S ug‘urta bozori va uning sub’ektlari




Download 25,02 Mb.
bet35/136
Sana24.09.2024
Hajmi25,02 Mb.
#272174
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   136
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasi

S ug‘urta bozori va uning sub’ektlari


Sug‘urta kompaniyalari Sug‘urtalanuvchilar
1-rasm. Sug‘urta bozori va uning sub’ektlari

Sug‘urta kompaniyasi o‘z mahsulotini bozorda sotar ekan, zimmasiga katta mas’uliyat olganligini unutmasligi kerak. CHunki, sug‘urtalovchi ozgina sug‘urta mukofoti evaziga yirik mikdordagi riskni qabul qilib oladi va sug‘urta hodisasi ruy berganda zimmasidagi sug‘urta qoplamasini to‘lashi shart. SHu o‘rinda, biz sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilishni istagan yoki muayyan sug‘urta xizmatiga ehtiyoj sezgan shaxslarga sug‘urta shartnomasini tuzishdan oldin sug‘urta kompaniyasining moliyaviy axvoli, balansi bilan albatta tanishib chiqishlarini maslahat qilamiz.


SHuni alohida ta’kidlash lozimki, boshqa tovarlar va xizmatlar kabi, sug‘urta xizmatining ham bahosi talab va taklif asosida paydo bo‘ladi hamda bu baho o‘zining pastki va yuqori chegaralariga ega. Sug‘urta tushumlarining miqdori sug‘urta to‘lovlari va sug‘urta tashkilotlari xarajatlari miqdoriga teng bo‘lishi sugurta baxosining pastki chegarasini bildiradi. Bunday sharoitda sug‘urta kompaniyasi asosiy faoliyatdan foyda ololmaydi. Ko‘p hollarda sug‘urta bozoridagi keskin raqobat, sug‘urta tashkilotlarining potensial mijozlarni jalb etish maqsadida tarif stavkalarini kamaytirishga majbur etadi. CHet mamlakatlarda, sug‘urtalovchilar sug‘urta faoliyatidan zarar ko‘rganda, bu zarar investitsiyadan keladigan daromad hisobidan qoplanadi.
Sug‘urta xizmati bahosining yuqori chegarasi talab hajmi va bank foizining miqdori bilan aniqlanadi. Sug‘urta xizmatining ma’lum bir turiga etarli darajada talab mavjud bo‘lganda, sug‘urta tashkiloti mazkur xizmat bahosini yuqori darajada saqlab turishi mumkin. Lekin, vaqt o‘tishi bilan bozorda sug‘urta xizmati ko‘rsatish turlarining ko‘payishi bilan, o‘z-o‘zidan tarif stavkalari kamayadi.
2. Sug‘urta bozori hududiy joylashuviga qarab xalqaro, mintaqaviy va milliy sug‘urta bozorlariga bo‘linadi. Milliy sug‘urta bozori biron-bir mamlakat hududidagi sug‘urta muassasalarini va ularni faoliyatini o‘z tarkibiga oladi. Jahondagi eng yirik milliy sug‘urta bozori Amerika Qo‘shma shtatlaridir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yig‘iladigan sug‘urta tushumlarining 43 foizdan ortig‘i AQSH hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu erda hayotni sug‘urta qiluvchi 2600 dan ortiq va boshqa umumiy turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi 3800 ta kompaniya faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan ba’zi birlari dunyo sug‘urta bozorida ham oldingi o‘rinlardadir. Masalan, “Prudenshial of Amerika” kompaniyasi mamlakat ichki bozorida birinchi va 1992 yil boshida mavjud aktivlari, to‘plagan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi.
Mintaqaviy sug‘urta bozori deganda savdo, iqtisodiy va boshqa jihatlardan o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lgan bir nechta mamlakatlarning ichki bozori tushuniladi. Evropa Ittifoqining sug‘urta bozori yirik mintaqaviy bozordir.
Xalqaro sug‘urta bozori sifatida dunyo miqyosida sug‘urta faoliyatini olib boruvchi alohida mamlakatlarning ichki bozori tushuniladi. Jumladan, hozirgi vaqtda YAponiya sug‘urta bozorining xalqaro darajada muxim o‘rni bor va keyingi o‘n yillikda YAponiya sug‘urtachilari dunyo bozorida etakchilik qilib kelishmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, 1992 yili jahondagi eng yirik 20 ta hayotni sug‘urta qiluvchi kompaniyalar ichida 9 tasi yoki 45 foizi YAponiyaga tegishlidir. Bu kompaniyalarning moliyaviy salohiyati 869 mlrd. doll. miqdorida baholangan.
