• 3.Aktuar hisoblarda ehtimollar nazariyasi qonuniyatlaridan foydalanish. 4.Vafot etish ehtimolligini hisoblashda foydalaniladigan jadvallar. 1.
  • -mavzu : Sug‘urtada tarif siyosati




    Download 25,02 Mb.
    bet32/136
    Sana24.09.2024
    Hajmi25,02 Mb.
    #272174
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   136
    Bog'liq
    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasi

    4-mavzu : Sug‘urtada tarif siyosati
    REJA:


    1. Raqobat sharoitida sug‘urta xizmatlariga narx-navoni shakllanish xususiyatlari va sug‘urta tarifi tushunchasi.
    2. Sug‘urta tarif stavkasining tuzilishi va tarkibi. Brutto va netto-stavkani hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlari va umumiy tamoyillari.
    3.Aktuar hisoblarda ehtimollar nazariyasi qonuniyatlaridan foydalanish.
    4.Vafot etish ehtimolligini hisoblashda foydalaniladigan jadvallar.


    1. Risklar transferini funksional mazmun-mohiyatiga ko‘ra o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan sug‘urta xizmatlarini tashkil etish hamda ularni ko‘rsatish sa’y-harakatlari majmuasi, deb ta’kidlash mumkin. Mazkur faoliyatning asosiy maqsadi iqtisodiyot sub’ektlarining talablariga ko‘ra, ularni sug‘urta risklaridan himoyasini ta’minlashga qaratilgandir. Bu jarayonda risklar yuz berishi oqibatida ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan zararlarni qoplashda sug‘urta tizimi barqarorligini ta’minlashning ahamiyati ortmoqda.
    SHunga ko‘ra, risklar transferida tariflarni optimal darajada belgilash sug‘urta tizimi barqarorligini ta’minlashning muhim omili sifatida qaralmoqda.
    Risklar transferida tariflarni belgilash qator uslubiyatlarga, xususan, ehtimollik nazariyasiga binoan sug‘urtachilarda shakllantirilgan ma’lumotlar bazasiga asoslangandir.
    Xususan, tariflarni belgilashda har bir shartnoma bo‘yicha quyidagi:
    - sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimoli;
    - sug‘urta mukofotining o‘rtacha kattaligi;
    - to‘lanishi ehtimol bo‘lgan sug‘urta qoplamasining o‘rtacha summasi kabi omillar e’tiborga olinadi.
    Risklar transferi bo‘yicha tariflarni aniqlash uslubiyatlarida ob’ektlarning o‘ziga xosligi to‘liq aks etmagan. SHuni ta’kidlash kerakki, tariflarni belgilashda unga ta’sir etuvchi qator omillar qat’iy e’tiborga olingan uslubiyatning samarasi kutilgan darajada bo‘lishi mumkin. Xususan, bunday uslubiyat:
    - sug‘urta ob’ektlarini tasniflash (guruhlash);
    - har bir guruhning o‘ziga xos tomonlarini aniqlashtirish;
    - o‘ziga xos xususiyatlarni son jihatdan baholash uslubiyatini ishlab chiqish;
    - har bir guruh ob’ektlarining umumiy tomonlarini aks ettirgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
    - tariflarini hisoblashning dasturiy ta’minotini yo‘lga qo‘yish kabi bir qator sa’y-harakatlarni amalga oshirishni talab etadi.
    Sug‘urta faoliyatida zararlilik ko‘rsatkichilari o‘zgarishi sug‘urtachining sug‘urtalanuvchilardan undirgan mukofotlari summasi jamlashi va ularni investitsiyalar bozorida joylashtirishi jarayonidagi vositachi sifatidagi roli bilan ham izohlanadi.
