|
-mavzu : Sug‘urta bozori va uni davlat tomonidan tartibga solish
|
bet | 34/136 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 25,02 Mb. | | #272174 |
Bog'liq Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasi5-mavzu : Sug‘urta bozori va uni davlat tomonidan tartibga solish
REJA:
1. Sug‘urta bozori tushunchasi va uning ishtirokchilari.
2. Sug‘urta bozorining turlari va ularga umumiy tavsifnoma.
3. Sug‘urta bozori infratuzilmasining sug‘urta bozori rivojlanishidagi ahamiyati.
4. Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv zarurligi va shakllari.
5. Davlat sug‘urta nazorati: uning funksiya va vazifalari.
6. Sug‘urta faoliyatini litsenziyalash tartibi.
1. Ma’lumki, har qanday bozorda sotuvchi va xaridor bo‘ladi hamda ular o‘rtasida tegishli tovarlar (xizmatlar) ayirboshlanadi. Xuddi shunday, sug‘urta bozorida ham sotuvchi (sug‘urtalovchi) va xaridor (potensial sug‘urtalanuvchi) ishtirok etadi. Bu erda potensial sug‘urtalanuvchi tushunchasini qanday izohlash mumkin, degan o‘rinli savol tug‘ilishi mumkin. Gap shundaki, basharti, potensial sug‘urtalanuvchini to‘g‘ridan to‘g‘ri sug‘urtananuvchi, deb atasak katta xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. Negaki, amaldagi qonunlarga muvofiq, sug‘urta kompaniyalari bilan bevosita shartnoma tuzgan, fuqarolik salohiyatiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urtalanuvchilar deyiladi. Aksincha, sug‘urta “mahsulotini” sotib olishga ehtiyoji bor, ammo hali sug‘urtalovchilar bilan tegishli sug‘urta munosabatlariga kirishmagan shaxslar potensial sug‘urtalanuvchilar deb ataladi. Endi, sug‘urtalovchilar haqida gapiradigan bo‘lsak, sug‘urtalovchi - bu mamlakat xududida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan hamda sug‘urtalash o‘zi uchun asosiy faoliyat turi hisoblangan yuridik shaxslardir. Ko‘rinib turibdiki, sug‘urta kompaniyasi tegishli faoliyat yuritishi uchun vakolatli davlat organining litsenziyasiga ega bo‘lishi va sug‘urtaga bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalar bilan shug‘ullanmasligi zarur.
Sug‘urtalovchilar bozorga o‘zlarini ishlab chiqargan o‘ziga xos mahsuloti - sug‘urta xizmatini taklif etadilar. Ushbu xizmatlar yuzlab, minglab sug‘urta kompaniyalari tomonidan sotilishi mumkin. O‘z-o‘zidan, bu holat sug‘urta bozorida potensial mijozlarni jalb etish uchun sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida raqobatning kuchayishiga olib keladi va “mahsulot”ning sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Eng asosiysi, potensial sug‘urtalanuvchi har tomonlama o‘zining talabini qondiradigan “mahsulot”ga ega bo‘ladi. Bayon etilganlar quruq gap emas, balki bugungi kunda iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlar bozorida ruy berayotgan oddiy haqiqatdir. YUqorida zikr etilgan fikrlarni quyidagi chizmada yaqqol ko‘rish mumkin.
Sug‘urta bozorining mohiyatini chuqurroq anglab olish uchun kundalik xayotimizdan oddiy bir misol keltirsak maqsadga muvofiqdir.
O‘zimiz yoki bolalarimizga kiyim-kechak sotib olish uchun buyum bozoriga boramiz. Aytaylik, birorta kiyim, aniqrog‘i, kuylak sotib olmoqchimiz. Bozorda kuylakning har xili mavjud, baholari xam, narxi xam turlicha. Biz, albatta, sifati yaxshisini va bahosi arzonini sotib olamiz. Sug‘urta bozorida ham aynan shu jarayon yuz beradi.
|
| |