Fermer xo'jaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi to'g'risida'gi nizom tasdiqlandi




Download 287,39 Kb.
bet8/10
Sana22.05.2024
Hajmi287,39 Kb.
#250098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Agrofermerlar

2.2 Fermer xo'jaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi to'g'risida'gi nizom tasdiqlandi.
O'zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2013 yil 31 yanvardagi 22-sonli qarori bilan fermer xo'jaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi to'g'risidagi nizom (keyingi o'rinlarda –nizom) tasdiqlandi.
Qaror O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi o'zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida'gi pf-4478-sonli farmonini bajarish yuzasidan hamda fermer xo'jaliklarining yer maydonlarini maqbullashtirish jarayonida ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlash, fermer xo'jaliklarini tugatishda qonunchilik normalariga rioya etish kafolatlarining ishonchli tizimini yaratish maqsadida qabul qilindi.
Nizomning birinchi bo'limida umumiy qoida va tushunchalar belgilab berilgan. Xususan, unda:
• fermer xo'jaligi davlat mulki bo'lgan yer maydonini ijara shartnomasi tuzish asosida uzoq muddatli ijaraga berish, fermer tomonidan tegishli majburiyatlar qabul qilish yo'li bilan tashkil etiladi;
• fermer xo'jaligining yer maydonini maqbullashtirish – yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish va fermer xo'jaligining moliyaviy barqarorligini ta'minlash maqsadida uning yer maydoni hajmini o'zgartirish;
• fermer xo'jaligini tugatish – fermer xo'jaligini ixtiyoriylik asosida yoki mazkur nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tugatish va boshqa tartib-qoidalar o'z ifodasini topgan.
Yer maydonini ixtiyoriy ravishda maqbullashtirish nizomning ikkinchi bo'limida fermer xo'jaligi rahbarining tuman (shahar) hokimiga berilgan ariza asosida amalga oshiriladigan fermer xo'jaligi yer maydonini ixtiyoriylik asosida maqbullashtirish (kamaytirish) tartibi belgilangan.
Bunda ixtiyoriylik asosida amalga oshirilgan maqbullashtirishdan so'ng fermer xo'jaligida qolgan yer maydoni o'zbekiston respublikasining 'fermer xo'jaligi to'g'risida'gi qonunida nazarda tutilgan minimal miqdordan kam bo'lmasligi kerak, ya'ni dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo'jaligi uchun ijaraga beriladigan yer maydonining eng kam o'lchami:
• paxtachilik va g'allachilik uchun – kamida 30 gektar;
• bog'dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtirish uchun – kamida 5 gektar bo'ladi.
Shunga ham e'tibor berish lozimki, fermer xo'jaligi yer maydonini maqbullashtirishda yer maydoni konturlarining yaxlitligi buzilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash uchun O’zbekiston hukumati so’nggi bir necha yil ichida bug’doy yetishtirishga alohida e’tibor qaratib, parrandachilik va chorvachilikni qo’llab-quvvatladi. Bundan tashqari, so’nggi yillarda yangi meva-sabzavotlarning rentabelligi oshdi va mahalliy fermerlar ushbu mahsulotlarning eksport bozorlarini rivojlantirish bo’yicha agressiv rejalarga ega. Hukumat 2022-2025-yillarda kichik oilaviy fermer xo’jaliklariga yirik fermer xo’jaliklari va klasterlardan o’tkazilgan 200 ming gektar
paxta va g’alla yerlarini o’n yillik ijaraga berish va qo’llab-quvvatlash uchun 100 million dollar miqdorida ssudalar ajratishni taklif etadi.


Download 287,39 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 287,39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fermer xo'jaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi to'g'risida'gi nizom tasdiqlandi

Download 287,39 Kb.