|
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasi
|
bet | 45/136 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 25,02 Mb. | | #272174 |
Bog'liq Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasiRespublika sug‘urta bozorida 01.01.2016-31.03.2016y davr mobaynida "Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish" sug‘urta turi bo‘yicha statistik ma’lumot36
|
|
|
|
|
|
|
4-jadval37
|
|
|
|
|
|
|
№
|
Sug‘urta kompaniyasi
|
shartnomalar soni
|
sug‘urta mukofoti
|
javobgarlik summasi
|
|
|
|
|
|
|
1
|
"Uzagrosugurta"
|
943
|
972 703 210,14
|
909 695 916 715,0
|
|
|
|
|
|
|
2
|
"Kafolat"
|
467
|
645 495 659,94
|
2 487 588 657 400,0
|
|
|
|
|
|
|
3
|
«Alfa Invest».
|
56
|
195 082 666,98
|
235 641 483 530,0
|
|
|
|
|
|
|
4
|
"Uzbekinvest"
|
136
|
131 041 604,30
|
205 088 803 698,5
|
|
|
|
|
|
|
5
|
«Universal Sug‘urta»
|
72
|
122 689 781,26
|
270 359 918 510,0
|
|
|
|
|
|
|
6
|
«Alskom»;
|
75
|
82 159 262,26
|
45 486 287 305,0
|
|
|
|
|
|
|
7
|
"Kapital Sugurta"
|
61
|
70 082 156,00
|
59 854 773 590,0
|
|
|
|
|
|
|
8
|
"Ishonch"
|
57
|
66 906 295,31
|
48 738 459 979,0
|
|
|
|
|
|
|
9
|
«Asia Inshurans»;
|
52
|
58 546 715,33
|
68 907 752 620,0
|
|
|
|
|
|
5-jadval
Respublika sug‘urta bozorida 01.01.2016-31.03.2016y davr mobaynida "Tashuvchining
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish" sug‘urta turi bo‘yicha statistik
ma’lumot38
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
№
|
Sug‘urta kompaniyasi
|
shartnomalar soni
|
sug‘urta mukofoti
|
javobgarlik summasi
|
|
|
|
|
|
|
1
|
"Uzagrosugurta"
|
943
|
972 703 210,14
|
909 695 916 715,0
|
|
|
|
|
|
|
2
|
"Kafolat"
|
467
|
645 495 659,94
|
2 487 588 657 400,0
|
|
|
|
|
|
|
3
|
«Alfa Invest».
|
56
|
195 082 666,98
|
235 641 483 530,0
|
|
|
|
|
|
|
4
|
"Uzbekinvest"
|
136
|
131 041 604,30
|
205 088 803 698,5
|
|
|
|
|
|
|
5
|
«Universal Sug‘urta»
|
72
|
122 689 781,26
|
270 359 918 510,0
|
|
|
|
|
|
|
6
|
«Alskom»;
|
75
|
82 159 262,26
|
45 486 287 305,0
|
|
|
|
|
|
|
7
|
"Kapital Sugurta"
|
61
|
70 082 156,00
|
59 854 773 590,0
|
|
|
|
|
|
|
8
|
"Ishonch"
|
57
|
66 906 295,31
|
48 738 459 979,0
|
|
|
|
|
|
|
9
|
«Asia Inshurans»;
|
52
|
58 546 715,33
|
68 907 752 620,0
|
|
|
|
|
|
|
|
JAMI
|
1919
|
2 344 707351,52
|
4 331 362 053 347,6
|
|
|
|
|
|
9-mavzu: Mulkiy sug’urta
REJA:
Mulkiy sug’urta to‘g‘risidagi asosiy tushunchalar
Ko‘chmas mulkni sug’urtalash sug‘urtalash
Turar-joy sug‘urtasi
1. Mulkiy sug‘urta har qanday turdagi mulkdorlarning (fuqarolar, korxonalar, davlat) mulkning yo‘qotilishi yoki unga ziyon etkazilishi xatarlariga doir manfaatlari himoyasini ta’minlaydi. O‘ZR ning FK ga muvofiq mulkiy sug‘urtaga boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar etkazilishi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik, shuningdek tadbirkorlik faoliyatidan kutilgan daromadlarni ololmaslik xavfi kiradi. Sug‘urtaning mazkur ikkita quyi tarmog‘ini keyingi boblarda ko‘rib chiqamiz.
Mol-mulk – mulkdor yoki uning ishonchli vakili egalik qilayotgan, foydalanayotgan, tasarruf etayotgan moddiy ob’ektlar yoki ashyolardir. SHaxsning yoki tashkilotning mol-mulki o‘z ichiga erni, binolarni, jihozlarni, bank hisobvaraqlarini, kiyim-kechaklarni, sanoat aksiyalarini, muzlatgich ichidagi narsalarni, yozilga asarga nisbatan mualliflik huquqlarini, avtomobillarni, ixtiro patentlarini va boshqa minglab boshqa narsalarni olishi mumkin. Mulkdor o‘z egaligidagi ana shu mol-mulkdar olishi mumkin bo‘lgan daromadni yo‘qotish xavfi sug‘urta qilinishi mumkin. O‘ZR FK ning 128-moddasida sanab o‘tilgan mulkiy huquqlar va fuqarolik huquqlarining boshqa ob’ektlari ham sug‘urta himoyasi bilan ta’minlanishi mumkin.
