• Kurs ishining vazifalari.
  • Kurs ishining tarkibiy tuzilishi.
  • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnolgiyalar universiteti iqtisodiyot fakulteti




    Download 287,39 Kb.
    bet2/10
    Sana22.05.2024
    Hajmi287,39 Kb.
    #250098
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Agrofermerlar

    Kurs ishining maqsadi: : Kurs ishining asosiy maqsadi fermer xo’jaligini, o’rganish hamda uni yuksaltirish yuzasidan amaliy takliflar va tavsiyalarni berishdan iborat.
    Kurs ishi bir qator xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar hamda mutaxassislarning marketing, kichik va xususiy biznesni rivojlantirishga bag‘ishlangan asarlari va ilmiy ishlaridan foydalanilgan holda amalga oshirilgan.
    Kurs ishining vazifalari. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish koʻzda tutilgan:
    -Fermer xo’jaligi tushunchasi , maqsadi, vazifasi,faoliyati va uning yo’nalishlari
    -Mamlakatimizda fermer xo’jaligini tashkil etish
    -Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri tasdiqlanadi
    -Fermer xo'jaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi to'g'risida'gi nizom tasdiqlandi.
    solishning zamonaviy mexanizmlari o’rganishdan iborat.
    Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
    I.BOB.FERMER XO’JALIGINING TASHKILIY- HUDUDIY ASOSLARI
    Davlatning agrar siyosati qishloq xo’jaligi va hududlarini barqaror rivojlantirishga qaratilgan davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Qishloq hududlarining barqaror rivojlanishi deganda ularning barqaror ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o’sishi, qishloq xo’jaligi samaradorligining oshishi, qishloq aholisi to’liq bandligiga erishish va turmush darajasining oshishi, yerlardan oqilona foydalanish tushuniladi. Agrar siyosat o’zida qishloq aholisining moddiy, ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy shartsharoitlarini shakllantiradigan davlat faoliyatini qamrab oladi. Agrar bozor, investisiya, kredit, moliya, ilmiy texnikaviy va texnologik faoliyat, soliqlar va soliqqa tortish, ijtimoiy muhit, maqsadli va tarkibiy qayta shakllanish agrar siyosatning asosiy sohalaridir. Agrar siyosatning umumiy maqsadi muayyan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, hududiy, tarmoq, ekologik maqsadlar bilan tavsiflanadi. Davlat rivojlanishi bosqichlari va tabiiy-tarixiy sharoitlarga bog’liq ravishda aniq maqsadlar o’zaro nisbati o’zgaradi.
    Agrar siyosat negizida agrar qonunchilik va agrar tarkib shakllanadi. Agrar qonunchilik - qishloq xo’jaligida va qishloq aholisi hayoti bilan bog’liq holda amalga oshayotgan jarayonlarga ta’sir o’tkazuvchi huquqiy me’yorlardir. Yerga egalik munosabatlari, kredit va soliqqa tortish, mehnat munosabatlari, mulkiy munosabatlar, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’moli yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy ta’minot va boshqalar agrar qonunchilikning muhim sohalariga kiradi: Agrar tarkib - agrar qonunchilikka asoslangan, qishloq xo’jaligi rivojlanishi, aholining yashash va ishlash sharoiti xususiyatlari hisobga olingan, ishlab chiqarish omillariga bog’liq agrar sohaning iqtisodiy, texnik va ijtimoiy unsurlari yig’indisidir. U mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlarda ifodalanadi. Agrar siyosatning negizida agrar bozor yotadi. Agrar bozor agrar siyosatni ham ishlab chiqaruvchi, ham iste’molchi manfaatlariga mos amalga oshirilishiga yordam qiladi. Agrar siyosatning asosiy vazifasi - agrar sohadagi jarayon va qarashlarni aks ettiribgina qolmasdan, balki kishilarning shu sohadagi qarashlari, jarayonlari va qonunlari tizimidagi faoliyatini ochib berishdir. Uning vazifalariga quyidagilar kiradi:
    mamlakat aholisini iqtisodiy asoslangan baholardagi sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash;
    qishloq xo’jaligining umumiy daromad yaratish sohasidagi ishtirokini ta’minlash, agrar sektorni rivojlantirish;
    agrar tashqi savdo siyosatini olib borish, qishloq xo’jaligi infratuzilmasini yaratish;
    atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarini hal qilish. Agrar siyosatning tamoyillarini ko’rib chiqib uning muhim oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi, agrosanoat va tashqi savdo jihatlariga, shuningdek uni tavsiflovchi ko’rsatkichlariga e’tiborni qaratish lozim:
