|
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasi
|
bet | 129/136 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 25,02 Mb. | | #272174 |
Bog'liq Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasiMasala 4. Yong‘in natijasida zavodning tayyor mahsulot sexi yonib ketdi. YOng‘indan keyingi qolgan mulklar: bino qiymatining 15 foizini tashkil qiluvchi bino poydevori. Sex 6 yil oldin qurilgan bo‘lib, uning balans qiymati 100 mln. so‘mdan tiborat.YOng‘indan keyin sex hududini tozalash uchun texnika va ishchi kuchi jalb qilindi va buning uchun 500 ming so‘m sarflandi. Amaldagi amortizatsiya qiymati – 2.2 foiz. Sug‘urta hodisasi natijasida zavodga etkazilgan zarar qiymatini aniqlang.
Echish.
Z = Q – E + X – QQ = 100 000 – (100 000 x 0.022 x 6) + 500 – (100 000 x 0.15 – 100 000 x 0.15 x 0.022 x 6) = 100 000 – 13200 + 500 – (15000 - 1980) = 74 280 ming so‘m.
Masala 5. Yong‘in natijasida zavodning yarim tayyor mahsulot sexi yonib ketdi. Yong‘indan keyingi qolgan mulklar: bino qiymatining 15 foizini tashkil qiluvchi bino poydevori va 10 foizini tashkil etuvchi temirdan tayyorlangan stollar. Sex 7 yil oldin qurilgan bo‘lib, uning balans qiymati 120 mln. so‘mdan tiborat.YOng‘indan keyin sex hududini tozalash uchun texnika va ishchi kuchi jalb qilindi va buning uchun 600 ming so‘m sarflandi. Amaldagi amortizatsiya qiymati – 2.5 foiz. Sug‘urta hodisasi natijasida zavodga etkazilgan zarar qiymatini aniqlang.
Masala 6. Mulkning sug‘urta qiymati -50 mln. so‘m, sug‘urta summasi – 40 mln. so‘m, zarar – 30 mln. so‘m. Sug‘urta qoplamasini hisoblang?
Echish:
W = 30 x (40 : 50) = 24 mln. so‘m
Birinchi risk tizimi bo‘yicha sug‘urtalashda sug‘urta qoplamasi zarar hajmi sug‘urta summasidan oshmagan holda zarar miqdori hajmida qoplanadi. Ikkinchi risk qoplanmaydi.
Chegarali javobgarlik tizimi bo‘yicha sug‘urtalanganda sug‘urta qoplamasining hajmi oldindan belgilangan chegara va erishilgan daromad darajasi o‘rtasidagi farq bilan aniqlanadi.
Masala 7. Iste’mol tovarlari bilan savdo qiluvchi do‘konda 20 iyun kuni yong‘in yuz berib tovarlarga zarar etdi.1 iyun kuni do‘konda 35 mln. so‘mlik tovar mavjud edi. 1 iyundan 20 iyunga qadar 28 mln. so‘mlik tovar kelib tushgan, kassadan 32 mln. so‘mlik naqd pul bankka topshirilgan, 6 mln. so‘m kassada mavjud.joriy yo‘qotishlar 12 ming so‘m.
Yong‘indan keyin saqlab qolingan tovarlar hisoblab chiqilganda 20 mln. 36 ming so‘mlik tovar qolganligi ma’lum bo‘ldi. Muomala xarajatlari – 10%, savdo qo‘shimchasi -25%. Mulklarni saqlab qolish va tartibga keltirish xarajatlari – 86 ming so‘m. Sug‘urta summasi sug‘urta shartnomasi tuzilgan vaqtdagi tovarlarning haqiqiy qiymatiga nisbatan 70%.
Sug‘urtalanuvchining zararini va sug‘urta qoplamasi hajmini aniqlang?
|
| |