|
Zalonaviy pedagogik texnalogiyalar va zamonaviy kompyuter texnalogiyalarining uyğunliklari
|
bet | 30/61 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #134248 |
Bog'liq Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti oZalonaviy pedagogik texnalogiyalar va zamonaviy kompyuter texnalogiyalarining uyğunliklari.
Pedagogik texnologiyaning bosh muammosi talaba (oʻquvchi) shaxsini rivojlantirish yoʻli bilan oʻqitishga qoʻyilgan maqsadga erishishdan iborat.
Pedagogik texnologiyaga YUNESKO ta`rifi: - Pedagogik texnologiya ta`lim berish va oʻzlashtirish usullarini yaratish, qoʻllash, ularni yagona tizimga keltirish yoʻli bilan inson salohiyati va texnik vositalarining barcha imkoniyatlaridan muvofiq foydalanib, bilimlar oʻzlashtirilishining eng maqbul jarayonidir.
Ta`rifdan koʻrinib turibdiki, pedagogik texnologiya asosan tizimli yondashuvdan iborat boʻlib, pedagogik tadqiqotlarda “tizimiy yondashuv“ tadqiqot usuli boshqa yondashuvlardan keskin farq qiladi va manbani har tamonlama chuqur oʻrganish imkonini beradi.
Ta`lim texnologiyalarini oʻquv jarayoniga joriy etishning dolzarbligi quyidagi beshta shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta`limiy tadbirdir:
- “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “ maqsadi va vazifalarini roʻyobga chiqarish uchun ta`limni jadallashtirish zarurligi;
- ta`lim-tarbiya jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi rolini oʻzgartirish zarurligi;
- fan-texnika taraqqiyotining oʻta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin koʻpayib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;
- kishilik jamiyati oʻz taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empiric bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega boʻlgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga oʻtib borayotganligi;
- barkamol avlodni tarbiyalash talabi ularga eng ilg’or bilim berish usuli hisoblangan ob`ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi.
Oʻzbekistonlik pedagog-olim L. V. Golish ta`lim texnologiyasini quyidagicha ifrdalab bergan:
“Ta`lim texnologiyasi – pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu, texnik va inson resurslarini hamda ularni, oʻz oldiga ta`lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qoʻyuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlarni oʻzlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qoʻllash va belgilashning tizimli usuli”.
Ta`lim texnologiyasi tushunchasi oʻqitish va oʻrganish jarayoniga tizim sifatida qarashni anglatar ekan, avvalo tizim tushunchasini tushunib olish zarur.
2-asosiy savol boʻyicha darsning maqsadi: Tizim va tizimiy yondashuv tushunchalarini talabalarda shakllantirish.
Identiv oʻquv maqsadlari:
1. Tizim va tizimiy yondashuv toʻg’risidagi tushunchalarga ega boʻladilar.
2. Ta`lim texnologiyalari toʻg’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.
2-asosiy savol bayoni: Tizim deb, tartiblangan, oʻzaro uzviy bog’langan va birgalikda umumiy funktsiyani bajaruvchi elementlar toʻplamiga aytiladi.
|
| |