|
Majburiy tibbiy sug‘urta badallarini taqsimlanishi
|
bet | 41/136 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 25,02 Mb. | | #272174 |
Bog'liq Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasiMajburiy tibbiy sug‘urta badallarini taqsimlanishi
(ish haqidan %da)31
Mamlakat
|
Ishchilar
|
Ish beruvchilar
|
Mustakil ravishda qoplanadigan xarajatlar
|
Xizmat ko‘rsatish asosida amalga oshiriladigan majburiy tibbiy sug‘urta
|
Germaniya
|
6,70
|
6,70
|
Kasalxonada davolanish va dorilar
|
Niderlandiya
|
9,95
|
10,20
|
Ko‘zda tutilmagan
|
Xarajatlarni qoplash asosida amalga oshiriladigan majburiy tibbiy sug‘urta
|
Belgiya
|
4,70
|
6,20
|
Kasalxonada davolanish va dorilar
|
Fransiya
|
6,80
|
12,80
|
Lyuksemburg
|
4,50
|
4,50
|
8-mavzu: Javobgarlikni sug’urta qilish
REJA:
1.Transport vositalari egalarining fuqorolik javobgarligini majburiy sug‘urtasini amalga oshirishning nazariy va huquqiy asoslari
2. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishning zarurligi, ahamiyati va amalga oshirilishi tartibi
Tashuvchilarning javobgarligini majburiy sug‘urtalash turining amalga oshirilishi tartibi
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. So‘nggi yillarda mazkur sohaning barqaror taraqqiy etishini ta’minlash bo‘yicha qator qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. Natijada xizmat ko‘rsatish va servis sohasida ko‘rsatildayotgan xizmatlarning yalpi ichki maxsulotdagi salmog‘ining yildan-yilga o‘sishi kuzatilmoqda. Bu haqda Prezidentimiz I.Karimov Vazirlar Mahkamasining 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasida quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi: “Mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish va servis sohasi 2011 yilda jadal sur’atlar bilan rivojlanib, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000 yildagi 37 foiz o‘rniga 50,5 foizni tashkil etdi”32. Bunday o‘sishni ta’minlashda milliy sug‘urta bozorimizning o‘rni katta.
SHuningdek mamlakatimizda qulay makroiqtisodiy muhitning mavjudligi sug‘urta bozorining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi hamda bir qator ijobiy natijalarga erishish uchun keng imkoniyatlar yaratib berdi. Jumladan, 2008 yilning 22 oktyabridan kuchga kirgan “Transport vositalari egalarining fuqorolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi hamda 2009 yilning 17 oktyabridan kuchga kirgan “Ish beruvchining fuqorolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari sug‘urta bozorining rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bir so‘z bilan aytgan sug‘urta bozorining rivojlanishida majburiy sug‘urtaning o‘rni beqiyosdir.
Majburiy sug‘urta deganda - sug‘urta munosabatlarini davlat qonunchilik shakli asosida amalga oshirilishiga aytiladi. Majburiy sug‘urtaning o‘ziga xos turlariga ega bo‘lib, bular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Davlat majburiy sug‘urta bu – davlat idorasida ishlaydigan xodimlar sug‘urtasi hisoblanib, ushbu sug‘urta turi bilan faqat davlat sug‘urta kompaniyalari shug‘ullanishga haqli. Majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta xizmat haqlari - sug‘urta mukofotlari Davlat byudjeti mablaglari hisobidai amalga oshiriladi. Hozirda ushbu sug‘urta turi bilan 2003 yildan 1 yanvardan boshlab “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi shug‘ullanib kelmoqmoqda.
Transport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligi majburiy sug‘urta qilish bu sug‘urta turi bilan o‘ndan ortiq sug‘urtalovchi kompaniyalari tegishli litsenziya olgan.
Ish beruvchilarning kasbiy javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ushbu sug‘urta turi bilan ham o‘nga yaqin sug‘urtalovchi kompaniyalar tegishli litsenziyaga ega.
kurilish risklarini majburiy sug‘urta qilish;
xorijiy transport vositalari xaydovchilarining fukarolik javobgarligini majburiy sugurta qilish;
yo‘lovchilarni majburiy sug‘urta qilish;
davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish.
Transport vositalari egalarini majburiy sug‘urta qilishning asosiy prinsiplari kuyidagilardan iborat:
umumiylik;
majburiylik;
jabrlanuvchilarning xayoti, sogligi yoki mol-mulkiga etkazilgan zararning o‘rni ushbu Qonunda belgilangan doirada koplanishi kafolatlanishi.