Mol-mulk uning asralishidan qonun hujjatlariga yoki shartnomaga asoslangan manfaatga ega bo‘lgan shaxs (sug‘urta qildiruvchi yoki naf oluvchi) foydasiga sug‘urtalanishi mumkin. Sug‘urtalangan mol-mulkning asralishidan manfaatdorlik bo‘lmagan holda tuzilgan mol-mulkni sug‘urta qilish shartnomasi haqiqiy emas.
Mol-mulk sug‘urtasi – sug‘urta shartnomalarini tuzish va ijro etish jarayoni bo‘lib, unga muvofiq sug‘urtalovchi shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga shartnomada nazarda tutilgan sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urta qildiruvchiga yoki shartnoma qaysi shaxsning foydasiga tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga sug‘urtalangan mulkka etkazilgan zararni yoxud sug‘urtalanuvchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bog‘liq zararni to‘lash majburiyatini oladi.
Sug‘urta to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonunda mulkiy sug‘urtalash quyidagi turlarga ajratilgan:
Er ustki transporti vositalarini sug‘urtalash (temir yo‘l transportidan tashqari);
temir yo‘l transporti vositalarini sug‘urtalash;
havo transporti vositlarini sug‘urtalash;
suv tarnsporti vositlarini sug‘urtalash;
yuklarni sug‘urtalash;
qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi (hosilni sug‘urtalash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini, ko‘p yillik o‘simliklarni, hayvonlarni sug‘urtalash);
yuridik shaxslarni sug‘urtalash (transport vositalarini sug‘urtalashdan va qishloq xo‘jaligi sug‘urtasdan tashqari);
fuqarolar mol-mulkini sug‘urtalash (transport vositalaridan tashqari).
Mulkiy sug‘urta maqsadi – etkazilgan zarar uchun tovon to‘lashdan iborat. Zarar uchun tovon to‘lash taomili shundaki, sug‘urta qildiruvchi sug‘urta hodsasi sodir bo‘lganidan, keyin ana shu hodisa vujudga kelmasdan avval qanday moliyaviy holatga ega bo‘lsa, o‘shanday holatga qaytarilishi zarur. SHu sababli sug‘urtalanayotgan mulkda ifodalangan sug‘urta qildiruvchining manfaati summasi, mulkning haqiqiy qiymati summasidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. SHu munosabat bilan sug‘urtalanyotgan mulkni baholash va uning sug‘urta qiymatini aniqlash muammosi yuzaga keladi.
Eslatib o‘tamiz, sug‘urta summasi – bu sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan sug‘urta javobgarligi bo‘lib, unga ko‘ra mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha muayyan sug‘urta tovonini to‘lab berish majburiyati bo‘yicha javobgarlikka ega bo‘ladi. Mulkiy sug‘urtada sug‘urta summasining eng yuqori qiymati sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan vaqtdagi mol-mulkka nisbatan sug‘urtalash manfaatining qiymati bilan aniqlanadi. Mol-mulkning sug‘urta qiymati uning sug‘urta shartnomasi tuzilgan kundagi o‘zi turgan joydagi haqiqiy bahosidir. Sug‘urta qiymati, odatda, mol-mulkning eskirish bahosi chiqarib tashlangan holda hisoblangan tiklanish qiymatini bilidradi. Bunday qiymatni ko‘p hollarda mol-mulkning haqiqiy bahosi deb olinishi ham muikn. Tarixiy jihatdan mol-mulkning quyidagi qiymat ko‘rinishlar mavjud:
tiklanish qiymati – baholanishi zarur bo‘lgan ob’ektning qiymatiga mos keladigan yangi ob’ektning smeta bahosidir;
haqiqiy qiymati – eskirish darajasiga mos summa chiqarib tashlab hisoblangan tiklanish (dastlabki) qiymati;
qoldik (umumiy) qiymati (agar bino buzilishi kerak buo‘lsa yoki uzoq muddatga har qanday qimatini yo‘qotgan bo‘lsa) binoning sotish narxi bo‘lib, sug‘urta qiluvchi olishi mumkin bo‘lgan summani ifodalaydi;
buxgalteriya hisobi va hisobotda aks ettirilgan balans qiymati.
O‘ZR SK da bozor qiymati yokt bozor bahosi tushunchalari kiritilgan. O‘ZR SK ning 40-moddasiga muvofiq bozor qiymati deb anynan bir xil (bunday tovarlar bo‘lmasa – o‘xshashg) tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) qiyoslanadaigan iqtisodiy sharoitlarda talab va ehtiyojning o‘zaro ta’siri ostida vujudga kelgan baho e’tirof etiladi. Bozor qiymati mulkning haqiqiy bahosiga mos kelmasligi ham mumikin, chunki ko‘pincha unda mulkning sotilishidan mulk egasi oladigan daromad ham nazarda tutiladi. SHu bilan bir qatorda, jismoniy shaxslarga sug‘urta tovoni to‘lanayotganda, ularning daromadlaridan soliqqa tortiladigan bazani hisoblab topish uchun aynan bozor qiymatidan foydalaniladi.