Sug‘urta bozorlari hududiy bo‘linish bilan bir qatorda sug‘urta turlariga qarab ham xilma-xil bo‘lishi mumkin. Iqtisodi rivojlangan mamlakatlar amaliyotida sug‘urta bozori ikkiga bo‘linadi: 1) Hayotni sug‘urta qilish bilan bog‘liq sug‘urta xizmatlari bozori; 2) Umumiy sug‘urta xizmatlari bozori.
3. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu jarayonda sug‘urta faoliyati ham rivojlanib, ravnaq topmoqda. Sug‘urta instituti bozor infratuzilmasining tarkibiy qismi sifatida uning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. SHu nuqtai nazardan, sug‘urta faoliyatida risklar transferi ham o‘z navbatida, bozor infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga bog‘liqdir.
SHu o‘rinda, «infratuzilma» tushunchasi iqtisodiy ilmiy lug‘atlarda turlicha: masalan, «asosiy ishlab chiqarish sohalari va aholiga xizmat ko‘rsatuvchi iqtisodiy tarmoqlar yig‘indisi» yoki «ma’lum tarmoqqa xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqaruvchi va noishlab chiqaruvchi tarmoqlar majmuasi» kabi ma’nolarda qo‘llanilishini qayd etish mumkin. Xususan, sug‘urta bozori infratuzilmasining mazmun-mohiyatini ochib berishda, iqtisodiyot sub’ektining samarali faoliyat yuritishi uchun kafolatli shart-sharoit yaratuvchi faoliyat turlari majmuasi nazarda tutiladi. Ma’lumki, sug‘urta mahsuloti sotilishining o‘ziga xos jihatlari mavjud va bu jarayon:

  • sug‘urta riski haqida axborot to‘plash va uni aniqlashtirish;

  • sug‘urta shartnomasini imzolash va uning amal qilishini ta’minlash kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.

Sug‘urta faoliyatida risklar transferining mazkur bosqichlari o‘ziga xos bilimni talab etadi. Ayni vaqtda ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra, ma’lum qisqa davr oralig‘ida talab etilayotgan mutaxassis kompaniyaning shtatlar birligiga kiritilishi iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanishi ham mumkin. SHuning uchun kompaniya o‘z faoliyatida, odatda boshqa soha mutaxassislari xizmatidan foydalanadi. Demak, ta’kidlash mumkinki, sug‘urta bozori infratuzilmasi uning professional ishtirokchilari va boshqa soha mutaxassislari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sifatida sug‘urta faoliyatida risklar transferining samaradorligini ta’minlovchi omil sanaladi.
Sug‘urta bozori infratuzilmasining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, shuni qayd etish mumkinki, uning tarkibiga sug‘urta vositachilari, sug‘urtachilar uyushmasi, avariya komissari, syurveyer, aktuariy, sug‘urta auditori, maxsus ixtisoslashgan maslahatchilar hamda baholovchi firmalar kabi sub’ektlar kiradi. SHu o‘rinda, London sug‘urta bozori infratuzilmasi tarkibiga sug‘urta anderrayterlari ham kiritilganligini qayd etish mumkin.
O‘zbekiston sug‘urta bozorida o‘ziga xos o‘ringa egadir. Masalan, aktuariy sug‘urta xizmatlari narxini aniqlashda qatnashuvchi sub’ekt sanaladi. Bunda, u katta sonlar va ehtimollik qonunlari, shuningdek, statistik ma’lumotlardan foydalanadi. Rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta tashkilotlari aktuariy faoliyatisiz sug‘urta xizmatlariga iqtisodiy asoslangan narxlarning belgilanishini ta’minlay olmaydi. Aktuariy sug‘urta faoliyatini strategik rejalashtirish, sug‘urta sohalari, klass(tur)lari, shuningdek, kompaniya bo‘yicha sug‘urta portfeli tarkibi va sifatining tahlili kabi jarayonlarda ishtirok etadi. Ayrim davlatlarda sug‘urta tashkilotining hisoboti uning vakolatli shaxslaridan tashqari aktuariy tomonidan ham tasdiqlanishi talab etiladi.
