O‘zbekistonda qishloq qaltisliklari sug‘urtasining o‘ziga xos xususiyatlari va turlari




Download 25,02 Mb.
bet51/136
Sana24.09.2024
Hajmi25,02 Mb.
#272174
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   136
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasi

2. O‘zbekistonda qishloq qaltisliklari sug‘urtasining o‘ziga xos xususiyatlari va turlari
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanishini qishloq xo‘jalik tarmog‘isiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Zero, mamlakat yalpi ichki mahsulotining salmoqli qismi mana shu tarmoqda yaratiladi va aholining katta qismi qishloq joylarda istiqomat qiladi.
Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalashning ushbu sohasidagi eng muhim xususiyalarni ajratib ko‘rsatamiz.
1. Tizimli xususiyat (boshqacha so‘zlar bilan aytganda – juda og‘ir tabiat) xavf-xatarlarning ko‘pchiligi. Barcha xavf-xatarlarni mahalliy (alohida xo‘jalik birliklariga dax qiladi) va tizimli xavf-xatarlarga bo‘lish mumkin, ular bir vaqtda ko‘p sonli xo‘jalik sub’ektlariga daxl qiladi. Tizim xavf-xatarlari ularning yuz berishi ehtimolini taxmin qilish murakkabligi bilan ifodalanadi va eng katta yo‘qotishlar manbai hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida, odatda, sug‘urta voqealari bir vaqtda katta hududdagi (mintaqa yoki bir guruh mintaqalar) ko‘p yoki deyarli barcha sug‘urtalanuvchilarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish va narx bilan bog‘liq xatarlarning ko‘pchiligi tizimli bo‘gani sababli xavf-xatarlarni boshqarish metodi sifatida sug‘urta, bu erda, eng avvalo, xavf-xatarlarning ushbu toifalariga qaratilgan.
2.Ikkita xavf-xatarlar toifasining mavjudligi: oldini olish mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar va biror-bir xatti-harakatlardan qat’i nazar yuzaga keladigan xavf-xatarlar.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar xavf-xatarlarning ba’zi turlariga mustaqil ravishda ancha samarali qarshi kurashashlari mumkin. Masalan, qulay texnika alohida noqulay ob-havo hodisalarining salbiy oqibatlarini ancha kamaytirish, mahsulotlarni diversifikatsiya qilish (turli ekinlar etishtirish, o‘simlik va hayvonlar mahsulotlarini etishtirishni birga qo‘shish), alohida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari o‘zgarishi natijasida yo‘qotishlarni kamaytirishga yordam beradi, veterinariya tadbirlarining o‘z vaqtida o‘tkazilishi chorva qirilishini kamaytirishga ko‘maklashadi. Xavf-xatarlarning ba’i turlari bo‘yicha ularning yuz berish ehtimoli samarali davlat siyosati evaziga kamaytirilishi mumkin. Masalan, davlat inflyasiya tufayli mahsulot sotishdan tushgan pul mablag‘larining narxi qadrsizlanishi, bitimlarning kuchsiz huquqiy himoya qilinishi tufayli hamkorlarning insofsizligi bilan bog‘liq tijorat xavf-xatarlarini kamaytirishga qodir (mulk va bitimlarning huquqiy himoyasini mustahkamlagan holda).
Biroq qishloq xo‘jaligining katta qismi ob’ektiv xususiyatga ega va dehqonlar, sug‘urta kompaniyalari va davlat tomonidan bevosita nazorat qilinishini talab qilmaydi (tabiiy ofatlar, jahon bozorlarida konyunkturalarning noqonuniy o‘zgarishlari bilan bog‘liq xavf-xatarlar). Bunday holatlarda dehqonlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatiga noqulay omillar ta’sir ko‘rsatishini kamaytirish mexanizmlarini yaratishga qaratiladi. Ushbu omillar ta’sirlarining oldini olish (profilaktika qilish) deyarli mumkin emas.

