|
Amerika Qo‘shma SHtatlari
|
bet | 55/136 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 25,02 Mb. | | #272174 |
Bog'liq Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasiAmerika Qo‘shma SHtatlari qishloq ho‘jaligi sug‘urta tizimi o‘tgan asrning 30-yillari boshida yo‘lga qo‘yildi. 1980 yilga kelib, og‘ir ob-havo hodisalaridan keyin ishlab chiqaruvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar shaklida davlat ko‘magi berildi. Zamonaviy qishloq ho‘jaligi sug‘urta tizimi 1980 yilda qishloq xo‘jaligini sug‘urta qilish to‘g‘risidagi federal qonun qabul qilinishi bilan yuzaga keldi. 1994 yilda tizim qishloq xo‘jaligini sug‘urta qilish federal tizimini isloh qilish to‘g‘risidagi hujjatga muvofiq o‘zgartirildi. Isloh qilingan tizim multixatar sug‘urta qilish dasturi va og‘ir zararlarni sug‘urta qilish dasturini birlashtirdi. 90-yillarda AQSH hukumati hosilni majburiy sug‘urta qilishni tatbiq etishga urinib ko‘rdi, biroq bir yildan so‘ng bu tashabbus ishlab chiqaruvchilarning salbiy munosabati va siyosatchilarning bosimidan keyin to‘xtatildi.
AQSHdagi barcha qishloq ho‘jaligi sug‘urta dasturlari xatarlarni boshqarish agentligi (VMA), alohida qoidalar bo‘yicha ishlaydigan va Qishloq xo‘jaligi departamentiga (1150A) bo‘ysunadigan maxsus organ tomonidan ishlab chiqiladi va tartibga solinadi. VMA hosilni sug‘urta qilish bo‘yicha federal korporasiyani (ROS) boshqaradi va xususiy sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi.
ROS hosilni sug‘urta qilish federal dasturining aktuar muvazanati va ishlab chiqaruvchilar va sug‘urtachilar faoliyati ustidan nazorat qiladi. ROS xususiy sug‘urta kompaniyalari bilan qayta sug‘urta qilish to‘g‘risida standart bitimlar imzolaydi. Qayta sug‘urta qilish to‘g‘risida standart bitimlar (qishloq xo‘jaligi va akva- ekinlar va hayvonlar) ROS va sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro moliyaviy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida shartnomalar tuzishni nazarda tutadi. Har bir bitim ishlab chiqaruvchilarni sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha subsidiyalar va qayta sug‘urta qilish ko‘magini berish shartlari va muddatlarini belgilab beradi. Dasturda ishtirok etish uchun sug‘urta kompaniyalari malakali talablarga muvofiq kelishlari kerak bo‘ladi. ROS xatarlarni mutanosib va nomutanosib qayta sug‘urta qilishni taklif qiladi. Bundan tashqari, ROS operasion xarajatlarni qoplash uchun sug‘urta kompaniyalariga subsidiyalar beradi. Sug‘urta mukofotlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘lanadi va mablag‘ bilan ta’minlanadi.
|
| |