Sug‘urta bozori infratuzilmasining yana bir asosiy sub’ekti bu avariya komissaridir. U sug‘urta hodisasi yuz berganidan so‘ng shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatda ishtirok etadi. Ta’kidlash mumkinki, avariya komissari sug‘urta tashkiloti bilan tuzgan shartnomasi asosida faoliyat yuritadi. U sug‘urta tashkilotining vakili sifatida sug‘urta hodisasi oqibatida zarar ko‘rgan mulkni ko‘rikdan o‘tkazadi, uning ko‘lami va sabablarini aniqlaydi hamda avariya sertifikatini tuzadi. Ba’zi mamlakatlarda sug‘urta tashkiloti tomonidan avariya komissariga ma’lum limit doirasida yo‘qolgan mulkni qidirish xarajatlarini amalga oshirish huquqi ham berilishi mumkin.
Mamlakatimizda aksariyat hollarda sug‘urta tashkilotining o‘zi yoki hodisaning turiga qarab tegishli tashkilot (yo‘l patrul xizmati, baholovchi tashkilot va boshqa)lar tomonidan avariya komissarining vazifasi bajarilmoqda. Bu holat, albatta sug‘urta xizmatining sifatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
Keyingi yillarda O‘zbekiston sug‘urta bozori jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Mazkur jarayonda avariya komissari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi va rivojlantirilishi turli sub’ektlarning sug‘urtaga bo‘lgan ishonchlari ortishiga omil bo‘ladi.
Sug‘urta bozori infratuzilmasida avariya komissari bilan «yonma-yon» syurveyer va dispasherlar kabi sub’ektlar ham faoliyat ko‘rsatadi. Syurveyer - bu maxsus ekspert bo‘lib, u sug‘urta ob’ektlarini sug‘urta tashkiloti so‘roviga asosan ko‘rikdan o‘tkazuvchi sub’ekt sanaladi. U sug‘urtalanuvchi tomonidan ob’ektni ko‘rikdan o‘tkazish uchun jalb etilishi ham mumkin. Ta’kidlash lozimki, uning avariya komissari bilan o‘zaro o‘xshash hamda o‘ziga xos farqli tomonlari ham mavjud. Bundan tashqari syurveyerning ixtisoslashganlik darajasi odatda avariya komissariga nisbatan yuqori sanaladi. SHuning uchun avariya komissari ham ba’zan syurveyer xizmatidan foydalanadi.
Sug‘urta bozorida avariya komissari va syurveyer bilan birgalikda dispasher ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Mazkur faoliyat dengiz sug‘urtasi bilan bog‘liqligi sababli asosan dengiz bo‘yi davlatlarida rivojlangan. Mol-mulk yoki boshqa ob’ektlar dengiz orqali manzilga etkazilish jarayonida yuz berishi ehtimol bo‘lgan, turli risklardan sug‘urtalanadi. Ma’lumki, dengiz transportida bir necha sub’ektlarning mol-mulki yuklangan hamda ular sug‘urtalangan bo‘lishi mumkin. Dengizda sug‘urta xodisasi yuz berishi oqibatida mulklarning zararlanishi umumiy avariya deb nomlanadi.
Umumiy avariya holatida har bir mulk egasi qancha zarar ko‘rganligini aniqlash lozim bo‘ladi. Aynan shunday faoliyatni dispasher amalga oshiradi, hamda u ko‘rilgan zararni hisoblash va uni xolisona taqsimlash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis hisoblanadi. Zararning hisobi bo‘yicha tuzilgan xujjat dispasha deb nomlanadi.
Sug‘urta bozori infratuzilmasida sug‘urta vositachilari professional ishtirokchilar sifatida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Ular sug‘urtachi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish borasida muhim sub’ektlar hisoblanadi. Sug‘urta vositachilarining tarkibiga sug‘urta agentlari, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari kabi sub’ektlar kiradi. Xususan, sug‘urta agenti bu sug‘urta tashkilotining nomidan yoki uning topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnomasining tuzilishi va uning ijro etilishini tashkil etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir. Sug‘urta brokeri esa sug‘urtalanuvchining nomidan yoki uning topshirig‘iga asosan shartnomani tuzish va uning amal qilishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs hisoblanadi. Sug‘urta vositachilari sug‘urta mahsulotini sotish bo‘yicha maxsus tizimga ega bo‘lib, sug‘urta bozorining o‘ziga xos infrastrukturasini tashkil etadi.
