Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnolgiyalar universiteti iqtisodiyot fakulteti




Download 287,39 Kb.
bet6/10
Sana22.05.2024
Hajmi287,39 Kb.
#250098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Agrofermerlar

Oila tadbirkorlari

Dehqon xo’aliklari


Xususiy mulkchilik ishlab chiqarishni ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga olib keladi, davlatga qaramlikni yo’qotadi, mulkka o’z xohishicha munosabatda bo’lishini ta‘minlaydi.Xususiy mulkchilik jamiyat oldida shaxsning erkinligini ta‘minlaydi. Shunday qilib, qishloq xo’jaligida xususiy mulk boshqa mulk shakllariga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:


* mulk egasi ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita bog’lanish huquqiga ega bo’lib, ulardan qay shaklda foydalanishni o’zi hal qiladi va amalga oshiradi;
* ishlab chiqarish faoliyatida to’la mustaqilikka ega bo’ladi, hohlagan mahsulotni qancha yetishtirishini o’zi hal qiladi;
* doimo iqtisodiy va qonuniy javobgarlikni his etadi.
Respublikamiz qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish ko’p ukladli agrar iqtisodiyotni barpo etish asosida bozor munosabatlarini shakllantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari o’rtasida raqobat muhitini rivojlantirish orqali ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish yo’nalishida amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Negaki, fermer xo’jaliklari o’z ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va xo’jalik yuritish tamoyillari jihatidan bozor iqtisodiyoti talablariga to’liq muvofiq keladi. Bular quyidagilarda o’z aksini topadi:
 respublikamizda fermer xo’jaliklarining mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi bozor subyekti sifatida faoliyat yuritishi uchun mustahkam huquqiy-meyoriy asoslar yaratilgan;
 fermer xo’jaliklarining xususiy mulk asosida faoliyat yuritishi ularga mustaqil ravishda barcha iqtisodiy va moliyaviy xavf-xatarlarni o’z zimmalariga olgan holda bozorlarni tanlash imkoniyatini beradi;
 fermer xo’jaliklarining bozordagi talab va taklifni hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirishi, kimga va qancha miqdorda mahsulot sotishni mustaqil hal etishi bozorda raqobat muhitini rivojlantirishga va shu orqali butun iqtisodiyotning samarali faoliyat ko’rsatishiga asos yaratadi;
 fermer xo’jaliklarining ishlab chiqarish natijalarini majburiy to’lovlar to’langandan so’ng, mustaqil o’zlashtirish va tasarruf etishi ishlab chiqarishni rivojlantirishga kuchli iqtisodiy rag’batlar paydo qiladi va bozor mexanizmining joriy etilishiga olib keladi. Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, fermer xo’jaligi tadbirkorlik faoliyatining muhim shakli sifatida iqtisodiy taraqqiyotga turtki beruvchi muhim omil hisoblanadi.Shu munosabat bilan O’zbekiston fermer xo’jaliklarini rivojlantirishga agrar sohada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim yo’nalishi sifatida qaralmoqda.Buning natijasida, xo’jalik yuritish shakllari orasida fermer xo’jaliklarining mavqei yildan-yilga oshib bormoqda. Ta‘kidlash lozimki, fermer xo’jaliklari sonining o’sishi ularning faoliyati samaradorligi darajasi to’g’risida to’liq tasavvur bermaydi. Fermer xo’jaliklari 117 faoliyati samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish uchun ularning ixtisoslashuv darajasi muhim ahamiyatga ega (2-jadval).
Fermer xo’jaliklarining asosiy faoliyati ko’rsatkichlari (2-jadval).

Ko’rsatkichlar

O’lchob birligi

2000 yil

2012 yil

2013 yil

2014 yil

2015 yil

2016 yil

Yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotida fermer xo’ja-liklarining ulushi

%

5,5

34,4

34,0

34,1

34,5

32,9

O’simlikchilikda

%

4,9

56,0

53,7

54,2

55,3

55,7

Chorvachilikda

%

0,6

4,4

4,5

4,8

4,9

9,5

Fermer xo’ja-liklar soni

Birlik

43759

70761

73449

80541

96081

132356

Ekin maydoni

Ming ga

632,2

3082,5

3101,7

3313,7

5822,5

5810,4

Jami ekin maydonida fer-mer xo’jaliklari ulushi

%

16,7

85,0

84,8

85,1

85,9

74,0

Ishchilar soni

Ming kishi

294,9

1349,9

1357,4

1591,3

1627,8

1723,4

Shundan: yollanma ishchilar

Ming kishi

0,0

443,1

401,3

414,8

421,3

422,7

O’rtachabir fermer xo’jaligiga to’g’ri keladigan:






















