Xesh funksiyalarda kolliziya – ikkita har xil ma‘lumotdan bir xil
xesh qiymat hosil boʻlib qolishi. Kolliziyaning oldini olish yoʻllaridan
biri bu xesh jadval hisoblanadi. Xeshlash algoritmlarining bardoshliligi
xa xavfsizliligi kolliziyaga chidamliligi bilan aniqlanadi.
170
14.2. Xesh funksiyalar qoʻllanilishi va axborot xavfsizligidagi oʻrni Xeshlash algoritmlarining zamonaviy kriptografiyadagi tutgan oʻrni
juda muhimdir va undan hozirda keng koʻlamda foydalaniladi.
58-rasm. Kriptografik xesh funksiyalar ishlatilishi Yangi xesh algoritmlar xam yaratilmoqda. Yangi xesh algoritmlar
kolliziyaga bardoshli, xesh qiymatning tez hisob-kitob qila olishi va.h.k
xususiyatlarga ega boʻladi.
Xesh funksiyalar asosan, Elektron raqamli imzo (ERI)da, Torrent,
DC Hub, Operatsion sistemalarda va fayllarning butunliligini yoki
oʻzgartirilganligini nazorat qilish uchun foydalaniladi. Axborot
butunligini nazorat qilishning koʻproq maqbul boʻlgan metodlaridan biri
xesh-funksiyadan foydalanish hisoblanadi. Xesh-funksiyaning qiymatini
uning kalitini bilmasdan turib qalbakilashtirib boʻlmaydi, shu sababli
xeshlash kalitini shifrlangan koʻrinishda yoki jinoyatchining «qoʻli
yetmaydigan» joydagi xotirada saqlash kerak.
171
10-jadval. Xesh funksiyalar tahlili CRC32 (Cyclic redundancy check – Davriy kamchilikni
tekshiruvchi kod) kompyuter qurilmalarida, ya‘ni tarmoq qurilmalari va
doimiy xotiradagi ma‘lumotlarni xavfsizligini ta‘minlashda ya‘ni
oʻzgartirilmaganligini doimiy ravishda tekshirib boradigan oddiy xesh
funksiya hisoblanadi. CRC32 xalqaro standarti CRC32-IEEE 802. Bu
algoritm juda tez ishlagani bilan, kriptoxavfsizlikni toʻliq ta‘minlay
olmaydi. Shunga qaramasdan keng qoʻllaniladi chunki, ishlatilishi juda
oddiy va tez. 32-bit xesh-kod odatda 8 ta simvoldan iborat 16 lik sanoq
sistemasida ifodalanadi. Bu algoritm kriptografik hisoblanmaydi.
MD4 xeshlash algoritmi RSA Data Security, Inc. Ronald L. Rivest
tomonidan ishlab chiqilgan. MD4 aralashgan algoritm hisoblanadi, Endi
ishonchsiz hisoblanadi. Bu algoritm (32-bit protsessorlari uchun) tez va
peer-to-peer tarmogʻi edonkey 2000 Qo'shma Algoritm hash kodi 32 ta
simvoldan iborat bo'lgan belgilar bilan o'n oltilik soni RFC 1320.
tasvirlangan hisoblash ishlatiladi.
MD5 xesh funksiyasi algoritmi Massachusets texnologiya instituti
professori Ronald Rivest tomonidan 1992 yilda ishlab chiqilgan. Bu
172
algoritmda kiruvchi ma‘lumot uzunligi ixtiyoriy bo‗lib, xesh qiymat
uzunligi 128 bit bo‗ladi. MD 5 xesh funksiyasi algoritmida kiruvchi
ma‘lumot 512 bitlik bloklarga ajratilib, ular 16 ta 32 bitlik qism
bloklarga
ajratiladi
va
bular
ustida
amallar
bajariladi.
Faraz qilaylik, bizga uzunligi b bit bo‗lgan, bu yerda b – ixtiyoriy
nomanfiy butun son, ma‘lumot berilgan bo‗lsin va bu ma‘lumotning
bitlari quyidagicha:
m0m1…m(b-1)