    Investitsion faoliyatdan olingan foyda summasi sug‘urta kompaniyasining tarif siyosatiga ta’sir etuvchi muhim omil sanaladi. Qayd etish lozimki, sug‘urta operatsiyalaridan ko‘rilgan zararni investitsiya faoliyatidan olingan foyda hisobidan subsidiya qilinishiga bo‘lgan munosabat ham turlichadir. Xususan, bunday faoliyat, bir tomondan, mablag‘lar taqchilligida raqobatga mos bo‘lgan tarif siyosatini yuritish uchun aynan investitsiyalar bozorida qulay kon’yunkturaning yuzaga kelishi hisobiga zaxirani talab darajasida shakllantirish imkoniyatini yuzaga keltirsa, boshqa tomondan, aynan shunday faoliyatdan olingan daromad hisobiga texnik natijalarni tenglashtirish uchun sug‘urta fondidan jalb etiladigan mablag‘lar etarli darajada bo‘lishini ta’minlovchi omil sifatida qaralayotganligini ham qayd etib o‘tish lozimdir. Mazkur holat sug‘urtachining o‘z javobgarligiga qabul qilgan risk bo‘yicha nazorati sustlashuvining omili bo‘lmasligi lozim.
    Hozirga qadar, sug‘urta amaliyotida majburiyatlar hajmi, erkin aktivlarning tuzilishi va bahosi, moliyaviy kafillik ta’minlanganligi, sug‘urta portfelining ratsional shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan risklar taqsimoti, sug‘urta zaxiralari shakllantirilishi borasida yagona bir konsepsiya ishlab chiqilmagan. SHu bois sug‘urta tashkilotlari bu muammolarni empirik tarzda hal etishga majbur bo‘lmoqda.
    Har qanday sug‘urta turi bo‘yicha tariflar hisob-kitobi (aktuar hisob-kitoblar)da aniq sug‘urta ob’ektining qiymati hisoblab chiqiladi. Umuman aktuar hisob-kitoblar yordamida sug‘urta xizmatini hamda sug‘urtachi tomonidan sug‘urtalanuvchiga ko‘rsatiladigan xizmatining qancha turishi aniqlanadi.
    Sug‘urtani amalga oshirish xarajatlarini hisoblash «aktuar kalkulyasiya» (actuary) deb ataladi. Uning yordamida shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofotlari hamda sug‘urtachining ish yuritish xarajatlari summasi, ya’ni mazkur xizmat tannarxi hisoblab chiqiladi. Sug‘urta faoliyatida aktuar hisob-kitoblarning o‘ziga xos tomonlari ham mavjud va ular quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi:
    - baholanayotgan risk doimo ehtimollik xarakteriga ega bo‘lishi;
    - ayrim yillarda umumiy qonuniyatga zid turkum tasodifiy hodisalar yuz berishi, ularning ta’siri, o‘z navbatida, sug‘urta tashkilotidan talab etiladigan sug‘urta qoplamasi to‘lovi summasining sezilarli o‘zgarishini taqozo etishi;
    - sug‘urtachi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat tannarxi sug‘urta munosabatlari yig‘indisidan keltirilib chiqarilishi;
    - sug‘urtachi ixtiyorida bo‘ladigan maxsus zaxirani ajratish, uning optimal hajmini aniqlash talab etilishi;
    - sug‘urta shartnomalari ko‘rsatkichlarini (inglizcha «storno») bashorat qilish hamda ular bo‘yicha ekspert bahosi talab etilishi;
    - qarz (ssuda) foizlari me’yorlarini va aniq vaqt oralig‘ida ularning o‘zgarish an’analarini tadqiq etish taqozo etilishi;
    - sug‘urta hodisasi bilan bog‘liq holda to‘liq yoki qisman zararlar yuzaga kelishi hamda ular kattaligining kenglik va vaqtda taqsimlanishiga maxsus jadvallar yordamida o‘zgartirishlar kiritish talabi namoyon bo‘lishi;
    - ekvivalentlik tamoyiliga amal qilish, ya’ni sug‘urta mukofotlari va sug‘urta tashkiloti tomonidan tarif davrida ko‘rsatilayotgan sug‘urta ta’minoti o‘rtasida o‘zaro tenglik o‘rnatilishi taqozo etilishi;
    - umumiy sug‘urta doirasida risklarni aniqlashtirish va ularni guruhlash talab etilishi kabilar.
    Sug‘urta to‘lovlari hajmining hisob-kitoblari aynan bir mamlakat, alohida bir hududning o‘ziga xos tomonlarini inobatga olgan holda, shuningdek risk yuz berishi ehtimolining vaqt va kenglikdagi xilma-xilligi asosida aniqlanadi. Masalan, sug‘urtalangan ob’ektlar soni 100 ta, har bir ob’ekt bo‘yicha sug‘urta summasi 2 mln. so‘m bo‘lsa, risk ehtimoli 2 foiz darajasida (0,02 x 100 x 2 mln. so‘m) hamda zarar sug‘urta summasiga teng yoki undan katta bo‘lganida, mazkur umumiy sug‘urta doirasidagi bu sug‘urta turi bo‘yicha yillik sug‘urta qoplamasi, ya’ni netto-stavka aynan 4 mln. so‘mni tashkil etadi.
