• Yuridik va jismoniy shaxslarning mulkini sug‘urtalash shartnomasini tuzish va ijro etishning o‘ziga xos xususiyatlari 1.
  • -mavzu: Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug’urtalash




    Download 25,02 Mb.
    bet48/136
    Sana24.09.2024
    Hajmi25,02 Mb.
    #272174
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   136
    Bog'liq
    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasi

    11-mavzu: Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug’urtalash


    REJA:



    1. Sug‘urta – yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlarini himoyalashning muhim sharti

    2. Yuridik va jismoniy shaxslarning mulkini sug‘urtalashda anderrayting uslublari

    3. Yuridik va jismoniy shaxslarning mulkini sug‘urtalash shartnomasini tuzish va ijro etishning o‘ziga xos xususiyatlari



    1. Bozor iqtisodiyoti tizimi rivojlanib borar ekan jamiyat faoliyatining barcha sohalari ko‘rsatkichlariga, ayniqsa, iqtisodiy munosabatlarda iqtisodiyotning muhim elementlardan biri sug‘urtaga ehtiyoj oshib boradi. Sug‘urta fuqarolar, tashkilotlar va davlatning mulkiy manfaatlarini har xil tabiiy, texnik hamda turli xildagi tavakkalchiliklardan himoya qilishini byudjetdan mablag‘ talab qilmay ta’minlaydigan mexanizmdir.
    Tabiiy ofatlar, avariyalar va boshqa favqulotda ro‘y beradigan hodisalar inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda yuz beradi. Ilmiy nuqtai-nazardan qaraganda, har bir mulk egasi o‘z mol-mulkini qisman zararlanishi yoki butunlay yo‘qotilishi oqibatida ko‘riladigan zararlarni qoplanishidan manfaatdor ekanligini ko‘rish mumkin.
    Qadim zamonlardan fuqarolar o‘rtasida ko‘rilgan zararni qoplash maqsadida mulk egalariga tegishli mol-mulklarni birlashtirish va zararni birlashma a’zolari o‘rtasida bo‘lish fikri tug‘ilgan. Ushbu birlashma qatnashchilari qanchalik ko‘p bo‘lsa, zarar ko‘rgan tomonga to‘lanishi kerak bo‘lgan qoplama uchun ajratiladigan mablag‘ ulushi shuncha kam bo‘lgan.
    Tarixdan ma’lumki, agarda har bir mulk egasi ehtimoli mavjud bo‘lgan zararni qoplash maqsadida zahirada uning aylanma mablag‘lariga teng miqdorda moddiy boyliklarni ushlab turishga majbur bo‘lganlar. SHu sababli xayrihoh shaxslarni zararni birgalikda qoplash maqsadida birlashmaga birlashtirish g‘oyasi yuzaga kelgan.
    Sug‘urta uzoq tarixga borib taqaladi. Miloddan ancha oldin hukmronlik qilgan Bobil podshosi Hammurappi joriy qilgan qoidada yirik savdo koloniyalari jamoasi uzoq safarga chiqqanda talofat ko‘rsa, qaroqchilarga talansa, ko‘rilgan zararni jamoa a’zolari o‘rtasida barobar taqsimlash yo‘li bilan qoplash ko‘zda tutilgan, shu orqali hamkorlikda yordam uyushtirilgan.
    