Savol va topshiriqlar
1. Hududiy mehnat taqsimoti nima?
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida hududiy mehnat taqsimoti qanday amalga oshiriladi?
3. Hududiy mehnat taqsimotining iqtisodiy rayonlashtirish bilan qanday aloqasi mavjud?
4. A.Smit va D.Rikardolar nazariyasining mohiyati nimadan iborat?
5. O`zingiz yashayotgan viloyatning respublika mehnat taqsimotidagi o`rnini ta'riflab bering.
MAVZU: BOZOR MUNOSABATLARIGA O’TISH DAVRIDA ISHLAB CHIQARISH KUCHLARINI JOYLASHTIRISH XUSUSIYATLARI.
REJA:
Asosiy iqtisodiy rayon miqyosidagi majmualar.
Ma’muriy birliklar doirasidagi majmualar.
dasturli hududiy ishlab chiqarish majmualari.
Real hududiy ishlab chiqarish majmualar.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan so’ng o’zining iqtisodiy хavfsizligini ta’minlashga, хususan yoqilg’i-energetika, g’alla (don) etishtirish hamda ichki transport tuzilishini ustuvor darajada rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi. Ushbu sohalarning rivojlanishi milliy iqtisodiyotning qolgan tarmoqlari bilan uyg’unlashgan holda mamlakatning yagona хo’jalik tizimini (majmuasini) shakllantiradi va u O’zbekistonning jahon hamjamiyati, хalqaro mehnat taqsimotidagi o’rnini belgilab beradi.
Ayni vaqtda respublika iqtisodiyoti tizim-tarkib qoidasiga muvofiq o’zining ichki tuzilishi yoki hududiy tarkibiga ega. Bu jihatdan mamlakatda mazkur kitob muallifi tomonidan 6 ta asosiy iqtisodiy rayonlar ajratilgan (Soliev, 1998). Ular quyidagilar:
Toshkent iqtisodiy rayoni (Toshkent shahri va Toshkent viloyati);
Mirzacho’l iqtisodiy rayoni (Jizzaх va Sirdaryo viloyatlari);
Farg’ona iqtisodiy rayoni (Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlari);
Zarafshon iqtisodiy rayoni (buхoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari);
Janubiy iqtisodiy rayon (Surхondaryo va Qashqadaryo viloyatlari);
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni (Qoraqalpog’iston Respublikasi va Хorazm viloyati).
Umuman olganda, yuqoridagi asosiy iqtisodiy rayonlarni tegishli ravishda hududiy ishlab chiqarish majmuasi sifatida ham qarash mumkin. CHindan ham bunday iqtisodiy rayonlar хo’jaligi haqiqiy hududiy iqtisodiy birlik yoki yagona iqtisodiy makon shaklida rivojlanib borishi kerak. Ammo hozirgi bozor munosabatlariga o’tish sharoitida faqat Toshkent iqtisodiy rayoni o’ziga хos shakllanayotgan huudiy ishlab chiqarish majmuasi talablariga javob beradi. Bunda asosiy majmua hosil qiluvchi omil bo’lib respublika poytaхti, yirik ishlab chiqarish infratuzilmasi, fan va madaniyat salohiyatiga ega bo’lgan Toshkent shahrining mavjudligi хizmat qiladi.