Sug‘urta to‘lovini to‘lash chog‘ida agregat sug‘urta summasi (sug‘artalovchi javobgarligining limiti) to‘lov summasiga teng miqdorda kamayadi va sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchi javobgarligining kamaygan miqdori bilan amal qilishda davom etaveradi. Noagregat sug‘urta summasidan foydalanilganda esa sug‘urtalovchining javobgarligi to‘lovlar amalga oshirilshi bilan kamaymaydi, ammo bunda har bir to‘lov sug‘urta summasidan oshmasligi shart. Noagregat sug‘urta summasi bilan sug‘urta qilinganda, tarif agregatli sug‘urtaga nisbatan 20-30 foizga yuqoriroq bo‘ladi.
Jahon amaliyotida sug‘urta javobgarligining yoki sug‘urta summasiga bog‘liq ravishda zararni aniqlashning ikki tizimidan foydalaniladi, bulardan birinchisi – mutanosib (proporsional) sug‘urtalash bo‘lsa, ikkinchisi – birinchi xatar tizimidir. Agar shartnomada sug‘urta summasi mulkning sug‘urta qiymatidan pastroq qilib belgilangan bo‘lsa, mutanosib sug‘urtalash tizimida mulkning qisman zarar ko‘rishi holatida tovon to‘lovi miqdorining haqiqiy keltirilgan zarar summasi bilan mutanosibligi orqali aniqlanadi va bunda sug‘urta summasining sug‘urta qiymatiga mutanosibligi nisbatidan kelib chiqiladi. Zararning sug‘urtalanmay qolgan qismiga proporsional bo‘lgan qismi bo‘yicha javobgarlik sug‘urta qildiruvchining o‘z zimmasida qoladi.
O‘zbekistonda birinchi xatar tizimi kamroq qo‘llaniladi. Mutanosib sug‘urtalashdan farqli o‘laroq, birinchi xatar tizimida sug‘urta bo‘yicha to‘lovning faqat yuqori qiymati sug‘urta summasining miqdori bilan cheklanadi. Agar birinchi xatar (zarar)ning miqdori sug‘urta summasidan kam bo‘lsa, to‘liq ravishda to‘lanadi, ikkinchisi esa – sug‘urta sukmmasidan qolgan qismida ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi va h.k., toki sug‘urta summasi batamom to‘lab bo‘linguncha shu tarzda davom etadi. Birinchi xatar tizimidan foydalangilganda tarif mutanosib sug‘urta tarifiga nisbatan odatda 10-20 foiz yuqoriroq bo‘ladi
Xorijiy tajribada daromadni ololmay qolish xataridan sug‘urtalashda cheklangan javobgarlik tizimidan foydalaniladi, bu sug‘urta ta’minotining tashkiliy tizimi bo‘lib, unda zararning qoplash summasi sug‘urtalovchining avvaldan kelshilgan limit bo‘yicha javobgarligi (sug‘urta summasi) bilan erishilgan daromad darajasi o‘rtasidagi farq asosida aniqlanadi. Agar sug‘urta hodisasi munosabati bilan sug‘urta qildiruvchining daromadi sug‘urta shartnomasida ko‘zda tutilganidan past bo‘lib chiqsa, bunda limit bilan haqatda olingan daromad o‘rtasidagi farqni to‘lab berish lozim bo‘ladi.
Sug‘urtalash tajribasida bir necha karra sug‘urtalash hodisasi ham uchraydi. Bir necha karra sug‘urtalashni yagona bir manfaat (btitta ob’ekt) yagona bitta xatardan bitta davr mobaynining o‘zida bir necha sug‘urta kompaniyalarida sug‘urtalangan yuz beradi. Mulkni bir necha karra sug‘urtalash qonun tomonidan o‘z-o‘zidan ma’n etilmaydi, ammo bu holda barcha sug‘urtalovchilar tomonidan to‘lab beriladigan sug‘urta tovonining jami miqdori sug‘urta qiymatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Bunda har bir sug‘urtalovchi o‘zi bilan tuzilgan shartnoma asosida, ana shu sug‘urta qildiruvchi tomonidan mazkur mulk bo‘yicha tuzilgan barcha shartnomalarning umumiy sug‘urta summasiga mutanosib bo‘lgan miqdordagi tovonni to‘lab beradi. Qo‘shma sug‘urtalash holatida har bir sug‘urtalovchi kontributsiya huquqiga, ya’ni xuddi o‘zi kabi sug‘urta qildiruvchi oldida javobgar hisoblangan boshqa sug‘urtalovchilarga zararni qoplash bo‘yicha xarajatlarni o‘zaro taqsimlash taklifi bilan murojaat etish huquqiga ega bo‘ladi.
Kontributsiya sug‘urta summasi asosida har bitta polis bo‘yicha mutanosib taqsimlash taomilida hisoblab chiqiladi.