Ko‘zda tutilgan bu qoida sug‘urta fondi tashkil qilinganiga qadar kelib chiqqan. To‘satdan yuz bergan hodisalar qaroqchilar hujumi, betob bo‘lib qolish va hokazolar natijasida paydo bo‘lgan zararlarni qoplash usuli bir mamlakatda o‘rganilib, ikkinchi mamlakat savdogarlari jamoalarida ham qo‘llanilgan. U Markaziy Osiyo shaharlari bo‘ylab keng tarqab savdo aloqalarini amalga oshiruvchilarga ham qulaylik tug‘dirgan. Keyinchalik bu qoida rivojlanib karvonlar safarga otlana boshlaganlarida sug‘urta fondini shakllantirish rusum bo‘la boshlagan. Aholini muhtoj tabaqalariga yordam berish shariat qonunlarida ham ko‘zda tutilgan. Keyinchalik uning o‘rniga sadaqa hisobidan fond tashkil qilinib, yordam uyushtirilgan. Demak, dastlab sug‘urta fondi zakot va sadaqa sifatida shakllangan, mahalla va qishloqlarda tabiiy ofat, baxtsiz hodisa, talofat yuz berganda jamoatchilik yo‘li bilan moddiy yordam uyushtirilgan, hashar tashkil qilingan, jabrlanganlarga pul yig‘ib berilgan1.
    Sug‘urta tushunchasi yuzaga kelishi bilan insoniyat jamiyatlarining barcha tizimlarida mavjud bo‘lgan tabiiy ofatlar, yong‘inlar, er qimirlashlari, qoramollar o‘lishi, avariyalar va boshqa hodisalardan mulk egasining ko‘rgan zararlarini qoplab berishning eng samarali usuli bo‘lib hisoblangan.
    «Sug‘urta deganda yuridik yoki fuqarolar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi»2.
    Jismoniy shaxslarning mol-mulkini, sog‘ligi va daromadlarini yo‘qotish, sug‘urta risklari va ularni oldini olish chora-tadbirlari, barcha fuqarolarning mol-mulki va daromadlarini sug‘urta himoyasiga olish – sug‘urtaning iqtisodiy mohiyatini belgilab beradi. Ko‘p asrlik sug‘urta tarixi shuni isbotlab berdiki, sug‘urta faoliyati iqtisodiyotga ijobiy ta’sir etuvchi eng muhim omillardan biridir. Bundan tashqari sug‘urta tashkilotlari tomonidan shunday faoliyat amalga oshiriladiki, bu sug‘urta hodisasini oldini olish ishlaridir. Oldini olish ishlari o‘z ichiga, sug‘urta hodisalari soni va undan keladigan zararlarni kamaytirish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar, ya’ni doimiy sug‘urta ob’ektining tekshirish va o‘quv dasturlari kiradi. SHu sababli, sug‘urta nafaqat sug‘urtalangan mulkni xavfsizligini ta’minlashini, balki sug‘urta hodisalarini ro‘y berishini kamayishiga va fuqarolar xavfsizligini yaxshilashga yordam berishini isbotlab berdi.
    SHunday qilib, sug‘urta bozor iqtisodiyoti sharoitida rejali iqtisodiyot davridan farqli o‘laroq, yangi shakl va vazifalarni yaratdi. Ayniqsa bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan davrda tadbirkor o‘zining jami fikrlarini bozor muammolariga, raqobatga qaratishi, barcha ishlab chiqarish va mehnat vositalari turli xildagi baxtsiz hodisalardan moddiy himoyalanganligiga ishonchi komil bo‘lishi zarur.
    Sug‘urta munosabatlariga sug‘urta shartnomasi orqali kirishiladi, ya’ni sug‘urta shartnomasi bu yozma ravishdagi bitim bo‘lib, bunga ko‘ra oldindan ko‘zda tutilgan sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urta tashkiloti sug‘urtalanuvchiga yoki uning uchun olish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxsga ushbu hodisa tufayli ko‘rilgan zararni to‘laydi. Sug‘urta shartnomasining amal qilishi odatda yagona sug‘urta badali bo‘lgan chog‘da sug‘urta badalining barcha miqdori to‘lab bo‘lingandan keyin yoki badalning birinchi qismi to‘langandan keyin boshlanadi. Sug‘urta shartnomasi amal qilishi sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin to‘xtaydi. SHuningdek sug‘urta hodisasi yuz bergan holda va unga sug‘urta tovoni to‘liq to‘langanda sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati belgilangan muddatdan oldin to‘xtatiladi.
