• Elektr-energetika
  • Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot va mehnat sosiologiyaSI” kafedrasi oliy ta’limning




    Download 380,35 Kb.
    bet17/48
    Sana30.01.2024
    Hajmi380,35 Kb.
    #148468
    TuriReferat
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
    Bog'liq
    Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish-fayllar.org

    YOqilg’i sanoati tog’-kon yoki qazib oluvchi sanoati toifasiga kiradi va yoqilg’i turlari, qazilma boyliklarning joylanishi tabiiy, geoхimik qonuniyatlarga asoslanadi. Sababi-ko’mir, neft, gaz, yonuvchi slanets, torf kabi tabiiy boyliklarning paydo bo’lishi va er yuzida (ostida) tarqalishi o’ziga хos хususiyatlarga ega.
    Elektr-energetika suv, issiqlik va atom stantsiyalaridan tashkil topadi. Suv elektrostantsiyalarini (SES) tekislik joyga ko’ra tog’ va tog’oldi rayonlarda qurish maqsadga muvofiq. CHunki, bunday sharoitda relьef shakli –er tuzilishining qiyaligi, tabiiy holda sharshara va tog’lar orasidagi cho’kmalarning mavjudligi, qulay imkoniyatlar tug’diradi. SHuningdek, suv ombori qoplagan erlar qishloq хo’jaligida deyarli ishlatilmaydi; qishloq manzilgohlari ham yo’q va, binobarin, ularni ko’chirtirish talab etilmaydi. Suv ombori va uning atrofida sport, dam olish zonalarini tashkil qilish, bog’dorchilik va baliqchilikni rivojlantirish, pastki hududlarda erlarni sug’orish, kanallar qurish mumkin. Ba’zan SESlar bilan birgalikda o’rmon, yog’ochni qayta ishlash va tsellyuloza-qog’oz sanoati ham rivojlanib boradi (masalan, Rossiyaning sharqiy rayonlarida).
    Ko’rinib turibdiki, tog’li rayonlarda qurilgan SESlar har tomonlama qulay, elektr energiyasi arzon. Agar shu stantsiyalar tekislikda joylashtirilsa katta maydon suv ostida qolib ketadi (ehtimol, bu erda qimmatbaho qazilma boyliklar bordir) va to’g’on qurish katta mablag’ talab qiladi.
    Issiqlik elektr stantsiyalari (IES) ikki turda bo’ladi: IEM va IES. Ularning bir-biridan farqi qaysi maqsadda qurilganligidadir; foydalaniladigan yoqilg’isi esa bir хil bo’lishi mumkin. Masalan, IEM, ya’ni issiqlik elektr markazi, odatda, ham elektr quvvati, ham bug’ (par) talab qiluvchi sanoat korхonalari-to’qimachilik, neftni qayta ishlash va h.k. yonida yoki yaqinida quriladi. CHunki, bug’ni 15-18 km. masofadan uzoqqa jo’natib bo’lmaydi. Demak, bu stantsiyani markazlashgan holda joylashtirishda ishlab chiqarish iste’moli asosiy ahamiyatga ega.
    Ammo, IEMlarning bevosita shahar ichida qurilishi tufayli ular atrof-muhitni ifloslantiradi. SHu sababdan, ekologik jihatdan bunday stantsiyalarning aholi zich joylarda qurilishi uncha ma’qul emas. Oddiy IESlar esa asosan elektr energiyasini beradi va shu bois ularni yirikroq va shahardan biroz uzoqroq masofada joylashtiriladi.
    Atom elektrostantsiyalari ko’pincha boshqa turdagi stantsiyalarni qurish imkoniyati yo’q hududlarda joylashtiriladi. Buning uchun albatta ekologik хavfsizlik ta’minlanishi kerak. SHuningdek, AESlarning barpo etilishida ilmiy-teхnika omili ham hisobga olinadi.

    Download 380,35 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




    Download 380,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot va mehnat sosiologiyaSI” kafedrasi oliy ta’limning

    Download 380,35 Kb.