo`lsa, kombinatsiyada, aksincha, ya'ni xom ashyo bir bo`lib, undan olinadigan mahsulot turlari har xildir (2-chizma).
    Demak, kombinatlashuv ma'lum bir turdagi xom ashyoni chuqur texnologik qayta ishlash, uning chiqindilaridan to`la foydalangan holda barcha mahsulotlar ishlab chiqarishni anglatadi. Xuddi shu ma'noda kombinatsiya "to`ntarilgan" kooperatsiyadir.
    Kombinatsiya bir geografik nuqtada, xatto korxonalar birlashmasi doirasida kattaroq joy yoki rayonda ham bo`lishi mumkin. Xalq xo`jaligi tarmoqlari orasida esa u ayniqsa qora va rangli metallurgiya, kimyo, o`rmon, oziq-ovqat, yengil va qurilish sanoatiga tegishlidir. Xullas, bu shaklni qayerda "kombinat" so`zini uchratsak, uni o`sha sohada ko`ramiz, xatto aholiga xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlarda ham (maishiy xizmat kombinatlari). Sanoatda kombinatlar bir necha texnologik jihatdan bog`liq bo`lgan zavod yoki sexlardan tashkil topgan bo`ladi. Masalan, qora metallurgiya kombinatlari, aniqrog`I, to`liq siklli kombinatlar cho`yan, po`lat va prokat ishlab chiqaruvchi zavodlar birlashmasidir. Agar ularning bittasi bo`lmasa, u holda kombinat to`liq siklga ega emas (Bekoboddagi O`zbek metallurgiya kombinati xuddi shunday korxonalardandir).
    To`qimachilik kombinatlari yigiruv, bo`yoqlash, tayyorlash sexlaridan iborat. Xom ashyo bitta-paxta tolasi yoki pilla mahsuloti; go`sht kombinatida ham yagona xom ashyo asosida bir necha mahsulot: go`sht, konserva, kolbasa kabi boshqa go`sht mahsulotlari olinadi. Uning chiqindisidan, masalan, suyak va qondan qishloq xo`jaligi va tibbiyot sohasida foydalanish mumkin, terisi esa oshlangandan so`ng charm-poyafzal sanoatida ishlatiladi. O`rmon, sement-shifer, kimyo kombinatlarining tuzilishi ham xuddi shunday. Qolaversa, markazlashgan issiqlik elektr stansiyalari ham kombinat xususiyatiga ega, chunki ular ayni paytda elektr energiyasi va par (bug`) beradi.
    Shunday qilib, kombinatsiya sanoat tarmoqlarining ko`pchiligiga xosdir. Faqat mashinasozlikda "kombinat" so`zini uchratmaymiz, ammo mohiyatan bu yerda ham u mavjud, zotan metalldan asosiy mahsulot bilan bir qatorda keng iste'mol mollari ham ishlab chiqariladi. Masalan, Toshkentdagi Chkalov nomli aviatsiya birlashmasi samolyotdan tashqari avtomobil uchun ba'zi bir ehtiyot qismlar, bolalar aravachasi (kolyaska) va shunga o`xshash turli xil xalq iste'mol mollarini ham ishlab chiqaradi. Yuqorida keltirilgan misollarda ma'lum bir nuqtada yoki yirik korxonalar doirasidagi kombinatsiyani ko`rish mumkin. Uning hududiy ko`rinishi esa hududiy ishlab chiqarish majmuasining o`zginasidir.
    Umuman olganda, ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari o`zaro bog`liq. Chunonchi, ixtisoslashgan korxonalar yoki kooperatsiya va kombinatsiya doirasidagi ishlab chiqarish bo`g`inlari ham u yoki bu ko`rinishda mujassamlashuvni anglatadi. Biroq bu yerda ularning bir joyda to`planganligi, yig`ilganlik darajasi boshqa joylarga nisbatan yuqori bo`lishi lozim, aks holda tom ma'nodagi mujassamlashuv bo`lmaydi.
    Mujassamlashuv yoki ixtisoslashuv ayni paytda shu sohaning rivojlanganligidan dalolat beradi. Ammo bu rivojlanganlik mujassamlashuvda korxona yoki tashkilotning kattaligi, ko`lami bilan o`lchansa, ixtisoslashuvda esa u o`z ifodasini yagonaligi, noyobligi va betakrorligida topadi.
    Kooperatsiya va kombinatsiya bir-biriga o`xshashligini yuqorida qayd qilgan edik. Bu masalaga yana bir yondashsak, ularning ikkalasi uchun ham ixtisoslashuv tegishli ekanligining guvohi bo`lamiz.
    Agar kooperatsiyaga asosan detal yoki qism darajasidagi ixtisoslashuv mos bo`lsa, kombinatsiya uchun texnologik, yarim mahsulot ishlab chiqarish doirasida ixtisoslashgan korxonalar birikmasi xosdir. Shuning uchun ularning aloqadorlik va farqlarini aniqlash, ijtimoiy va hududiy tomonlarini ajrata bilish, bir-birlarini bog`lab ko`rish iqtisodiy geografik o`rganishning muhim shartidir.
    Mustaqillikni mustahkamlash va bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tish sharoitida ishlab chiqarishni tashkil etishning barcha shakllaridan to`g`ri va oqilona foydalanish zarur. Masalan, har qanday mustaqil davlatning iqtisodiy qudratini faqat kichik yoki tor darajada ixtisoslashgan korxonalar bo`yicha parchalab yuborish maqsadga muvofiq emas. Shu bois, mamlakat uchun katta, o`rta va kichik, turli darajada ixtisoslashgan korxonalarning turg`un uyushmasi, majmuasi kerak.
    Hozirgi sharoitda O`zbekiston milliy iqtisodiyotini ham "pastdan", ham "yuqoridan" qurish lozim. Binobarin, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda barpo etilayotgan sanoat korxonalari uchun ularga zarur bo`lgan texnologik qismlar, detal va dastgohlarni o`zimizda tayyorlash imkoniyatlarini vujudga keltirish, ishlab chiqarishning mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish zamon talabidir. Shu bilan birga, mavjud imkoniyat va resurslardan to`la foydalangan holda mamlakatimiz hududida ko`proq tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirishga ahamiyat berish lozim.



    Download 380.35 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




    Download 380.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot va mehnat sosiologiyaSI” kafedrasi oliy ta’limning

    Download 380.35 Kb.