Sug‘urtachilar uyushmasi unga a’zo bo‘lgan sub’ektlarning manfaatlariga xizmat qilish maqsadida (masalan, 1985 yildan boshlab faoliyat ko‘rsatayotgan Britaniya sug‘urtachilar assotsiatsiyasi singari) tashkil etilishi mumkin bo‘lgan sug‘urta bozori infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Mazkur uyushma(assotsiatsiya)ning vazifasi keng ko‘lamli bo‘lib, u sug‘urta sohasiga oid bilimlarni ommalashtirish, maxsus bukletlar, statistik ma’lumotlarni nashr etish kabi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadi.
Sug‘urta bozori infratuzilmasida auditorlik tashkilotlari ham o‘ziga xos o‘ringa ega. O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilingan «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq sug‘urta tashkilotlari ham auditorlik tekshiruvidan o‘tishlari majburiy qilib belgilab qo‘yilgan. Auditorlik tekshiruvi sug‘urta tashkilotining so‘roviga asosan amalga oshiriladi. Uning natijasiga ko‘ra, auditor sug‘urta tashkilotining moliyaviy ahvoli yuzasidan o‘z xulosasini beradi. Mazkur xulosada sug‘urta tashkilotining moliyaviy holati aks ettiriladi. Sug‘urta tashkiloti auditor taqdim etgan xulosadan kelib chiqib, o‘zining moliyaviy holatini yaxshilash strategiyasini ishlab chiqadi hamda uni amalga oshiradi.
Sug‘urta faoliyati o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega bo‘lib, maxsus (masalan, tijorat banklari buxgalteriyasi kabi) buxgalteriya hisobini yuritish tartibini ishlab chiqishni talab etadi.
SHuni qayd etish lozimki, sug‘urta faoliyatini tekshiruvchi auditor bu soha yuzasidan maxsus bilimga ega bo‘lmasa, tomonlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelishi mumkin. SHu sababdan, sug‘urta faoliyatini rivojlantirishda uning o‘ziga xos bo‘lgan buxgalteriya hisobini yuritish muhim ahamiyat kasb etadi.
YUqoridagilardan tashqari maxsus ixtisoslashgan maslahatchilar ham sug‘urta bozori infratuzilmasining sub’ekti sifatida faoliyat yuritishlari mumkin. Mazkur sub’ektlar jumlasiga ixtisoslashgan va keng qamrovli maslahat byurolari, advokatlik hamda baholovchi firmalarni kiritish mumkin. SHu o‘rinda ta’kidlash mumkinki, mamlakatimizda maslahatchilik xizmatining rivojlanganlik darajasi hozirda yuqori emas va mazkur mutaxassislar sug‘urta faoliyatida deyarli ishtirok etishmayapti.
O‘zbekistonda 2004 yilning yakuniga ko‘ra, sug‘urta mukofotlari 32,9 mlrd. so‘mga yaqin summani tashkil etdi. 2005 yil bu ko‘rsatkichning yanada ortishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkichlar O‘zbekiston sug‘urta bozorining jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotganidan dalolat beradi. Mamlakatimizda sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish uning xizmatlari ko‘lamini kengaytirishni hamda ularning sifatini oshirishni taqozo etadi.
Xalqaro tajribani o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor infratuzilmasi sug‘urta bozori infratuzilmasini shakllantirish bilan bir butunlikda kechadigan jarayondir. O‘zbekistonda sug‘urta bozori infratuzilmasining shakllantirilishi birmuncha o‘zgacha tarzda kechmoqda.
Sug‘urta bozori infratuzilmasida alohida mustaqil faoliyat ko‘rsatishi lozim bo‘lgan sug‘urta vositachilari, auditorlari, sug‘urta ob’ektlarini baholovchi(ekspert)lar hamda boshqa sub’ektlar, xorijiy amaliyotdagidan farqli ravishda, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan sug‘urta tashkilotlarining o‘ziga biriktirilgan. Garchi, sug‘urta bozori infratuzilmasining rivojlanishi sust kechayotgan bo‘lsada, sug‘urta tashkilotlarining o‘z infratuzilmasini rivojlantirishga bo‘lgan harakatlari ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, bu borada «O‘zbekinvest» EIMSKning etakchi bo‘layotganini, uning qoshida «Sug‘urta olami» nomli sug‘urta biznesini o‘qitish va «Innovatsiya va sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish» markazlari, «O‘zbekinvest Eksiminform» marketing hamda «O‘zbekinvest Assistans» servis agentliklari «O‘zbekinvest Sarmoyalari» investitsion kompaniya shuningdek, boshqa sho‘‘ba korxonalar samarali faoliyat ko‘rsatayotganligini qayd etish mumkin.