- ishchilar soni

kishi

7

20

18

18

19

22

- ekin maydoni

ga

20,3

43,6

42,2

42,8

60,6

43,9

2000-2016 yillarda, fermer xo’jaliklarining barcha toifadagi xo’jaliklarga nisbatan ulushi, don ekinlari maydonlari bo’yicha 15,8 % dan 85,4 % gacha, g’o’za 20,7 % dan 99,2 % gacha, kartoshka 5,0 % dan 21,4 % gacha, sabzavotlar 6,5 % dan 36,6 % gacha, poliz 17,5 % dan 53,8 % gacha, mevali bog’lar 7,1 foizdan 61,5 % gacha, tokzorlar 5,8 % dan 65,1 % gacha ko’paydi.
Tahlil natijalari, fermer xo’jaliklarida paxtachilik, donchilik, mevasabzavotchilik va dehqonchilikning boshqa sohalarining yuqori sur‘atlarda rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Shuningdek, 2000-2016 yillarda fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarilgan don ekinlarining barcha toifadagi xo’jaliklarga nisbatan ulushi 14,4 % dan 80,4 % gacha, paxta xom-ashyosi 18,3 % dan 99,5 % gacha, kartoshka 4,2 % dan 23,1 % gacha, sabzavotlar 4,9 % dan 34,8 % gacha, poliz 11,2 % dan 49,5 % gacha, mevalar 4,3 % dan 45,8 % gacha, uzum 4,7 % dan 53,1 % gacha ko’paydi. Buning sabablari birinchidan, hozirgi kunda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan fermer xo’jaliklarining ozuqa bazasi yaxshilanganligi, nasldor mollar sotib olish imkoniyati paydo bo’lganligi, ikkinchidan, keyingi yillarda chorvachilikni yanada rivojlantirishga nisbatan e‘tiborning ortayotganligidir.

Kо’p tarmoqli fermer xо’jaliklari oxirgi ikki yilda 45 % ga kо’payib, bugungi kunda ularning soni 75 mingta ga yetdi. Faqat shuning hisobidan joylarda, uzoq-uzoq qishloqlarda yuz minglab yangi ish orinlari barpo etildi. Olib borilgan iqtisodiy islohotlar, fermerlik harakatining rivojlanishi natijasida joriy yilda mamlakatimiz bо’yicha 8 million 377 ming tonna g’alla yetishtirildi.


Dehqon xo’jaligi subyektlari uchun mehnat jarayoni ketma-ket uy xo’jaligida keyinchalik dehqon xo’jaligi faoliyatini shakllantirgan holda davom etishini ifoda etadi. Shuning uchun dehqon va uy xo’jaliklari iqtisodiy jihatdan bir biriga bog’liqdir. Mahsulot sotishdan tushgan daromadlar nafaqat dehqon xo’jaligini ishlab chiqarishni kengaytirishga, shu bilan birga oilani uy xo’jalik jihozlari bilan ta‘minlashga sarf etiladi. Dehqon xo’jaligini tashkil etadigan va yuqorida keltirilgan predmet, obyektlariga, uy xo’jalik obyektlari, uy, mebel, elektr uskunalari, idish tovoq va hokazolar kiradi. Uy xo’jalik obyektlari uyda yashash uchun yaxshi shartsharoitlar yaratadi, unga uyni yig’ishtirish jihozlari, iste‘mol mahsulotlari, sifatli kiyim-kechak va boshqalar kiradi. Uy xo’jaligiga tegishli yer qishloq xo’jaligi uchun qanday xizmat qilsa, uning oilasi yashayotgan uy ham shunday xizmat qiladi, ya‘ni bir vaqtning o’zida uy dehqon xo’jalik predmeti va ishlab chiqarish vositasi vazifasini bajaradi. Uy ta‘mirlanganda, tozalanganda mehnat predmeti vazifasini va unda yashaganda dehqon xo’jaligini yuritish vositasi vazifasini bajaradi. Uy xo’jaligi insonlar hayot faoliyatining zaruriy elementi bo’lib hisoblanadi.
Bundan tashqari, dehqon xo’jaliklarni rivojlantirishda bir qator muammolar mavjud. Ularni chorva mollari uchun yem-xashak va konsentrat ozuqalar bilan ta‘minlash, ularni sotib olishdagi narxlar muammolari va h.k. Dehqon xo’jaligi to’g’risida qabul qilingan qonunda tomorqa yer uchastkasini dehqon xo’jaligining boshqa dehqon xo’jaligiga ijaraga berish huquqi ko’zda tutilmagan. Bu narsa ham huquqiy xujjatlarda belgilab qo’yilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi[7].

Download 287,39 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 287,39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnolgiyalar universiteti iqtisodiyot fakulteti

Download 287,39 Kb.