    Sug‘urta shartnomasini tuzish va uning amal qilish davrida mijoz doimo sug‘urtalovchining e’tiborida ekanligini, sug‘urta mukofotlari hisobiga o‘zi uchun ishonchli himoyani sotib olganligini, tanlagan sug‘urta tashkiloti samarali boshqarilayotganligini hamda uning manfaatlari birinchi o‘ringa quyilayotganligini his etishi muhimdir. Sug‘urta riski yuzasidan ehtimollikka, sug‘urta ta’minotiga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltiruvchi qator omillar sub’ektlar tomonidan talab sifatida qo‘yilishi mumkin. Ular jumlasiga:
    -Iqtisodiyotda nodavlat sektorning kengayishi;
    -uy-joy fondlarining kengayishi;
    -aholi turmush darajasining oshib borishi kabi qator omillar kiradi.
    Faqat sug‘urtagina investitsiya imkoniyatlarini ko‘paytirishga va millatning moddiy boyliklarini o‘stirishga imkoniyat yarata oladi. Bu ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydi.
    Sug‘urtada insonlar o‘rtasida ishlab chiqarish, muomala qilish, moddiy boyliklar olish, almashish jarayonlaridagi iqtisodiy aloqalardan foydalaniladi. U barcha jamiyat a’zolari va xo‘jalik yurituvchi su’bektlarga zararni qoplab berish kafolatini beradi.
    Tabiat va jamiyatning moddiy zarar keltiruvchi ziddiyatli harakatlari insonlar tomonidan birinchi navbatda tasodifan ro‘y berdi deb qabul qilinadi, lekin ularning doimiy takrorlanib turishi oqibatida iqtisodiy aloqalar holati va texnogen muammolar bo‘lishidan qat’iy nazar ro‘y berishini isbotlab beradi. Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi qarama – qarshiliklar natijasida yuzaga kelgan zararni qoplash, insonlar o‘rtasida tabiiy ofatlardan ko‘riladigan zararlar oqibatlarini qisqartirish, barataraf etish va oldini olish zarurligini taqozo etadi.
    Ishlab chiqarish jarayonini to‘xtovsiz bo‘lishini ta’minlash va hayotda erishilgan mavqeini mustahkamlash maqsadida insonlar o‘rtasidagi bu ob’ektiv aloqalar barchasi sug‘urta himoyasining iqtisodiy kategoriyasini tashkil etadi.
    Sug‘urtaning iqtisodiy kategoriya sifatida o‘ziga xos belgilari mavjud. Mijozda o‘z mol-mulklarini sug‘urtalashga bo‘lgan ehtiyoj asosan sodir bo‘lishi ehtimoli kuchli bo‘lgan tasodifiy voqeaning, ya’ni sug‘urta hodisasining mavjudligi bilan bog‘laydigan favquloddalikdir. Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda mulkning nobud bo‘lishi yoki unga zarar etishiga, daromadni boy berishga va uchinchi shaxs oldidagi javobgarlikka olib kelishi mumkin. Sug‘urta har doim sug‘urta voqeasiga, ya’ni yuz berishi sug‘urtaning asosiy ishtirokchilari sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchi ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmaydigan kutilmagan hodisaga aloqador bo‘ladi.
    Sug‘urtaning yana bir hususiyatlaridan biri bu ta’min etilganlikdir. Bunda sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga sug‘urta mukofotlarini to‘lash uchun barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi lozimligi ko‘zda tutiladi. Ushbu holat avvalo shu bilan izohlanadiki, sug‘urta biznesi birinchi navbatda kim sug‘urta himoyasiga muhtoj va sug‘urta mukofotini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lsa, o‘shalarga yo‘naltirilgan bo‘lish kerak. Aks holda ularning mukofotlari hisobiga, ehtimolda tutilgan favqulotda va boshqa zararlarni to‘lash uchun mo‘ljallangan maqsadli sug‘urta fondini shakllantirishning imkoni bo‘lmaydi.
