|
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasi
|
bet | 54/136 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 25,02 Mb. | | #272174 |
Bog'liq Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasiAsosiy ko‘rsatkichlar
|
Avstriya
|
Germaniya
|
Fransiya
|
Ispaniya
|
Asosiy qonunchiliklar
|
-
|
Davlat yordam dasturi (Er-Federal xukumat-EI)
|
“Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi milliy qonun
|
“Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi qonun
|
Davlat byudjetidan subsidiyalar
|
Sug‘urta mukofoti uchun mavjud
|
Sug‘urta mukofoti uchun mavjud
|
Sug‘urta mukofoti uchun mavjud
|
Sug‘urta mukofoti uchun mavjud
|
Taqsimlovchi
|
“Die Osterreichische Hagalversicherung” jamg‘armasi
|
Xususiy sug‘urta kompaniyalari
|
Qishloq xo‘jaligida tavakkalchilikni himoya qilish milliy kafillik jamg‘armasi
|
Xukumat rejasi orqali Ispaniya Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
Umumiy sug‘urta mukofotidagi subsidiya qismi
|
50 foiz
|
0 foiz
|
50 foiz
|
25-50 foiz
|
Sug‘urtani qoplash darajasi
|
60 foiz hosil qiymatidan
|
80-90 foiz zarar miqdoridan
|
70-75 foiz zarar miqdoridan
|
80 foiz zarar miqdoridan
|
Xisoblangan hosildorlik davri
|
4 yil
|
5 yil
|
5 yil
|
5 yil
|
Qoplanadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari
|
1.Dala o‘simlikdari
2. Uzumzorlar
3. Sabzavotlar
4. Bog‘lar
5. YAylov o‘simliklari
6. Yirik shoxli qoramol
|
1. Urug‘liklar
2. Proso
3.Dukkaklilar
4.Kartoshka
|
1.Urug‘liklar
2. Uzumzorlar
3. Sabzavot va mevalar
4.Texnikalar
5.Hayvonlar
|
1. Mevalar (50 foiz davlat himoyasida)
2.Uzumlar (50 foiz)
3. Tabak (40 foiz)
4. Kukuruz (40 foiz)
5.Kungaboqar (40 foiz)
6. Qolganlar (25 foiz)
Hammasi bo‘lib 45 turi mavjud
|
Kanadada ixtisoslashgan «qirollik korporatsiyalari» (davlat kompaniyalari) mavjud bo‘lib, ular provinsiyalardagi qishloq ho‘jaligi soxasi uchun moliyaviy va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi asosiy kompaniyalar hisoblanadi. Ushbu korporatsiyalar ishlab chiqaruvchilarga mavsumli kreditlar, yangi fermerlar uchun kreditlar, hosil va daromadni sug‘urta qilish kabi turli mahsulotlarni taklif qiladi. Xususiy sug‘urta kompanyailari do‘l, alohida xatarlar kabi oddiy sug‘urta mahsulotlarini taklif qiladi, biroq qirolllik kompaniyalari bilan raqobatlasha olmaydi. Mashaqqatli yillarda hukumat ichki qayta sug‘urta qiluvchi sifatida faoliyat olib borib, korporatsiyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi, biroq davlat agentliklari xatar portfellarining zarar ko‘rmasligini qo‘llab-quvvatlashga intiladi vaayrim hollarda yordamga murojaat qiladi. Qirollik korporatsiyalari xalqaro qayta sug‘urta qilish bozorlarida juda og‘ir xatarlarni qayta sug‘urta qilish faoliyatini amalga oshiradi. Kanadada agentliklar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish uchun o‘zining aktuar va mintaqaviy tarmog‘iga ega. Moliyaviy va sug‘urta mahsulotlari tizimli bog‘langan va ishlab chiqaruvchi ajratilgan kreditlar yoki investitsiyalar olishda chorva yoki ekinni sug‘urta qilishi kerak bo‘ladi. Kanada tizimi barcha ishlab chiqaruvchilarning faoliyat natijalari to‘g‘risida muntazam ravishda hisobotlar taqdim etishni talab qiladi va davlat agentliklari vakillariga istalgan vaqt maydonlarni nazorat qilish imkonini beradi.
Hosilni sug‘urta qilish dasturlari barcha ishlab chiqaruvchilar uchun ixtiyoriy hisoblanadi va qirollik korporasiyalari malakali talablarga javob beradigan istalgan xo‘jalikka xizmat ko‘rsatishi majburiy hisoblanadi. Dastur muayyan cheklovlarni belgilaydi, ular ishlab chiqaruvchilar va davlat agentliklari o‘rtasida uzoq muddatli tadbirkorlik dasturlarini ta’minlaydi. Agar ishlab chiqaruvchi sug‘urtani mablag‘ bilan ta’minlaydigan dasturdan chiqishni xohlasa, u biroz vaqt mobaynida davlat dasturlarida ishtirok eta olmaydi ushbu talab 2002 yilda o‘rnatilgan.
Qirollik korporatsiyalari sug‘urtaning standart bitimini va ekin sug‘urta qilinadigan maydon ko‘rsatilgan polisni taklif qiladi. Agentlik shuningdek, chorvani sug‘urta qilishning mablag‘ bilan ta’minlangan dasturini taklif qiladi. Ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishni sug‘urta qilish uchun javobgarlikni va narx opsiyalarning bir nechta darajalarini tanlashi mumkin. Dasturning katta qismi multixatar sxemasi bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, biroq ob-havo va hosilning alohida xatarlari va indekslari va xo‘jalik daromadini sug‘urta qilish bo‘yicha mahsulotlarni taklif etadi. Sug‘urta mahsulotlari dala ekinlari, sabzavotlar, mevalar, moy va boshqa ekinlar uchun ishlab chiqilgan. Ishlab chiqaruvchilar mukofot umumiy summasining taxminan 50 foizini to‘laydi, biroq subsidiyalar summasi qoplash darajasiga bog‘liq. Mukofot summasining qolgan qismi provinsial va davlat byudjetidan sug‘urta qiluvchiga to‘lanadi.
Qirollik korporatsiyalari muntazam ravishda yangi sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqadi va ushbu sug‘urta mahsulotlarini sug‘urta bozoriga tatbiq etadi. Kanada davlat sug‘urta kompaniyalari boshqa davlat kompaniyalariga professional yordam bergan holda ular bilan faol hamkorlik qilmoqda. Ushbu asr boshida ular hosilni sug‘urta qilish tizimini yaratishda CHili hukumatiga yordam berdi.
|
| |