|
- sug‘urta xodisasi yuz berganda sug‘urtalovchidan sug‘urta qoplamasini olishga
|
bet | 49/136 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 25,02 Mb. | | #272174 |
Bog'liq Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasi - sug‘urta xodisasi yuz berganda sug‘urtalovchidan sug‘urta qoplamasini olishga. - sug‘urta xodisasi yuz berganda mustaqil ekspertiza o‘tkazilishini talab qilishi mumkin. - barcha mulkini va alohida ob’ektlarni qo‘shimcha sug‘urtasi qilishga.
- sug‘urtalovchi bilan kelishgan holda sug‘urta shartnomasiga qo‘shimcha yoki o‘zgartirishlar kiritishga.
- sug‘urtalovchini ogohlantirgan (majburiy) holda muddatdan avval bekor qilishga.
Ushbu sug‘urta shartnomasida sug‘urtalanuvchining quyidagilarga majbur:
sug‘urta shartnomasida belgilangan muddatda sug‘urta mukofotini to‘lashga.
sug‘urta ob’ekti haqida sug‘urtalovchiga to‘liq va aniq ma’lumotlar berishga.
sug‘urta ob’ektini ko‘rib chiqishga imkoniyat yaratishga.
sug‘urtalovchiga barcha ahamiyatga ega bo‘lgan tavakkalchilikdagi o‘zgarishlar haqida xabar berishga. Bu o‘zgarishlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
sug‘urtalangan mulkni boshqa shaxsga o‘tishi yoki mulkni garovga, ijaraga berish (xaridorning, garovni qabul qiluvchi, ijarachining nomlanishi va manzilgohini ko‘rsatgan holda);
mulkni boshqa joyga olib o‘tish, qurilma va inshoatlarni qayta qurish, qayta jihozlash yoki ularni boshqa maqsadlarda ishlatish;
ishlab chiqarishni to‘xtatish yoki uni o‘zgartirish;
zarar qoplanishi yoki qoplanmasligidan qat’iy nazar mulkni zararlanishi yoki yo‘q bo‘lishi;
sug‘urtalangan inshoatda yoki uning yonida yong‘indan havfli yoki portlovchi moddalarni saqlash va hokazo;
- bo‘lib o‘tgan voqea haqida zudlik bilan mas’ul tashkilotlarga xabar berishi;
- sodir bo‘lgan voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilganligi, to‘xtatilganligi yoki ishni sudga oshirilganligi haqida tergov organlari tomonidan tasdiqlangan qarorlarning nusxasini taqdim qilishga;
- shikastlangan mulkni ko‘rib chiqishga imkoniyat yaratib berishi yoki shikastlangan qismlarni suratga yoki video tasvirga olib berishi kerak;
- sug‘urtalangan mulkning holatini hamda sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urtalangan mulk haqida taqdim etilgan ma’lumotlarni to‘g‘riligini shartnomaning butun amal qilish muddati davomida tekshirishga sug‘urtalovchiga imkoniyat yaratish.
Sug‘urtalovchi quyidagilarga haqli:
- shartnomaning butun amal qilish muddati davomida sug‘urtalangan ob’ektning ahvoli va qiymatini hamda sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urtalangan mulk haqida taqdim etilgan ma’lumotlarni to‘g‘riligini tekshirishga.
- Sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urtalanuvchining xabar berishini kutmasdan sug‘urta hodisasi oqibatida ko‘rilgan zararlarni baholash va ko‘rib chiqishga kirishish.
- Sug‘urta hodisasi yuz berganda tavakkalchilik darajasini ifodalovchi qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishga.
- Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgani va sabablarni tasdiqlovchi kerakli hujjatlar va to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmaguncha, hamda voqea sodir bo‘lgani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilganida tegishli organlar tomonidan shu ishga aloqador qarorlar qabul qilishgunga qadar sug‘urta qoplamasini to‘lash muddatini uzaytirishiga.
- Agar sug‘urta tavakkalchiligi darajasini oshishiga olib keladigan sabablar haqida ogohlantirilgan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urta shartlarini o‘zgartirishi mumkin.
- Sug‘urta hodisasini yuz berish ehtimolini kamaytirishga qaratilgan ogohlantiruv tadbirlarini o‘tkazishga va tegishli mablag‘lar bilan ta’minlashga.
Ushbu sug‘urta turida sug‘urtalovchi quyidagilarga majbur:
- Sug‘urta shartnomasi tuzilgan sug‘urta qoidalari asosida, sug‘urta qoidalari bilan tanishtirib chiqqan holda sug‘urta shartnomasida belgilangan muddatda sug‘urta polisini berishga.
- Sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urta hodisasi yuz bergani tasdiqlanganda va kerakli barcha ma’lumotlarga ega bo‘lganidan so‘ng sug‘urta qoplamasini to‘lashga. Sug‘urta qoplamasini to‘lash muddatlari har bir alohida hodisada sug‘urta shartnomasidagi shartlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
- Sug‘urta qoplamasi to‘lanmaydigan bo‘lsa, to‘lamaslik haqida qaror qabul qilinganidan boshlab 15 kun ichida sug‘urtalanuvchini xabardor qilishga.
- Sug‘urtalanuvchi va manfaatdor shaxslar bilan bo‘lgan munosabatlarda sirlilikni ta’minlashga.
Jismoniy shaxslar mulkini sug‘urtasida sug‘urta qoplamasini to‘lash tartibi va shartlari:
- Sug‘urta shartnomasiga asosan, sug‘urtalanuvchi sug‘urta hodisasi yuz bergani haqida bilganidan so‘ng, darhol sug‘urtalovchini yoki uning vakilini xabardor qilishi kerak. Agar shartnomada sug‘urta hodisasi yuz berganini haqida xabar qilishning muddati va usullari ko‘rsatilgan bœlsa, u holda sug‘urtalanuvchi xabar qilishni shartnomada belgilangan muddat va usulda amalga oshirishi kerak. Xuddi shunday majburiyat manfaatdor shaxsga ham yuklatiladi, agar u uning foydasiga tuzilgan shartnoma yuzasidan sug‘urta qoplamasiga da’vo qilish huquqidan foydalansa. Ushbu majburiyat bajarilmasa sug‘urtalovchi sug‘urta qoplamasini to‘lamaslikka haqlidir, agar sug‘urtalovchini sug‘urta hodisasi haqida o‘z vaqtida xabardor qilingani yoki sug‘urtalovchida bunday ma’lumotlarni yo‘qligi uni sug‘urta qoplamasini to‘lash majburiyatidan ozod qilinmasligi holatlari isbotlansa.
Sug‘urtalanuvchi sug‘urta qoplamasini to‘lash haqidagi arizasida quyidagilarni ko‘rsatilishi lozim:
sug‘urta hodisasining bayoni va sanasini;
Sug‘urtalanuvchining sug‘urta hodisasi yuz bergandagi harakatlari;
Sug‘urtalanuvchining sug‘urta xodisasining bayonidan kelib chiqqan holda zarar hajmini va talab qilayotgan sug‘urta qoplamasini miqdori, summasi ko‘rsatilgan holda;
uchinchi shaxslardan olingan kompensatsiya miqdori;
Sug‘urta shartnomasida ko‘zda tutilgan sug‘urta hodisasi yuz berganda, sug‘urtalanuvchi kutilayotgan zararni kamaytirish uchun oqilona va mumkin bo‘lgan choralar qa’bul qilishi majbur. Zararlar hajmini kamaytirish maqsadida sug‘urtalanuvchi tomonidan qoplanadigan harajatlar, agar bu harajatlar haqiqatda zarur yoki sug‘urtalovchining topshirig‘iga binoan qilingan bo‘lsa, bu harakatlarning samarasi bo‘lmagan bo‘lsa ham sug‘urtalovchi tomonidan albatta qoplanishi zarur. Bu harajatlar sug‘urta qiymatini sug‘urta summasiga nisbatiga proporsional tarzda, boshqa zararlarni qoplamasi qo‘shgan holda sug‘urta summasidan oshib ketishidan qat’iy nazar qoplanadi.
Sug‘urta qoplamasini to‘lash sug‘urtalanuvchining zararni qoplash haqidagi yozma arizasiga hamda vaziyat talab qiladigan tegishli tashkilot va organlarning hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta hodisasi yuz bergani haqida xabar qilinganidan so‘ng sug‘urtalanuvchi, sug‘urtalovchi va zarur bo‘lganda tegishli organlar vakillaridan iborat komissiya tuziladi.
Har xil turdagi tabiiy ofatlar sodir bo‘lganda - Gidrometeorologiya xizmati, Seysmostansiyadan olingan ma’lumotnomalar asosida;
YOng‘in sodir bo‘lganda - YOng‘in xavfsizligi boshqarmasining ma’lumotnomasi asosida sug‘urta qoplamalari to‘lanadi;
Sug‘urta qoplamalari to‘lashda ushbu so‘ralgan ma’lumotlar tegishli tashkilotlardan bepul taqdim etilishi shart.