    Aniqlangan sug‘urta qoplamasini sug‘urtalangan ob’ektlar soniga bo‘lsak, umumiy sug‘urta zaxirasiga har bir sug‘urtalanuvchi tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta mukofoti 40 ming so‘m (0,02 x 2 mln. so‘m) ekanligi aniqlanadi. Har bir sug‘urtalanuvchi aynan shuncha sug‘urta mukofotini to‘lashi kerak. Sug‘urta summasining birligi sifatida 1000, 100 yoki 1 so‘m olinishi mumkin.
    Tarif stavkasi yordamida har bir sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta shartnomasi bo‘yicha to‘lashi kerak bo‘lgan sug‘urta mukofoti aniqlanadi. Buning uchun shartnomada qayd etilgan sug‘urta summasi tarif stavkasiga ko‘paytiriladi. Masalan, tarif stavkasi har 100 so‘mdan 2 so‘m darajasida belgilangan bo‘lsa, shartnoma bo‘yicha sug‘urta summasi 5 mln. so‘mga teng bo‘lganda, sug‘urta mukofotining kattaligi quyidagicha aniqlanadi:
    (2 so‘m x 5 mln. so‘m) : 100 so‘m = 100 000 so‘m.
    Sug‘urta tarifi stavkasi sug‘urta summasiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Uning to‘g‘ri hisoblab chiqilganligi muhimdir. Sug‘urtachi sug‘urta tarifi asosida undirilgan sug‘urta mukofotlari hisobidan o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarilishini ta’minlaydi, ya’ni sug‘urta faoliyatini amalga oshirish xarajatlarini qoplaydi.
    Sug‘urta risklari sezilarli darajada kam yuz bergan yoki sug‘urta hodisasi oqibatida ko‘rilgan zarar ko‘lami katta bo‘lmagan yillar hisobiga sug‘urtachining daromad (foyda) olish ehtimoli ortadi. SHuni ham nazarda tutish lozimki, aniq natijalar hisob-kitobida hisobot davri davomida xabar qilingan, ammo sug‘urta qoplamasi amalga oshirilmagan zarar sug‘urta tashkiloti faoliyatining moliyaviy ko‘rsatkichlariga ham sezilarli ta’sir etadi.
    Sug‘urta tarifining risk yuz berishi ehtimoliga nisbatan yuqori darajada ko‘rsatilishi bir tomondan, mijoz bilan sug‘urta shartnomasi tuzilmay qolishiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, sug‘urtachining sug‘urta bozoridagi raqobatbardoshligiga ham salbiy ta’sir etadi. Va, aksincha, tarif stavkasining past darajada belgilanishi sug‘urtachi mablag‘larining taqchilligini keltirib chiqarishi oqibatida, sug‘urtalanuvchi ko‘rgan zararning sug‘urta qoplamasi amalga oshirilmay qolinishiga olib kelishi mumkin, ammo, bunday holat amaliyotda deyarli uchramaydi.
    2. Sug‘urta mukofotlarining stavkalari tarif davri uchun hisoblab chiqiladi, ya’ni tarif hisoblari asosida belgilangan davr uchun ekvivalentlik ta’minlanadi. SHunday qilib, har qanday sug‘urta turi bo‘yicha tarif stavkasi brutto-stavka sifatida qaraladi va u ikki qismdan: netto-stavka (sug‘urta qoplamasi to‘lovlari uchun zaxira summasi) va sug‘urtachining faoliyat yuritish xarajatlaridan (odatda u «yuk» deb ataladi) iborat bo‘ladi. Brutto-stavkada bu ikkala qismning nisbati, ularning mohiyatidan kelib chiqib, turlicha foizlarda belgilanishi mumkin. Netto-stavka brutto-stavkaning asosini tashkil etadi va uning hissasiga, sug‘urta turiga qarab, 60-95 foizgacha ulush to‘g‘ri kelishi mumkin. «YUk» hisobiga esa, shunga mos ravishda odatda 5-40 foiz ulush belgilanadi.
    Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qancha sug‘urta turi sug‘urtalanayotgan bo‘lsa, netto-stavka ham shuncha qismdan iborat bo‘ladi. Masalan, hayotni aralash sug‘urtalash bo‘yicha netto-stavka belgilangan davrgacha yashaganligi uchun, o‘lim holati yuz berganligi uchun, mehnat faoliyatini yo‘qotish holati uchun kabi netto-stavkalardan tashkil topadi.
    «YUk»da sug‘urta ishini olib borish xarajatlari aks etadi. U quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi:
