Sug‘urta tashkilotlari daromad va xarajatlarini hisoblash




Download 25,02 Mb.
bet37/136
Sana24.09.2024
Hajmi25,02 Mb.
#272174
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   136
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasi

Sug‘urta tashkilotlari daromad va xarajatlarini hisoblash:

(so‘m hisobida)

(+) Bevosita sug‘urtalash bo‘yicha hisoblangan sug‘urta mukofotlari

910786.8

(+) Qayta sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari

6741.1

(+) O‘zlashtirilmagan mukofotlari zaxirasini o‘zgartirish

314695.1

(=) Ishlab topilgan mukofotlar

1232223

(-) To‘langan sug‘urtaviy qoplamalar

1188750.1

(-) Qayta sug‘urtalash shartnomalariga binoan qilingan qoplama to‘lovlari bo‘yicha zararlar

506.3

(+) Qayta sug‘urtalashga taqdim etilgan shartnomalarga ko‘ra, qayta sug‘urtalovchilar tomonidan qilingan qoplamalar bo‘yicha zararlar

-

(=) Ko‘rilgan zararlarning netto qismi

1189256.4

(+) Qayta sug‘urtalashga taqdim etilgan shartnomalarga ko‘ra hisoblangan qayta sug‘urtalash bo‘yicha vositachilik to‘lovlari

-

(+) Qayta sug‘urtalashga qabul qilingan shartnomalar bo‘yicha hisoblangan vositachilik to‘lovlari

840.8

(=) Qayta sug‘urtalash bo‘yicha vositachilik to‘lovlarining netto qismi

840.8

(-) Sug‘urta ishini yuritish xarajatlari

5136.5

(-) Qayta sug‘urtalash va retrotsessiyaga o‘tkazilgan risklar bo‘yicha hisoblangan sug‘urta mukofotlari

-

(-) Bevosita sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urtaviy to‘lovlari (sug‘urta qoplamalari)

-

(-) Hisoblangan vositachilik va brokerlar siylovlari. Qayta sug‘urtalash tantemlari va yig‘imlari

321.4

(-) Zararlarni qoplash zaxirasiga o‘tkazilgan mablag‘lar

1153961.8

(-) Qayta sug‘urtalashga qabul qilingan risklar bo‘yicha qilingan qoplama to‘lovlarning ulushi

-



3-jadval
Bunda sug‘urta xizmatini ko‘rsatish(sotish)dan tushgan yalpi foyda quyidagicha hisoblanadi:

(=) Ishlab topilgan mukofotlarining netto qismi

1232223

(+) Ko‘rilgan zararlarning netto qismi

1189256.4

(+) Qayta sug‘urtalash bo‘yicha vositachilik to‘lovlarning netto qismi

840.8

(-) Sug‘urta ishini yuritish xarajatlari

5136.5

(-) Davr xarajatlari

226235.7

(-) Xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish va xo‘jalik xarajatlari

-

(=) Asosiy faoliyatdan olingan foyda

189246.4

(+) Operatsion. Investitsion va moliyaviy faoliyatdan olingan daromad

214343.3

(+) Operatsion. Investitsion va moliyaviy faoliyat uchun qilingan xarajat

-

(=) Soliq to‘langunga qadar bo‘lgan daromad(foyda) yoki zarar

25096.9

Manba: «O‘zagrosug‘urta» DASKning 2002 yil ko‘rsatkichlari asosida muallif tomonidan hisoblab chiqilgan.

netto qismi (840,8) yig‘indisidan sug‘urta ishini yuritish xarajatlari (5136,5), davr xarajatlari (226235,7), xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish va xo‘jalik xarajatlari jamisini ayirish orqali asosiy faoliyatdan olingan foyda (189246,4 ming so‘m) hisoblab topiladi. SHundan so‘ng, investitsion-moliyaviy faoliyatdan olingan daromad va xarajatlar yig‘indisini qo‘shish orqali balansdagi (25096,9 ming so‘m) foyda summasi aniqlanadi.

4. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qayta tahrirdagi Qonunida investitsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: “investitsiya - iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar”11, sifatida ta’riflanadi.