  1. Qishloq xo‘jaligi qaltisliklari vaqt e’tibori bilan namoyon bo‘lishning teng emasligi bilan tavsiflanadi. Ayniqsa bu o‘simlik etishtirish sohasiga daxldor, u erda etishtirish natijalari ob-havo omillari ta’siriga qattiq bog‘liq. Bunda ob-havo sharoitlari bo‘yicha qulay va noqulay yillar noma’lum ketma-ketlikda almashadi (ko‘pchilik mintaqalarda ketma-ket ikki-to‘rt yil davomida yoki zarar ko‘rilgan yillar orasida vaqtida zararlar hosil bo‘lishi mumkin, shu bilan birga bir necha yillar davomida zararlar bo‘lmasligi ham mumkin).

  2. Mahalliy bozor yoki hudud o‘ziga xosligining katta ahamiyati, bu esa ushbu o‘ziga xoslikni hisobga oladigan sug‘urta dasturlarini ishlab chiqishni talab qiladi. Masalan, G‘arbiy Evropa va Avstraliya mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini do‘l va yong‘indan sug‘urta qilish juda ommabop (ba’zan esa yagona yo‘li) hisoblanadi. Rossiyada bunday sug‘urtani ommaviy tatbiq qilishga urinishlar bu erda u juda ham katta talabga ega emasligini ko‘rsatdi. G‘arbiy Evropa va Avstraliya mamlakatlarida ancha iliq (subtropik) iqlim hukmroq bo‘lib, u erda do‘l yog‘ish tezligi ancha yuqori. Rossiya va Ukrainaning ancha sovuq kontinental iqlimi sharoitlarida do‘l kamdan-kam yog‘dadi va kamroq zarar etkazadi. SHu sababli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun bunday sug‘urtani xarid qilish har doim ham maqbul emas. SHu bilan birga uk­rainalik va rossiyalik dehqonlar qishni o‘tkazish xavf-xatarlariga qarshi sug‘urta xarid qilishdan juda manfaatdor, bu esa aksincha, G‘arbiy Evropada katta muammo hisoblanmaydi. Bu misol hosildorlik o‘zgarishining birxil darajasi turli mamlakatlarda mutlaqo turli sabablar bilan izohlanishi mumkin.

Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini sug‘urta qilish mahsulotlarining o‘ziga xosliklari, odatda, mintaqadagi umumiy fito-sanitar vaziyat va veterinar qonunchilik talablari bilan izohlanadi. Masalan, Avstraliyada chorvachilik butun mamlakat bo‘ylab «yoyilgan», shu tufayli yuqumli kasalliklar tarqalishi juda cheklangan. Bundan tashqari, mamlakatda qat’iy kirish veterinar karantini o‘rnatilgan. Bularning barchasi hayvonlar orasida yuqumli kasalliklarning past darajasi va tegishli sug‘urtaga bo‘lgan qiziqishning yo‘qligi bilan izohlanadi. G‘arbiy Evropada, aksincha, hayvonlarning yuqori darajada zichdigi va mamlakatlar o‘rtasida chorva materiallari juda faol ayriboshlash kuzatiladi. Bu fito-sanitar vaziyatni ancha keskinlashtiradi va kasallik o‘chog‘i aniqlangan chorvani darhol darhol yo‘q qilishga olib keladi (qonunchilik talabini). Tegishli ravishda Evropada yuqumli kasalliklarni sug‘urta qilishga qiziqish katta.

  1. Xavf-xatarlarni baholash, sug‘urta holati kelishi mezonlarini aniqlash, sug‘urta voqea-hodisalarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning real daromadlariga ta’sirlarini baholashning yuksak darajada murakkabligi. Bu, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligi va serdaromadligiga ta’sir qiladigan ko‘pchillik omillar bilan bog‘liq. Tabiiy sharoitlar turchilcha bo‘lgan yillarda maydon birligiga yoki chorva boshiga sarflanaigan birxil xarajatlarda turli hajmda mahsulotlar olinishi mumkin. Bunda ishlab chiqarish hajmlarining o‘sishi yoki kamayishi bozor narx mezonlari dinamikasina bog‘liq bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari daromadlarining tegishlicha o‘sishi va kamayishini anglatmaydi.

