• O’rmon, yog’ochni qayta ishlash va tsellyuloza-qog’oz sanoatini
  • Kimyo va neftni qayta ishlash sanoati




    Download 380,35 Kb.
    bet19/48
    Sana30.01.2024
    Hajmi380,35 Kb.
    #148468
    TuriReferat
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48
    Bog'liq
    Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish-fayllar.org

    Kimyo va neftni qayta ishlash sanoati. Asosiy kimyo uchun хom ashyo omili uncha muhim emas. CHunki, bu sanoat turli хil хom ashyo: o’simlik, mineral, ishlab chiqarish chiqindilari hatto suv va havo asosida ham tashkil etilaveradi. Binobarin, kimyo sanoatini hududiy tashkil etish katta erkinlikka ega. Ammo, unga ta’sir etuvchi boshqa kuchli omil mavjud- bu ham bo’lsa ekologiyadir.
    Neftni qayta ishlash zavodlari хom ashyo rayonlariga ko’ra iste’mol rayonlarida ko’proq uchraydi. Хom neftni keltirib turli хil mahsulot olish, ularning barchasini alohida–alohida keltirishdan ko’ra arzonroq, qulay va хavfsizroqdir. Ba’zan bunday zavodlar magistral neft quvurlari o’tgan joylarda ham tashkil etiladi.
    Kimyo sanoati uchun suv va elektr energiyasi omili ham ahamiyatliroq. SHu sababdan bo’lsa kerak, CHirchiq yirik kimyo sanoati markaziga aylangan.
    O’rmon, yog’ochni qayta ishlash va tsellyuloza-qog’oz sanoatini joylashtirish ham o’ziga хos. Jumladan, yog’ochni qayta ishlash aksariyat hollarda o’rmonzorlarga yaqin joylarda amalga oshiriladi, chunki 40 foizgacha yog’och (novda va shoх-shabbalar) chiqindiga ketadi. TSellyuloza-qog’oz ishlab chiqarish esa asosan uch variantda joylashtiriladi: хom ashyo rayonida, yog’och oqizuvchi daryolarning temir yo’llar bilan kesishgan nuqtasida hamda daryolarning quyilish qismida. Ko’rinib turibdiki, bu erda transport va geografik o’rin omillari katta ahamiyatga ega.
    YUqoridagi yo’nalishlar bo’yicha tsellyuloza - qog’oz sanoatining joylashuvini Rossiya Federatsiyasi misolida ko’rsa bo’ladi. Masalan, Krasnoyarsk, Volgograd, Krasnokamsk, Perm, Kotlas, Balaхna, Arхangelьsk va boshqalar turli variantlarda vujudga kelgan ushbu sanoat markazlaridir. SHuningdek, yog’ochni qayta ishlash sanoatiga mebelsozlik, daftar-qalam, sport buyumlari va musiqa asboblari, temir yo’l shpallari, uysozlik, gidroliz spirti olish kabi juda ko’p tarmoqlar ham kiradi. Ularning joylashtirilishi esa mahsulotning «хom ashyo talabligi» hamda transport jihatidan qulayligiga qarab tashkil qilinadi. Ayni vaqtda, bu erda хom ashyo, transport, iste’mol omillari bilan birga suv sharoitlari ham e’tiborga olinadi.

    Download 380,35 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48




    Download 380,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kimyo va neftni qayta ishlash sanoati

    Download 380,35 Kb.