    CHegaralanganlik, ya’ni sug‘urtalanganlar o‘rtasida zararni taqsimlash nisbatini ta’minlash. Bunda zarar ko‘rganlar soni har doim sug‘urtalanganlarning umumiy sonidan kam bo‘lishi lozim bo‘ladi. SHuning hisobidan sug‘urtalanganlar o‘rtasida zararni taqsimlash nisbati ta’minlanadi. Sug‘urta zararini birgalikda taqsimlash tamoyili asosida sug‘urtalanuvchilar tomonidan ularning sug‘urta mukofotlari hisobiga shakllantirilgan sug‘urta fondi vositasida sug‘urtalanuvchilar o‘rtasidagi yopiq qayta taqsimlash pul munosabatidan iborat. Sug‘urta faoliyatining o‘ziga xosligi shundan iboratki, sug‘urtalovchi sug‘urta fondini sug‘urta turlaridan shakllantiradi, shu bilan birga sug‘urtalanuvchilardan tushgan sug‘urta mukofotlari sug‘urtalovchining foydasi sifatida qaralmaydi, chunki ulardan bo‘lg‘usi mukofotlar uchun foydalanish lozim bo‘ladi. Ushbu fond mablag‘laridan faqat uni tashkil etuvchilargina foydalanishlari mumkin va buning natijasida sug‘urta mukofoti miqdori ularning har birini zararini taqsimlash nisbatida ifoda etadi. Zararni bunday taqsimlay olish sug‘urtalanuvchilar soni ancha ko‘p bo‘lgandagina samarali bo‘ladi va sug‘urtalanuvchilar sonining o‘sish sur’ati sug‘urta hodisalari o‘sishi sur’atidan yuqori bo‘ladi.
    Sug‘urta hodisasi yuz berganda zararni qoplash o‘z navbatida, uning vaqtinchalik va hududiy taqsim qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Sug‘urtalanuvchilarning turgan o‘rni ma’lum bir joyga aloqadorligi sababli ancha katta hudud sug‘urtaga tortilgan va mijozlar soni ancha ko‘p bo‘lgan chog‘da zarar summasini muvaffaqiyatli qayta taqsimlash imkoni bo‘ladi. Bundan tashqari tadbirkor daromadiga, oila daromadiga og‘irlik qilmaydigan kam miqdordagi sug‘urta mukofotlari hisobiga eng katta zararlarni qoplash imkoniyati tug‘iladi. Zararni vaqtinchalik taqsimlash sug‘urta hodisasi yuz berishining tasodifiy va ehtimol tutilgan xarakteri bilan bog‘liq. Sug‘urta shartnomasida ko‘zda tutilgan sug‘urta hodisasining yuz berishi ehtimolligi, odatda bir yil doirasidan chiqadi. Uzoq muddatli qayta taqsimlash munosabatlari davriga zararni taqsim qilishni tartibga soluvchi sifatida zaxira fondlarini tashkil etish zaruriyatini shart qilib qo‘yadi. Sug‘urta kompaniyasi bo‘lg‘usi zararlarni to‘lash imkoniga ega bo‘lishi uchun tushgan sug‘urta mukofotlarining bir qismini zaxira fond uchun ajratishi zarur.
    Sug‘urta fondi mablag‘larining qaytishi, sug‘urtalovchilar o‘rtasida zararni chegaralangan taqsimlash tamoyilidan kelib chiqadi. Agar sug‘urta fondini tashkil etadigan sug‘urta mukofotlari ma’lum (tuman, viloyat, respublika) miqyosida bir sug‘urtalanuvchiga to‘g‘ri keladigan yuz berish ehtimoli bo‘lgan zararni to‘g‘ri ifoda etsa, sug‘urta mukofotlarini hisob-kitob qilish uchun qabul qilingan butun sug‘urta fondi ishini olib borishda sarf harajatlarini hisobga olmaganda, xuddi shu miqyosida o‘sha vaqt mobaynida