Mulkiy sug‘urta shartnomalarida, xuddi sug‘urtaning boshqa turlaridagi shartnomalarda ham bo‘lgani kabi, ko‘pincha zararning bir qismini qoplashda sug‘urta qildiruvchining o‘zi ham shaxsan ishtirok etishini ko‘zda tutilishi mumkin. Bunday shaxsiy ishtirokning oddiy shakllaridan biri everij deb ataladi. U mutanosib sug‘urtalash shartlariga o‘xshab ketadi, ammo farqi shundaki, sug‘urta qildiruvchining shaxsiy ishtirokining miqdori sug‘urta shartnomasida har bir sug‘urta hodisasi bo‘yicha zararni qoplashdagi alohida hissa (foizlar) tarzida aniq aks ettiriladi. Masalan, agar etkazilgan zarar 1500 rublna tashkil etsa, sug‘urta qildiruvchining shaxsiy ishtiroki 20 foiz etib belgilangan bo‘lsa, sug‘urtalovchi faqat 1200 rublni to‘lab beradi.
SHaxsiy ishtirok etishning yana bir shakli - franshiza bo‘lib, unda sug‘urta qildiruvchi zararni qoplash bo‘yicha belgilangan muayyan summada ishtirok etadi. Franshiza - sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan, sug‘urtalovchi tomonidan qoplanmaydigan sug‘urta qildiruvchi zararlarining bir qismi. Franshiza qo‘llanilgan shartnomalar bo‘yicha sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta badallarini to‘lash chog‘ida chegirmalar taqdim etiladi. SHartli va shartsiz franshizalar bo‘lishi mumkin.
SHartsiz franshiza o‘rnatilganda, sug‘urtalovchining javobgarligi zarardan franshiza miqdorini chegirib qolgan holda aniqlanadi. Franshizaning bu shakli yuklarni, tarnsport vositalarini va ombordagi tovqoarlarni sug‘urtalashda keng qo‘llanadi.
SHartli franshiza holatida frashiza miqdori doirasidagi zarar qoplanmaydi, ammo zarar undan ortib ketgan holda, to‘liq sug‘urta summasi miqdorida qoplanishi shart. SHartli franshizadan ko‘roq tibbiy sug‘urtalashda foydalaniladi. Sug‘urta qildiruvchining zararning bir qismini qolash bo‘yicha shaxsan ishtirok etishi sug‘urtalovchini mayda zararlarni qoplash majburiyatidan ozod qiladi. SHuningdek u sug‘urta qildiruvchining o‘zi uchun ham manfaatli hisoblanadi, chunki u to‘laydigan sug‘urta mukofotlarining kamroq buo‘lishini ta’minlaydi.
Zarar etkazilgan holatda to‘lab beriladigan summani cheklash uchun sug‘urtalanayotgan mulknig alohida turlari bo‘yicha hamda alohida xatarlar bo‘yicha sug‘urta summalari miqdorini cheklash (cheklangan summalar) usuli qo‘llaniladi.
Masalan, uy-ro‘zg‘or mulknini sug‘uralashda sug‘urtalovchi qiymati yuqori yuradigan ashyolar (antikvariat, san’at asarlari) bo‘yicha sug‘urta summasi uchun, sug‘urtalanayotgan barcha mol-mulkning umumiy qiymatidan muayyan foizi miqdorida cheklov qo‘yadi. CHeklov, shuningdek, sug‘urta ashyolarining alohida turlariga nisbatan qayd etilgan summalarda qo‘llanishi ham mumkin. Savdo korxonasining naqd pul uchue qoplama miqdori ana shu tarzda cheklanadi.
Jahon sug‘urta tajribasida zarar qoplamasining quyidagi usullaridan foydalaniladi: pullik, ta’mirlash va tiklash, almashtirish. Bular O‘zbekistonning sug‘urta to‘g‘risidagi qonunida ham belgilab qo‘yilgan. (10-md.)
Sug‘urta qoplamasini olish uchun sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi bo‘yicha o‘z e’tirozini belgilangan muddatda va belgilangan tartibda bildirishi shart. Muddatga rioya etilishi ayniqsa mulk sug‘urtasida muhim ahamiyatga ega, chunki xabar kechiktirlgan taqdirda, etkazilgan zararning dastlabki miqdorini aniqlash ancha qiyinlashadi.
Mulklarning ayrim turlariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etilishi orqali, masalan avtomobilni boshqarish chog‘ida, uchinchi shaxslarga tasodifiy zarar etkazilishi mumkin. SHu sababli ko‘pincha mol-mulkni sug‘urtalash bilan bir vaqtning o‘zida mulk egasining fuqarolik javobgarligi ham sug‘urtalanadi.
2. O‘tdan sug‘urtalash mol-mulk sug‘urtasining eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishi hisoblanadi. O‘t olish xatarini so‘rovda ishtirok etgan korxona egalaridan 60 foizi eng katta xatar sifatida ko‘rsatgan bo‘lsa, suv bosish xatarini 25 foiz ishtirokchi ko‘rsatgan.
Binolar, inshootlar, tugallanmagan qurilish ob’ektlari, uskunalar, jihozlar, mahsulot, xomashyo, materiallar, tovarlar, yoqilg‘i, uy jihozlari, eksponatlar va boshqa mulklar sug‘urta ob’ekti bo‘lishi mumkin. Sug‘urtashartnomasi barcha mol-mullka ham, uning bir qismiga ham tuzilishi mumkin.