Hozirda respublikamizda 34 ta sug‘urta kompaniyasi sug‘urta faoliyatini amalga oshirib kelayotgan bo‘lsa, ulardan 9 nafar transport vositalari egalarining fuqorolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta xizmatini amalga oshirib kelmoqda. Qolgan 25 nafar sug‘urta kompaniya ushbu majburiy sug‘urta turi bo‘yicha tegishli litsenziyaga ega emaslar. Transport vositalari egalarining fuqorolik javobgarligini majburiy sug‘urtasini amalga oshirish uchun sug‘urta kompaniyalariga talab o‘rnatilgan. Ushbu talablar quyidagicha:
- ustav kapitaliga bo‘lgan;
- sug‘urta kompaniyalarining joylarda filiallariga ega bo‘lishi.
Demak yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, shunday xulosa chiqarish mumkinki, 9 nafar sug‘urta kompaniyasini joylarda xususan viloyatlarda o‘zining filiallariga ega ammo qolgan 25 nafar sug‘urta kompaniyasi joylarda xususan viloyatlarda o‘zining filiallariga ega emasligidan dalolat beradi. SHuning uchun qolgan sug‘urta kompaniyalar ham yuqorida o‘rnatilgan talablarga javob bersa ular ham transport vositalari egalarining fuqorolik javobgarligini majburiy sug‘urtasini amalga oshirish huquqiga ega hisoblanadilar.
SHuningdek majburiy sug‘urta sug‘urtaning qonunchilik asosida majburiy shakli bo‘lib hisoblanadi. SHu bois majburiy sug‘urta ixtiyoriy sug‘urtadan quyidagi xususiyatlari bilan tubdan farq qiladi:
sug‘urta mukofotlarini ya’ni sug‘urta tariflarini oldindan belgilanishi bilan;
sug‘urta qoplamalari oldindan tayinlanishi bilan;
sug‘urtalash prinsipi bilan.
Majburiy sug‘urtada sug‘urta qoplamasi ya’ni sug‘urta puli 3000 AQSH dollori ekvivalent summada qilib belgilangan bo‘lib, ushbu sug‘urta qoplamasini 35 foizi mol-mulk zararlanganligi uchun qoplansa qolgan 65 foizi esa fuqoroning o‘limi uchun qoplanishi belgilab qo‘yilgan.
SHu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 maydagi “Umumiy foydalanishdagi havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilarining majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi 866-XII-sonli Qonuni asosida majburiy shaxsiy sug‘urta amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, mazkur qonunga asosan sug‘urta muddati davomida ro‘y bergan hamda baxtsiz hodisa to‘g‘risidagi hujjat, davolash-oldini olish muassasasining dalolatnomasi bilan tasdiqlangan shikastlanish, zaharlanish yoki halok bo‘lish hollari sug‘urta hodisasi hisoblanadi.
Mamlakatimizda ushbu majburiy sug‘urta turlari mazkur qonunlar qabul qilinishidan oldin ham mavjud edi. Biroq, respublikada yig‘ilayotgan sug‘urta mukofotlarida majburiy sug‘urtaning ulushi juda past darajasini tashkil etgan. 2008-2009 yillarda alohida qonunlar bilan amalga kiritilgan ikki majburiy sug‘urta turi respublikada yig‘iladigan sug‘urta mukofotlarida majburiy sug‘urta ulushining sezilarli oshishiga olib keldi. 2008 yilgacha respublika sug‘urta bozorida yig‘iladigan sug‘urta mukofotlarida majburiy sug‘urtaning ulushi 5-6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2010 yil yakunlari bo‘yicha 26,7 foizni, 2011 yil yakunlari bo‘yicha 27,1 foizni, 2012 yil yakunlarida 40,1 foizni tashkil etdi.
