|
F a l s a f i y d u n yo q a r a sh
|
bet | 6/146 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 0,72 Mb. | | #150537 |
Bog'liq Kompyuter falsafasi-fayllar.orgF a l s a f i y d u n yo q a r a shning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u kishiga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining umumiy qonuniyatlari haqida ma’lumot beradi. Shu bilan birga u insonni qurshab turgan moddiy olamning, materiyaning obyektivligini, uning hech kim tomonidan yaratilmaganligini, bekor qilinmasligini, abadiyligini o‘qtiradi. Falsafiy dunyoqarash dunyoni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, bilish esa murakkab ziddiyatli jarayondan iboratligini ta’kidlaydi.
Mifologik va diniy dunyoqarashlardan farqli ravishda falsafiy dunyoqarash tabiat va insoniyat jamiyati taraqqiyotining sabablari va mohiyatini, o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarining xarakteri va harakatlantiruvchi kuchlarini to‘g‘ri, ilmiy asosda tushuntirib beradi. Falsafiy dunyoqarash ta’lim berib aytadiki, butun mavjudot - organik va noorganik dunyo ham, insoniyat dunyosi ham, o‘simliklar va hayvonot dunyosi ham doimo harakatda, o‘sish, o‘zgarish va rivojlanishdadir.
3- reja. Falsafaning asosiy yo‘nalishlari.
Falsafiy yo‘nalishlar, tadqiqot olib boradigan sohasiga ko‘ra, o‘ziga xos bolib, asosiylari quyidagilardir:
Ontologiya — olam, inson va jamiyatning obyektiv-universal mohiyati to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotdir. Boshqacha aytganda, u borliq to‘g‘risidagi, insonning olamga bo‘lgan munosabati haqidagi falsafiy bilim sohasidir.
Gnoseologiya — bilish falsafasi bolib, olamni anglash, bilish nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to‘g‘risidagi ta’limotdir.
Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot.
Praksiologiya — insonning predmetli-o‘zgartiruvchan, amaliy faoliyati to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot.
Metodologiya — bilish va o‘zgaruvchan faoliyat usullari to‘g‘risidagi ta’limot.
Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa) va tafakkur vositalarini (ta’rif, qoida, muhokama, tafakkur qonuniyatlari), ularning mazmunidan qat’i nazar, xolis o‘rganuvchi ta’limot.
|
| |