• 2023-yil 2024-yil 2025-yil
  • 1.2.Mamlakatimizda fermer xo’jaligini tashkil etish.
  • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnolgiyalar universiteti iqtisodiyot fakulteti




    Download 287,39 Kb.
    bet4/10
    Sana22.05.2024
    Hajmi287,39 Kb.
    #250098
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Agrofermerlar

    T/r

    Yo’nalishlar

    Ko’rsatkichlar

    Bosqichlar

    2021-yil

    2022-yil

    2023-yil

    2024-yil

    2025-yil

    1. Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarda

    1.

    Paxta xomashyosi yetishtirishda

    G’o’za ekini ekilgan umumiy maydonga nisbatan

    1

    2

    3

    4

    5

    2.

    Don, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishda

    Don, dukkakli va moyli ekinlar ekilgan umumiy maydonga nisbatan

    1

    2

    3

    4

    5

    3.

    Bog’dorchilikda

    Hosilli bog’zorlar umumiy maydoniga nisbatan

    2

    4

    6

    8

    10

    4.

    Uzumchilikda

    Hosilli uzumzorlar umumiy maydoniga nisbatan

    2

    5

    8

    12

    15

    5.

    Sabzavot-polizchilikda

    Sabzavot-poliz yetishtiriladigan umumiy maydonga nisbatan

    0,5

    1

    1,5

    2,5

    3



    1.2.Mamlakatimizda fermer xo’jaligini tashkil etish.
    Qishloq hududlarida davlat xizmatlari, shuningdek transport va axborot-kommunikatsiya aloqalari darajasi pastligicha qolmoqda. Hududiy ehtiyojlarni batafsil baholashga asoslangan va raqobat afzalliklarini hisobga olgan holda kompleks strategiya va dasturlarni ishlab chiqish talab etiladi.
    Xorijiy mamlakatlar bo’yicha ma’lumotlar tahlil qilinganida, qishloq hududlarining iqtisodiy taraqqiy etishi qishloq xo’jaligini rivojlantirish bilan bevosita bog’liqligi va shundagina muvaffaqiyatga erishilishi, mahallalarning muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga yo’naltirilgan subsidiyalarga asoslangan islohotlar samarasiz ekanligi kuzatildi.3
    Iqtisodiyot va sanoat vazirligining muvofiqlashtiruvi ostida amalga oshirilayotgan qishloqlarni rivojlantirish dasturlari, asosan, hududiy iqtisodiy nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan bo’lib, yirik shahar markazlari foydasi uchun, qishloq aholisining kichik bir qismi — fermyerlar va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanadigan boshqa tadbirkorlar sektori tomonidan qo’llab-quvvatlanadi, biroq qishloq mahallalari chetda qolmoqda.
    Qishloq hududlarini barqaror rivojlanishini ta’minlash mazkur ustuvor yo’nalishning asosiy maqsadi bo’lib hisoblanadi.
    Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:

    • qishloq hududlarini rivojlantirish sohasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish;

    • qishloq hududlarini rivojlantirish uchun real ehtiyojlarni batafsil baholashni olib borish;

    • qishloq mahallalarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash va manfaatlarini himoya qilish hamda qarorlar qabul qilishni nomarkazlashtirish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

    Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xoʻjaligini isloh qilish, xususan, sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar oʻrtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan taʼminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
    Mamlakatimiz qishloq xo’jaligi bo’yicha ulkan salohiyatga ega. Bozorlarimiz to’kin, xalqimiz rizqi mo’l-ko’l bo’lishidan tortib eksportdan qo’shimcha daromad topishgacha bo’lgan juda ko’p masalalar shu soha bilan bog’liq.
    Keyingi yillarda qishloq xo’jaligini isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Davlat xarid narxlari qariyb 3 barobarga ko’paytirilgani natijasida manfaatdorlik oshdi. Paxtachilik va g’allachilik hashar emas, chinakam daromad manbaiga aylandi.
    Yangi texnologiya va innovatsiyalarni joriy qilish, mehnat unumdorligi va ish haqini oshirish maqsadida 76 ta paxta-to’qimachilik klasterlari tashkil etildi.4
    Joriy yilning o’zida 25 ming gektar paxta maydonlarida suv tejovchi yangi sug’orish tizimi joriy qilindi. Foydalanishdan chiqqan 1 million 100 ming gektar yerni qayta ishga kiritish bo’yicha sa'y-harakatlar boshlandi.
    Bular, albatta, yaxshi natijalar, lekin mazkur ishlar – islohotlarning birinchi bosqichi.
    Prezidentimiz faqat bugunni emas, balki ertangi kunni ham o’ylab, uzoqni ko’zlab islohotlarni yangi bosqichga ko’tarish vazifasini qo’ymoqda. Shu maqsadda qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2019-2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasi ishlab chiqilmoqda. Bu iqtisodiyotimizning asosiy o’sish nuqtasi, "drayveri" bo’ladi. Ming-minglab ish joylari yaratiladi, odamlarning daromadi oshadi.5
    Yig’ilishda mazkur strategiyani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan muhim vazifalar belgilab berildi.
    Bunda, avvalo, qishloq xo’jaligi yerlarining aniq hisobini yuritish, ulardan foydalanishni takomillashtirish lozimligi qayd etildi. Shundan kelib chiqib, "Yergeodezkadastr" qo’mitasiga 2021 yil oxirigacha respublikaning barcha hududlarida yerni hisobga olish ishlarini yakunlash, yer hisobini yuritish bo’yicha yagona elektron bazani yaratish topshirildi.
    Qishloq xo’jaligida suvdan to’g’ri foydalanish ham juda muhim masala. Tahlillarga ko’ra, yurtimizda ekin maydonlariga milliardlab kub metr suv yo’naltirilsa-da, uning faqat 60 foizi ekinlarga yetib boradi, 40 foizi sug’orish tizimlarida va sug’orish jarayonida yo’qotiladi.
    Jahon suv resurslari instituti tahminlariga ko’ra, 2040 yilga borib O’zbekiston suv o’ta tanqis bo’lgan 33 mamlakat qatoridan joy olishi mumkin.
    Shu bois davlatimiz rahbari bu masalaga alohida e'tibor qaratib, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va uning hisobini yuritish, har yili 200 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilib borish zarurligini ta'kidladi. Ushbu yo’nalishlar ishlab chiqilayotgan strategiyada o’z aksini topishi kerakligi aytildi.
    Qishloq xo’jaligini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash va davlat xaridlari tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilinar ekan, budjet mablag’larining asosiy qismini yerlarning unumdorligini oshirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, ilm-fanni rivojlantirishga sarflash lozimligi ko’rsatib o’tildi.
    Sohaning eksport salohiyatini oshirish va qo’shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish masalalariga alohida ahamiyat qaratilib, bu boradagi jahon tajribasi tahlil qilindi. Masalan, Turkiyada 1 gektar yerdan 2 ming dollarlik, Misrda 8 ming dollarlik, Isroilda 12 ming dollarlik mahsulot yetishtiriladi. O’zbekistonda esa bu ko’rsatkich 300 dollardan oshmayapti. Doim bir xil standartdagi tovar yetkazib berish yo’lga qo’yilmagani sababli mahsulotlarimiz tashqi bozorda raqobatlasha olmayapti.
    Yig’ilishda mutasaddilarga mahsulotlarni Yevropa Ittifoqi, Sharqiy Osiyo va arab mamlakatlari standartlari asosida sertifikatlash tizimini joriy etish bo’yicha topshiriqlar berildi.
