• Aniqlik va tushunarlilik
  • CHiziqli algoritm
  • Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti dasturiy injiniring yo




    Download 50,67 Kb.
    bet2/8
    Sana17.11.2023
    Hajmi50,67 Kb.
    #100256
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti d-hozir.org
    8007254, 2 5273916464473058944
    Algoritm haqida umumiy tushuncha
    Algoritm so‘zi buyuk matematik Al-Xorazmiyning nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u birinchi bo‘lib arab raqamlaridan foydalangan holda arifmetik amallarni bajarish qoidasini bayon etdi.
    Har qanday qo‘yilgan masalani kompyuterda echish uchun oldin uning echish usulini tanlab, keyin uning algoritmini ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Demak, hech bir masala yo‘qki uning echilish yo‘llarini bilmasdan va algoritmini tasavvur qilmasdan turib uni kompyuterda yechib bo‘lmaydi.
    Elektron hisoblash mashinalarining vujudga kelishiga qadar algoritmga har xil ta’rif berib kelindi. Lekin ularning barchasi ma’no jihatdan bir-biriga juda yaqin bo‘lib, bu ta’rif hozirgi kunda quyidagicha talqin qilinadi.
    Ta’rif. Algoritm deb, qo‘yilgan masalani echish uchun ma’lum qoidaga binoan bajariladigan amallarning chekli qadamlar ketma-ketligiga aytiladi.
    Har qanday algoritm ma’lum ko‘rsatmalarga binoan bajariladi va bu ko‘rsatmalarga buyruq deyiladi.
    Algoritm quyidagi muhim xossalarga ega:
    Aniqlik va tushunarlilik - deganda algoritmda ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar aniq mazmunda bo‘lishi tushuniladi.
    Ommaviylik - deganda har bir algoritm mazmuniga ko‘ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham o‘rinli bo‘lishi tushuniladi.
    Natijaviylik - deganda algoritmda chekli qadamlardan so‘ng albatta natija bo‘lishi tushuniladi.
    Diskretlik - deganda algoritmlarni chekli qadamlardan tashkil qilib bo‘laklash imkoniyati tushuniladi
    Algoritmning uchta turi bor: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi.
    CHiziqli algoritm - deb hech qanday shartsiz faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarga aytiladi. Tarmoqlanuvchi algoritm - deb ma’lum shartlarga muvofiq bajariladigan ko‘rsatmalardan tuzilgan algoritmga aytiladi.
    Takrorlanuvchi algoritm - deb biron bir shart tekshirilishi yoki biron parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlarga aytiladi.Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin. Masalan: so‘z bilan ifodalash; formulalarda berish; blok-sxemalarda tasvirlash; dastur shaklida ifodalash va boshqalar.
    Algoritmlarni blok-sxema ko‘rinishda tasvirlash qulay va tushunarli bo‘lgani uchun ko‘p ishlatiladi. Bunda algoritmdagi har bir ko‘rsatma o‘z shakliga ega. Masalan: parallelogramm ko‘rinishdagi belgi ma’lumotlarni kiritish va chiqarish; to‘g‘ri to‘rtburchak belgisi hisoblash jarayonini; romb belgisi shartlarning tekshirilishini bildiradi.
    Hayotimizda algoritmlarni turli sohalarda ba’zan bilgan holda ba’zan esa bilmagan holda ishlatamiz. Algoritmlar faqat matematik xarakterga ega bo‘lmasdan ularni oddiy hayotiy turmushimizda ham ko‘p qo‘llaymiz. Masalan, ovqat tayyorlash, choy damlash, biror berilgan ishni bajarish va boshqa. Bu ishlarni bajarishda ma’lum bo‘lgan aniq ko‘rsatmalarni ketma ket bajaramiz. Agar bu ko‘rsatmalar aniq bir ketma ketlik tartibida bajarilmasa kerakli natijani olaolmaymiz. Misol tariqasida matematik xarakterga ega bo‘lmagan butelbrod tayyorlash algoritmini ko‘rib chiqaylik. Bunda boshlang‘ich berilganlar: non, kolbasa va pishloq. Natija: butelbrod. Butelbrod tayyorlash algoritmi:
    1. non bo‘lagini kesib olish;
    2. kolbasa va pishloq bo‘lagini kesib olish;
    3. kolbasa va pishloq bo‘lagini non bo‘lagi orasiga qo‘yish.
    Agar bu jarayonning ketma ketlik o‘rinlari almashsa yoki biror bir bosqich amalga oshirilmasa natija bo‘lmaydi.

    Download 50,67 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 50,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti dasturiy injiniring yo

    Download 50,67 Kb.