|
- MAVZU. INFORMATIKA TOʻGARAKLAR TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI VA ULARNI SAMARADORLIK DARAJASI
|
bet | 28/61 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #134248 |
Bog'liq Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti o8 - MAVZU. INFORMATIKA TOʻGARAKLAR TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI VA ULARNI SAMARADORLIK DARAJASI.
Reja:
Informatikadan toʻʼgarak tashkil etishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish.
Zalonaviy pedagogik texnalogiyalar va zamonaviy kompyuter texnalogiyalarining uyğunliklari.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining samaradorlik darajasi.
-------------------------------------------------------------------------------------------
Tayanch so‘z va iboralar: Jamiyat,axborot,elektronika, toʻʼgarak, Metod, Usul, ilmiy metodik, xossalari, axborot texnologiyalari.
Informatikadan toʻʼgarak tashkil etishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish.
Hozirgi kunda ta`lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta`limning samaradorligini koʻtarishga boʻlgan qiziqish, e`tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qoʻllanilgan mashg’ulotlar talaba(yoki oʻquvchi)lar egallayotgan bilimlarni oʻzlari qidirib topishlariga, mustaqil oʻrganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham oʻzlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. Oʻqituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yoʻnaltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday oʻquv jarayonida talaba(yoki oʻquvchi) asosiy figuraga aylanadi.
Ta`lim jarayoniga pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish va qoʻllash yaqin oʻttiz yillik tarixga ega. Bu davrda rivojlangan xorijiy davlatlarda yangi pedagogik texnologiyalar, yangi axborot texnologiyalari ishlab chiqildi. Bu borada respublikamizda ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ham yuqorida qayd etilgan pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish joriy etishning zaruriy ketma-ketligi boʻyicha diqqatga sazovor ishlar qilinmoqda. Jumladan, oliy ta’lim muassasalarida “Innovatsion uslublarni yaratish va joriy etish markazi” tashkil etilgan.
Uning tarkibida quyidagi boʻlimlar mavjud:
- innovatsion uslublar ishlab chiqish, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosidagi ilg’or pedpgogik texnologiyalarni va ijodkor oʻqituvchilar ish tajribalarini oʻrganish, ularni toʻplash va ommalashtirish boʻlimi;
- iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimi;
- pedagogik innovatsiyalar asosidagi oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlash va nashr qildirish boʻlimi va shu kabilar.
Demak, pedagogik innovatsiyalar keng qamrovli, koʻp qirrali, murakkab va ijodiy tashkiliy-pedagogik faoliyat boʻlib, uning yordamida ta`lim-tarbiya jarayonining istiqbolli va samarali uslubiyatini yaratish mumkin hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da qayd etilgan raqobatbardosh zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashni kafolatlaydi.
|
| |