  2. Sug‘urta bo‘yicha xodimlarni maxsus tayyorlash zarurati. An­derrayting (xavf-xatarlarni tahlil qilish janayoni, sug‘urta xavflarini qabul qilish yoki ulardan voz kechish, qoplash muddatlari, shart-sharoitlari va hajmlarini, mukofot hajmlarini va hokazolarni aniqlash), sug‘urta polislarini sotish, sug‘urta kompaniyalarning sug‘urta shartlariga rioya qilishi mijozlar tomonidan nazorat qilinishi, qishloq xo‘jaligi xavf-xatarlarini sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha zararlarni aniqlash xodimlarning maxsus tayyorgarligini, sug‘urta sohasidan boshqa sohalardan mutaxassislar va qishloq xo‘jaligi korxonalariga tashrif buyurish uchun qo‘shimcha sarf-xarajatlarni jalb qilishni talab qiladi. Tegishli ravishda, sug‘urta kompaniyalari investitsiyalari nafaqat mahsulotlar ishlab chiqarishga, balki sotuvchilar, anderraytinglar, agentlarni o‘qitishga sarflanishi kerak.

1. Mahsulot ishlab chiqarishni sug‘urta qilish. O‘simlik etishtirish uchun maqbuldir. Garchi yopiq tuproqda o‘simlik tarmog‘i uchun bunday muammo mavjud bo‘lsa-da, chorvachilikda ishlab chiqarish mahsulotini o‘lchash bilan bog‘liq qiyinchiliklar tufayli (masalan, sut etishtirishda yoki go‘sht etishtirishda) va ob’ektiv «hosil yig‘ish vaqti» yo‘q bo‘lgani bois sug‘urtaning bunday turi qo‘llanmaydi.
Mahsulotni ishlab chiqarish odatda do‘l kabi xavflardan sug‘urta qilinadi, ular statistik ma’lumotlardan kelib chiqqan holda keltirilishi mumkin bo‘lgan zararlar taqsimlanishini hisoblab chiqish imkonini beradi. Sug‘urta yakka tartibdagi ishlab chiqarish ma’lumotlariga yoki mintaqaviy ma’lumotlarga asoslanishi mumkin.
2. Juda og‘ir zararlirni sug‘urta qilish. Noqulay ob-havo sharoitlarida yoki hayvonlar epidemiyasi boshlanganda yuzaga keladi. Qoplash odatda ekinlar hosilining muayyan foizini va mahsulotning muayyan narxini (o‘rtacha ko‘p yillik narx) o‘z ichiga oladi. Muayyan mintaqa ichida juda og‘ir tabiiy voqealar xavfi ehtimoli juda kam, biroq zararlar darajasi juda yuqori. Bunday xavf-xatarning o‘ziga xos xususiyati quyidagilar bilan bog‘liq:

  • xatar tabiati. Zarur zahiralarni shakllantirish uchun sug‘urta kompaniyasi mukofotlarning yuqori stavkalarini qo‘llashga majbur. Agar qayta sug‘urtalash yoki davlatning tegishli kafolatlari yo‘q bo‘lsa, bunday mukofotlar, odatda, sug‘urtalovchilar uchun maqbul emas;

  • voqea-hodisalarning tezligi bilan bog‘liq holda tegishli mukofotlarni hisob-kitob qilish uchun etarli bo‘lmagan statistik ma’lumotlar;

  • davlat siyosatining noaniqligi (hukumatlar tabiiy ofatlar yuz berganda maxsus to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin, bu esa sug‘urtaning ushbu turi rivojlanishini to‘xtatib turadi).