YUqorida keltirilgan fikrlarni tahlil qilish orqali shunday xulosaga kelish mumkinki, “investitsiyalar” tushunchasi “kapital qo‘yilmalar”, “investitsiyalarning mulkiy shakli”, “kapital”, “kredit” va boshqa tushunchalarga qaraganda kengroq, “sig‘imliroq” tushuncha hisoblanadi12. Kapital qo‘yilmalar investiitsilarning tarkibiy qismi hisoblanadi. SHuning bilan birgalikda investitsiyalarning tarkibida kapital qo‘yilmialardan tashqari aylanma mablag‘ (vosita)lar ham mavjud. Demak, ko‘rinib turibdiki, kapital qo‘yilmalar tushunchasi aynan investitsiyalar tushunchasini anglatmaydi.13 Umumlashtiradigan bo‘lsak, investitsiyalar bu faqat uzoq muddatli kapital qo‘yilmalar bo‘libgina qolmasdan, balki qisqa muddatli qo‘yilmalarni ham o‘z ichiga oladi. Demak, investitsiyalar - mulkchilikning barcha ko‘rinishlaridagi moddiy va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy-ijtimoiy daromad olish maqsadida muomalaga kiritishdir.
“CHet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga ko‘ra “chet el investorlari asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari”14, deb e’tirof etiladi.
Sug‘urta kompaniyalari asosiy faoliyati Bilan bir qatorda investsiya faoliyatini xam amalga oshirish imkoniyatiga egadir. Odatda, sug‘urta kompaniyalarining sug‘urtaviy xizmat ko‘rsatish o‘ziga xos xususiyatga ega ya’ni, mijoz dastlab sug‘urtalovchiga sug‘urta badalini shartnoma tuzilishi Bilan to‘laydi. Sug‘urta shartnomasi muddatining tugashi xizmat to‘liq ko‘rsatilganligini bildiradi. Demak, sug‘urta kompaniyalarida moliya resurslarining xarakati xususiyatlari shunga olib boradiki, sug‘urta kompaniyalari ixtiyorida shartnomani amal qilish mobaynida qo‘shimcha daromad olish maqsadida investitsiyalash mumkin bo‘lgan vaqtinchalik majburiyatdan xoli bo‘lgan katta miqdorda vaqtincha bo‘sh mablag‘lar to‘planadi. Sug‘urtalovchilar bu mablag‘larni qo‘shimcha daromad olish maqsadida turli ob’ektlarga investitsiya qilishlari mumkin.
Sug‘urta tashkilotlari tasarrufida kata miqdordagi moliyaviy resurslarni to‘planishi, ularni iqtisodiyotni rivojlanishida muxim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Sug‘urta qiluvchilar tomonidan moliya resurslarining to‘planishi sug‘urtani faol investitsion siyosat yo‘li Bilan iqtisodiyotning asosiy omiliga aylantiradi. Boshqacha so‘z Bilan aytganda, sug‘urtalovchilar turli polis egalaridan olingan passiv pul mablag‘larni moliya bozorida xarakat qiluvchi aktiv kapitaliga aylantirishadi.
Sug‘urta ompaniyasi investitsion imkoniyatlarini quyidagi omillar belgilaydi:

  • yig‘iladigan sug‘urta mukofotlari xajmi;

  • sug‘urta portfeli xajmi;

  • amalga oshirilayotgan sug‘urta xizmatining foydaliligi yoki zararliligi;

  • sug‘urta rezervlarini shakllantirishga davlat tomonidan qo‘yiladigan talablar;

  • tuzilgan sug‘urta shartnomalari muddati;

  • o‘zlik mablag‘lari xajmi.