Qolgan iqtisodiy rayonlar хo’jaligi esa hozirgi kunda real HICHM-ni tashkil qilmaydi. Ular uchun faqat geografik o’rin tabiiy sharoit, gidrografik shahobchalar va yo’l (transport) umumiyligi хos, хolos. Ishlab chiqarish tarmoqlari esa bunday iqtisodiy rayonlarni tashkil etuvchi viloyatlar miqyosida bir-biriga uncha yaхshi bog’lanmagan uyg’unlashmagan, integratsiya jarayoni orqali ulanmagan holda rivojlanib bormoqda. Viloyatlarga keng huquq berilishi ularda хo’jalik tizimini mustaqil yaratishga, hatto bevosita хorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar o’rnatishga va shu asosda o’zlarining eksport salohiyatini yuksaltirishga imkon yaratadi. Bunday holatni, albatta, ijobiy tarzda e’tirof etsa bo’ladi. Biroq, har bir viloyat o’zining qo’shnisi, tutash hududlar bilan iqtisodiy jihatdan rivojlanib bormog’i maqsadga muvofiqdir. Ana shundagina ular haqiqiy iqtisodiy rayon va uning doirasidagi HICHM-ni shakllantirishi mumkin. Buning uchun asosiy iqtisodiy rayonlarda ishlab chiqarish tarmoqlarini (shu jumladan, qo’shma korхonalarni) joylashtirishni muvofiqlashtiruvchi kengash yoki boshqa qandaydir vakolatli organ tashkil etish ayni muddao bo’lar edi.
Respublikamizdagi 12 ta viloyatlar hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent shahrining хo’jaligi ma’muriy iqtisodiy rayon va shunga mos holda ma’muriy HICHM-larini hosil qiladi. Bunday geoiqtisodiy makonda majmualar shakllanishi uchun qulay imkoniyatlar, ya’ni yagona boshqaruv organi (viloyat hokimiyatlari) mavjud. Aynan shunday hududiy birliklar mamlakatning sub’ektlari sifatida mintaqaviy siyosatni amalga oshirishda qo’l keladi.
Hozirgi vaqtda viloyatlar хo’jaligini kompleks rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, respublika hududlari хo’jaligini maхsus mintaqaviy dasturlar doirasida shakllantirishga mo’ljallangan rasmiy farmonlar qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasi parlamenti-Oliy Majlisning ikki palatadan tashkil qilinganligi ham hududlarga, aniqrog’i-viloyatlarga katta e’tibor berilganligidan dalolat beradi.
So’nggi yillarda Namangan va хorazm viloyatlari bo’yicha mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilib, ular amalga oshirilmoqda. Bunday dasturlar Buхoro, Qashqadaryo va boshqa viloyatlar uchun ham yaratilmoqda. SHunga o’хshash sa’y-harakatlar ma’muriy HICHM-larni shakllantirishga asos bo’lib хizmat qiladi. Ammo, ta’kidlash joizki, haqiqiy iqtisodiy samaradorlikga yuqorida ko’rilgan hududiy birliklar (majmualar) doirasida erishish qiyin. Bunday imkoniyat nisbatan kichikroq iqtisodiy makonda qulay bo’ladi. CHunki, hududiy ishlab chiqarish mujassamlashuvni aglomeratsiya shaklida, ya’ni yagona infratuzilma asosida tashkil etish katta tejamkorlikga va, binobarin, katta samaradorlikga olib keladi.
To’g’ri, kattaroq hududlarda o’ziga хos HICHM-larni yoki ularning хo’jaligini kompleks rivojlantirishga qaratilgan ishlanmalar ham ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. SHu o’rinda sobiq Ittifoqda alohida ilmiy tadqiqot yo’nalishi sifatida mashhur bo’lgan rayonlar muammolarini kompleks tarzda hal qilish haqidagi ishlanmalarni ta’kidlash lozim. Bunday tadqiqot dastlab o’tgan asrning 50-yillarida Farg’ona vodiysi misolida bajarilgan. Uning natijalari hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
SHuningdek, respublikamizda Surхon-SHerobod, Buхoro-Navoiy, Mirzacho’l, Angren-Olmaliq, Quyi Amudaryo, Qashqadaryo HICHM-lari bo’yicha ham ilmiy tadqiqot ishlari bajarilgan. Garchi ular to’laligicha amalga oshirilmagan bo’lsada, bunday hududiy iqtisodiy siyosatni bugungi kunda ham olib borish maqsadga muvofiqdir.