Sug‘urta bozori infratuzilasini shakllantirish va uning sub’ektlari faoliyatining me’yoriy-xuquqiy bazasini takomillashtirish O‘zbekistonda sug‘urta bozori taraqqiyotini yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqadi. Xususan, mamlakatimizda sug‘urtachilar uyushmasini tashkil etish, aktuariy, syurveyer kabi sub’ektlarning faoliyatini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta’kidlash joizki, bu jarayon sug‘urta bozori infratuzilmasi sub’ektlarining alohida ixtisoslashuvini hamda ularning faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirishni taqozo etadi.
4. Sug‘urta tashkilotlarining faoliyati boshqa turdagi xujalik sub’ektlari faoliyatidan keskin farq qiladi. CHunki, ular ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlashda va sug‘urta hodisalari ro‘y berganda etkazilgan zararni qoplash uchun xizmat qiladilar. Bu holat, sug‘urtachilar zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi va shuning uchun, ular davlat tomonidan nazorat ostiga olinmog‘i zarurdir.
Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish shakllari. Sugurta faoliyatini davlat tomonidan nazoratga olishni shartli ravishda uchga bulish mumkin.
Xorijiy mamlakatlar tajribasining ko‘rsatishicha, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning barchasida sug‘urta bozori davlatning vakolatli idoralari tomonidan tartibga solib boriladi.
Masalan, Buyuk britaniyada sug‘urta ishini Savdo va sanoat departamenti, YAponiyada Moliya vazirligining sug‘urta bulimi, AQSHda esa maxsus sug‘urta komissariatlari nazorat qilib boradi. Davlat, bunday nazorat ishini olib borar ekan, avvalo, mamlakatning sug‘urta sohasiga taalluqli qonunlariga hamda boshqa me’yoriy hujjatlariga asoslanadi. Sug‘urta va qayta sug‘urtalash kompaniyalari, sug‘urtaga ixtisoslashgan vositachilar davlat sug‘urta nazoratining ob’ektlari hisoblanadi.
5. Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish turli shakllarda, xususan, maxsus qonunlar qabul qilish, soliq solish, alohida hukumat qarorlari bilan majburiy sug‘urtalashni joriy qilish va vakolatli sug‘urta nazorati xizmatini tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Sug‘urta bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga litsenziyalar (ruxsatnomalar) berish sug‘urta nazorati xizmatining eng asosiy vazifalaridan biridir. Litsenziya (ruxsatnoma) berish jarayonida sug‘urta nazorati sug‘urtachining bo‘lajak faoliyatini dastlabki tekshiruvdan o‘tkazadi. YA’ni, nizom jamg‘armasi va o‘z mablag‘larining holati hamda bu mablag‘larning tashkilot zimmasidagi majburiyatlariga o‘zaro munosabati ko‘rib chiqiladi. Sug‘urta faoliyatiga litsenziya (ruxsatnoma) berishning zaruriyati sug‘urtaning o‘z mohiyatidan kelib chiqishini unutmaslik kerak. CHunki, sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi yuz bergan vaqtda sug‘urtalanuvchiga shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ni o‘z vaqtida to‘lashi lozim. Sug‘urta faoliyatini nazorat qiluvchi organning bu boradagi ishlari nafaqat sug‘urtalanuvchilar manfaatiga mos tushadi, balki butun davlatning manfaatlari yo‘lida ham xizmat qiladi.