sug‘urta tovonlarini to‘lash uchun ishlatilishi lozim. Bu davr tarif davri deb yuritiladi. Sug‘urtaning xavf-xatar turi uchun tarif davri odatda besh yilga, sug‘urtaning jamg‘arma turi uchun o‘n yilga teng muddatga qabul qilinadi. Ushbu belgi ba’zi sug‘urtalanuvchilar tomonidan sug‘urta shartnomasining amal qilish davrida o‘zlarining sug‘urta tovoni olishlaridagi tegishli huquqi sifatida noto‘g‘ri talqin etiladi. Bu ko‘rinib turgan xatodir, chunki sug‘urta summasi doirasidagi sug‘urta tovoni sug‘urtalanuvchiga sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgandagina zararni qoplash uchun to‘lanadi.
    Inson va jamiyat tomonidan sug‘urta himoyasi zaruriyatini anglab etishi, sug‘urta ehtiyojlarini shakllantirdi, ular orqali iqtisodiy munosabatlar yuzaga kela boshladi. Sug‘urta deganda jismoniy yoki yuridik shaxs ko‘rgan zararni ko‘pchilik o‘rtasida taqsimlash orqali qoplash usuliga aytiladi. Ko‘rilgan zarar sug‘urta tashkiloti (sug‘urtalovchi) ixtiyoridagi sug‘urta fondlari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
    Sug‘urta fondi – sug‘urta mukofotlari va sug‘urta kompaniyalarining investitsion faoliyatidan ajratilgan mablag‘lardan shakllantirilgan, hamda faqat sug‘urta tovonini to‘lash uchun foydalaniladigan pul jamg‘armasi hisoblanadi. U sug‘urtalovchining moliyaviy majburiyatini bajarish uchun zarur bo‘lgan zaxira fondlarini o‘z ichiga oladi.
    Sug‘urtaga bo‘lgan ehtiyoj shu bilan belgilanadiki, zararlar insoniyatga bog‘liq bo‘lmagan hodisalar oqibatida yuzaga keladi. Bunday holatda zararni qoplashni biror kimsadan talab etib bo‘lmaydi va ushbu zarar ko‘rgan kishining o‘zi tomonidan qoplanadi. Oldindan tashkil etilgan sug‘urta fondi ko‘rilgan zararni qoplash manbai bo‘lishi mumkin.
    Sug‘urta qachonki sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi munosabatlar sug‘urta hodisalari yuz berishi pulga bo‘lgan talabni keltirib chiqarganda maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Sug‘urta ta’minoti – sug‘urta uchun qabul qilingan sug‘urta ob’ektining haqiqiy qiymatiga sug‘urtaviy bahoning nisbatidir. Ko‘rsatilgan narxdan foiz hisobida ifoda etiladi yoki bir sug‘urta ob’ektiga pul ko‘rinishida me’yorlashtiriladi. Sug‘urta ta’minoti quyidagicha farq qilinadi:
    Sug‘urta ta’minotining nisbiy tizimi. Nisbiy tizimi sug‘urtalanuvchiga ko‘rilgan zararning hammasi emas, balki bir qismi, ya’ni sug‘urta qilingan qismi to‘lanadi. Bu badal sug‘urtaviy baholashga muvofiq bo‘ladi.
    Sug‘urtaviy baholash – sug‘urta qilish maqsadida sug‘urta ob’ektlari narxini belgilash jarayoni. Sug‘urta shartlarida kelishilgan sug‘urtaviy baho sug‘urta ob’ektining haqiqiy narxidan past bo‘lishi mumkin, lekin bu uning haqiqiy qiymatidan yuqori bo‘lmasligi kerak.
    Ko‘rilgan zararni boshqalar zimmasiga yuklatish zaruriyati orqali yuzaga kelgan sug‘urtalash, o‘zining ko‘p yillik rivojlanish davrida ko‘p o‘zgarishlarga duch keldi va hozirda fuqarolar huquqiy javobgarligi munosabati bilan ko‘rilgan zarar keltirgan shaxsdan undiriladi. Bunday holatlarda zarar ko‘rgan shaxsga sug‘urtalash mulkiy manfaatdorligini himoyalashda qo‘shimcha kafolat bo‘lib xizmat qiladi.