YUqorida bildirilgan mulohazali fikrlardan kelib chiqib shunday xulosaga kelish mumkinki, O‘zbekiston sug‘urta bozorida majburiy sug‘urtaning davlat qonunchilik shakliga ko‘ra majburiy ravishda ijrosini ta’minlashdan asosiy maqsad shundaki, sug‘urta bozorida yanada sug‘urta madaniyatini oshirish va ixtiyoriy sug‘urta turlarini rivojlantirish hamda aholini ijtimoiy muhofazani ta’minlash bilan bog‘liq chora-tadbirlar hisoblanadi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan so‘ng sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga oid tegishli huquqiy asoslar yaratildi. Xususan, 2002 yil 5 aprelida, “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi buning yaqqol misolidir. SHu bilan bir qatorda sug‘urtaning majburiy shaklini amalga oshirish bo‘yicha huquqiy asoslari ham yillar mobaynida takomillasha boshladi. Masalan, 2008 yilning 21 aprelida “Transport vositalari egalarining fuqorolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi hamda 2009 yilning 16 aperlida “Ish beruvchining fuqorolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishidir. SHu bilan bir qatorda majburiy sug‘urtani amalga oshirishda fuqorolik munosabatlarni tartibga solishda qo‘l keladigan O‘zbekiston Respublikasi Fuqorolik Kodeksining 52-bobni 922, 923, 924 moddalari ham o‘z o‘rniga ega. Mazkur fuqorolik kodeksining 52-bobida keltirilgan 922 – moddasida sug‘urta qilish majburiyati belgilab qo‘yilganligi, 923-moddasida majburiy sug‘urtalash kimlar tomonidan amalga oshirilishi va majburiy sug‘urtalanishi lozim bo‘lgan ob’ektlarga oid fikrlar o‘z tasdig‘ini topgan bo‘lsa, 924-moddasida esa majburiy sug‘urta bo‘yicha qoidalarni buzish oqibatida sug‘urta tavoni to‘lashga asos bo‘lishi kerak bo‘lgan shartlarda javobgar shaxslar to‘g‘risidagi fikrlar bayon etilgan. Odatda majburiy sug‘urta shartnomasi ommaviy hisoblanadi va 1 yil muddatga tuziladi.
Transport vositalari egalarining fuqorolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash asosan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Ushbu qonun 6 ta bobdan iborat bo‘lib, o‘z ichiga 41 moddani qamrab olgan. Mazkur qonunning 2-bobi majburiy sug‘urtani amalga oshirish shartlari va tartibi deb nomlanib, 18 ta bobni o‘zida qamarab olgan. 1-bobida esa majburiy sug‘urtaning ob’ekti transport vositasidan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari deb ta’kidlab o‘tilgan. Haqiqatdan ham sug‘urtada ob’ekt bo‘lib, sug‘urtalanayotgan narsa yoki sug‘urta shartnomasida o‘zini ifodalovchi ob’ektlar hisoblanadi. Ushbu qonunning 6-moddasida transport vositalari egalari transport vositalaridan foydalanishda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga zarar etkazganlik uchun o‘z fuqarolik javobgarligini ushbu qonunda belgilangan tartibda va shartlarda sug‘urtalashlari shart. Lekin fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish majburiyati quyidagi transport vositalarining egalariga tadbiq etilmasligi kam keltirib o‘tilgan. Bunday jarayonlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
eng katta konstruktiv tezligi soatiga yigirma kilometrdan oshmaydigan transport vositalari;
tirkamalar va ikki, uch g‘ildirakli yoki ish hajmi ellik kub santimetrgacha bo‘lgan dvigatel yoki inson yoxud hayvon kuchi bilan harakatga keltiriladigan boshqa transport vositalari;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining transport vositalari, bundan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining xo‘jalik faoliyatini ta’minlash uchun foydalaniladigan avtobuslar, engil avtomobilllar, boshqa transport vositalari mustasno;
chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositalari, agar ular egalarining fuqarolik javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sug‘urta tizimlari doirasida sug‘urtalangan bo‘lsa. Agarda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelganda va O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sug‘urta tizimlarining sug‘urta polislari mavjud bo‘lmagan taqdirda, chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalari egalari o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashi shart.
Majburiy sug‘urta munosabatlarini amalga oshirishda majburiy sug‘urta shartnomasida juda muhim ahamiyatga ega. Majburiy sug‘urta shartnomasi bu ommaviy shartnoma bo‘lib, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda tuziladi. Ushbu majburiy sug‘urta shartnomasi boshqa sug‘urta shartnomalaridan shu jihatlari bilan farq qiladi. SHuningdek majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarida ko‘rsatilgan majburiy sug‘urta shartnomasining namunaviy shartlariga mos bo‘lishi kerak.