E’tirof etish lozimki, bugungi kunda mamlakatda sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya (ruxsatnoma) berish tartibi ishlab chiqilgan. Sug‘urta tashkilotiga beriladigan litsenziya (ruxsatnoma) sug‘urtalashning har bir turi yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan sug‘urta turlari guruhlari uchun beriladi. CHunki, ba’zi sug‘urta turlari bo‘yicha operatsiyani amalga oshirish sug‘urtalovchida etarli darajada moliyaviy mablag‘lar bo‘lishini talab etadi. Bundan tashqari, sug‘urta kompaniyasi ishlab chiqqan biznes-rejada sug‘urta tarifi stavkalarini to‘g‘ri hisoblanishiga alohida e’tiborni qaratish zarur. Negaki, noto‘g‘ri hisob-kitob qilingan tarif, pirovard natijada, sug‘urta tashkilotini moliyaviy barqarorliksizga yoki to‘lov qobiliyatini yomonlashuviga olib keladi. Nazarimizda, faqat sug‘urta kompaniyalarini emas, balki, qayta sug‘urtalashga ixtisoslashgan tashkilotlar va vositachilik idoralarini ham faoliyatini litsenziyalashni kiritilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Biz mamlakatimizda sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga
solishni tashkil etish va uni takomillashtirish yo‘llari haqida o‘ylar ekanmiz, yaqin qo‘shni mamlakatlar, xususan, Rossiya Federatsiyasida bu sohada olib borilayotgan ishlar haqida biroz to‘xtasak, foydadan xoli bo‘lmaydi.
Bugungi kunda, Rossiya Federatsiyasida 1500 dan ortiq sug‘urta tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda va ularning aksariyati sug‘urta faoliyatini nazorat qiluvchi Federal xizmatning litsenziyalariga ega. Sug‘urta faoliyatini nazorat qiluvchi bu tashkilot 1992 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u Rossiya sug‘urta bozorini tartibga keltirish bo‘yicha etarli tajribaga ega bo‘ldi, o‘nlab me’yoriy hujjatlar ishlab chiqdi. Ulardan eng muhimlari “Rossiya xududida faoliyat ko‘rsatuvchi sug‘urta tashkilotlariga litsenziyalar berish tartibi”, “Sug‘urta zahiralarini joylashtirish tartibi” va hokazolardir. Mazkur tashkilot o‘zini qattiqqo‘lligi va boshqa harakatlari tufayli Rossiya ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta nufuzga egadir. Eng asosiysi, sug‘urta nazorati xizmati har yili Rossiya hududida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalarining etarli darajada kuchlilarini reyting asosida aniqlab, keng xalq ommasiga ma’lum qilib boradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, sug‘urta tashkilotlari sug‘urtalanuvchi oldidagi majburiyatini bajara olmay qolganda, davlat sug‘urta nazorati xizmati, mijozlarning manfaatini ko‘zda tutadigan choralar ko‘rishi kerak. Bozorda ko‘plab sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi, tabiiyki, bu holat potensial mijozlarni jalb qilish uchun ular o‘rtasidagi raqobatni ham kuchayishiga olib keladi. Natijada, raqobatga bardosh bermagan ba’zi sug‘urta kompaniyalari “sug‘urta maydonidan” chiqib ketadi. Bunga jahon tajribasidan ham misollar keltirish mumkin. Jumladan, 1993 yil boshida AQSHda 103 ta fuqarolar hayotini sug‘urtalashga ixtisoslashgan kompaniyalar to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan, deb e’lon qilindi. Qizig‘i shundaki, bu kompaniyalar ichida moliyaviy jihatdan ishonchli bo‘lgan “Ekzekyutiv Layf Inshuerans” kompaniyasi ham bor. Mutaxassislar tomonidan uning aktivi bir necha milliard AQSH dollariga baholangan. Bu erda, shunday o‘rinli savol tug‘ilishi mumkin. Xo‘sh, xalqaro sug‘urta bozorida kuzatilgan yuqoridagidek holat ro‘y bermasligi uchun, davlat qanday chora-tadbirlar ko‘rishi mumkin?