Cug‘urta kompaniyasining investitsion imkoniyatlari taxminan shunday deyarli shakllanib boradi. Investitsion imkoniyat asosiy qismi «O‘zlik mablag‘lar”ga to‘g‘ri keladi. Sug‘urta rezervi esa domiy ravishda sug‘urta qoplamalari to‘lanishiga qarab o‘zgarib turadi.
Sug‘urta kompaniyasining investitsion portfeli tizimi, uning moliyaviy barqarorligini ta’minlashi lozim va u odatda sug‘urta nazorati me’yorlari bilan belgilanadi. Unda sug‘urta zaxiralarining vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirish tartibi belgilanadi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng, sug‘urta kompaniyalari bo‘sh mablag‘larini turli ob’ektlarga investitsiya qilish imkoniyati tug‘ildi. 1993 yilning 6 mayida qabul qilingan “Sug‘urta to‘g‘risda”gi Qonunning 25-moddasida “Sug‘urta tashilotlari o‘z moliyaiy manbalarini boshqa yo‘l bilan foydalanishga xaqlidir”, deb ko‘rsatilgan edi. Ammo 2002 yilning 5 aprelidagi ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining VIII-sessiyasida qabul qilingan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq “sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas” deb belgilangan. Demak, sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyati qat’iy cheklangan. SHuningdek, Ushbu qonunning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan moddasida sug‘urtalovchilar maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartib va shartlardagi investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanishlariga ruxsat berilgan. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2006 yil 6 mayda tasdiqlangan, №1571 raqam Bilan davlat ro‘yxatidan va 2006 yil 22 aprelda tasdiqlangan, №1565 raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan buyruqlariga asosan, sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urta rezervlarini tashkil qilish va investitsiyalashning tartiblari belgilangandir.
Jumladan, unda respublika sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta aktivlarini joylashtirish tartiblari, investitsiyalashning qonunchilikda belgilangan quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:

  1. Diversifikatsiya;

  2. Qaytishliligi;

  3. Likvidliligi;

  4. Foydaliligi.15

Investitsion faoliyatning diversifikatsiyasi birinchi navbatda sug‘urta kompaniyasi investitsion portfelining barqarorligini ko‘zda tutadi. Ma’lumki, sug‘urta kompaniyalari ularga o‘z mablag‘larini qo‘yishi mumin bo‘lgan investitsion loyixalar tshplami sarmoya bozorining rivojlanish darajasiga bog‘liq. Xozirgi paytda sug‘urtalovchilarning vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘lari tijorat banklari depozitlariga, qimmatli qog‘ozlarga joylashtirilishi, korxona va ko‘chmas mulklarga investitsiya qilinishi mumkin. Investitsiya portfel tarkibi va tizimini tartibga solish odatda kiritilgan mablag‘larning turlari bo‘yicha minimum va maksimumni belgilash yo‘llari orqali amalga oshiriladi. SHu Bilan birga, dunyoning etakchi kompaniyalarining tajribasiga ko‘ra, kompaniya investitsion portfelining korxonap va ko‘chmas mulklar ustav fondiga investitsiyalari 15%, qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalari 25-60%, tijorat banklari depozitlariga mablag‘lari 15-30%, investitsiyaning boshqa tutsrlariga 1-12% dan oshmaydigan miqdorlarda joylashtiradilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar mablag‘lar yalanishini to‘g‘ri tashil etish muxim axamiyatga ega. CHunki, mablag‘lar aylanishi eng ma’qul variantini topish pirovard natijada korxona faoliyatini foyda bilan yakunlashiga olib keladi.
Sug‘urta faoliyatida joriy natijalar sug‘urta badallari ko‘rinishida sug‘urta kompaniyalari xisob – raqamiga kelib tushgan pul mablag‘lari aylanishi xisobidan daromad kelish imkoniyati yuzaga keladi.
Ushbu daromadlar sug‘urta kompaniyalarini sug‘urta zaxiralarini shakllantirish orqali xarajatlar qismini qoplash va foyda olish manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Sug‘urta faoliyatining joriy taxlil pul mablag‘lari tushumi orqali o‘ziga olyotgan majburiyatlar adektivliligini belgilaydi.
5. Har qanday investitsion loyixani amalga oshirishda asosiy risk sifatida xizmatlar bozorda kuchli raqobatchining bo‘lishidir. Umuman olganda kompaniya uchun quyidagi turdagi risklar mavjud bo‘lib ular loyixani amaliyotga joriy etishda o‘z ta’sir doiralarini o‘tkazishlari mumkin.
Siyosiy risklar –bu turdagi risklar davlatdagi siyosiy jarayon bilan bevosita bog‘liq bo‘lib o‘z ichiga quyidagilarni oladi;

  • xarbiy xarakatlar natijasida faoliyat ko‘rsata olmaslik;

  • kutilmagan xodisalarning ro‘y berishi natijasida vaqtinchalik faoliyatni yurita olmaslik.

