|
Umumiy sug‘urta mukofotidagi subsidiya qismi
|
bet | 58/136 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 25,02 Mb. | | #272174 |
Bog'liq Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasiUmumiy sug‘urta mukofotidagi subsidiya qismi
|
50 foiz
|
95 foiz
|
Mavjud emas
|
_____
|
Sug‘urtani qoplash darajasi
|
70 foiz sug‘urta qiymatidan
|
100 foiz rejadagi hosil qiymatidan
|
YOqilg‘i, urug‘ va ishchilarning ish haqidan kam bo‘lmagan qiymatda
|
50 va 80 foiz sug‘urta qiymatidan
|
Xisoblangan hosildorlik davri
|
5 yil
|
4 yil
|
4 yil
|
3 yil
|
Qoplanadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari
|
1. Kuzgi donli
2. La’lmi donli va dukkakli urug‘liklar
3. YOg‘ o‘simliklar (kungaboqar, len-kudryash, raps,rыjik, konoplya,kenaf)
4. SHakar lovlagisi
5. Guruch
6. Soya
7.Len-dolgunets
|
1. Kuzgi bug‘doy
2. Kuzgi tritikale
3. La’lmi bug‘doy
4. Arpa
5. Zotli yirik shoxli qoramol
6. Zotli cho‘chqalar
7. Tuxum qo‘yadigan tovuqlar
|
1.Urug‘liklar
2. Paxta
3. YOg‘ o‘simliklar (kungaboqar, len-kudryash, raps,rыjik, konoplya,kenaf)
4. Guruch
|
1. Paxta
2.Urug‘liklar
3. CHigitni qayta ekish
4. Boshqa turdagi hosillar
|
Rossiya Federatsiyasida qishloq ho‘jaligi sug‘urtasi 2006 yil 29 dekabrdagi «Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish to‘g‘risida»gi FQ-264-son Federal qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu Federal qonunga muvofiq qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi qurg‘oqchilik, muzlab qolish, do‘l urishi, chang to‘fonlari, zilzila, ko‘chki, suv toshqini kabi xavfli tabiiy hodisalar natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining, shu jumladan qishloq xo‘jaligi ekinlarining (masalan, don, moy, poliz, kartofel, sabzavot) hosili, ko‘p yillik ekinlar hosili (umzumzorlar, mevalar) yo‘qotilishi yoki qisman yo‘qotilishi xavf-xatarlari davlat ko‘magida amalga oshiriladi.
Qonunda belgilanishicha, sug‘urta shartnomasi bo‘yicha to‘langan sug‘urta mukofotlarining 50 foizi miqdorida byudjet mablag‘lari hisobidan qishloq xo‘jaliklari mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar taqdim etiladi. Xarajatlar qismini qoplash uchun subsidiyalar berish tartibi va shartlari va kompensatsiya hajmi RF Hukumati tomonidan belgilanadi (Qonunning 12-moddasi).
Ozarbaydjonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi «Qishloq xo‘jaligini sug‘urta qilishni rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sug‘urta qilish dasturi suv toshqini, qurg‘oqchilik, sovuq, yong‘in, dovul, do‘l, toshqin, zilzila va ko‘plab boshqa potensial tahdidlar kabi tabiiy xatarlar yuz berishi natijasida hosil yo‘qotilsa, fermerlarga zararni qoplash kafolati beriladi. Garchi sug‘urta bilan qoplash fermer mulkining butun qiymatiga tatbiq etilmasada, odatda, maksimal sug‘urta summasi zarar umumiy hajmining 40 – 90 foizini tashkil etadi, har qanday vaziyatda ham qishloq xo‘jaligini sug‘urta qilish ham fermerlar, ham davlat uchun foydali hisoblanadi.
Belorussiyada2008 yildan boshlab qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili, chorva va parrandani majburiy sug‘urta qilish tizimi tatbiq etila boshladi. Belorussiyadahozirgi kunda eng qimmat sug‘urta mahsuloti bo‘yicha nasldor qoramol, nasldor cho‘chqalar, shuningdek tovuqlar sug‘urta qilinadi.
«Belgosstrax» davlat kompaniyasi ushbu mahsulotni yagona sug‘urta qiluvchi kompaniya hisoblanadi. Uning ma’lumotlriga qaraganda, sug‘urta badalining 95 foizi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash respublika fondi hisobidan to‘lanadi, qolgan 5 foizi sug‘urtalanuvchining o‘zi tomonidan to‘lanadi. Sug‘urta qoplamalari hosil yong‘in tufayli nobud bo‘lganda va hayvonlar yuqumli kasalliklardan nobud bo‘lganda to‘lab beriladi.
Latviyada Er vazirligi qishloq xo‘jaligi xatarlarini sug‘urta qilish siyosatini rivojlantirish masalasi bilan shug‘ullanadi. Ushbu vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyaga muvofiq davlat byudjet mablag‘laridan zilzila, favqulodda vaziyat (masalan, urush), hayvonlar va o‘simliklarning xavfli yuqumli kasalliklari kabi xatarlarni qoplashi shart. Maxsus fondga ixtiyoriy badallar to‘lab, dehqonlar qurg‘oqchilik, jala, sovuq urushi, toshqin kabi tabiiy ofatlardan o‘zini sug‘urta qilishi mumkin.
Erdan foydalanish vazirligi qishloq xo‘jaligi xatarlarini boshqarishning uch xilusulini ishlab chiqqan:
- davlat yiliga 200 ming lat ($400 000) ajratib, sug‘urta mukofotlarini mablag‘ bilan ta’minlaydi;
- kompleks qaror – jamg‘arma fondini tashkil etish, unda davlat va dehqonlar har yili ixtiyoriy yoki majburiy badallar to‘laydi, sug‘urta mukofotlari va qayta sug‘urta imkoniyatlari ko‘rinishida davlatdan subsidiyalar oladigan xususiy sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi;
- dehqonlar va davlat badallar to‘laydigan kompensatsiya fondni tashkil etish, bunda xususiy sug‘urta tashkilotlari umuman jalb qilinmaydi.
|
| |