Birinchidan hukumat o‘zining tegishli nazorat organi orqali, sug‘urta kompaniyalari tomonidan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini qat’iy bajarilishini, shu jumladan, sug‘urta zahiralarini to‘g‘ri joylanishini nazorat qilib borish muhimdir. Ikkinchidan, endi shakllanayotgan O‘zbekiston sug‘urta bozoriga moliyaviy jihatdan mustahkam xorijiy sug‘urta kompaniyalarining kirib kelishini tartibga solish kerak. Negaki, bu holat mahalliy sug‘urta kompaniyalarining raqobat bardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularni bankrot bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Sug‘urta tashkilotlari o‘z zimmasiga olgan majburiyatlari hajmiga qarab, ma’lum foiz ajratish yo‘li bilan markazlashgan sug‘urta jamg‘armasini tashkil etsalar, maqsadga muvofiqdir. Ushbu jamg‘arma mablag‘lari qiyin holatga tushib qolgan sug‘urta tashkilotlariga beriladigan yoki ular bankrot deb e’lon qilinganda majburiyatlarini bajarishi uchun xizmat qiladi. Bizningcha, bu jamg‘arma tashkil etilajak davlat sug‘urta nazorati xizmati tomonidan, sug‘urtalovchilar uyushmasi vakillarini jalb qilgan holda boshqarilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasida sug‘urta faoliyatini litsenziyalash masalalari ko‘rsatib o‘tilgan. Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda maxsus vakolatli davlat organi beradigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
Litsenziya sug‘urtalovchiga hayotni sug‘urta qilish sohasida yoxud umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, umumiy sug‘urta sohasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ayrim turlari (klasslari) bundan mustasnodir. Umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
Litsenziyada sug‘urtalovchi amalga oshirishni nazarda tutayotgan sug‘urta turlari (klasslari) ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlanlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga asosan sug‘urta faoliyati klassifikatori tasdiqlangan. Unda hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i 4 ta klassdan, umumiy sug‘urta tarmog‘i 17 ta klassdan iborat ekanligi ko‘rsatilgan.
Sug‘urtalovchining litsenziyasi amal qilishining to‘xtatib turilishi uning yangi sug‘urta shartnomalari tuzishi taqiqlanishiga, shu jumladan amaldagi sug‘urta shartnomalari uzaytirilishining taqiqlanishiga sabab bo‘ladi. Bunda sug‘urtalovchi ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishga majburdir. Litsenziyaning amal qilishi tugatilgan kundan e’tiboran besh kun ichida maxsus vakolatli davlat organi sug‘urtalovchini tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat etishi shart.
Sug‘urtalovchining ilgari amal qilgan boshqaruv organlarining vakolatlari to‘xtatib turiladi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tayinlagan sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyatiga o‘tadi. Muvaqqat ma’muriyat sud qaror chiqargunga qadar bo‘lgan davrda o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining hisoboti maxsus vakolatli davlat organiga hamda sug‘urtalovchini tugatish to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organining arizasi yo‘llangan sudga taqdim etiladi. Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati o‘z faoliyati davrida xarajat operatsiyalarini amalga oshirishga haqli emas, sug‘urtalovchining boshqaruv xarajatlari (ma’muriy xarajatlari), sug‘urtalovchiga tushayotgan pullarni hisobga yozish va ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta hodisalari yuz berganda sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash bilan bog‘liq hollar bundan mustasnodir. Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining ishlash tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. Ushbu moddaning qoidalari sug‘urtalovchining arizasiga binoan litsenziya bekor qilingan hollarga, shuningdek uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis hujjatlarida shunday vakolat berilgan sug‘urtalovchining boshqaruv organi qaroriga binoan qayta tashkil etilishi yoxud tugatilishiga taalluqli emas.
Sug‘urtalovchi ustav fondining kamida to‘qson foizi muassislarning pul mablag‘laridan shakllantiriladi. Sug‘urtalovchining ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sug‘urtalovchining ustav fondi litsenziya olinadigan paytga qadar sug‘urtalovchining muassislari tomonidan to‘langan bo‘lishi kerak.
6. Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlari bo‘lishlari mumkin. Sug‘urtalovchi va sug‘urta brokerining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning amal qilish muddati, qoidaga ko‘ra, cheklanmaydi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan boshlanadi.
Sug‘urta tashkilotlari litsenziya olishlari uchun quyidagi talab va shartlarga javob berishlari zarur:
-O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
-sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda olingan axborotlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiq maxfiyligini ta’minlash;
-litsenziyalovchi organ talabiga ko‘ra sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga doir qonun hujjatlarida belgilangan axborotlarni taqdim etish;
-litsenziya talabgori rahbari oliy ma’lumotga hamda sug‘urta sohasida kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lishi kerak;
-litsenziya talabgori (litsenziat) rahbari boshqa sug‘urta tashkilotlarida rahbar lavozimini egallashga haqli emas.
a) sug‘urtalovchilar uchun:
ustav fondining qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdorining mavjud bo‘lishi;
b) sug‘urta brokerlari uchun:
sug‘urta brokerining sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda shartnoma majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlash;
sug‘urta shartnomasining litsenziat mijozi uchun qulay shartlarda tuzilishi va bajarilishi;
sug‘urtalashga doir vositachilik faoliyatini asosiy faoliyat turi sifatida amalga oshirish.
