|
-jadval
Sug’urtachilar uchun ustav kapitalining eng oz
|
bet | 31/136 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 25,02 Mb. | | #272174 |
Bog'liq Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasi3-jadval
Sug’urtachilar uchun ustav kapitalining eng oz8
MIQDORLARI
(ekvivalenti ming yevro)
Sug’urta faoliyati turlari
|
2012 yil 1 iyuldan
|
2014 yil 1 iyuldan
|
Umumiy sug’urta sohasida
|
1 125,0
|
1 500,0
|
Hayotni sug’urtalash sohasida
|
1 500,0
|
2 000,0
|
Majburiy sug’urtalash bo’yicha
|
2 250,0
|
3 000,0
|
Faqat qayta sug’urtalash bo’yicha
|
5 000,0
|
6 000,0
|
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida sug'urta tizimini izchil rivojlantirish, ushbu faoliyat bilan shug'ullanuvchi subektlarga yaratilgan kafolatlar tufayli ularning iqtisodiyotimizdagi o'rni va roli tobora oshib bormoqda. Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, “iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish jarayonini tegishli bozor infratuzilmasi, ya'ni bank-moliya tizimi, lizing, auditorlik, sug'urta, injiniring va boshqa tuzilmalarni rivojlantirmasdan turib amalga oshirish mumkin emas”.
Mamlakatimizda 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan “Sug'urta faoliyati to'g'risida”gi, 2009 yil 16 aprelda qabul qilingan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash to'g'risida”gi, 2008 yil 21 aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida”gi, 2008 yil 10 sentabrda qabul qilingan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug'urtasi to'g'risida”gi qonunlar sug'urta bozorida faoliyat yurituvchi subektlar uchun mustahkam huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda.
Ayni paytda davlatimiz rahbarining 2007 yil 10 aprelda qabul qilingan “Sug'urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “2007-2010 yillarda O'zbekiston Respublikasi sug'urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi”, 2008 yil 21 mayda qabul qilingan “Sug'urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori sug'urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug'urtalovchi tashkilotlarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug'urta kompaniyalarining investistion jarayonlardagi ishtirokini rag'batlantirish, shuningdek, sug'urta xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini samarali himoya qilishni ta'minlashda muhim dasturilamal bo'layotir. Shuningdek, sohaga oid bir qator qonunosti hujjatlar ham qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2009 yil 24 iyunda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilishni to'laqonli amalga oshirishni ta'minlash maqsadida qabul qilingan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi, 2008 yil 24 iyunda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilishning to'liq amal qilishini ta'minlash maqsadida qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi, 2008 yil 28 martda oziq-ovqat bug'doyining barqaror sug'urta fondini shakllantirish, davlat resursidagi oziq-ovqat bug'doyidan qat'iy maqsadli foydalanilishini ta'minlash va ichki iste'mol bozorini himoya qilish maqsadida qabul qilingan “Oziq-ovqat bug'doyining sug'urta fondini g'amlash, saqlash, yangilash va undan foydalanish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi, 2002 yil 27 noyabrda sug'urta tizimini rivojlantirishni rag'batlantirish, sug'urtalovchilarning moddiy-texnik bazasini va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning mintaqaviy vakolatxonalarini kengaytirish va aholining sug'urta tashkilotlariga bo'lgan ishonchini oshirish maqsadida qabul qilingan “Sug'urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlari shular jumlasidandir.
Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar yurtimizda “O'zbekinvest”, “Kafolat”, “O'zagrosug'urta” va boshqa ko'plab sug'urta kompaniyalari barqaror faoliyat ko'rsatishi uchun ishonchli huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida sug'urta bozorini yanada rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Shundan kelib chiqib, Oliy Majlis Senatining 2010 yilning 3-4 dekabr kunlari bo'lib o'tgan to'rtinchi yalpi majlisida “Sug'urta faoliyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunining 15- va 18-moddalariga o'zgartishlar va qo'shimcha kiritish haqida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuni ma'qullandi va 2010 yil 17 dekabrda matbuotda e'lon qilindi.
“Sug'urta faoliyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunining 15- va 18-moddalariga kiritilgan o'zgartishlar va qo'shimchada quyidagi maqsadlar nazarda tutilgan:
Birinchidan, sug'urtalovchilar va sug'urta brokerlarining sug'urta faoliyatini litsenziyalash amaliyotini mustahkamlash hamda sug'urta tizimini rivojlantirishni rag'batlantirish, sug'urtalovchi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning mintaqaviy vakolatxonalarini kengaytirish va aholining sug'urta tashkilotlariga bo'lgan ishonchini oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002 yil 27 noyabrda qabul qilingan “Sug'urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori talablari bilan ushbu qonun normalari bir xilda qo'llanishini ta'minlash. Shu bois “Sug'urta faoliyati to'g'risida”gi qonunning 15-moddasi faqat qayta sug'urta qilish bo'yicha sug'urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug'urtalovchining sug'urta shartnomalarini tuzishga haqli emasligi haqidagi norma bilan to'ldirildi;
Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining “Yuridik shaxsni qayta tashkil etish” deb nomlanuvchi 49-moddasida yuridik shaxsni qayta tashkil etish, ya'ni qo'shib yuborish, qo'shib olish, bo'lish, ajratib chiqarish, o'zgartirish shakllarida uning muassislari (ishtirokchilari) yoki ta'sis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaxs organi qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkinligi mustahkamlangan. “Sug'urta faoliyati to'g'risida”gi qonunning 18-moddasi birinchi qismini O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi bilan muvofiqlashtirish, ushbu qonunning 18-moddasi oltinchi qismiga qo'shib yuborish, bo'lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan davr uchun hamda yangidan tuzilgan sug'urtalovchilar litsenziya olguniga qadar bo'lgan davrda ular yangi sug'urta shartnomalarini tuzishga, amaldagi sug'urta shartnomalarini uzaytirishga haqli emasliklari haqidagi norma kiritildi. Shuningdek, mazkur modda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunining 23-moddasi bilan muvofiqlashtirish maqsadida o'zgartirish shaklida qayta tashkil etilgan sug'urtalovchining litsenziyasi qayta rasmiylashtirilishi haqidagi norma bilan to'ldirildi.
|
| |