Sug‘urtaning ushbu turi ham qonuniy ta’minlash nuqtai nazaridan, ham epidemiyalar yoki boshqa tabiiy xavflar natijasida bevosita zararlarni qoplash bo‘yicha siyosat nuqtai nazaridan davlatning sug‘urta kompaniyalari bilan yaqin hamkorligida rivojlanishi mumkin. Og‘ir zararlardan sug‘urta qilishni tatbiq etish odatda xavfli voqea-hodisalardan keyin ishlab chiqaruvlarni dotatsiyalar bilan ta’minlashning muqobil varianti sifatida hukumat tomonidan rag‘batlantiriladi.
3. Mahsulot narxi asosida sug‘urta. Narxlar to‘g‘risida xolisona ma’lumotlar mavjud bo‘lgan mahsulotning barcha turlari uchungina qo‘llanadi. Ma’naviy xavf-xatarni istisno qilish uchun zararlar narxga asoslangan holda tartibga solinishi mumkin.Narxlarning tizimli xavflar bilan mustahkam aloqasi sug‘urtaning ushbu turi uchun asosiy to‘siq hisoblanadi.
4. Daromadalarnisug‘urtaqilish (revenue insurance). Bu ishlab chiqarish va mahsulot narxi kombinatsiyasi. Prinsip jihatidan, sug‘urtaning ushbu turi uning qismlari summasidan arzonroq, chunki natijali xavf kamayadi: mahsulot ishlab chiqarish past darajasining ta’siri yuqori narx bilan yumshatilishi mumkin yoki aksincha. Har bir etishtiradigan o‘simlik bilan alohida hamda fermada etishtiriladigan o‘simliklarning barchasi asosida qoplash mumkin. Ikkinchi holatda sug‘urta qiymati past bo‘ladi, chunki bir o‘simlik bo‘yicha qisman yo‘qotishlar boshqa o‘simliklar hisobiga kompensatsiya qilinishi mumkin. Sug‘urtaning ushbu turini taklif etish uchun sug‘urta kompaniyasi narx va ishlab chiqarish tavakkalchiliklarining umumiy ehtimolini belgilashi va ma’naviy zararni bartaraf etish bo‘yicha echimlarni ishlab chiqa bilish uquviga ega bo‘lishi kerak.
5. SHaxsiy daromadalarni sug‘urta qilish (incomt insurance). Fermerlar uchun bu sug‘urtaning eng jalb etadigan sug‘urta turi, chunki bu ularning farovonligi bilan bevosita bog‘liqdir. Sug‘urta fermer oilasi a’zolarining shaxsiy daromadlariga asoslanishi mumkin: xarajatlar chiqarib tashlangan holda fermer xo‘jaligi daromadi, soliqlar, renta to‘lovlari, yollanma xodimlarga haq to‘lash va boshqa chiqimlar. Biroq sug‘urtaning ushbu turi ma’naviy xavf oshishi bilan bog‘liq, chunki ko‘p jihatdan fermer o‘z xo‘jaligini qay tarzda yuritishiga bog‘liqdir. Bundan tashqari, fermer xodimlar mehnatiga haq to‘lash, operativ xarajatlar va shu kabi foyda olishga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan muayyan komponentlarni hisobga olishi zarur.
Qishloq qaltisliklarini sug‘urtalashda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasining boshqa tasnifidan ham foydalanish mumkin.
1. Alohida xavflarni sug‘urta qilish. YAkka va kompleks ayrim xavflarni sug‘urta qilish davlatning ishtirokisiz tijorat sug‘urta kompaniyalari (masalan, momaqaldiroq yoki yong‘indan sug‘urta qilish) tomonidan muvaffaqiyatli bajarilishi mumkin;
2. Bir qancha xavflardan sug‘urta qilish (multi-risc insurance). Bunday dasturlar puxta ishlab chiqish va mintaqalashtirishni talab etadi. Ushbu dastur ko‘pincha davlat tomonidan turli tadbirlar vositasida qo‘llab-quvvatlanadi;
3. Indeksli sug‘urta (index insurance). Turli indekslar asosida sug‘urta qilish (ob-havo parametrlari, hosildorlik, mollar o‘lati va boshqalar).