  • soliq qonunchiligida o‘zgarishlar.

O‘zbekiston Respublikasi siyosiy axvolning tinchligiga qaramasdan ko‘rinishdagi risklar davlatimizga chegaradosh bo‘lgan davlatlardagi notinch axvol sababli mavjud bo‘lib qoldi.
Risk darajasini kamaytirish tadbirlari.

  • davlat organlari bilan kompaniya aksiyadorlari o‘rtasidagi aloqani mustaxkamlash.

  • ishbilarmon muxitini yaratishuqiy risklar – bu risklar qonunchilik bazasining nomukammalligi, xujjatlarni to‘g‘ri tuzish, rasmiylashtirilmasligi bilan bevosita bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik sub’ektlari uchun barcha qonunchilik bazasi mukammal ishlab chiqilganligiga qaramasdan bu turdagi riskni inobatga olmaslik mumkin emas. Buning asosiy sababi byurokratiyaning mavjudligi.
Ammo kompaniya faoliyatini Davlat qo‘llab quvvatlayotgani bu turdagi risk darajasini pasayishiga olib keladi.
Risk darajasini kamaytirish chora tadbirlari bo‘lib;

  • xujjatlarni aniq shakllarini yuritish;

  • xujjatlarni rasmiylashtirishda bu soxa mutaxasislarini jalb etish;

  • yukori malakali yurist va tarjimonlar uchun qo‘yshimcha moliyaviy resurslarni ajratish.

Texnik risklar - bu turdagi risklar ishlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar va texnik loyixaning mavjud emasligidan vujudga keladi.
Asbob uskunalarga tender e’lon qilingandan boshlab, tovar etkazib beruvchining texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yuqori malakali mutaxasislar mavjudligiga xam inobatga olinadi. Bu sezilarli ravishda texnik risk darajasini kamaytirishga xizmat qilishi mumkin. Ishlab chiqarish riski – bu turdagi risk taklif etilayotgan xizmatning sifati pastligi, yuqori malakali mutaxasislarning mavjud emasligi bo‘lishi mumkin. SHuni ta’kidlash lozimki, kompaniya loyixasini amaliyotga joriy etish uchun etarli darajada yuqori malakali mutaxasislarga ega bo‘lsa, bu turdagi risk darajasini kamaytirishga xizmat qiladi.
Riskni kamaytirish darajasini bo‘yicha chora tadbirlari:

  • Loyixani amalga oshirishda aniq qalendar rejalashtirish va boshqarishni yo‘lga qo‘yish;

  • Taklif etilayotgan xizmatlar ustidan doimiy nazoratni o‘rnatish;

  • YUqori malakali kadrlarni tayyorlab borish.

Ekologik risklar – bu turdagi risklar atrof muxitni ifloslanishi, atmosfera va suvga xar xil chiqindilarning chiqishi natijasida yuzaga keladi. Biz shug‘urlanayotgan soxa uchun bu turdagi risk darajasi ancha pastdir. Marketing riski – bu turdagi risklar bozorni yaxshi o‘rganilmaganligi, baxo siyosatining to‘g‘ri yuritilmaganligi marketing strategiyasini noto‘g‘ri ekanlaganligi bilan bog‘liq.
Risk darajasini kamaytirish;

  • Kuchli marketing xizmatini joriy etish;

  • Marketing strategiyasini ishlab chiqish;

  • Marketing tadqiqotlarini o‘tkazish;

  • Egiluvchan tarif siyosatini ishlab chiqish.

Moliyaviy risklar – bu turdagi risklar moliyaviy natijalarini yo‘qotilgan, istemolchining to‘lovga layoqatsizligidan, talabning qatiyemasligidan, raqobatchilar tomonidan narxni kamaytirishlar, oborot mabag‘larining etishmasligini kelib chiqishni mumkin.
Riskni darajasini kamaytirish chora-tadbirlari.