    - ma’muriy-xo‘jalik xarajatlari (uning asosini tashkilot shtatidagi xodimlarga to‘lanadigan maoshlar summasi tashkil etadi);
    - sug‘urta polislarini joylashtirganligi uchun haqlar;
    - sug‘urta agentlari, menejerlar uchun haqlar.
    To‘lov shakllari, odatda brutto-stavka yoki «yuk»ka nisbatan foizlarda aniqlanadi. Foiz to‘lovlaridan tashqari rag‘batlantirishlar ham amalga oshirilishi mumkin.
    Umumiy sug‘urta qilish tarmog‘i klasslari bo‘yicha «yuk» sug‘urta ishini yuritish xarajatlaridan tashqari ogohlantirish zaxirasiga ajratmalar qilish va rejalantirilgan foyda summalarini ham o‘zida aks ettiradi. Brutto-stavkani hisoblashda, dastlab netto-stavka aniqlab olinadi, so‘ngra unga «yuk» (odatda brutto-stavkaga nisbatan foizlarda) qo‘shib hisoblanadi. Brutto-stavka qo‘yidagicha aniqlanadi:
    MS= ,
    Bu erda, MS - brutto-stavka;
    NS - netto-stavka;
    YU(%) - yuk (foizlarda ifodalanadi).
    Majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha tariflar me’yoriy hujjatlar bilan o‘rnatilsa, ixtiyoriy sug‘urtada esa, sug‘urtachi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.
    Tarifni aniqlash uslubiyati, tarif stavkasi va uning dastlabki ma’lumotlar manbasi, netto-stavka va «yuk» ulushlari ko‘rsatilgan holda tarif hisob-kitoblari maxsus vakolatli Davlat organiga taqdim etiladi. Mazkur organ tomonidan ruxsat berilganidan so‘ng sug‘urta tashkiloti o‘zi hisoblab chiqqan sug‘urta tarifini qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi. Har bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tarifining hajmi sug‘urta ob’ektini tavsiflovchi qator holatlarni hisobga olgan holda tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra belgilanadi.
    Umumiy sug‘urta qilish tarmog‘i klasslari bo‘yicha tarif stavkasini aniqlashda netto-stavka hisob-kitobi muhim hisoblanadi. Aynan uning hisobidan sug‘urtalanuvchilar ko‘rgan zararning qoplama to‘lovlari amalga oshirilishi nazarda tutiladi.
    Sug‘urta tashkiloti mukofot undirilishi hisobiga sug‘urta hodisasi yuz berishi oqibatida sug‘urtalanuvchi ko‘rgan zararni qoplash uchun etarli miqdordagi summani jamlab olishi muhimdir. Masalan, har yili sug‘urtaga qabul qilingan 1000 xonadondan 6 tasi butunlay yonib ketishi hodisasi ro‘y beradi deb faraz qilsak, har bir xonadonning bahosi 1 mln. so‘m bo‘lsa, bu holatda sug‘urtachi (1 mln. x 6) 6 mln. so‘m miqdoridagi pul fondiga ega bo‘lishi talab etiladi. Bu sug‘urta qoplamasi summasini sug‘urtalangan ob’ektlar soniga bo‘lish orqali har bir sug‘urtalanuvchiga to‘g‘ri keladigan (6 mln. so‘m : 1000 = 6 ming so‘m) sug‘urta mukofoti aniqlanadi. Aynan shu summa aniq bir sug‘urta ob’ekti uchun hisoblab chiqilgan netto-stavkadir.
    O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlari tomonidan netto-stavkani hisoblash amaliyotda birmuncha murakkabroqdir1. Negaki, sug‘urtalangan ob’ektning (bir qismi yoki batamom) zarar ko‘rganligi darajasi, sug‘urta hodisalari (yong‘in, suv toshqini va boshqa) sonining yillar bo‘yicha tafovuti, shuningdek, boshqa qator dalillarni ehtimollikka asoslanib, bashorat qilish va hisobga olish kerak bo‘ladi. Mol-mulk (bino, uy xayvonlari, qishloq xo‘jaligi ekinlari)ning turli sug‘urta hodisalari (yong‘in, kasalliklar, sovuq va shu kabilar) yuz berishi oqibatida, zarar ko‘rishi yoki halokatga uchrashi ehtimoli turlichadir. SHundan kelib chiqib, ob’ektlarning shartnomada qayd etilishi nazarda tutilayotgan sug‘urta hodisalaridan sug‘urtalash bo‘yicha tarif stavkalari ham turlicha belgilanishi mumkin.