Hosildorlik indeksi asosida sug‘urta mahsulotlari hosildorlik bo‘yicha uzoq muddatli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda ko‘pchilik qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun maqbuldir. Hosildorlik indeksi sug‘urta qoplamasi darajasini belgilab beradigan ayrim tumandagi o‘rtacha hosildorlik darajasiga asoslanadi. Mahsulot ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulot birligiga halokatli to‘lovlarga muqobil sifatida foydalanilishi mumkin. Bunday mahsulotlarni chorvachilik uchun ham ishlab chiqish mumkin. Hosildorlik indeksi osonlik bilan boshqarildai va u boshqa sug‘urta mahsulotlaridan soddaroq. Sug‘urta qiluvchilar har bir sug‘urta qilingan maydon uchun zararlarni baholash zarur emas. Hosildorlik indeksi hosildorlik bo‘yicha uzoq muddatli hisobotlarga ega bo‘lmagan kichik xo‘jaliklar va boshlovchi fermerlar uchun maqbul. Daromad indeksi (bunday mahsulot AQSHda mavjud-GRIP) hosildorlik indeksi varianti hisoblanadi. Hosildorlik yoki daromad indeksi asosida qurilgan sug‘urta mahsulotlarini hosildorlik ko‘rsatkichlari mintaqaviy o‘rtacha darajaga teng bo‘lgan yoki yaqinlashib qolgan xo‘jaliklar sotib olishlari mumkin.
Bazis tavakkalchiligi (alohida xo‘jalikda zarar ko‘rilganda to‘lov to‘lanmasligi, biroq mintaqavyi indeksning tahlikali darajasiga erishilmaganda) va qoplashning kechiktirilgan to‘lovi indeksli mahsulotlarning asosiy muammolaridir. Indekslarni belgilash odatda hosil yig‘ishtirib olingandan keyin keyingi yil boshida amalga oshiriladigna rasmiy statistik ma’lumotlar e’lon qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Hosildorlik indeksini albatta subsidiya qilish shart emas, chunki mahsulotni boshqarish osonroq va u sug‘urta kompaniyalaridan kamroq tavakkalchiliklarni talab etadi
Ob-havo indeksibo‘yicha sug‘urta eng xolis sug‘urta mahsuloti hisoblanadi, u ob-havo mezonlarining statistik ma’lumotlari bazasida ishlab chiqiladi. Mahsulotlar ob-havo mezonlarining turli og‘ir darajallarini belgilash imkonini beradi, ushbu darajalarda o‘simliklar jarohatlanadi yoki nobud bo‘ladi. Ob-havo indekslari qurg‘oqchilik, bahor va kuzgi izg‘irinlar, issiqlik etishmasligi va qishki past harorat kabi juda og‘ir xavf-xatarlarni sug‘urta qilish uchun ishlab chiqiladi. Ob-havo indeksi boshqaruv siyosati, resurslar va urug‘lar sifati, texnologik operatsiyalarni o‘z vaqtida o‘tkazish va boshqa sub’ektiv omillar ta’sirini kamaytiradi. Mahsulot axloqiy xavf-xatar muammolaridan holi, chunki ob-havo mezonlari mustaqil xizmatlar tomonidan ro‘yxatga olinadi va oson tekshirilishi mumkin. Ob-havo indekslari eng tezkor sug‘urta to‘lovlarini ta’minlaydi, gidrometeorologik xizmatlar tomonidan ma’lumotlar juda tezkorlik bilan etkazib beriladi.
Ob-havo indeksi bo‘yicha sug‘urta davlat subsidiyalarini talab qilmaydi, biroq davlat mahsulotlarni ishlab chiqish va ularni tatbiq etish bosqichlarida ko‘mak berishi mumkin. Sug‘urta kompaniyalari mahsulotlarni ishlab chiqish uchun ob-havo va hosildorlik bo‘yicha tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘lishlari kerak. Ob-havo stansiyalari tarmoqlarini rivojlantirish, sun’iy yo‘ldoshlardan foydalanish, shuningdek aktura hisob-kitoblarda yordam berish kabi infratuzilmaga davlat investitsiyalarini ajratish mukofotlarga oddiy subsidiya ajratishdan ko‘ra ob-havo indeks sug‘urtasini rivojlantirishga ko‘proq ko‘mak beradi.
Hukumat milliy og‘ir zaxira fondini qayta sug‘urtalash va ma’muriy mintaqalarda noqulay ob-havo sharoitlaridan keyin zararlar hajmlarini belgilash uchun ob-havo indeks mahsulotlaridan foydalanishi mumkin. Juda og‘ir ob-havo sharoitlaridan keyin ko‘rsatiladigan yordam hajmini ob-havo indekslari bo‘yicha belgilash va turli mintaqalarga turli summalar to‘lash mumkin.
Xulosa chiqaradigan bo‘lsak, qishloq xo‘jaligida yuzaga keladigan qaltisliklarni tabiatini, ro‘y berish davriyligini o‘rganish maqsadida ularning yagona ma’lumotlar bazasini yaratish maqsadga muvofiq. Bizning taklifimiz faqat bundan iborat emas.