    2. Jismoniy shaxslar mulkini sug‘urtalashda anderrayting siyosati muhim ahamiyat kasb etadi. SHu o‘rinda ta’kidlash lozimki, sug‘urta masalalariga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarda, “Anderrayting” tushunchasiga aniq yagona tarifni uchratish qiyin. Ko‘p jihatdan bu holat, avvalom bor, chet el amaliyotida anderraytingning sug‘urta munosabatlari tizimining alohida tarkibiy qismi sifatida qaralishi bilan bog‘liq. Bizning milliy sug‘urta amaliyotimizda esa bu terminga etarli darajada e’tibor berilmaydi. Ammo, so‘ngi paytlarda milliy sug‘urta kompaniyalarimiz tomonidan anderrayterlik siyosatini sug‘urta biznesining alohida bo‘linmasi sifatida ajratishga harakatlar bo‘lmoqda. Demak, sug‘urta kompaniyasining barqaror faoliyat ko‘rsatishning ajralmas sharti va sug‘urta faoliyatning mustaqil sohasi sifatida bu jarayonni tahlil etishga harakatlar bo‘lmoqda.
    Bizning fikrimizcha, shu munosabat bilan mahalliy va horijiy manbalar asosida “Anderrayting” tushunchasiga berilgan bir qator tariflarni qiyosiy taqqoslashni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
    S.Efimovning fikricha anderrayting – bu:
    1) Anderrayter tomonidan sug‘urta qilish maqsadida risklarni baholash.
    2) Sug‘urta shartnomalarini tuzish va uning shartlarini bajarish.
    3) Sug‘urta.
    Sug‘urta terminlari lug‘atida qayd etilishicha, anderrayting- risklarni tahlil etish jarayoni; quyidagilarni o‘z ichiga olgan risklarni sug‘urtaga qabul qilish yoki qabul qilmaslik: ularni baholash; sug‘urta yoki sug‘urtaga bog‘liq bo‘lmagan risklarga ajratish; sug‘urta qoplamasi miqdori va ularni to‘lash shartlari va muddatlari; sug‘urta mukofotini hisoblash.
    Anderrayting- oldindan e’lon qilingan zarar yoki shikastlanish uchun sug‘urta mukofotini olish evaziga sug‘urta javobgarligini qabul qilish. Odatda, bu jarayon taklif etilayotgan risk yoki sug‘urta mukofotining maqbul varianti aniqlangandan so‘ng amalga oshiriladi.
    “Biznes lug‘at”da keltirilishicha, “Anderrayting” deganda:
    a) anderrayter tomonidan sug‘urtaga qabul qilish uchun riskni baholash.
    b) Sug‘urta shartnomalarini tuzilishi va ijro etilishi.
    Anderrayter - sug‘urta huquqi normalari va iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq tamoyillaridan kelib chiqqan holda taklif etilgan risklarni sug‘urta kompaniyasi rahbariyati tomonidan sug‘urtaga qabul qilish, tarif stavkalarini aniqlash va bu risklarni sug‘urtalash bo‘yicha shartnomaning aniq shartlarini belgilash yuzasidan katta vakolatga ega va sug‘urta biznesi sohasida yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassisdir. V.SHaxovning yozishicha: “anderrayter syurveyer funksiyasini ham bajarishi mumkin”.
    Anderrayting- sug‘urtaga qabul qilinayotgan risklarni seleksiyalash va klasifikatsiyalash jarayoni bo‘lib, unda u yoki bu risk uchun optimal bo‘lgan sug‘urta mukofoti stavkasi aniqlanadi. SHuningdek, bu jarayon ayrim ma’qul bo‘lmagan risklarni sug‘urtalashdan voz kechishni ham o‘z ichiga oladi. Anderrayting- salohiyatli sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan risklarni baholash va shu riskga mos keladigan sug‘urta mukofotini hisoblash jarayoni demakdir.
    Anderrayter- risklarni baholash va ular bo‘yicha sug‘urta mukofoti stavkasini aniqlash va sug‘urtalash shartlarini shakllantirish bilan shug‘ullanuvchi zarur professional bilimga ega bo‘lgan mutaxassisdir. Bu termin Angliyaning sug‘urta amaliyotida vujudga kelgan bo‘lib, risklarning muayyan bir qismini o‘ziga qabul qilishni xohlagan har bir shaxs ushbu risklarning bayoniga o‘z imzolarini qo‘yganlar.
    Anderrayting bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1. Axborotlarni to‘plash.