Majburiy sug‘urtada quyidagilar oqibatida fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi sug‘urta hodisasi deb tan olinmaydi. Bunday sug‘urta hodisalariga quyidagilar kiritish mumkin:
Sug‘urta polisida ko‘rsatilmagan transport vositasidan foydalanilgan paytda sug‘urta hodisasi tufayli zarar etkazilganda;
ma’naviy zarar etkazilganligi va boy berilgan foydaning o‘rnini qoplash majburiyatining yuzaga kelganda;
transport vositasidan maxsus ajratilgan joylarda musobaqalar, sinovlar yoki o‘quv mashqlari mobaynida foydalanilganda zarar etkazilganda;
atrof muhitning ifloslanganligi oqibatida sug‘urta hodisasi yuz berganda;
tashilayotgan yuk ta’sirida zarar etkazilganda;
xodimlar xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarayotganida ularning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar etkazilganda;
xodimga zarar etkazilganligi tufayli kelib chiqqan zararning o‘rnini ish beruvchi tomonidan qoplash majburiyatini olgandi;
haydovchining o‘zi boshqarayotgan transport vositasiga va uning tirkamasiga, ularda tashilayotgan yukka va ularga o‘rnatilgan uskunalarga zarar etkazganda;
yukni ortish yoki tushirishda, shuningdek transport vositasi mazkur transport vositasining egasi bo‘lgan korxona, muassasa yoki tashkilot hududida harakatlanayotganida zarar etkazilganda;
nodir va boshqa noyob buyumlarga, me’moriy yodgorliklar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlardan va metallardan ishlangan buyumlarga, diniy qadriyatga ega buyumlarga, san’at asarlari, qo‘lyozmalar, noyob audiovizual asarlarga hamda intellektual faoliyatning boshqa mahsullariga, qimmatli qog‘ozlarga, naqd pullarga, shu jumladan chet el valyutasiga shikast etkazilganda yoki ular yo‘q bo‘lgandi;
jabrlanuvchilarning sug‘urta hodisasi yuzaga kelishiga qaratilgan qasddan qilingan harakatlari natijasida zarar etkazilganda.
YUqorida keltirib o‘tilgan sug‘urta hodisalari bo‘yicha majburiy sug‘urtada sug‘urta javobgarligi olinmaydi. CHunki sug‘urtada firibgarlik holatlari ham yuzaga kelishi mumkin. Sug‘urtalanadigan risklar sug‘urta hodisasi yuz berish e’timoli va makoni noma’lum bo‘lgan holatlarni o‘z ichiga oladi. SHu bois ularga sug‘urta shartnomalari tuziladi va amalga oshiriladi.
Majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta tariflari davlat tomonidan tegishli Qonunga muvofiq ravishda tartibga solib boriladi va sug‘urta tariflarini yoki ularning eng yuqori darajalarini belgilash, shuningdek sug‘urta tariflarining tuzilishini va sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta mukofoti miqdorini aniqlashda ularning qo‘llanilish tartibini belgilash orqali amalga oshiriladi.
Majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta tariflari, ularning eng yuqori darajalari, sug‘urta tariflarining tuzilishi va sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta mukofoti summasini aniqlashda ularning qo‘llanilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan sug‘urta tariflarining amal qilish muddati bir yildan kam bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta tariflarining bazaviy stavkalari transport vositalaridan foydalanishda zarar etkazilishi ehtimoliga va etkazilgan zararning potensial miqdoriga jiddiy ta’sir etadigan texnik tavsiflari, konstruktiv xususiyatlari hamda belgilangan maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Sug‘urta tariflarining koeffitsientlari quyidagilarni inobatga olgan holda belgilanadi: Bular;
transport vositasidan eng ko‘p foydalaniladigan hududdan kelib chiqib;
o‘tgan davrlarda majburiy sug‘urtani amalga oshirishda sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta to‘lovlari to‘langanligi yoki to‘lanmaganligidan kelib chiqib;
haydovchining haydovchilik stajidan kelib chiqib;
transport vositasidan foydalanishning mavsumiyligidan kelib chiqib;
o‘tgan davrlarda sug‘urtalovchi so‘ragan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar sug‘urta qildiruvchi tomonidan bila turib buzib ko‘rsatilganligi, to‘g‘ri ma’lumotlar xabar qilingan taqdirda to‘lanishi lozim bo‘lgan summaga nisbatan kamroq summada sug‘urta mukofoti to‘lanishiga olib kelganligi faktlarining mavjudligiga asoslanib;
o‘tgan davrlarda sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishiga, shuningdek etkazilgan zararning miqdori oshishiga qasddan ko‘maklashish yoki sug‘urta hodisasining sodir bo‘lishi holatlarini sug‘urta to‘lovini oshirish maqsadida bila turib buzib ko‘rsatish faktlariga yo‘l qo‘yilganligidan kelib chiqib;
o‘tgan davrlarda regress talab qo‘yilishiga asos bo‘lgan holatlarda sug‘urta qildiruvchi tomonidan zarar etkazilishi faktlari mavjudligiga qarab belgilanadi.