    • Netto-stavka ikki qismdan - sug‘urta summasining zararlilik ko‘rsatkichi va risk «yuki»dan shakllantiriladi. Sug‘urta summasining zararlilik ko‘rsatkichi - eng katta ehtimollikka ko‘ra, sug‘urtalangan ob’ektlar summasining to‘langan sug‘urta qoplamasi summasi nisbatidan kelib chiqadi. Masalan, bir avtomobilning narxi 10 mln. so‘m, uni ta’mirlash 3 mln. so‘m, yo‘l halokati hodisasi doimiyligi koeffitsienti (DAN ma’lumotiga ko‘ra) 0,2 bo‘lsa, sug‘urta summasining zararlilik ko‘rsatkichi (SS3K = 3 mln. so‘m : 10 mln. x 0,2 x 100 = 6 so‘m yoki 6 %) 6 foizni tashkil etadi.

    Risk qoplamasi to‘lovining kattaligi sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimolligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Risk bo‘yicha sug‘urta mukofoti uning yuz berish ehtimolligining vaqt va kenglikdagi holatidan keltirib chiqariladi. Hayot sug‘urtasi tarmog‘ida risk ehtimoli mijozlar jinsi va yoshiga ko‘p jihatdan aloqador bo‘lsa, umumiy sug‘urta tarmog‘ida esa, nisbatan doimiy risk mavjuddir. Ammo ma’lum vaqt oralig‘ida risk kattaligi o‘zgarishi ham kuzatiladi.