    Oziq-ovqat jihati tamoyillar tahlilining muqaddimasi bo’lib, agrar siyosat maqsadi-oziqovqat xavfsizligining miqdoriy ifodasi sifatida xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda ichki bozorda oziq- ovqat mahsulotlariga talabning fiziologik va to’lovga qodir chegaralarini aniqlaydi, shuning uchun iste’molning fiziologik me’yorlari, iste’molning mavjud tarkibi, mamlakatni shu jumladan ichki ishlab chiqarish hisobiga oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi.1
    Qishloq xo’jaligi jihati oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning haqiqiy holatini tavsiflaydi, oziq-ovqat mahsulotlarini olishda agrar salohiyatni aniqlaydi. U qishloq xo’jaligi samaradorligi ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi: (yer hosildorligi, mehnat unumdorligi, chorva mollari mahsuldorligi, ozuqa qoplanganligi, ishlab chiqarish samaradorligi, mehnatga haq, qishloq xo’jaligia dotasiyalar, fond qaytimi va boshqa omillar). Agrosanoat jihati, bir tomondan, qishloq xo’jaligi moddiy-texnika bazasi tahlilini amalga oshirish, ikkinchi tomondan marketing baholashga imkon beradi. Baholash uchun muhim ko’rsatkichlar- sarfxarajtalarning yiriklashtirilgan tarkibi, turli maqsadlarda mahsulotni ishlatish.
    2020-yilda global pandemiya sababli iqtisodiy noaniqliklar yuzaga keldi, bu esa qishloq xo’jaligi sohasiga ta’sir ko’rsatdi. Biroq, qishloq xo’jaligi sektori global miqyosda tez tiklandi va 2021 yilda ko’plab mamlakatlarda ijobiy o’sish kutilmoqda;2
    – Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda barqarorlikni ta’minlash, fermer xo’jaliklarida raqamli texnologiyalar va organik qishloq xo’jaligida foydalanish kabi masalalarning ahamiyati ortib bormoqda. Oziq-ovqat zanjirining sifati va xavfsizligi qishloq xo’jaligi sohasida ham muhim masalalardan hisoblanadi;
    – Qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti jahon iqtisodiyotida hali ham muhim o’rin tutadi va shuning uchun qishloq xo’jaligi savdosi hajmining oshishi kutilmoqda; – – Qishloq xo’jaligida bandlik darajasining pasayishi kuzatilishi mumkin. Bu qishloq xo’jaligi sohasida texnologik yutuqlar va mahsuldorlikni oshirish haqida. Ayniqsa, kichik fermerlar bu vaziyatdan salbiy ta'sir ko’rsatishi mumkin.
    - Qishloq xo’jaligi siyosati qishloq xo’jaligini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash uchun davlatlar tomonidan amalga oshirilayotgan siyosatni qamrab oladi. Qishloq xo’jaligida qishloq xo’jaligi siyosati asosan fermerlarni qo’llab-quvvatlash va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini bozorga chiqarishga yordam berish uchun amalga oshiriladi.
    Fermer xoʻjaligi — xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan yerda qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik. Fermer xo’jaligining ijtimoiy iqtisodiy mazmuni va faoliyat koʻrsatish tartibi turli mamlakatlarda turlicha boʻlib, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish munosabat-larining rivojlanish darajasi va xususiyatlari, shuningdek, mehnatdan va yerdan foydalanish sharoitlari, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini industrlash va ixtisoslashtirish darajasi, kapital hajmi va shular kabi omillar bilan belgilanadi. Ilk va mukammal shakldagi Fermer xoʻjaligiklari AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyada mustamlakachilik siyosati va boʻsh yotgan hamda yerli aholiga tegishli yerlarda koloniyalar tashkil qilish natijasida paydo boʻldi. Gʻarbiy Yevropa davlatlarida kapitalizmning umumiy taraqqiyoti va pomeshchiklar xoʻjaliklarining yirik kapitalistik korxonalarga aylanishi jarayonida yuzaga keldi. XX asrning 20—30 yillari AQSH, Kanada, Buyuk Britaniyada, 50—60-yillarda esa rivojlangan Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi mashinalashgan bosqichga oʻtdi, natijada fermerlar bu mamlakatlarda qishloq xo’jaligidagi tovar mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchilariga aylandilar. Bu mamlakatlarda Fermer xoʻjaligi yerlari xususiy mulk hisoblanadi yoki yer ijaraga olinadi. Fermer xoʻjaligida barcha ishlab chiqarish vositalari va yetishtirilgan mahsulot fermer xo’jaligi boshligʻi, yaʼni fermerning yoki uning aʼzolari mulki hisoblanadi. Fermer xoʻjaligida, asosan, fermer oila aʼzolari, qarindosh urugʻlari va mavsumda yollanma ishchilar mehnat qiladi.