Agarda sug‘urta tariflarida chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishda sug‘urtalovchi tomonidan qo‘llaniladigan bazaviy stavkalar va koeffitsientlar qo‘shimcha ravishda nazarda tutilishi inobatgan olinadi. CHunki chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishda sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalanuvchiga kunlik (eng kami 15 kungacha 0,2 foiz koeffitsientgacha) va oylik (eng ko‘pi 11 oygacha 0,9 foiz koeffitsientgacha) qo‘llaniladigan bazaviy stavkalar va koeffitsientlar asosida amalga oshiriladi.
Majburiy sug‘urtada quyidagi sug‘urtalanuvchi shaxslarga sug‘urta mukofotlarini to‘lash bo‘yicha siylovlar berilgan:
1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari yoxud ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
1941-1945 yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylariga;
konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari;
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush qurmagan bevasi;
xizmatni Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o‘tagan harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar;
CHernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar;
pensionerlar;
nogironlar.
Ushbu siylovlar faqat sug‘urtalanuvchining to‘laydigan sug‘urta mukofotini 50 foizi miqdorida beriladi.
Masalan birgina 2011 yilni o‘zida majburiy sug‘urta xizmati bo‘yicha sug‘urta siylovlari jami 81 518 tani tashkil etib, ular sug‘urtalanuvchi jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keladi. Ushbu siylovlar 963,3 mln.so‘mlik sug‘urta mukofotin tashkil etadi.
2. 2009 yilning 17 aprelida O‘zbekiston Respublikasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun sug‘urta bozorini isloh qilish va rivojlantirishning 2007-2010 yillarga mo‘ljallangan Dasturida ko‘zda tutilgan majburiy sug‘urtaning ikkinchi turini tadbiq etishni nazarda tutadi. Ushbu Qonunni qabul qilishdan ko‘zda tutilgan maqsad mehnat jarayonida jarohat olgan, kasb kasalligi yoki xizmat burchini bajarayotgan vaqtda salomatligiga ziyon etkazgan kishilarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashdan iborat.
Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi bugungi kunda xizmat burchini bajarayotgan paytida jarohat olgan xodimlarning ijtimoiy muhofazasini ko‘zda tutadi. Mehnat Kodeksi ish beruvchining xodimiga etgan ziyon uchun javobgar ekanini belgilagan. Ma’lumki, Mehnat Kodeksining 189- va 192-moddalariga binoan, ish beruvchi olgan jarohati, kasb kasalligi yoki mehnat jarayoni bilan bog‘liq ravishda sog‘lig‘iga etgan zararni, shuningdek boquvchisini yo‘qotganlik uchun etgan zararni belgilangan tartibda to‘liq qoplashi shart.
Ko‘rinib turibdiki, xizmat burchini o‘tayotgan paytda jarohat olgan xodimlarni moddiy jihatdan himoyalash ish beruvchi hisobidan amalga oshiriladi. Xodimning xizmat burchini o‘tayotgan paytda olgan jarohati uchun ish beruvchi javobgar hisoblanadi.
Shu bilan birga, ish beruvchi qoplashi kerak bo‘lgan zarar hajmi doim ham ish beruvchining moliyaviy imkoniyatlariga mos kelavermaydi yoki ish beruvchining faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki ish beruvchi qoplashi kerak bo‘lgan ziarar hajmiga bir vaqtda va har oyda to‘lanishi kerak bo‘lgan konpensatsiya to‘lovlari kirishi mumkin. Masalan, Mehnat Kodeksining 190-moddasiga binoan, xodimning sog‘lig‘iga etgan zarar uchun qoplanishi kerak bo‘lgan mablag‘ xodim jarohat olgan vaqtga qadar olgan oylik o‘rtacha ish haqiga qo‘shimcha ravishda, xodim olgan jarohat darajasiga qarab belgilangan oylik foiz, jarohat olishi bilan bog‘liq harajatlarni qoplash, shuningdek, bir martalik nafaqa ko‘rinishidagi to‘lovdan iborat.