O‘tdan sug‘urtalashda asosiy xatar turi bo‘lib yong‘in, yashin urishi,portlash, boshqarib borilayotgan uchuvchi ob’ektning, uning bir qismining yoki unda tashilayotgan yukning qulashi hisoblanadi.
O‘tdan sug‘urtalashda binolar sug‘urtasi hamda fuqarolarning uy jihozlari sug‘urtasi ko‘proq hissani tashkil etadi (shartnomalarning 80% dan ortig‘i va sug‘urta mukofotlari umumiy miqdorining qariyb 40%).
O‘tdan sug‘urtalashda tariflar odatda sug‘urta summasining 0,01-2 foizi atrofida o‘zgarib turadi va mukning turiga, uning atrof muhitga nisbatan chidamliligiga, qo‘riqlash xizmatining mavjudligiga, saqlash shart-sharoitlarining rioya etilishiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Doimiy sug‘urta qildiruchilarga sug‘urta hodisasi qayd etilmagan holatlarda sug‘urta badallari summasining 30 foizigacha bo‘lgan miqdorda chegirma taqdim etiladi.
Keyingi yillarda xususiy mulkning ham (shu jumladan, uy-ro‘zg‘or mulki), korporativ mulkning ham sug‘urtalari mulk egasining (jismoniy va yuridik shaxsning) ana shu mulkdan foydalanish natijasida atrof muhitga va uchinchi shaxslarga etkazilgan zazar bo‘yicha fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi bilan to‘ldirilmoqda. Ayrim hollarda esa, qonunga binoan, mol-mulkning o‘zi sug‘urta qilinganligi yoki qilinmaganligidan qat’iy nazar, mulk egasining majburiy fuqarolik javobgarligi nazarda tutiladi (avtofuqarolik sug‘urtasi, yuqori darajada xatarli korxonalarning javobgarligi va b.).
O‘g‘irlikdan sug‘urtalashda ham xuddi o‘tdan sug‘urtalashdagi kabi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulklari sug‘urta ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston sug‘urta tajribasida o‘g‘irlikdan sug‘urtalashni ham o‘tdan sug‘urtalash tarkibiga kiritishadi.
O‘g‘irlikning ta’rifi O‘ZR JK da keltirilgan. Turli mamlakatlarda o‘g‘irlikka turlicha ta’rif beriladi va bu narsa milliy jinoy qonunchilikninng o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liqdir. CHunonchi, Italiya Jinoyat kodeksida «o‘g‘irlik» tushunchasi 24 xil jinoyatni mujassam etgan bo‘lib, ularning orasida buzib kirish orqali o‘g‘irlik, bostirib kirish orqali o‘g‘irlik, o‘g‘irlikka tushish, soxta kalitlar va ochqichlardan foydalanib bajarilgan o‘g‘irlik, yashirincha kirib olish bilan bajarilgan o‘g‘irlik, epchillik bilan bajarilgan o‘g‘irlik, ashyoni tortib olish bilan bog‘liq o‘g‘irlik (bunda kuch shaxsga nisbatan emas, balki molga nisbatan ishlatiladi) va h.k.
G‘ariy Evropa mamlakatlarida o‘g‘irlikdan sug‘urtalash qoidalaida sug‘urta hodisasi deganda, odatda, jinoyatchining o‘g‘irlik qilish maqsadida zo‘rlik bilan va qonunga xilof ravishda xonaga kirishi tushuniladi.
O‘ZR JK da (158-md.) o‘g‘irlikka o‘zganing mulkini bildirmay olib qo‘yish deb ta’rif berilgan.
Mamlakatimizda an’anaga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki “barcha xatarlar bo‘yicha javobgarlik” sharti bilan sug‘urtalanadi. Sug‘urtaning bu sharti bitta polisning o‘zida yong‘in, o‘g‘irlik, tabiiy ofat, kabi mol-mulk haolkatiga yoki qisman yo‘qotilishiga olib keluvchi talofatlar va b. nazarda tutiladi.
Mulkiy sug‘artaning o‘ziga xos va nisbatan yangi turlaridan biri ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar sug‘urtasi hisoblanadi.
Ko‘chmas mulkka ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar, uylar, binolar, inshootlar, korxonalar, er maydonlari kiradi. Ko‘chmas mulkka mulk egaligini nafaqat tabiiy kuchlar ta’siri ostida, o‘g‘irlik yoki talofatlar tufayli, balki mulk egaligi huquqini tasdiqlovchi hujjatlardagi mavjud xatoliklar va noaniqliklar sababli ham boy berish mumkin. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, ommaviy ravishda xususiylashtirish chog‘ida ko‘chmas mulk va korxonalar aksiyalarining paketlari borasida bajarilgan bitimlarning 30 foizga yaqini turli qonun buzlishilari bilan yoki mulkdorlik huquqining vujudga kelishi uchun asos bo‘ladigan hujjatlarni sinchiklab tekshirmasdan rasmiylashtirilgan.
Mulkka egalik huquqi O‘ZR FK bilan, oilaviy munosabatlar bo‘yicha esa, O‘ZR ning Oila kodeksi bilan tartibga solinadi.