Kanalizatsiya, isitish, suv quvuri tizimlarining avariyasi, qo‘shni xonalardan suvni sizib chiqishi, portlash natijasida yong‘in sodir bo‘lmaganda - uy kommunal boshqarmasi(shirkat)ning ma’lumotnomasi;
Sug‘urtalangan mulkni o‘g‘irlashga uringan holda o‘g‘irlash - sug‘urtalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan o‘g‘irlangan, zararlangan, yo‘q bo‘lib ketgan mol-mulklarning ro‘yxati majburiy ilova qilingan holda tergov organlarining tegishli qarorlari.
Sug‘urta hodisasi sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan muddatda yuz bergani tasdiqlanganda, komissiya tomonidan shikastlanishlarning sababi va hajmi, shikastlanish va yo‘qotishlarning summasini, hamda tomonlarning dalolatnomasi orqali qayd qilinadigan, to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta qoplamasining summasini aniqlaydi. Ushbu dalolatnoma sug‘urtalovchining sug‘urtalanuvchiga sug‘urta shartnomasida belgilangan muddatda qoplamani to‘lashga asos bo‘lib xizmat qiladi. Agar tomonlar zararning sababi va hajmi yuzasidan o‘zaro kelisha olishmasa, u holda mustaqil ekspertiza o‘tkaziladi.
Sug‘urta qoplamasi sug‘urta summasidan kam miqdorda to‘langan sug‘urta shartnomasi, shartnomadagi va to‘langan sug‘urta qoplamasi o‘rtasidagi farq miqdorida muddati tugagunga qadar o‘z kuchini saqlab qoladi. Agar zarar zarar sababchisi tomonidan butunlay qoplangan yoki sud qaroriga binoan uning zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, u holda sug‘urtalanuvchi sug‘urta qoplamasiga da’vo qilish huquqidan mahrum bo‘ladi. Agar sug‘urtalanuvchi yoki manfaatdor shaxs zarar sababchisi yoki uchinchi shaxslardan qoplama olgan bo‘lsa, sug‘urtalovchi faqatgina sababchi shaxs yoki uchinchi shaxs tomonidan to‘langan qoplama bilan sug‘urta shartlariga muvofiq to‘lanishi kerak bo‘lgan summa o‘rtasidagi farqni to‘laydi.
Agar mulkning yo‘q bo‘lishi yoki shikastlanishi jinoyat natijasida sodir bo‘lgan va bu jinoyatni sodir etgan shaxs ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, u holda sug‘urtalanuvchiga sug‘urta qoplamasi, aybdor shaxsga berilgan da’vo regressi sud tomonidan jinoiy ish ko‘rilayotganda ko‘rib chiqish mumkinligini e’tiborga olgan holda tergov olib borilayotgan yoki tugagan davrda to‘lanishi mumkin.
Zararlangan mol-mulk butunlay yo‘q bo‘lib ketganda qoplama miqdori uning ro‘yxatda ko‘rsatilgan haqiqiy qiymati yoki uning almashtirilgandagi qiymati bilan chegaralanadi. SHu bilan birga umumiy sug‘urta qoplama miqdori umumiy sug‘urta summasidan yoki sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan har bir punktdagi javobgarlik limitidan oshib ketmasligi kerak.
Jismoniy shaxslarning imoratlari sug‘urtasida sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda uyning ta’mirlash narxi, pardozlash ishlari va jixozlashni, devorlar, pollar, eshik va deraza romlarini bo‘yoqlashni hisobga olgan holda zarar hisoblanadi.
Agar sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasida belgilangan franshiza summasini hisobga olgan holda qoplamani to‘lab beradi. Agar murojaatni tekshirish paytida mulkni zararlanishi yoki yo‘q bo‘lishi sug‘urta hodisasi natijasida sodir bo‘lmaganligi aniqlangan yoki o‘z vaqtida xabar berilmaganligi oqibatida mulkning zararlanganligi va zararlanishning sabablarini aniqlash mumkin bo‘lmagan bo‘lsa sug‘urta dalolatnomasi tuzilmaydi. Bunda sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi tomonidan faqatgina ko‘rsatib o‘tilgan dalolatnomani tuzilmaganlik sabablari ko‘rsatib o‘tilgan hujjat tuziladi.
Sug‘urtalanuvchiga maxsus kitobda ro‘yxatga olingan to‘lashni rad etish sabablari ko‘rsatilgan yozma bildirishnoma yuboriladi. Bildirishnomaning ikkinchi nusxasi ariza, faqatgina dalolatnomani tuzilmaganligi sabablari ko‘rsatib o‘tilgan hujjat va boshqa kerakli hujjatlar bilan birga saqlanadi.