Bir martalik nafaqa hajmi jamoa shartnomasida, agar shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakolatli organi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunda jarohat olgan xodimga to‘lanadigan bir martalik nafaqa hajmi jaroxatlangan xodimning bir yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmasligi, halok bo‘lgan xodimning oila a’zolariga beriladigan bir martalik nafaqa hajmi esa xalok bo‘lgan xodimning oltita o‘rtacha yillik ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak.
Shu munosabat bilan, “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi Qonun barcha ish beruvchilarga ularning xodimlari xizmat burchini o‘tayotgan paytda hayoti yoki salomatligiga ziyon etgan taqdirda majburiy tarzda sug‘urta himoyasini taqdim etishni ko‘zda tutadi.
Qonun xodimlarning xizmat burchini o‘tayotgan paytda hayoti yoki salomatligiga ziyon etishi yoki kasb kasalligiga uchrashi, halok bo‘lishi yohud kasb kasalligi oqibatida vafot etishi bois ish beruvchining javobgarligi yuzaga kelgan hollarda sug‘urta kompaniyalari tomonidan davriy va bir martalik to‘lovlarni to‘lash uchun zarur mablag‘larni to‘lashlarini ta’minlovchi murakkab tizim uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Sug‘urtaning ushbu turining majburiyligi birinchi navbatda mamlakatning barcha ish beruvchilarini qamrab olish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida sug‘urtaning ushbu turi bo‘yicha minimal sug‘urta tariflarini qo‘llash imkonini yaratadi. Mohiyatan, majburiy sug‘urtaning bu turi mamlakat ish beruvchilari o‘rtasidagi jabr ko‘rgan ish beruvchilar ko‘rgan zararlarni qoplash uchun mo‘ljallangan mablag‘larni qayta taqsimlash mexanizmi sifatida ish ko‘radi.
Bu mexanizm birinchi navbatda jabr ko‘rgan xodimlar ko‘rgan zararni qonunda belgilangan sug‘urta summasi doirasida qoplash kafolatini ta’minlaydi. Ikkinchidan, majburiy sug‘urta ish beruvchi o‘zining jabr ko‘rgan xodmiga zararni qoplab berganda ham moliyaviy barqarorligi saqlanib qolishi va ish beruvchining faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi real usul bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur sug‘urta turiga asosan ish beruvchi, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi, annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchi ushbu majburiy sug‘urta turining sub’ektlari sanaladi. Jismoniy shaxs bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs ish beruvchi deb tan olinadi.
Mehnat jarohati, kasb kasalligi yoki xizmat burchini bajarayotgan vaqtda salomatligiga ziyon ktib, sug‘urta qoplamasini olish huquqiga ega bo‘lgan xodim jabrlanuvchi hisoblanadi.
Naf oluvchi – xodim o‘z xizmat burchini o‘tayotgan vaqtda halok bo‘lgan hollarda sug‘urta qoplamasini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslardir. Masalan, halok bo‘lgannning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar, shuningdek, o‘n olti yoshga etmagan farzandlari, otasining o‘limidan keyin tug‘ilgan bolasi, halok bo‘lgan kishining ishlamaydigan yo bo‘lmasa, bolalar tarbiyasi bilan band bo‘lgan xotini (yoki eri), yoki halok bo‘lgan kishining farzandlari, uch yoshga etmagan uka va singillari, nabiralarini tarbiyalayotgan oilaning boshqa a’zosi yoki halok bo‘lganning o‘limi kunida uning qaramog‘ida bo‘lish huquqiga ega bo‘lganlar.
Mehnat jarohati, kasb kasalligi yoki xizmat burchini bajarayotgan vaqtda salomatligiga ziyon ktib, sug‘urta qoplamasini olish huquqiga ega bo‘lgan xodim jabrlanuvchi hisoblanadi.