Litsenziya olish uchun sug‘urta kompaniyasi litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) sug‘urtalovchilar uchun:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi hamda ko‘rsatib o‘tilgan faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza;
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
rahbar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi va mehnat daftarchasidan ko‘chirma);
litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan ustav kapitali to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (bank ma’lumotnomasi, mol-mulkni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va boshqa hujjatlar);
sug‘urta faoliyatining iqtisodiy asoslanishi, unga sug‘urtalash operatsiyalarini rivojlantirish prognozini, ehtimol tutilgan qayta sug‘urtalash bitishuvlari rejasini, sug‘urta zahiralarining hisob-kitob rejasini o‘z ichiga oluvchi litsenziyalanayotgan sug‘urta klassi bo‘yicha biznes-reja kiradi;
sug‘urtalashning litsenziya talab qilinadigan turlari bo‘yicha qoidalar (shartlar), litsenziyada quyidagilar bo‘ladi: sug‘urtalash sub’ektlari doirasini belgilash va sug‘urta shartnomasi tuzish bo‘yicha cheklashlar, sug‘urta ob’ektlarini belgilash, sug‘urta hodisalari ro‘yxatini belgilash - ushbu holatlar ro‘y berganda sug‘urtalovchining sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlari paydo bo‘ladi, (asosiy va qo‘shimcha shartlar), olib qo‘yish (tavakkalchilarning yoki mol-muklarni) bunda sug‘urtalovchi majburiyatlarni bajarmasdan ozod bo‘ladi, sug‘urta mukofotlari tariflari (stavkalari), sug‘urtalashning eng ko‘p (eng kam) muddati, sug‘urta shartnomalarini tuzish va sug‘urta mukofotlarini to‘lash tartibi, tomonlarning sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘zaro majburiyatlari va sug‘urta shartnomalari bo‘yicha to‘lovni rad etishning mumkin bo‘lgan holatlari sug‘urta shartnomasi bo‘yicha e’tirozlarni ko‘rib chiqish tartibi. Qoidalarga sug‘urta shartnomalari namunalari ilova qilinishi kerak. Litsenziya talabgori rahbari tomonidan tasdiqlangan sug‘urtalash qoidalari (shartlari) ikki nusxada taqdim etiladi, ularning betlari tikilgan va raqamlangan bo‘lishi kerak. Faoliyat turi faqat qayta sug‘urta qilishdan iborat bo‘lgan litsenziya talabgorlari mazkur bandda ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni taqdim etadilar, sug‘urtalash qoidalari (shartlari)ga oid xat boshi bundan mustasno.
b) sug‘urta brokerlari uchun:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning bir qismi) hamda ko‘rsatib o‘tilgan faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza;
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
ustav kapitali to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (bank ma’lumotnomasi, mol-mulkni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va boshqa hujjatlar).
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi.
Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi (1-ilovaga qarang). Ilova keltirilgan sxemadan ko‘rinib turibdiki, sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash jarayoni 6 ta bosqichni o‘z ichiga olib, dastlab litsenziya talabgori zarur hujjatlarni tayyorlaydi va uni ko‘rib chiqish uchun Moliya vazirligiga taqdim etadi. Keyingi bosqichda hujjatlar Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi va ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyaga beriladi. Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni batafsil o‘rganib chiqib, sug‘urtalovchiga yoki sug‘urta brokeriga litsenziya berish yoxud litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
SHunday qilib xulosa qilish mumkinki, O‘zbekistonda sug‘urta nazorati davlat organiga yuklatilgan sug‘urta faoliyatini litsenziyalash vakolati, pirovardida, barcha sug‘urtalanuvchilarning, ya’ni sug‘urta kompaniyalari mijozlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bunday tizimining yaratilganligi nafaqat sug‘urtalanuvchilarning, balki davlatning manfaatlariga mos keladi.



Download 25,02 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   136




Download 25,02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



S ug‘urta bozori va uning sub’ektlari

Download 25,02 Mb.