    Bu borada tomorqa xo’jaliklari ham katta rezerv ekani, "bir mahalla – bir mahsulot" tamoyili asosida joylarda logistika xizmati va kooperatsiya tizimini keng joriy qilish lozimligi qayd etildi.
    Xizmat ko’rsatish borasida ham kamchiliklar mavjud. Masalan, bu tizimda raqobat yo’qligi sababli xizmatlar narxi yuqori, mahsulot ishlab chiqaruvchining tanlash imkoniyati yo’q.
    Shuning uchun mineral o’g’itlarni yetkazib berish, o’simliklarni himoya qilish, texnika va boshqa xizmatlar sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida xizmat turlarini ko’paytirish, xususiy korxonalar faoliyatini yo’lga qo’yish zarurligi ta'kidlandi.
    Joriy yilda boshlangan yerni kosmik zondlash orqali tuproq va ekinlarning haqiqiy holatini tezkor va ishonchli baholash ishlarini 2020 yil yakuniga qadar to’liq oxiriga yetkazish darkor. Bu tizim vegetatsiya jarayoni, tuproqning meliorativ holati va minerallashuv miqdori, namlik darajasi haqida to’liq ma'lumotlarni berib, hosildorlikni 25-30 foizga oshirish imkonini beradi.
    Hukumat jadal rivojlantirish dasturlari, ilg’or ilm-fan yutuqlarini qo’llash, raqamlashtirish va yangi texnologiyalarni o’zlashtirish orqali 2022-2026-yillarda fermerlar daromadini kamida kki barobarga oshirish va qishloq xo’jaligining kamida 5 foiz yillik o’sishini ta’minlashga umid qilmoqda. Mahalliy va eksport qilinadigan mahsulotlarga qo’shimcha qiymat yaratish maqsadida qayta ishlash va qadoqlash imkoniyatlarini yanada rivojlantirish ham ustuvor vazifa bo’lib qolmoqda. 2021-yil sentabr holatiga ko’ra 463 tasi ro’yxatga olingan vertikal integratsiyalashgan klasterlarni yaratishni qo’llab-quvvatlash va hosildorlikni oshirish uchun “daladan iste’molchigacha” to’liq ishlab chiqarish zanjirini ta’minlaydigan kooperatsiya tizimi qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishi hisoblanadi.
    O’zbekiston Respublikasida 01.01.2013 yil ma’lumotlari bo’yicha jami 73 mingdan ziyod fermer xo’jaliklari qayd etilgan. 2005 yilda ularning soni 125,7 ming, 2008 yilda 218,6 mingni taskhkil etgan. Fermer xo’jaliklariga biriktirilgan yer maydonlari ham yildan-yilga oshib bormoqda. Faqat so’nggi 5-6 yilda ular 2051,5 ming gektarga ko’paygan. Masalan, 2005 yilda bu ko’rsatkich 3775,3 ming ga bo’lgan, 2013 yilda 5854,3 ming gektarga etgan. Hozirgi vaqtda fermer xo’jaliklari respublika jami qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 34,4 foizini ta’minlamoqda. Bu ko’rsatkichlarning ham ortib borishi qayd etiladi. Chunonchi, fermer xo’jaliklarining mamlakat agroiqtisodiyot tizimidagi o’rni 2005 yilda 24,3%, 2006 yil 31,4 %, 2007 yil 33,4%, 2013 yil 35,0%. Ko’rinib turibdiki, faqat shu davrning o’zida mavjud ko’rsatkich 10 foizdan ko’proqqa ortgan, ko’payish xususan 2005-2006 yillarga to’g’ri keladi.
    Fermer xo’jaliklarining qishloq xo’jaligidagi tarmoqlar tarkibidagi o’rni ham har xil. U ko’roq dehqonchilikda ustuvor ahamiyatga ega, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda esa asosan dehqon xo’jaliklari ishtirok etishadi.
    Taqlillarga ko’ra, fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining ko’payib borishi jami qishloq xo’jaligi va dehqon xo’jaliklariga nisbatan jadalroq kechmoqda. Raqamlarga murojaat qilaylik: 2005 yilda jami qishloq xo’jaligi mahsulotlari mamlakatda 105,4 foizga o’sgan bo’lsa,fermer xo’jaliklarida u 130,7 % ga ortgan. Xuddi shunday, mos ravishda, 2006 yilda 106,7 va 146,6%; 2007 yilda 106,1 va 117,8 %; 2008 yilda 104,5 va 100,0 %. Biroq so’nggi yillarda nisbat birmuncha o’zgargan. 2013 yil yakunlari bo’yicha fermer xo’jaliklarida yaratilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 2012 yilga qaraganda 105,5 % ga o’sgan bo’lsa, jami qishloq xojaligi mahsulotlari bu davrda 106,8 foizga ortgan.