    1. Aktuar hisoblarning asosiy g‘oyalarini tushunish sug‘urta mahsulotining mohiyatini yaxshi tushunish imkonini beradi. Hayot sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta mahsulotini yaxshi tushunib olish uchun sug‘urta badali nimalardan tashkil topishini, foyda nimadan hosil bo‘lishini va ushbu foyda hisobidan bonuslar qanday hisoblanishini, indeksatsiya qilish qanday amalga oshirilishini va boshqalarni bilib olish zarur.

    Ma’lumki, sug‘urtaga sug‘urtalanuvchi tomonidan qilingan kichik to‘lov kelajakda u ko‘rishi mumkin bo‘lgan katta zararni qoplab beradi. Sug‘urta doimiy amal qilishini ta’minlash uchun kutiladigan zararlar hajmini baholash va har bir ishtirokchi tomonidan to‘lanadigan sug‘urta badalining miqdorini aniqlab olish zarur.
    Ehtimollar nazariyasi noaniqliklarning matematik jihatdan tasvirlashga yo‘naltirilgan. Ehtimollar nazariyasi aktuar hisoblar uchun baza hisoblanib, uning maqsadi hayot va sog‘liqni sug‘urtalashning amal qilishini ta’minlashda muhim hisoblangan sug‘urta mukofoti va sug‘urta zahiralari ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
    Ehtimollik nima? Ba’zi hodisalarning matematik ehtimolligi 0 dan 1 gacha bo‘lgan intervalda yotuvchi son bilan ifodalanadi. Agar biror hodisaning matematik ehtimolligi 0 ga teng bo‘lsa, bu hodisa yuz bermaydi, agar u 1 ga teng bo‘lsa hodisa yuz berishi mumkin. ½ ehtimollik nimani bildiradi? Masalan, tanga tashlashni misol qilib oladigan bo‘lsak, tanganing burgut qismi jami tashlashning yarmida tushsa, reshka qismi qolgan yarmida tushadi.
    Biror hodisaning yuz berish ehtimolligini aniqlashning umumiy prinsipi sifatida shuni aytish mumkinki, uning eng oddiy ko‘rinishini quyidagi nisbat bilan ifodalash mumkin:

    hodisalar yuz beradigan holatda ro‘y berishi kutiladigan


    hodisalar soni
    Ehtimollik = ---------------------------------------------------------------------------------
    Hodisalar yuz berishi mumkin bo‘lgan holatdagi
    hodisalar soni
    Masalan, agar tangani ming marta tashlansa, unda:
    - tanganing burgut tomoni tushish ehtimolligi 500 ga teng;
    - hodisalar yuz berishi mumkin bo‘lgan holatdagi hodisalar soni 1000 ga teng.
    Yuz berishi mumkin bo‘lgan ko‘plab hodisalardan bittasining yuz berish ehtimolligi birga teng bo‘lganda nimadir yuz berishi kerak.
    Tanga tashlashda ikki hodisa: burgut va reshkaning tushishi yuz berishi mumkin. Agar burgut tushish ehtimolligi ½ ga teng bo‘lsa (to‘g‘ri tangada), reshka tushish ehtimolligi ham ½ (= 1- ½) ga teng bo‘ladi. Agar tanga noto‘g‘ri tanga bo‘lsa, burgut tomonning tushish ehtimolligi ½ dan katta bo‘lar edi, masalan 2/3 ga teng bo‘lsa, reshkaning tushish ehtimolligi 1 – 2/3 = 1/3 ga teng bo‘lar edi.
    Umumiy holatda barcha yuz berishi mumkin bo‘lgan ehtimolliklarning summasi birga teng. Bu tasdiqni vafot etishdan sug‘urtalash misolida ko‘rib chiqamiz. Sug‘urtalangan shaxs bir yil davomida vafot etishi yoki vafot etmasligi mumkin. Bu ikki holat sug‘urtalangan shaxsning hayotiga nisbatan o‘zaro inkor qiluvchi hodisalarning to‘liq jamlanmasini ko‘rsatadi. Nogironlik holatidan bir yilga sug‘urtalash amalga oshirilganda o‘zaro inkor qiluvchi hodisalarning to‘liq jamlanmasi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
    - sug‘urtalangan shaxs vafot etdi;
    - sug‘urtalangan shaxs hayot va sog‘lom;
    - sug‘urtalangan shaxs nogiron bo‘lib qoldi.
    Ehtimollar nazariyasida alohida, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan hodisalar tushunchasi muhim hisoblanadi. Hodisalarning xususiyatini aniqlashda, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan hodisalar sifatida birining yuz berishi ikkinchisini keltirib chiqarmaydigan hodisalar nazarda tutiladi. Masalan, tanga tashlashda tangani birinchitashlanishining natijasi uning ikkinchi tashlanishining natijasiga ta’sir ko‘rsatmaydi va hokazo. Hattoki, agar tanganing burgut tomoni ketma-ket o‘n marta tushganda ham, o‘n birinchi tashlashga ularning hech qanday ta’siri bo‘lmaydi.
    Bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikkita hodisaning yuz berishi ular yuz berishining o‘z ehtimolligiga bog‘liq. Xususan, ikkita burgut yoki ikkita reshkaning ketma-ket tushishi ½ x ½ = ¼ ga teng. Hech bo‘lmaganda bitta reshkaning tushish ehtimolligi 1- ¼ = ¾ ga teng.
    Ehtimollar nazariyasining asosiy natijalaridan biri sifatida sug‘urta faoliyatining asosida yotuvchi katta sonlar qonuni yoki Bernulli qonuni hisoblanadi. Bu qonunga ko‘ra: urinishlar sonining ortishi bilan, masalan tangani tashlash sonining ortishi bilan bizni qiziqtirayotgan hodisa yuz berganda (tanganing burgut tomoni tushishi) bunday holatlar sonining urinishlar soniga nisbati harakat qilinayotgan holatga tomon o‘zgaradi. Bu bilan o‘rganilayotgan hodisalarning mustaqil ekanligi ko‘rinadi. Sug‘urtalangan shaxslarning vafot etish yoki kasallanish holatlari bilan o‘zaro bog‘liq muammolar (katastrofalar, epidemiyalar va hokazolar) boshqa jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin.
    4. Yoshga nisbatan yillik vafot etish ehtimolligining o‘zaro bog‘liqligini vafot etish jadvallari orqali tasvirlanadi. Yillik vafot etish ehtimolligi statistik ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Boshqa qo‘shimcha ko‘rsatkichlar, masalan hayotning davomiyligi ko‘rsatkichi ham yuqoridagi ma’lumotlar asosida hisoblanadi.
    Vafot etish jadvalini hisoblash uchun zarur ma’lumotlar:
    - biror bir davr uchun, masalan kalendar yili uchun insonlarning jinsi va yoshi kesimida vafot etganlar soni;
    - o‘rganilayotgan davrda, masalan bir yoshgacha, bir yoshdan ikki yoshgacha va hokazo davrlarda jinsiy tarkib bo‘yicha erkak va ayollar soni.
    Natijada erkak va ayollar uchun yoshga nisbatan vafot etishning empirik o‘zaro bog‘liqligi ko‘rsatkichi qx topiladi. 1a rasmdagi o‘zaro bog‘liqlik o‘zgarmas emas. Vafot etish darajasi katta yoshda kichik yoshdagilarga nisbatan past bo‘lishi mumkin. Bu bir qancha qoidalardan kelib chiqishi mumkin, masalan hayotning birinchi yilida vafot etish darajasi boshqa yillarga nisbatan yuqori bo‘ladi.
    Vafot etish jadvali yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning gipotetik guruhlari uchun tuziladi, bunda bir kunda tug‘ilgan 100 ming chaqaloq olinishi mumkin. Bu vafot etish jadvali quyidagilarni ko‘rsatadi (2-jadval):
    - vafot etishning yillik ehtimolligi, qx;
    - navbatdagi tug‘ilishga qadar yashaganlar soni, Ix;
    - hayotning har bir yilida vafot etganlar soni, dx;
    - ma’lum yoshgacha etganlarning qolgan hayotining davomiyligi X, ex.

    Download 25,02 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   136




    Download 25,02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu : Sug‘urtada tarif siyosati

    Download 25,02 Mb.