Oddiy mulkiy sug‘urtadan farqli o‘laroq, mulkdorlik huquqi sug‘urtasi (unvonli sug‘urta) o‘tmishga aloqador retrospektiv sug‘urta bo‘lib hisoblanadi, chunki sug‘urta shartnomasi tuzilgungacha unda ko‘zda tutilgan sug‘urta hodisalari sodir bo‘lib ulgurgan, ammo hali o‘zini namoyon etmagan va shartnomaning amal qilish muddati ichida namoyon bo‘lishi mumkin.
Mulkning yo‘qotilishi yoki mulkdorlik huquqlarining to‘xtatilishi yoki cheklanishi bilan bog‘liq ravishda zarar etkazilishi holatlaridagi ko‘chmas mulk egasining mulkiy manfaatlari unovonli sug‘urtaning ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Unvonli sug‘uratalash chog‘ida mulkdorlik huquqining yo‘qotilishi bilan bog‘liq xatarni to‘g‘ri aniqlash va baholash muhim ahamiyatga ega. Bunday xatarlar hisobda bo‘lmagan mulkdorlarning aniqlagishi yoki qonun bo‘yicha mazkur mulkka haqdor bo‘lgan shaxslarning topilishi natijasida mulkdorning eagalik huquqining to‘xatiltishiga yoki cheklanishiga sabab bo‘ladi. Quyidagi bitimlar yuzasidan ana shunday xatarlar vujudga kelishi mumkin:
ko‘chmas mulk bo‘yicha oldi-sotdi amalga oshirganda;
sotib olish huquqi yoki majburiyati bilan tuzilgan garov shartnomasi yoki ijara shartnomasi doirasida sotuvning qoldirilishida;
ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha almashtirish shartnomasida;
hadya qiliy yoki beg‘araz o‘tkazib berishda;
meros qilib olganda;
ajrashish chog‘ida oila mulkini taqsimlashda;
• mol-mulkning yuridik shaxsning ustav kapitaliga kirtishda va h.k. holatlarda.
Xatarlar shuningdek hukumat idoralari tomonidan mulkdan foydalanish huquqining bekor qilinishi yoki davlat ehtiyojlari uchun foydalanish uchun cheklab qo‘yilishi natijasida, shuningdek ko‘chmas mulkdan foydalanish qoidalari buzilgan taqdirda vujudga kelishi mumkin.
Turar joy fondi bilan bog‘liq bitimlarning o‘ziga xos xusumiyati shundaki, u mulkdor bilan birga yashayotgan shaxslarning manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘ZR ning “Turar-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq davlat, munitsipal va jamoat ixtiyoridagi uylardagi xonadonlarni unda yashovchi voyaga etgan fuqarolarning roziligsiz boshqa shaxslarga sotishga yo‘l qo‘yilmasdi. Voyaga etmagan oila a’zolari istiqomat qiladigan xonadonlarni sotishga faqat homiylik va vasiylik idoralarining roziligi bilan yo‘l qo‘yilardi. Birov O‘ZR ning yangi Turar joy kodeksi qabul qilinganidan keyin bu cheklovlar barham topdi.
Ko‘chmas mulk savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompanyailarning ma’lumotlariga ko‘ra ko‘chmas mulk bilan amalga oshirilayotgan bitimlarning har qirqinchisi (ya’ni 0,025 miqdoridagi ehtimollik bilan, yoxud 2,5% miqdorida) sud tartibida hal etilishi mumkin. Unvonli sug‘urtalash bo‘yicha amaldagi tarif ko‘chmas mulk 5-10 yilga sug‘urta qilingan holda 1-2 foizni tashkil etishi mumkin.
Ilm-fan taraqqiyoti yuksala borgani, ishlab chiqarishning sarmoyadorligi osha borgani, texnologik uskunalar qimmatlasha borgani, ommaviy qurilish avj olgani sari, murakkab ishlab chiqarish uskunasini va texnologik komplekslarni olishdan bosh tortish natijasida ko‘riladigan zararning vujudga kelishi xataridan sug‘urtalash ehtiyoji vujudga keldi. Sug‘urtaning bu turini texnik xatarlar sug‘urtasi deb ham taladi.
Texnik xatarlar sug‘urtasi sug‘urtalashning butun bir turkumidan iborat bo‘lib, uning qatiriga quyidagilar kiritiladi:
qurilish-montaj ishlari sug‘urtasi;
sanaot sohasidagi mashinalarni nosozlikdan sug‘urtalash;
ko‘chma qurilmalar sug‘urtasi;
elektron uskunalar sug‘urtasi.
Qurilish-montaj ishlari xatari sug‘urtasi qurilish mashinalarining va uskunalarining buzilishi, zararlanishi va halokatga uchrashi xataridan, quruvchilar va xodimlarning salomatligi va hayotiga zara etkazishi xataridan himoyalashni, shuningdek ishlarni bajaruvchining fuqarolik javobgarligini ko‘zda tutadi.
Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda sug‘urtaning bu turi majburiy xususiyatga ega. O‘zbekistonda Davlat qurilish qo‘mitasining meyoriy hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun litsenziya olgan shaxs o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashi shart.