    Fermer xo’jaliklarining dehqonchilikdagi mavqei tobora ortib bormoqda. Agar 2005 yilda ular jami dehqonchilik mahsulotlarining 41,6 % ni etkazib bergan, 2008 yilda bu ulush 57,6 va 2013 yilda 60 % ga yaqinlashgan. Fermer xo’jaliklari asosan tovar mahsulotlar ishlab chiqaradi va bu mahsulotlarning strategik ahamiyati ham katta. Shu bois, bu xo’jaliklar ko’proq davlat buyurtmasi asosida faoliyat ko’satishadi. Binobarin, fermer xo’jaliklarining ustuvos vazifasi eng avvalo mamlakatimiz don mustaqilligini va paxta hom ashyosi eksportini ta’minlashga qaratigan.
    Bir yilda fermer xo’jaliklari respublikamizda etishtirilgan donning 81,5 -82,0 %i, paxtaning 99,5 % beradi. Mulkchilikning bu shaklini hissasi poliz (50,2%) va uzum ( 54,5%) etishtirishda ham biroz yuqori.Ayni vaqtda dehqon xo’jaliklari chorvachilik, sabzabot va kartoshka etishtirish, poliz ekinlarida etakchilik qiladi. Bu xo’jaliklar respublikada etishtirilgan go’shtining 95,7, sutning 96,1, junning 82,8, qorako’l terisining 67,6 % ni beradi. Dehqon xo’jaliklari kartoshkaning 75-80, savzabotni 64-65, mevaning 52-53, poliz mahsulotlarining 49-50, uzumning 43-44 % ni ta’minlaydi. Parrandachilikda, jumladan, tuhum etishtirishda bu ko’rsatkich ozroq – 54,8 %, fermer xo’jaliklari 11,4 va qishloq xo’jaligi korxonalari 33,8 %, ( 2012 yil ). Dehqon xo’jaliklarida yirik shoxli qoramollar sonining 93,9, qo’y va echkilarning 83,4, cho’chqalarning 77,7 va parrandalarning 63,4 % to’plangan.
    Fermer va dehqon xo’jaliklari feofrafiyasida ham ma’lum tafovutlar mavjud. Bu farqlar joylar qishloq xo’jaligining ixtisoslashuvi, bu esa, o’z navbatida, tabiiy geografik sharoitdan kelib chiqadi. Shu bilan birga, xo’jaliklarning u yoki bu turning rivojlanishiga demografik vaziyat, ya’ni aholi soni, ularning zichligi va milliy tarkibi ham ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi.
    Yer maydoni taqsimotida Buxoro (13,4 % ), Qashqadaryo (12,6 % ), Surxondaryo ( 12,6 % ) hamda Qoraqalpogiston Respublikasi etakchilik qiladi. Mazkur hududlar fermer xo’jaliklari uchun ajratilgan yer maydoni bu toifadagi jsmi yerlarning deyarli yarmiga barobar.Miqdor jihatidan eng oz raqamlar Andijon , Xorazm, Sirdaryo hamda cho’lli hududlar sanalgan Navoiy viloyatlariga tegishli.
    Ammo yuqoridagi tahlillar fermer xo’jaliklarining hududiy tashkil etilishidagi umumiy xususiyatlarni aks ettiradi, xolos. Bu jihatdan har bir xo’jalikning “sig’imini” aniqlsh to’g’riroq natijalar beradi. Masalan, respublikada o’rtacha har bir fermerga 8,0 gektarga yer maydoniva 18,5 nafar ishchi-xodim to’g’ri keladi. Yer maydoni yoki ko’lamiga ko’ra Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog’iston respublikasi oldinda. Bu mintaqalarda fermer xo’jaliklarining o’rtacha “yer sig’imi” 10 gektardan ko’p, eng yuqoriko’rsatkich Buxoro viloyatida – yaqin 20 gektar. Nisbatan kichik-kichik xo’jaliklar Farg’ona vodiysi va Xorazm viloyatida, ya’ni umuman hududi uncha katta bo’lmagan, biroq aholisi ko’p va zich joylashgan mintaqalarda tashkil etilgan.
    Iqisodiyot ko’rsatkichlarida ham sezilarli tafovutlar bor: respublikamizda, avval qayd etilganidek, fermer xo’jaliklari jami qishloq xo’jaligi mahsulotining 35% ni ta’minlagan holda, bu ko’rsatkich Sirdaryo viloyatida 43,1 %, Qashqadaryoda 41,9 %, Qoraqalpog’iston Respublikasida – 40,2%. Fermer xo’jaliklarining iqtisodiy samaradorligi eng avvalo Navoiy viloyati, shuningdek, Buxoro va Namangan mintaqalarida past.
    Umuman olganda , fermer xo’jaliklaridagi bunday iqtisodiy ko’satkichlar dehqon xo’jaliklari yoki jami qishloq xo’jaligi darajasidan pastroq. Masalan, don hosildorligining umumiy darajasi 42,0 ts\ga, fermer xo’jaliklarida esa- 40,2ts\ga, bug’doy, mos ravishda, 44,4 va 42,6 ts\ga. Demak, fermer xo’jaliklarida ham to’laligicha hal qilinmagan muammolar yo’q emas. Bu muammolar serqirrali bo’lib, ular iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va boshqa tashkiliy ishlarni o’z ichiga qamrab oladi.



    Download 287,39 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 287,39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnolgiyalar universiteti iqtisodiyot fakulteti

    Download 287,39 Kb.