Qishloq qaltisliklarini sug‘urtalashning xorijiy tajribasi




Download 25,02 Mb.
bet52/136
Sana24.09.2024
Hajmi25,02 Mb.
#272174
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   136
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasi

3. Qishloq qaltisliklarini sug‘urtalashning xorijiy tajribasi
Turli mamlakatlarda vaqti-vaqti bilan fermerlar uchun «kafolatlangan» narxlar joriy qilinadi. Agar fermer tovarning yo‘q qilinishi sababli uni sota olmasa, bu holatda bozor narxi va «kafaolatlangan» narx o‘rtasidagi farqni yo‘qotadi. Bu holatda kompensatsiya payti bu farq hisobga olinadi. O‘rnini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan summada, tabiiyki, qimmatroq narx aks ettiriladi.41
Ispaniya qishloq xo‘jaligini sug‘urta qilish bo‘yicha boy tajribaga ega davlatlardan biri hisoblanadi. Ispaniyada qishloq ho‘jaligi sug‘urtasining 1920 va 1970 yillar o‘rtasida turli tizimlari ma’qullangan bo‘lib, davlat ishtiroki boshqa davlatlarga nisbatan farq qialdi.
Ispaniyada qishloq ho‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta polislarining uch xil turi taklif etiladi: ular xatarning bir tipini qoplaydigan (exsertional), ko‘plab xatarlarni qoplaydigan, ishlab chiqaruvchi nazorat qilmaydigan barcha xatarlarni qoplaydigan sug‘urta polislaridir.
Hozirgi vaqtda xarid qilinadigan polislarning ko‘pchiligi ko‘p xatarlar tipiga taalluqli hisoblanadi. Sug‘urta polislari ham har bir ishlab chiqaruvchi tomonidan, ham bir guruh ishlab chiqaruvchilar – kooperativ fermerlar, professional tashkilotlar va hokazolar tomonidan xarid qilinishi mumkin. 1999 yilda fermerlar ishlab chiqariladigan mahsulotning barcha turlarini qoplaydigan 58 xil sug‘ura dasturlari ishlab chiqildi. YUqorida qayd etilgan 58 ta sug‘urta dasturlaridan 3 tasi chorvachilikda yuzaga keladigan risklarni qoplashuchun va 5 tasi dengiz mahsulotlari ishlab chiqarishni qoplash uchun qo‘llanila boshladi.
Sug‘urta dasturlarini tanlash imkoniyatlarini kengligi unda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning keng ishtirok etishi nuqtai nazaridan butun Ispaniya sug‘urta tizimining shubhasiz muvaffaqiyat qozonishida muhim rol o‘ynadi.Davlat bir qancha xatarlar bo‘yicha to‘lovlarni mablag‘ bilan ta’minlaydi (do‘l, yong‘in, bo‘ron, sovuq, toshqin, qurg‘oqchilik, kasalliklar va parazitlar), biroq ular faqat kuzgi ekinlar, loviya, uzum va piyozga tatbiq etiladi. Boshqa ekinlar hosili sug‘urta turi a’lo darajada tashkil etilmagan. Kompensatsiya hajmi kafolatlangan hosil (ko‘zda tutilgan yig‘imning 65 foizi) va olingan mahsulotning real soni o‘rtasidagi qiymat farqi sifatida ta’riflanadi.
Ispaniyada qishloq ho‘jaligi sug‘urtasida tizim ishtirokchilari bo‘lib, qishloq xo‘jaligi, baliq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligining bir qismi hisoblangan davlat muassasalari qatnashadi. Vazirlik kotiblarining biri prezi­dent hisoblanadi, uning direktori Vazir tomonidan tayinlanadi. Uning ikkala bo‘limlarida tizimning barcha ishtirokchilari ishtirok etadi. Qishloq xo‘jaligini sug‘urta qilishning yillik rejalarini ishlab chiqish uning vazifalariga kiradi, unda tizim faoliyatining texnik doiralari (subsidiyalar darajasi, sug‘urta xatarlari, kultivatsiya qilishining minimal stan­dartlari, sug‘urta polislariga murojaat qilish muddatlari va hokazolar), sug‘urta mukofotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibi belgilanadi (mintaqalar vakillari bilan hamkorlikda) va sug‘urta dasturlarini qo‘llash nazorat qilinadi. Bundan tashqari, bu organ ishtirokchilar tafovutlari kelib chiqqan barcha holatlarda hakamlik qiladi.
Sug‘urta puli, 60 ta xususiy sug‘urta kompaniyalaridan iborat bo‘lib, sug‘urta bazasida tizimda ishtirok etadi. Ishtirokchi kompaniyalar joriy yilda qabul qilingan tavakkalchilikni ASK05ES11VO,ASVO5E011VO aktivlarida o‘zlarining ulush asosida qatnashishlariga mutanosib tarzda o‘zaro bo‘lishib oladilar va sug‘urta tizimining joriy monitoringini amalga oshiradilar,ya’ni sug‘urta mukofotlarini to‘playdi, sug‘urta tariflarini belgilaydi, zararlarni tartibga soladi, sug‘urta tavonini to‘laydi, sug‘urta faoliyatini nazorat qiladi.
SSS, (ConsorciodeCompensactiondeSeguros) – qishloq xo‘jaligi risklarini qayta sug‘urta qilishga ixtisoslashgan xususiy sug‘urta kompaniya. Qishloq xo‘jaligini sug‘urta qiluvchi tashkilotlar risklarni ushbu kompaniyada qayta sug‘urta qilishi majburiydir. Ushbu tashkilot iqtisodiyot vazirligi boshqaruvi ostida o‘z faoliyatini amalga oshiradi va har yili qishloq xo‘jaligini sug‘urta qilish yillik rejasini chopetadi, uning doirasida qayta sug‘urta qilish va ishlarni olib borish xarajatlarig asarflanadigan xarajatlarni o‘zichiga olgan holda tegishli xavf-xatarlar darajasiga bog‘liq holda mintaqalar bo‘yicha sug‘urta tariflarini belgilab, barcha sug‘urta mahsulotlari uchun sug‘urtaning batafsil shartlarini belgilaydi. Sug‘urta shartlari belgilanganidan so‘ng sug‘urta kompaniyalari, agentlik tarmoqlari pul a’zolari orqali sug‘urta polislarini sotib olishlari hamda majburiy nomutanosib qayta sug‘urtalash ta’minlanadi, qo‘shimcha qayta sug‘urta bilan himoya qilish xususiy qayta sug‘urtalash kompaniyalari orqali xarid qilinadi.
Ispaniya qishloq ho‘jaligi sug‘urta sektori Evropadagi eng yirik sug‘urta sektori hisoblanadi. Hajmi bo‘yicha jahonda AQSH va Kanadadan keyingi ya’ni, uchinchi sug‘urta sektori hisoblanadi.

Download 25,02 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   136




Download 25,02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qishloq qaltisliklarini sug‘urtalashning xorijiy tajribasi

Download 25,02 Mb.