|
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasi
|
bet | 56/136 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 25,02 Mb. | | #272174 |
Bog'liq Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasiYAponiyada qishloq xo‘jaligini sug‘urta qilish tizimi XIX asr o‘rtalaridan mavjud va YAponiya iqlim sharoitlarida qishloq xo‘jaligi katta xavf solishi tufayli davlatning oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlash va fermerlar daromadlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan. Qishloq ho‘jaligi sug‘urtasining asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
1) boshoqli ekinlarni (guruch, don va arpa) sug‘urta qilish;
2) hayvonlarni sug‘urta qilish;
3) meva va bog‘ ekinlarini sug‘urta qilish;
4) parniklar hosilini sug‘urta qilish.
Qishloq ho‘jaliginisug‘urta qilish tizimi 47 ta prefektura federatsiyalari ko‘magida mahalliy munitsipalitetlar bilan o‘zaro yordam qishloq xo‘jaligi uyushmasi orqali sug‘urta uyushmalarining qayta sug‘urta qilish munosabatlariga asoslangan.
Boshoqli don ekinlarini sug‘urta qilishning 4 turi mavjud:
- alohida chekka er hosilini sug‘urta qilish – agar alohida chekka erlarda ma’lum yillar davomida(5 yildan kam emas) o‘rtacha hosilning 70 foizigacha yig‘ilmasa, sug‘urta tovoni to‘lanadi;
-hosilni qisman sug‘urta qilish – agar alohida chekka erlarda ma’lum yillar davomida,(5 yildan kam emas) o‘rtacha hosilning 80 foizigacha yig‘ilmasa, sug‘urta to‘lanadi;
-hosilni to‘liq sug‘urta qilish – agar alohida chekka erlarda ma’lum yillar davomida (5 yildan kam emas) o‘rtacha hosilning 90 foizigacha yig‘ilmasa, sug‘urta to‘lanadi;
-daromadlarni sug‘urta qilish – agar hosildan ko‘rilgan foyda avval qayd etilgan summaning 90 foiziga etmagan bo‘lsa, sug‘urta to‘lanadi;
YAponiyada qishloq ho‘jaligi sug‘urtasini amalga oshirish mahalliy sug‘urta uyushmalari va sug‘urta komapniyalariga yuklangan bo‘lib, munitsipalitetlar va prefektura federatsiyalari esa qayta sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Sug‘urta mukofotlari (50%) davlat hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi, shuningdek avval qayd etilgan doiradan ortadigan zararlarni qoplaydi (alohida sug‘urta uyushmasi tomonidan to‘plangan sug‘urta mukofotining 70-80 foizi). Sug‘urta tariflari xavfi kamroq zararlar uchun 2,5 foizni tashkil etadi va tog‘ va changak tumanlar uchun 10-15 foizni tashkil etdi.
|
| |