Qaltislikni uzatish, o‘z-o‘zidan ma’lumki, ushbu qaltislik uchun javobgarlikni boshqa tashkilotlarga berishdir. Jumladan, sug‘urta tashkilotlari tegishli haq evaziga qishloq xo‘jaligida yuzaga keladigan qaltisliklarni qabul qilib olishlari va ular uchun javob berishlari mumkin.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari, uning ajralmas qismi bo‘lgan fermer va dehqon xo‘jaliklari tabiiy ofatlar va boshqa stixiyali hodisalar natijasida boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan ko‘proq zarar ko‘radi. Ushbu zararlarni qoplash bo‘yicha to‘langan sug‘urta qoplamalari fermer va dehqon xo‘jaliklarining moliyaviy barqaror faoliyat ko‘rsatishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Sug‘urta hodisalari ro‘y berishi natijasida ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun to‘langan jami sug‘urta qoplamalari tarkibida ixtiyoriy mol-mulk va majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha to‘langan sug‘urta qoplamalari katta salmoqni tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligifaoliyati, qayd etganimizdek, boshqa turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatidan bir qancha jihatlari bilan tubdan farq qiladi. Avvalo, fermer va dehqon xo‘jaliklarining ish yuritish uslubi mavsumiylikka asoslanadi. Aynan mana shu xususiyat ularning barqaror faoliyat ko‘rsatish omillarini belgilab beradi. Masalaning nozik tomoni shundaki, dehqon ekinlarining hosildorligi ob-havoning ular uchun qulay kelishiga chambarchas bog‘liq. Bunga alohida urg‘u berilishining boisi yilning hamma faslida, ayniqsa, bahor faslida harorat va yog‘ingarchilik, yoz faslida esa harorat agronomiya ilmida ma’lum bo‘lgan me’yorda bo‘lishi zarur. Masalan, bahor faslida yog‘ingarchilikning haddan ziyod yog‘ishi ekinlarni zaxlab ketishiga, aksariyat hollarda, paxta va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarini qatqaloq holatiga kelishiga sabab bo‘ladi. SHuningdek, qishda qor-yomg‘irlarning me’yorida yog‘masligi suvning etishmasligiga va eng salbiy tomoni qurg‘oqchilikni paydo bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari, bahor faslida yomg‘irni me’yoridan ortiqcha yog‘ishi natijasida suv toshqini yuzaga kelishi va u fermer hamda dehqon xo‘jaliklarining ekinlariga, chorvasiga katta miqdorda ziyon etkazishi mumkin. Afsuski, bunga oid statistik ma’lumotlarni yuritilmasligi fikrimizni etarli darajada oydinlashtirishga halaqit beradi.
Biz yuqorida keltirgan fikr-mulohazalar ko‘pchilikka ma’lum ekanligini e’tirof etgan holda shuni ta’kidlaymizki, bayon etilgan qaltisliklarni ro‘y berishi oqibatida fermer va dehqon xo‘jaliklarining ekinlari nobud bo‘ladi yoki hosildorlik darajasi keskin kamayib ketadi. Bu o‘z navbatida ularni yirik miqdorda moliyaviy zarar ko‘rishiga olib keladi.
Bundan tashqari, fermer va dehqon xo‘jaliklari tadbirkorlik tuzilmasining muhim shakllaridan biri sifatida doimo yuqori daromad olishga intiladi. Ularning bu boradagi faoliyati tadbirkorlik qaltisliklarini, xususan, shartnoma shartlarini tayyorlov idoralari va boshqa hamkorlar tomonidan bajarilmasligi, tijorat banklari tomonidan olingan kreditlarni o‘z vaqtida qaytara olmaslik qaltisliklarini yuzaga kelishiga va binobarin, uni ob’ektiv sug‘urtalash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
YUqorida bayon etilganlar, shubhasiz, fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida yuzaga keladigan qaltisliklarni ro‘y berishi natijasida ko‘riladigan zararlarni o‘rnini qoplash uslublarini ishlab chiqishni talab etadi.
Xalqaro tajriba shundan dalolat beradiki, qishloq xo‘jaligi faoliyatida yuzaga keladigan qaltisliklarni ro‘y berishi natijasida ko‘riladigan moliyaviy zararlarni qoplashning oqilona yo‘li ularni sug‘urtalashdir.



Download 25,02 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   136




Download 25,02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda qishloq qaltisliklari sug‘urtasining o‘ziga xos xususiyatlari va turlari

Download 25,02 Mb.