• Masalalarni echish bosqichlari
  • Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti dasturiy injiniring yo




    Download 50,67 Kb.
    bet3/8
    Sana17.11.2023
    Hajmi50,67 Kb.
    #100256
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti d-hozir.org
    8007254, 2 5273916464473058944
    Algoritmik tillar
    Masalani echish algoritmi ishlab chiqilgandan so‘ng dastur tuziladi. Dastur - bu berilgan algoritmga asoslangan biror bir algoritmik tilda yozilgan ko‘rsatmalar, ya’ni buyruqlar yoki operatorlar to‘plamidir. Dasturlash - esa bu dastur tuzish jarayoni bo‘lib, u quyidagi bosqichlardan iboratdir:
    1.Dasturga bo‘lgan talablar;
    2.Qo‘yilgan masala algoritmini tanlash yoki ishlab chiqish;
    3.Dastur kodlarini (matnlari, buyruqlarni) yozish;
    4.Dasturni to‘g‘rilash va test o‘tkazish.
    Hozirgi kunda juda ko‘plab algoritmik tillar mavjud. Ularga dasturlash tillari deb ataymiz. Algoritmik til - algoritmlarni bir xil va aniq yozish uchun ishlatiladigan belgilashlar va qoidalar tizimidir. Algoritmik til oddiy tilga yaqin bo‘lib u matematik belgilarni o‘z ichiga oladi. Tuzilgan algoritmlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mashinaga berib bo‘lmaydi, shu sababli yozilgan algoritmni biror bir algoritmik tilga o‘tkazish zarur. Har qanday algoritmik til o‘z qo‘llanilish sohasiga ega. Masalan, muxandislik hisob ishlarini bajarishda Paskal, Beysik va Fortran. Iqtisod masalalarini echishda Paskal va Kobol. Mantiqiy dasturlash uchun Prolog va boshqalar. O‘quv jarayonlari uchun Beysik, Paskal va boshqalar.Paskal, Fortran va Kobol tillari universal tillardan hisoblanadi. Assembler tili mashina tiliga ancha yaqin til bo‘lib o‘rta darajadagi tildir. Algoritmik til inson tillariga qancha yaqin bo‘lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir.
    Masalalarni echish bosqichlari
    Kompyuterda masalani echish bosqichlari quyidagilar:
    1.Masalani qo‘yish va uning matematik modelini ishlab chiqish. Ushbu bosqichda boshlang‘ich malumotlar tarkibi aniqlanadi. Masalani qo‘yish odatda echiladigan masalaning asosiy xususiyatlarini og‘zaki tavsiflash bilan tugallanadi va so‘ngra, masala matematik modeli yoziladi.
    2.Yechish usulini tanlash. Masala matematik ifodalanib bo‘lgandan so‘ng uni echish usuli tanlanadi. Bunda izlanayotgan natijalarning boshlang‘ich ma’lumotlarga bog‘liqligini aniqlaydi. Hozirgi zamon hisoblash matematikasi fan va texnikaga oid turli masalalarni echish uchun ko‘plab sonli usullarga ega.
    3.Masalani echish algoritmini ishlab chiqish. Bu bosqichda kompьyuterda masalani echish uchun bajariladigan amallar (buyruqlar) ketma-ketligi tavsiflanadi. Biz buni algoritmlash deb ataymiz.
    4.Dasturlash. Bunda algoritm biror algoritmik tilga ko‘chiriladi.
    5.Dasturni kiritish va xatolarini tuzatish.
    6.Masalani bevosita kompьyuterda echish va natijalarni tahlil qilish. Bunda dasturda kerakli boshlang‘ich qiymatlar berilib kompьyuterda natija olinadi va tahlil qilinadi. Bu bosqichda agar kerak bo‘lsa algoritm va dastur modernizatsiya qilinishi ham mumkin. YAngi olingan ma’lumotlar asosida kerakli xulosalar ishlab chiqiladi. Bu ma’lumotlar qo‘yilgan masalani turlicha tahlil qilishga, murakkab jarayonlarni tushunishga, olamshumul yangiliklarning ochilishiga, yangi nazariyalarning, texnika mo‘‘jizalarining yaratilishiga xizmat qiladi. Umuman olganda «Model-algoritm-dastur» uchligi modellashtirishning intelektual mag‘zini tashkil etadi, bunday uchliksiz kompyuterda murakkab masalalarni echishda muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi.



    Download 50,67 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 50,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti dasturiy injiniring yo

    Download 50,67 Kb.