Sug‘urtalash qoidalari va shartlari, mashinalarni, ko‘chma qurilmalarni va elektron uskunalarni buzilishdan sug‘urtalash chog‘ida tariflarni hisoblash boshqa mulkiy sug‘urtalash turlaridagiga, jumladan avtomobil vositalarini sug‘urtalashdagiga nihoyatda o‘xshash. Uning asosiy farqi shundaki, mashinalar va uskunalarning buzilish xatari ishga tushirish-sozlash ishlari bajarilayotgan bosqichda qoplanishida va xatarlarni baholash uchun hamda sug‘urtalanyotgan uskunalarning sug‘urtaoldi ekspertizasini o‘tkazish uchun mutaxassislarni taklif etish zururti bilan belgilanadi.
Turar joy fondi sug‘urtasi fuqarolarni mulkiy sug‘urta qilish ravnaqining va davlat ijtimoiy siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda.
3. Turar-joy sug‘urtasi turar joy fondiga egalik qilish, udan foydalanish, tasarruf etish bilan bog‘liq jismoniy va yuridik shaxslarning ana shu turar-joylarning buzilishi, yo‘q qilib yuborlishi va yo‘qotilish xatariga oid mulkiy manfaatlari xatarini, shuningdek turar-joydag foydalanish natijasida uchinchi shaxslarga zarar etkazish bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urtalashning uyg‘unlashgan shakli hisoblanadi.
O‘ZR FK ning 210 va 211 moddalariga muvofiq mulkni saqlash bo‘yicha va uning tasodifan halokatga uchrashi xatari bo‘yicha mas’uliyat mulkdor zimmasiga tushadi. O‘ZR ning turar-joy kodeksi meyorlariga binoan xususiy mulk hisoblangan turar-joy xonasi (xonadaon) zararlangan holda mulkiy yo‘qotishlarni ana shu turar joy mulkdorining o‘zi, butun uyning konstruktiv unsurlarniga ziyon etgan taqdirda esa, uy egasi qoplashi shart.
O‘zbekistonning umumiy turar-joy fondi 2,8 mlrd. m2 ni, yoki barcha qayta ishlab chiqariladigan ko‘chmas mulkning 20% foizini tashkil etadi. Uning qiymati 1 m2 uchun o‘rtacha $250 miqdorida hisoblanganda $700 mlrd. ni tashkil etadi.
Turar joy fondining holati yomonlashib bormoqda. Ulardan 290 mln m2 (11%) ko‘prog‘i tezkor kapital ta’mirlanishga muhtoj, kommunal xonadonlarni esa oialalarni alohida istiqomat qilish uchun qayta qayta jihozlash talab etiladi, 250 mln m2 (()% turar-joy qayta qurilishi shart. SHahar turar-joy fondining 20% foizga yaqin qismi qulay liklarga ega emas, kichik shaharchalarda esa, har ikki uydan biri muxandichslik ta’minotiga ega emas. O‘zbekistonda 40 mln. ga yaqin kishi qulayliklarga ega bo‘lmagan xonadonlarda istiqomat qilmoqda.
Turar-joy sug‘urtasi ko‘pgina mamlakatlarda tarqqiy topgan. Masalan, AQSH da turar-joy sug‘urtasi mukofotlar yig‘imi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi va faqat bu borada avtotransport sug‘urtasidan ortda qoladi. Uy egalarini sug‘urtalash bo‘yicha 1997 yilda yig‘ilgan jami mukofot $29,1 mlrd.ni tashkil etdi. Bu holatning asosiy sababi – to‘fonlarning va yong‘inlarning tez-tez smodir bo‘lib turishi bilan izohlanadi. Ayniqsa 1992 yildagi Andrew to‘fonidan keyin eng ko‘p miqdordagi to‘lovlar ya’ni $2,9 mlrd. yig‘ilgan edi. YOng‘inlarning soniga ko‘ra AQSH jahonda birinchi o‘rinda turadi. 1999 yilda 1 mln 823 mingdan ortiq yong‘in fayd etilgan, shulardan 523 mingtasi binolarda sodir bo‘lgan.
AQSH da turar-joy sug‘urta polislari xatarlar bo‘yicha yuksak darajada unifikatsiyalangan va turar joy binosini hamda uy egasining shaxsiy mol-mulkini sug‘urtalashning bazaviy polisiga asoslangan bo‘lib, 11 xil turdagi xatarlardan: yong‘in, yashin urishi, to‘fon yoki do‘ldan shikakstlanish, isyonlar yoki xalq g‘alayonlari natijasidagi portlashdan, samolet qulashidan, transport vositasining urilishidan, tutundan, vandalizm, yoki g‘arazli xatti-hakatlardan, o‘g‘irlikdan, qurilishning tayanch materiallarining, shisha, oynalarning shikastlanish holatlaridan, vulqon otilib chiqishidan himoyalash ko‘zda tutiladi. Bazaviy prlisga yana bir necha turdagi polislar qo‘shimcha qilinadiki, ular xatarlarning ro‘yxatini izchillik bilan ko‘paytirib boradi. SHuningdek maxsus polislar ham mavjud bo‘lib, ular tarixiy yoki me’morchilik nuqtai nazardan qimmatli xonadanlarning yoki uylarning sohiblari uchun mo‘ljallangan.