    Oʻzbekistonda dastlabki Fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 3-iyulda qabul qilingan «Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida» qonuniga muvofiq, dehqon xoʻjaligi shaklida tashkil etildi, dastlab yirik qishloq xo’jaligi korxonalari tarkibidagi ichki Fermer xoʻjaligilari va mustaqil yuridik shaxs sifatidagi Fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatdi. 90-yillarning oxirlaridan boshlab Fermer xoʻjaligini tashkil etish va uning faoliyatiga doir huquqiy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining «Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida» qonuni (1998 yil 30 aprel, yangi taxrirda 2004 yil 26 avgust) bilan tartibga solinadi.
    Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari yerdan ijara asosida foydalanadilar va ularga yer maydonlari 50 yilga yoki 30 yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. Ijaraga beriladigan yer maydonlarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilikda kamida 10 ga, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtyrish uchun kamida 1 ga qilib belgilangan. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan Fermer xoʻjaligida kamida 30 shartli bosh chorva moli boʻlishi lozim. Bunday xoʻjaliklarda bir shartli bosh chorva moli hisobiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami Andijon, Namangan, Samarkand. Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda 0,3 ga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi sugʻoriladigan yerlarda 0,45 ga, sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 ga ni tashkil etadi.
    Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari soni 87,6 ming ni, ularga birkitilgan yer maydoni 2148,1 ming ga ni, bitta Fermer xoʻjaligining oʻrtacha yer maydoni 24,5 ga ni, Fermer xoʻjaligida band boʻlganlar soni 603 ming kishini, shu jumladan, yollanma ishchi kuchi 52,4 ming kishini tashkil qildi.
    Fermer xo‘jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektidir.
    Fermer xo‘jaligi O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy subyektidir.Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun, avvalo, uni tashkil etmoqchi bo‘lgan shaxs belgilangan tartibda yer uchastkasi olishi kerak.Fermer xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari ajratish tartibi Yer kodeksi, Fermer xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun va Yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomi asosida amalga oshiriladi.
    Yer kodeksida fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalari:
    - ochiq tanlov asosida;
    - o‘ttiz yildan ellik yilgacha bo‘lgan muddatga;
    - zaxira yerlari yoki qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan ajratilishi nazarda tutilgan.
    Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasining o‘lchami yer uchastkasini beradigan organ tomonidan har bir muayyan holatda mahalliy sharoitlarni, shuningdek fermer xo‘jaligida ishlovchilar sonini hisobga olgan holda belgilanadi.
    Yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xo‘jaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar, shuningdek, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashining birgalikda berilgan tavsiyasiga ega bo‘lgan yosh fuqarolar boshqa teng sharoitlarda ustuvor huquqdan foydalanishi belgilangan.
    Fermer xo‘jaliklariga yer ajratish fermer xo‘jaligining maʼlum bir faoliyat yo‘nalishga ixtisoslashganini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda va zaxira yerlarda tashkil etiladi.Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli bo‘lgan taqdirda tashkil etiladi.
    Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami, bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda, Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 0,5 gektarni), boshqa viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sug‘oriladigan yerlarda tegishlicha, kamida 0,45 gektarni- (nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 0,6 gektarni), sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi — qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi hisoblanadi(1-rasm).
    K
    o’p tarmoqli fermer xo’jaligi. 1-rasm
    Dehqonchilik mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami paxtachilik va g‘allachilik uchun kamida 30 gektarni, g‘allachilik vasabzavotchilik uchun kamida 10 gektarni, bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun kamida 1 gektarni hamda ko‘pi bilan 5 gektarni tashkil etadi.Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga 50 yilgacha bo‘lgan, lekin 30 yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi.Fermer xo‘jaligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin tashkil etilgan deb hisoblanadi. Uning muassisi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish to‘g‘risida shartnoma tuzadi.Fermer xo‘jaligi bank muassasasida hisob-kitob varag‘i va boshqa xil hisobvaraqlar ochishga, o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘lishga haqli.



    Download 287,39 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 287,39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnolgiyalar universiteti iqtisodiyot fakulteti

    Download 287,39 Kb.