Sug‘urtalovchining sug‘urta qoplamasini to‘lamaslik haqidagi rad javobi sug‘urtalanuvchiga yoki manfaatdor shaxsga ular tomonidan sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasini to‘lab berish haqidagi murojaatidan boshlab 15 kun ichida xabar berilishi kerak va unda rad etishning sabablari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Sug‘urtalovchining sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasini to‘lab berishni rad etishi sudga da’vo arizasini berish yo‘li bilan norozilik bildirishi mumkin.
Agar mol-mulk sug‘urtasi sharnomasida boshqa holat ko‘rsatilmagan holda, sug‘urtalash natijasida qoplangan, sug‘urtalanuvchining (manfaatdor shaxsning) zarar keltirgan shaxsga bo‘lgan da’vo huquqi, sug‘urta qoplamasini to‘lagan sug‘urtalovchiga u to‘lagan summa chegarasida o‘tadi. SHuni ham e’tiborga olish kerakki, ataylab zarar keltirgan shaxsga da’vo qilish huquqi sug‘urtalovchiga o‘tishini inkor kiluvchi sug‘urta shartnomasidagi shart kuchga ega emasdir. Sug‘urtalovchiga o‘tgan da’vo xuquqi, sug‘urtalanuvchi (manfaatdor shaxs) va zarar keltirgan shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalarga amal qilingan holda amalga oshiriladi.
Sug‘urtalanuvchi (manfaatdor) sug‘urtalovchi tomonidan unga (sug‘urtalovchiga) o‘tgan da’vo huquqini amalga oshirish uchun unga ma’lum bo‘lgan barcha ma’lumotlardan sug‘urtalovchini xabardor qilishi va barcha hujjat va dalillarni taqdim etishi shart. Agar sug‘urtalanuvchi (manfaatdor shaxs) zarar uchun javobgar shaxsdan sug‘urtalovchi tomonidan to‘langan da’vo huquqidan voz kechsa yoki uning aybi tufayli da’vo qilishni iloji bo‘lmasa, sug‘urtalovchi sug‘urta qoplamasini butunlay yoki tegishli qismini to‘lamaslikka va to‘langan sug‘urta qoplamasini ortiqcha qismini qaytarilishini talab qilish huquqiga ega. Sug‘urtalanuvchilarning yashash uyi tabiiy ofat natijasida ommaviy butunlay yo‘q bo‘lib ketganda yoki zararlanganida sug‘urtalovchi tomonidan dalolatnoma tuzish va zararni qoplab berish muddatlari uzaytirilishi mumkin, faqat ikki oydan oshmagan holda.
Jismoniy shaxslar mulkini sug‘urtasida quyidagi boshqa shartlar ham ko‘zda tutiladi:
- agar sug‘urtalanuvchi qayta tashkil qilinsa, uning sug‘urta shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlari qonuniy vorisiga o‘tadi va bu haqida sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchini yozma ravishda ogohlantiradi.
- uchinchi shaxslarga huquq va majburiyatlarini topshirish tomonlarning yozma roziligisiz amalga oshirilmaydi.
- Har bir sug‘urta shartnomasiga har bir sug‘urta hodisasi natijasida ko‘rilgan har bir zarar yoki hamma zararlar bo‘yicha franshiza/shartli franshiza qo‘llaniladi. Franshiza miqdori tomonlar bilan kelishiladi va sug‘urta shartnomasida ko‘rsatiladi.
- Tomonlar fors-major holatlarida sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarni qisman yoki butunlay bajarilmasligi uchun javobgar emaslar.
- Fors-major holatlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: harbiy harakatlar, blokadalar, ommaviy chiqishlar, davlatlararo va davlat tashkilotlarining cheklov va taqiqlov choralari, sug‘urta shartnomalarida ko‘rsatilmagan tabiiy ofatlar.
- Fors-major holatlari yuz berganda yoki tugaganda tomonlar bir-birini yozma ravishda ogohlantirishlari kerak.
- Fors-major holatlari yuz berganda tomonlarning o‘z majburiyatlarni bajarish muddatlari fors-major holati davom etgan muddatga teng muddatga uzaytiriladi.
- Ushbu qoidada ko‘rsatilmagan barcha boshqa savollar bo‘yicha, tomonlar O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilikka asoslanishadi.
Agar sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida o‘zaro kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan bo‘lsa, u holda nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
|
| |