AQSHda quriilmalarni sug‘urtalashda sug‘urta tariflari asosiga yong‘igna qarshi sharoitlari jihatidan namunali shahar va namunali qurilma darajasiga erishish g‘oyasi qo‘yilgan. Amaldagi qurilmalarga odatda namunadan chekinganlik uchun qo‘shimcha haq qo‘yiladi. YUqori summadagi sug‘urtalashlar uchun chegirmalar beriladi. Masalan, $2 mln. gacha miqdoridagi sug‘urtalar uchun tarif 0,4% bo‘lsa, $50 mln. miqdordagi sug‘urta uchun tarif 0,1% ga teng.
Kanadada turar-joy sug‘urtasining uchta: faqat o‘t xataridan, o‘t va boshqa turdagi xatarlardan, barcha turdagi xatarlardan turlari keng qo‘llaniladi.
SHveysariyada yong‘indan, buzib o‘g‘irlik qilishdan, talonchilikdan, suv bosishidan, oynalarning shikastlanishidan sug‘urtalash turlari tarqalgan.
So‘nggi vaqtda suv balosidan sug‘urtalash keng yoyilmoqda. Birinchi marta suvquvurlardan forydalanish chog‘ida etkazilgan zarar uchun sug‘urtalash Germaniyada 1886 yilda vujudga kelgan.
Ayrim evropa mamlakatlarida munitsipal (mahalliy) turar-joy uyini sug‘urtalash ishlari tegishli byudjet hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda hozirgi kunda turar-joy sug‘urtasining standart yig‘indisiga yong‘inni, suv bosishni, portlashni, tabiiy ofatlarni, uchinchi shaxslarning noqonuniy hatti-harakatlarini, uchuvchi apparatlarning qulashini, transport vositlarining kelib urlishini kirtilgan. Eskirgan va avariya holatidagi turar-joylar, ba’zi hollarda hatto 55-60 foizga eskirgan turar-joylar ham sug‘urtalash uchun qabul qilinmaydi.
Sug‘urta badallari bo‘yicha eng ko‘p, ya’ni sug‘urta summasidan 0,4% gacha tushum yong‘in xatariga qarshi sug‘urtalashdan keladi. O‘zbekistonda 2000 yilda 246 mingta yong‘in sodir bo‘lgan, shundan 68% dan ko‘prog‘i shaharlarda, shunisi ham borki, xususiy turar joy binolarida yong‘in sodir bo‘lishi son jihatdan tobora ko‘payib bormoqda. Har yili 0,5 qfoiz xnadonlarda yong‘in vujudga keladi.
Toshkentda turar-joyni imtyozli sug‘urtalash dasturi 1995 yilda joriy etilgan, hozirgi kunda etkazilgan zararning 50% sug‘urta kompaniyalari tomonidan, 50% - Toshkent shahar byudjeti tomonidan qoplanmoqda; kelgusida zararni qoplash bo‘yicha davlat ishtirokini seking‘asta kamaytirib borish kutilmoqda. Hozirgi kunda Toshkentda 1,5 mln. xonadon yoki umumy miqdorning 50% sug‘urtalangan.
YOng‘in, maishiy gaznitng portlashi, suvquvurlarning, isitish va oqavasuv tizimlarining talofati, bo‘ron, to‘fon va qasirg‘a xatarlari sug‘urtalanmoqda.
Toshkentda sug‘urta hodisalarning asosiy sabablari suv ta’minoti tizimidagi talofatlar (38%), oqavasuv tizimidagi talofatlar (10%), isitish tizimidagi talofatlar (13%), ichki suv tarnovlari talofatlari (16%), yong‘in (17%), yong‘in oqibatlarini bartaraf etish (6%) kabilardan tashkil topadi. Zarar etkazish hajmiga ko‘ra yong‘inlar birinchi o‘rinda turadi.
Turar-joyni Toshkent shahridagi kabi mahalliy hukumat idoralarining qo‘llab-quvvatlashi asosida sug‘urtalash tizimi ayrim mintaqalarda va alohida shahardarda ham qo‘llanilmoqda, faqat bu holda zararni qoplashda byudjet mablag‘lari ishtirok etmaydi.
Munitsipal dasturlarga qo‘shimcha ravishda Toshkentda va boshqa shaharlarda xonadonlarning pardozlash ta’mir ishlarini haqiqiy narxlar bo‘yicha 0,5% dan 1% gacha tariflar asosida sug‘urtalash keng qo‘llanilmovda. SHartnomalar sug‘urta agentlari yoki TJFB (JEU), pochta va boshqa xizmat xodimlari tomonidan tuziladi.
Sug‘urtalovchilar tomonidan o‘tkaziladigan so‘rov natijalariga ko‘ra, yirik shaharlarda istiqomat qilayotgan uy-joy egalari hammadan ko‘proq o‘g‘irlikdan (36%) va yong‘indan (34%) cho‘chishar ekan.
O‘zbekistonda turar-joy sug‘urtasi hajmi uni kreditga olish imkonyati sababli ortib boradi. Turar-joy mulkdorlarining va ijaraga oluvchilarning fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urasi joriy etilishi ehtimoldan yiroq emas.
|
| |