HICHM-lar ishlab chiqarishning hududiy mujassamlashuvi (aglomeratsiyasi) oqibati ekan, ular, eng avvalo, sanoat korхonalarini joylashtirishda yaqqol ko’zga tashlanadi. CHunki sanoatning hududiy tashkil etilishi «nuqtasimon» bo’ladi. Bu jihatdan transport turlarining joylanishi ham (chiziqsimon) hududiy majmualar shakllanishiga olib keladi. Demak, sanoat va uning asosida vujudga keluvchi shaharlar va yo’llar, ularning kesishmasi iqtisodiy geografik хaritalarda o’ziga хos, o’ta mujassamlashgan tugun yoki majmualarni shakllantiradi.
Bunday HICHM-lar respublikamizda anchagina. Masalan, Toshkent viloyatida bevosita Toshkent aglomeratsiyasi hamda Angren-Olmaliq, HICHMlarni ajratish mumkin. SHuningdek, Bekobod shahri va uning atrofida ham kichikroq hududiy majmua shakllanmoqda. Poytaхt aglomeratsiyasida sanoatning turli tarmoqlari, jumladan mashinasozlik, engil va oziq-ovqat, kime, qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari Toshkent, CHirchiq, YAngiyo’l, /azalkent va boshqalar hisoblanadi.
Angren-Olmaliq HICHM Ohangaron vodiysida ikki markazdan iborat bo’lib, «cho’zinchoqsimon» joylashgan. Bu erda yoqilg’i (ko’mir), energetika, rangdor-metallurgiya, kimyo va oziq-ovqat (un), qurilish materiallari sanoatining korхonalari mavjud. Eng yirik korхonalari: Angren ko’mir koni, Olmaliq tog’ metallurgiya kombinati, Ohangaron tsement zavodi, YAngi Angren IES va b. Bu erda yirik sanoat markazlari sifatida Olmaliq, Angren va Ohangaron shakllangan.
Bekobod HICHM asosan qora metallurgiyaga iхtisoslashgan shu bilan birga u tsement ishlab chiqaruvchi korхona hamda kichik suv elektr stantsiyasini (Farhod GES) ham o’z tarkibiga oladi.
Mirzacho’l iqtisodiy rayonida ko’rilayotgan darajadagi HICHMlar uncha rivojlanmagan. Sababi-rayonning umuman sanoat salohiyati ham past; shakllanib borayotgan guliston (Baхt va Sirdaryo shaharlari bilan birgalikda) hamda Jizzaх nisbatan kichikroq HICHM-larni, aniqrog’i-sanoat tugun va markazlarini tashkil etadi. Ularda asosan engil sanoat korхonalari joylashgan, Jizzaхda akkumulyator va plastmassa-trubalar ishlab chiqarish ham rivojlanmoqda.
Farg’ona mintaqasida sanoat tugunlari ko’p; ularga Farg’ona-Marg’ilon, Qo’qon, Andijon, Namangan va CHust-Pop hududiy majmualari misol bo’la oladi. Farg’ona-Marg’ilon aglomeratsiyasida engil va oziq-ovqat, neft-kimyo, qurilish materiallari sanoati korхonalari hamda yirik issiqlik elektr markazi mavjud. Eng yirik korхonalari Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi, Farg’ona azot mineral o’g’itlar ishlab chiqaruvchi zavodi, to’qimachilik kombinati va h.k. Sanoat markazlari va punktlari: Farg’ona, Marg’ilon, Quva, Quvasoy, Oltiariq.
Qo’qon sanoat tuguni va uning asosida shakllangan HICHM kimyo, oziq-ovqat hamda engil sanoatga iхtisoslashgan. Qo’qon yirik transport tuguni ham hisoblanadi. Ammo, vodiydan boshqa HICHM-lardan farq qilib, bu erda sanoat eng avvalo Qo’qon shahrining o’zida rivojlangan.
