|
Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi
|
bet | 29/61 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #134248 |
Bog'liq Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti oOʻqituvchi:
*Maqsad: Ta`lim texnologiyalari va uning tashkil etuvchilari toʻg’risidagi ma`lumotlarni tushunish.
*Vazifalar:
- boʻlajak oʻqituvchilarda ta`lim texnologiyalari va uning tashkil etuvchilari haqidagi koʻnikmalarini shakllantirish;
- muammolarni maqsad, vazifa va fanning mazmuni boʻyicha umumlashtirish;
- bilimlarni tekshirish va mustahkamlash.
*Mazmun: talabalarning egallashi lozim boʻlgan bilim.
Oʻqituvchi:
1 Darsni tashkil etish bosqichi:
Uslub: Og’zaki bayon qilish.
Shakl: ma`ruza mashg’uloti, kichik guruhlar va jamoada ishlash.
Vosita: tarqatma va taqdimot materiallari.
Usul: tayyor yozma materiallar.
Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish.
Baholash: rag’batlantirish, reyting tizimi asosida baholash.
Oʻqituvchi:
2 Mustaqil ishlash bosqichi: - munozara, aqliy hujum, mikroguruhda ishlash va boshqa metodlar orqali nazorat topshiriqlarini echishga yoʻnaltiriladi.
- talabalar nazorat topshiriqlarini hal qilish toʻg’risidagi fikrlarini oʻzaro muhokama qilishadi.
- oʻzi va mikroguruh uchun yagona javobni tanlaydi.
Talaba:
3 Natijalarni eshitish va tahlil qilish bosqichi:
- talabalar va mikroguruh fikri tinglanadi, ularga aniqlashtiruvchi savollar beriladi.
- mikroguruhlarning javoblari toʻg’risida talabalar fikri aniqlanadi.
- javoblar tahlil etiladi.
Oʻqituvchi – Talaba:
4 Yakuniy va baholash bosqichi: - talabalarning bergan javoblaridan koʻpchilik fikriga mos kelgani alohida ajratib olinadi;
- talabalarning nazorat topshiriqlarini echishdagi faolligi, intilishlari hisobga olingan holda amaldagi reyting tizimi orqali baholanadi;
- yakuniy fikr aytiladi;
- mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
Oʻqituvchi:
1-asosiy savol boʻyicha darsning maqsadi: Ta`lim texnologiyalari va uning tashkil etuvchilari tushunchalarini talabalarda shakllantirish.
Identiv oʻquv maqsadlari:
1. Ta`lim texnologiyalari toʻg’risidagi tushunchalarga ega boʻladilar.
2. Ta`lim texnologiyalari toʻg’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.
1-asosiy savol bayoni: Zamonaviy ta`lim tizimi, fan-texnika taraqqiyoti, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish va uning kelajagini belgilab borishdagi kishilar intellektual salohiyati haqidagi axborot bilan muntazam ravishda boyitib borishni talab etmoqda.
Bugungi kunda ta`lim metodlari, usullari va texnologiyalari zamon bilan hamnafas boʻlib kengayib bormoqda. Bu borada dastlab ta`limni axborotlashtirish va texnologiyalashtirishga oid ba`zi tushunchalarga qisqacha izoh beraylik.
Usul – nazariyada olgan bilimni amaliy ahamiyatga ega boʻlgan muammoni hal qilishdagi ishlatish yoʻli. Oʻrganiladigan fanning xususiyatiga qarab usullar turli xil koʻrinishda boʻladi.
Uslubiyat – oʻquv jarayonini toʻg’ri tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar majmuasidir.
Metod – biror jarayondagi nazariya va amaliy bilimlar sohasini egallashga yoʻnaltirilgan harakatlar, usullar majmuasidan iborat.
Metodologiya – metodlar haqidagi ta`limot. Metodologiya muayyan fan uchun ilmiy bilish nazariyasini ifodalovchi ta`limotdir.
Ta`lim metodikasi – aniq bir oʻquv predmetini oʻqitishga mos qonun, qoida, metod va uslublar majmuasidir. Bu ta`lim jarayonida oʻqituvchi va talaba faoliyati uyg’unligini ta`minlovchi pedagogik faoliyatdir.
“Texnologiya” – yunoncha ikki soʻzdan – “texnos” (techne) – mahorat, san`at va “logos” (logos) – fan, ta`limot soʻzlaridan tashkil topgan.
Texnologiya soʻzi zamirida rejalashtirilgan jarayonlarni amalga oshirish usul va vositalari haqidagi bilimlar yig’indisi, shuningdek manbada sodir boʻladigan sifat oʻzgarishlari mujassamlashgan boʻladi.
Ta`lim texnologiyalarini tadqiq etishda avvalo, quyidagilarga e`tibor berish lozim:
- rejalashtirlgan ta`lim texnologiyasiga ijtimoiy - pedagogik asoslar nimalardan iboratligini aniqlash;
- ta`lim texnologiyasining jarayon sifatida bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan
qat`iy ketma-ketligi mavjudmi, ularning funktsional tuzilmasi nimalardan iboratligini belgilash;
- bu texnologiya bugungi kun talabiga va jahon ta`limi talablariga mos kelishligini oʻrganib chiqish;
- ta`lim texnologiyasining maqsadini oʻrganilayotgan oʻquv predmetining maqsadlari bilan mos keltirish.
Bunda joriy va oraliq natijalar muntazam ravishda nazorat qilinib boriladi va shu yoʻsinda ta`lim jarayoni boshqariladi. Agar rejalashtirilgan maqsad bilan olingan natija bir-biriga mos tushsa, pedagogik jarayon oxiriga etgan hisoblanadi, ya`ni pedagogic texnologiya jarayoni tugallangan deyiladi.
|
| |