Naf oluvchi – xodim o‘z xizmat burchini o‘tayotgan vaqtda halok bo‘lgan hollarda sug‘urta qoplamasini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslardir. Masalan, halok bo‘lgannning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar, shuningdek, o‘n olti yoshga etmagan farzandlari, otasining o‘limidan keyin tug‘ilgan bolasi, halok bo‘lgan kishining ishlamaydigan yo bo‘lmasa, bolalar tarbiyasi bilan band bo‘lgan xotini (yoki eri), yoki halok bo‘lgan kishining farzandlari, uch yoshga etmagan uka va singillari, nabiralarini tarbiyalayotgan oilaning boshqa a’zosi yoki halok bo‘lganning o‘limi kunida uning qaramog‘ida bo‘lish huquqiga ega bo‘lganlar.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi umumiy sug‘urta sohasida faoliyat olib borish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash shartnomalari yoki annuitet shartnomalarini tuzish, ish beruvchi yoki jabrlanuvchi (naf oluvchi)larning sug‘urta qoplamasini to‘lash haqidagi talablarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqishga vakolatlangan alohida bo‘linmalarga ega bo‘lishi kerak. Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchilarga ham shunga o‘xshash talablar qo‘yilgan. Hayot sug‘urtasi sohasida faoliyat yuritiyotgan sug‘urtalovchilar annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchilar sifatida ish ko‘rishlari mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan sug‘urta sub’ektlarining majburiy sug‘urtaning ushbu turini amalga oshirish chog‘ida o‘zaro munosabatda bo‘lish tartiblari va shartlari Qonunda belgilab qo‘yilgan. Sug‘urta sub’ektlari o‘zaro munosabatlari tartibi va shartlari majburiy sug‘urtalashning ish mexanizmini tashkil etadi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash jarayonini shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi bosqich majburiy sug‘urta shartnomasi imzolangan paytdan sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan kun yoki majburiy sug‘urta shartnomasi tugagan sanagacha davom etadi. Ikkinchi bosqich majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasi yuzaga kelgan paytdan boshlanadi.
Birichi bosqich sug‘urta munosabatlarida faqat sug‘urtaning ushbu turini amalga oshirgan sug‘urtalovchi va ish beruvchi kabi sub’ektlar qatnashadi. Mazkur bosqichda majburiy sug‘urta shartnomasi tuziladi va sug‘urtaning ushbu turi bo‘yicha sug‘urta mukofoti to‘lanadi. Sug‘urta shartnomasiga binoan, sug‘urtalovchi kelishilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda ish beruvchi va jabrlanuvchi, yoki naf oluvchiga sug‘urta shartnomasida kelishilgan sug‘urta summasi doirasida sug‘urta to‘lovlarini to‘lash majburiyatini zimmasiga oladi.
Ta’kidlash kerakki, majburiy sug‘urta shartnomasining asosiy shartlari Qonunning o‘zi bilan muvofiqlashtiriladi. Mazkur shartlar asosida Vazirlar Mahkamasining 177-sonli Qarori bilan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash Qoidalari tasdiqlangan.
Ushbu Qoidalar majburiy sug‘urtalashning mazkur turini amalga oshirishning umumiy qoidalari, subrogatsiya, sug‘urtalovchini almashtirish yoki annuitetlar shartnomasiga ko‘ra sug‘urtalovchini o‘zgartirish, yakuni qoidalar kabi umumiy shartlarni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, Qoidalar fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash shartnomasiga tegishli shartlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu shartlar majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va muddatidan avval bekor qilish, sug‘urta summasi, sug‘urta mukofoti va uni to‘lash qoidalari, majburiy sug‘urta shartnomasida tomonlarning huquq va majburiyatlari, sug‘urta hodisalarini ko‘rib chiqish tartibi, ko‘rilgan zarar hajmini aniqlash va majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qoplamasini to‘lash, shuningdek, annuitetlar shartnomasiga tegishli, annuitetlar shartnomasini tuzish tartibini belgilovchi shartlar, sug‘urta summasi, sug‘urta mukofoti va annuitetlar shartnomasi bo‘yicha qaytarib sotib olish summasi, annuitetlar shartnomasida tomonlarning huquq va majzburiyatlari, annuitetlar shartnomasi bo‘yicha joriy to‘lovlar shaklida sug‘urta qoplamalarini to‘lash tartibi, annuitetlar shartnomasini o‘zgartirish va muddatidan avval bekor qilish tartibidan iborat.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash shartnomasi oshkora shartnoma hisoblanadi va bir yil muddatga tuziladi. Lekin agar ish beruvchining faoliyati bir yildan kam muddat davom etishi mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda shartnoma ish beruvchi tomsonidan ushbu faoliyatni olib borish muddatiga tuziladi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalashda sug‘urta mukofoti quyida keltirilgan formulalar orqali aniqlanadi:
Shartnoma 1 yil muddatga tuzilganda:
|
| |