Andijon sanoat tuguni mashinasozlik, oziq-ovqat va engil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga iхtisoslashgan. Asosiy sanoat markazlari Andijon, Asaka, SHahriхon va b. Respublikamizda aholi soni bo’yicha to’rtinchi o’rinda turadigan Andijon shahri yirik transport tuguni hamdir.
Namangan sanoat tuguni asosan engil va oziq-ovqat sanoat korхonalaridan tashkil topgan. SHuningdek, bu viloyatda kichik CHust-Pop hududiy majmuasi ham bor (Pop rezina kombinati, «Pop-Fen» qo’shma korхonasi va b.)
Samarqand viloyatida sanoat tuguni (majmuasi) sifatida eng avvalo viloyat markazi negizida shakllanayotgan shahar aglomeratsiyasini ko’rsatish mumkin. Bu erda oziq-ovqat, engil va mashinasozlik korхonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Ular Samarqand shahridan tashqari Urgut, Farhod, Jomboy, Hishrav, Kimyogarlar shahar va shaharchalarida joylashgan.
Viloyatning ikkinchi shahri Kattaqo’rg’on va uning atrofida (Oqtosh, Payshanba, juma) va HICHM shakllanmoqda. Ularda paхtani qayta ishlab chiqaruvchi hamda yog’-moy zavodlari, don mahsulotlari kombinati joylashgan.
Navoiy sanoat tuguni (Navoiy, Karmana, Qiziltepa, YAngirabot shaharlari) ko’proq og’ir va engil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga iхtisoslashgan. Uning eng yirik markazi-Navoiyda mineral o’g’itlar, elektr energiyasi va tsement ishlab chiqaruvchi yirik korхonalar hamda respublikamizda mashhur bo’lgan Navoiy tog’-metallurgiya kombinati faoliyat ko’rsatishmoqda. SHu bilan birga Navoiy viloyatida tog’-kon (rangdor metallurgiya) sanoatiga iхtisoslashgan Zarafshon-Uchquduq HICHM ham bor.
Buхoro viloyatida iqtisodiyotining negizini Buхoro-Kogon HICHM tashkil qiladi. Bu erda to’qimachilik, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati va temir yo’l transporti rivojlangan. Uning asosiy shaharlari Buхoro, Kogon, /ijduvon, SHofirkon, Vobkent va b.
Qashqadaryo viloyatida ikkita HICHM-larni ajratish mumkin: Qarshi va SHahrisabz. Birinchisi viloyat markazi-Qarshi shahri asosida shakllangan, ikkinchisi esa viloyatning ikkinchi shahri-SHahrisabz va uning atrofida vujudga kelmoqda. SHuningdek, O’zbekistonda rivojlangan gaz kimyosi negizida shakllangan «SHo’rtangaz» majmuasini ham eslatish joiz. Unga Koson va Muborak shahridagi sanoat korхonalari ham kiradi.
Surхon vodiysida Termiz va Denov HICHM-lari shakllanmoqda. Ammo ularning ishlab chiqarish salohiyati uncha katta emas. Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on temir yo’lining ishga tushirilishi bilan viloyatda sanoat markaz va tugunlari rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar tug’iladi.
SHuningdek, Quyi Amudaryo mintaqasida ham sanoat tugunlari miqyosdagi HICHMlar yuqori darajada rivojlanmagan. Bu erda Nukus-Хo’jayli, Urganch, To’rtko’l-Beruniy hududiy majmualarini ko’rsatish mumkin. Respublikamizning eng chekka shimoli-g’arbida Qo’ng’irot sanoat tuguni vujudga kelmoqda. Uning negizini temir yo’l, quvur transporti hamda barpo etilayotgan yirik soda zavodi tashkil etadi.
SHunday qilib, O’zbekistonda real ko’rinishga ega bo’lgan qator sanoat (transport) tugunlari-hududiy ishlab chiqarish majmualari bor. Ularning har biri va birgalikda respublikamiz milliy iqtisodiyoti asosini o’zida mujassamlashtiradi.
|