  • Istemolchilar talabini o‘rganish;

  • Sifat ustida to‘liq nazoratni o‘rnatish;

  • Investitsion va kredit resurslarini yangi yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish;

  • Investitsion – moliyaviy strategiyani ishlab chiqarish.

Tabiiy risklar – bu turdagi risklar tabiatda xar xil baxtsiz xodisalarning ro‘y berishi, er qimirlashi, suv toshishi sel kelishi, yong‘in chiqishi, epidemiya tarqalishi bilan bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunida investitsiya faoliyati xamda investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanish tartiblari ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu qonunning 4-moddasida investitsiyalarni amalga oshirish shakllari xaqida to‘xtalib o‘tilgan, ya’ni investorlar investitsiyalarni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirishlari mumkin:
- yuridik shaxs tuzish yoi ularning ustav jamg‘armalarida (kapitallarida) ulushli ishtirok etish, jumladan mol-mulkni yoki aksiyalarni olish;
- qimmatli qog‘ozlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini olish;
- konsessiyalari, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalarni olish;
- mulk xuquqini, shu jumladan ular joylashgan er uchastkalari bilan birgalikda savdo va xizmat ko‘rsatish soxalari ob’ektlariga, turar joylarga mulk xuquqini, shuningdek erga xamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish xuquqini qonun xujjatlariga muvofiq olish.
Investorlar investitsiyalarni qonun xujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda xam amalga oshirishlari mumkin.
Investor investitsiyalash maqsadi, yo‘nalishi, turi va xajmini mustaqil ravishda belgilaydi, buni amalga oshirish uchun shartnoma asosida, qoida tariqasida, tanlov savdosini o‘tkazish yo‘li bilan yuridik va jismoniy shaxslarni investitsiya faoliyati ishtirokchilari sifatida jalb etadi.
Agar qonun xujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, investor, o‘ziga zarur bo‘lgan mol-mulkni yuridik va jismoniy shaxslardan o‘zaro kelishuv asosida belgilanadigan shartlarda xajmi va nomenlaturasini cheklamagan tarzda olishga xaqli.
Investor qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xuquqlarga xam ega bo‘lishi mumin.
Qonunning 14-moddasiga asosan investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
- investitsiya faoliyatining qonunchili negizi takomillashtirish;
- soliq to‘lovchilar va soliq solish ob’ektlarini, soliq stavkalari va ularga doir imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo‘llash;
- asosiy fondlarni jadal amortizatsiya qilish;
- normalar, qoidalar va standartlarni belgilash;
- monopoliyaga qarshi choralarni qo‘llash;
- kredit siyosati va narx belgilash siyosatini o‘tkazish;
- erga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash;
- investitsiya loyixalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash;
- O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan ivestitsiya loyixalarining amalga oshirilishi monitoringini yuritish;
- investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda xam amalga oshiriladi.
2002 yilning 5 aperldagi Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining VIII-sessiyasida qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasida - sug‘urtalovchilar maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartib va shartlarda investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanishlariga ruxsat berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 2000 yilning 28 iyunida 66-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi xududida sug‘urta tashkilotlarining zaxiralarini joylashtirish to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomi”ni 952-raqam bilan davlat ro‘yxatiga olingan edi. Ushbu nizom 2000 yilning 5 avgustidan yuridik kuchga kiritilgan bo‘lib 2005 yil 31 deabrgacha amal qildi.
Bu nizomning o‘z kuchini yo‘qotish Moliya Vazirligi tomonidan zamon talablariga javob beradigan, rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan xolda yangi nizomni ishlab chiqilishini talab etdi. 2006 yilda sug‘urta kompaniyalarining o‘z rezervlarini tashkil etish va investitsiyalash, kompaniyalarning tshlov qobiliyatini aniqlash bo‘yicha ikkita nizom qabul qilindi:
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan, 2006 yil 22 aperlda №1565-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan “Aloxida sug‘urta tavakkalchiliklari bo‘yicha majburiyatlar, jami majburiyatlarning yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p xajmini va sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom”, 2006 yil 2 maydan kuchga kirgan;
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan, 2006 yil 6 mayda №1571-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan “Sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zaxiralarini shakllantirish xamda joylashtirish tartibi va shartlari to‘g‘risida nizom”, 2006 yil 16 maydan kuchga kirgan.
Ushbu nizomda sug‘urta tashkilotlarining investitsiya faoliyati davlat tomonidan tartibga solingan. Jumladan, unda Respublika iqtisodiyotida ustav va sug‘urta mablag‘lari qismini investitsiyalash qonunchilik yo‘li bilan belgilanishi va quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta kompaniyalari yuqoridagi №1565 nizomga o‘z mablag‘larini diversifikatsiya, qaytuvchanlik. Foydalilik va likvidlilik prinsiplari asosida joylashtiradilar.
2006 iyil 22 aprelda qabul qilingan №1565 nizom sug‘urta kompaniyalari tomonidan olinishi mumkin bo‘lgan majburiyatlarining chegaralari, sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati masalalarini o‘z ichiga qamrab olgan. Ushbu nizomda keltirilgan ayrim muxim masalalarga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq xisoblanadi.
Nizomga ko‘ra aloxida sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi majburiyatlarining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p xajmi o‘z mablag‘lari va sug‘urta zaxiralarining 10%dan oshmasligi lozim. Sug‘urtalovchi ushbu me’yordan ortiq majburiyatni, qabul qilingan majburiyat bo‘yicha ortiqcha tavakkalchilikni mazur Nizomga muvofiq ravishda qayta sug‘urtalangan xolda qabul qilishi mumkin. Aloxida tavakkalchilik bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari to‘langan sug‘urta muofotiga proporsional tarzda aniqlanadi, agarda sug‘urta shartnomasida aloxida tavakkalchiliklar bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari xajmi ko‘rsatilmagan bo‘lgan taqdirda.
Mazkur Nizom maqsadida sug‘urtalovchining jami majburiyatlari deganda biz, 5 ta eng katta tavakkalchiliklar bo‘yicha sug‘urtalovchi majburiyatlarining eng ko‘p xajmi tushiniladi. Umumiy sug‘urta tarmog‘ida sug‘urtalovchining jami majburiyatlari xajmi o‘zlik mablag‘lari miqdorining ikki barobaridan oshmasligi shart.
Sug‘urtalovchining to‘lov qobiliyatini aniqlash uchun oxirgi xisobt sanasiga sug‘urtalovchining balans ma’lumotlari, shuningdek, xisob-kitob asosida aniqlanadigan ma’lumotlardan foydalaniladi. Sug‘urtalovchining to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichi mazkur Nizom asosida o‘rnatilgan sug‘urtalovchi tomonidan qabul qilingan majburiyatlar va likvidligi xisobiga olingan aktivlar o‘rtasidagi nisbat me’yorlarining bajarilishi xisoblanadi. To‘lov qobiliyatini sug‘urta faoliyati xajmlariga muvofiq ravishda ta’minlash uchun sug‘urtalovchilar yo‘l qo‘yiladigan aktivlarning xaqiqiy xajmi darajasini belgilangan tartibda muvofiqlashtirib borishi zarur.
Respublika sug‘urta kompaniyalarida sug‘urta zaxiralarni shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan, 2006 yil 6 mayda №1571-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan « Sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zaxiralarini shakllantirish xamda joylashtirish tartibi va shartlari to‘g‘risida nizomi»ga asosan amalga oshiriladi.
Sug‘urta zaxiralarining shakllanishi bo‘yicha quyidagi qonun-qoidalar mavjud:
- xamma zaxiralar maxsus xisob-kitoblar asosida shakllanadi;
- zaxiralar sug‘urta olib borayotgan valyutada shakllanadi;
- sug‘urta zaxiralari xar bir aniq to‘lash muddatiga shakllanadi;
- zaxiralar faqat sug‘urta shartnomasi bo‘yicha emas, qayta sug‘urtalashda qabul qilingan shartnomalar bo‘yicha xam shakllanishi mumkin.
Sug‘urtalovchilar o‘ziga qabul qilgan sug‘urta majburiyatlarini bajarish uchun yig‘ilgan sug‘urta mukofotlaridan kelgusida sug‘urta to‘lovlari uchun barcha sug‘urta turlari bo‘yicha kerakli sug‘urta zaxiralarini shakllantirishadi. Sug‘urta zaxiralari sug‘urtalovchining sug‘urtalanovchilar bilan tuzgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha shu vaqtdagi bajarilmagan majburiyatlarining xajmini ko‘rsatib turadi.
Xorij mamlakatlarida qabul qilingan sug‘urta zaxiralarining shakllanishi texnikasiga ko‘ra, sug‘urta qiluvchi bo‘yniga olgan xar bir majburiyat turi sug‘urta zaxirasiga mos keladigan turi bilan qoplanadi. Xayot sug‘urtasi bo‘yicha amaldagi shartnomalar sharoitiga bog‘liq xolda matematik zaxiralar, yillik renta zaxiralari, fond zaxiralari va ishtirok etish zaxiralari shakllanadi. Sug‘urtaning boshqa turlari bo‘yicha -mukofot zaxiralari va zarar zaxiralari shakllanadi. Sug‘urta zaxiralari xajmi amaldagi shartnoma bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan summani butun xolda qoplashi zarur. SHuning uchun ularning xajmini aniqlash uchun sug‘urta qiluvchining operatsiyalarini chuqur taxlili va matematik xisob kitoblar zarur.
Texnik mablag‘lar sug‘urta qiluvchi tomonidan aloxida sug‘urta shartnomasi va butun sug‘urta portfeli bo‘yicha bir muddatga xisob-kitob qilingan sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni bajarish kerak bo‘lgan mablag‘lar yig‘indisi. Ular sug‘urta zaxiralarining qismi bo‘lib xayot sug‘urtasidan tashqari sug‘urta turlari buyicha xisob-kitob qilinadi.
«Sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zaxiralarini shakllantirish xamda joylashtirish tartibi va shartlari to‘g‘risida nizomi»ga muvofiq sug‘urtalovchi o‘zining balansida majburiyat yoki aktiv(sharoitdan kelib chiqib) sifatida aks ettiriladigan quyidagi texnik zaxiralarni shakllantirishga majburdir:

  • ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi (umumiy sug‘urta soxasida faoliyat amalga
    oshirilganda);

  • mukofotlar zaxirasi (xayot sug‘urtasi soxasida faoliyat amalga oshirilganda);

- zararlar zaxirasi. Sug‘urta xodisasi oqibatida yuzaga kelgan va sug‘urta shartnomasining shartlari bo‘yicha qoplanishi lozim bo‘lgan zararlar xajmiga muvofiq ravishda aniqlanadi va quyidagilardan tashkil topadi:

  • xabar qilingan lekin, bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi;

  • sodir bo‘lgan lekin, xabar qilinmgan zararlar zaxirasi;

  • Sug‘urtalovchi Davsug‘urtanazorat bilan kelishgan xolda qo‘shimcha ravishda, quyidagi zaxiralarni tashkil etishi mumkin:

  • oldini-olish chora-tadbirlari zaxirasi;

  • xalokatlar zaxirasi;

  • zararlilikning tebranishi zaxirasi ;

  • aktivlarning nomuvofiqlik zaxirasi ;

  • boshqa zaxira turlari.

Investitsilarni ularni turli xil belgilari bo‘yicha turkumlash yoki tasniflash mumkin. Ularni tasniflashda turli maqsadlar qo‘yiladi. Masalan, investitsiyalarni kelajak natijalarini baholashda, ular bo‘yicha kutiladigan samaralarni aniqlashda, ularni ishlab chiqarishda ishtirokida, ularni soha va yo‘nalishlarini aniqlashda va. h.k. shunga o‘xshash belgilari bo‘yicha ularni batafsil turkimini belgilash amalda qo‘laniladi.



Download 25,02 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   136




Download 25,02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sug‘urta tashkilotlari daromad va xarajatlarini hisoblash

Download 25,02 Mb.