    2. Axborotlarning muqobil shakllarini aniqlash, ko‘rib chiqish va baholash.

    3. Muqobil variantlardan birini tanlash.

    4. Qabul qilingan qarorni hayotga tatbiq etish (Riskni sug‘urtaga qabul qilish).

    5. Riskning rivojlanishini kuzatish. Bu jarayon aksariyat holatlarda sub’ektiv omillarga asoslanadi.

    YUqorida keltirilgan tariflarni tahlil etish natijasida anderraytingning tor va keng ma’nodagi tarifini shakllantirish mumkin. Tor ma’noda anderrayting tushunchasini risklarni baholash, ularni sug‘urtaga qabul qilish yoki qabul qilmaslik hamda ularga mos keladigan tarif stavkasini aniqlash jarayoni tushuniladi. Anderrayting tushunchasiga keng ma’noda tarif beradigan bo‘lsak, u quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
    -Risklarni seleksiyalash, baholash, klasifikatsiyalash va tahlil qilish jarayoni;
    -Tanlab olingan risklarni sug‘urtaga qabul qilish bo‘yicha qaror qabul qilish jarayoni (bu qaror asosida risk sug‘urtaga qabul qilinmasligi ham mumkin);
    -Sug‘urtaga qabul qilinayotgan risklar bo‘yicha mos sug‘urta mukofoti stavkasini aniqlash jarayoni;
    -Sug‘urtaga qabul qilinayotgan risklar bo‘yicha sug‘urta qoplamasi shartlarini aniqlash jarayoni;
    -Sug‘urtaga qabul qilinayotgan risklar bo‘yicha sug‘urta qoplamasining shartlarini aniqlash jarayoni;
    -Tuzilgan sug‘urta shartnomasini bajarish va uning monitoringini olib borish.
    SHunday qilib, turli ilmiy manbalarda “anderrayting” tushunchasiga turlicha tariflar berilgan bo‘lib, ularni salbiy hodisa sifatida baholash mumkin emas. Aksincha, bugungi kunda milliy sug‘urta kompaniyalari ish faoliyatida qaror topgan holatning natijasidir, xolos. Vaziyat shundayki, “anderrayting” va “anderrayter” tushunchalari so‘nggi vaqtlarda keskin o‘zgardi. Bu avvalo, yangi axborot va mijozga yo‘naltirilgan iqtisodiy sharoitlarda sug‘urta kompaniyalarining yashab qolishiga qaratilgan sug‘urta biznesini qayta tashkil etish bilan bog‘liq faol jarayonning natijasidir. Anderrayting sug‘urta kompaniyalarining tuzilmaviy o‘zgarishlarida ro‘y bergan jarayonlarning in’ikosidir. Ammo, bu bo‘linmalarning faqat anderrayterlik funksiyasini bajarishiga qaratilgan bo‘lishiga qaramay, ular sug‘urta shartnomalarini tuzish va xizmat ko‘rsatish, shuningdek sug‘urta mahsulotlarini sotish va sug‘urta da’volarini tartibga solishning ayrim funksiyalarini bajarishga majbur bo‘lmoqdalar. Milliy va xorijiy sug‘urta kompaniyalarining amaliyotida anderrayterlik bo‘linmalarining funksiyalaridagi bunday turli-tumanlik mazkur bo‘linmaning qiyofasini aniq ko‘ra olmaslik, pirovardida, “Anderrayting” tushunchasini har xil shaklda tariflash zaruriyatini keltirib chiqardi. SHunday bo‘lishiga qaramay, “anderrayting” tushunchasiga aniq tarif berishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
    Anderrayting - sug‘urtaga qabul qilinayotgan risklarni tahlil etish jarayoni bo‘lib, u o‘z ichiga sug‘urta risklarini seleksiyalash, baholash, klassifikatsiyalash hamda u yoki bu risklarni sug‘urtaga qabul qilish va unga muvofiq keluvchi tarif stavkasi va sug‘urtalash shartlari to‘g‘risida qaror qabul qilish jarayonini anglatadi.
    Anderrayting tushunchasiga bunday tarifning berilishi, uning mohiyatini o‘zida aks ettiradi va shu bilan bir qatorda, bugungi kunda anderrayter tomonidan unga xos bo‘lmagan funksiyalarni bajarishdan cheklaydi.
    SHunday qilib, anderrayter risklarni tahlil qilish jarayonida risklarning barcha turlari ichidan shunday risklarni tanlaydiki, bu risklar sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urtaga qabul qilinadi. Keyin u dastlabki seleksiya davrida tanlab olingan risklarni chuqur tahlil etadi. Bundan asosiy maqsad kelgusida bu risklar bilan ishlashni davom ettirish hisoblanadi. Risklarni o‘rganish va tahlil etishdan so‘ng anderrayter ularning ro‘y berish darajasiga muvofiq hamda sug‘urta kompaniyasi uchun kutilgan ehtimol zararlar hajmidan kelib chiqib klassifikatsiyalaydi. Tanlab olingan risklarni bunday klasifikatsiyalash keyinchalik sug‘urta shartlari, tarif stavkalari va franshiza to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
    Anderrayting jarayonida risklar tahlil etilgandan so‘ng eng muhim bosqich boshlanadi. Bunda anderrayter konkret riskni sug‘urtalash yoki ehtimoldagi zararlar qanchalik katta bo‘lishi va kompaniya manfaatini ko‘zlab bu riskni sug‘urtalashdan voz kechish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu bosqich anderraytingning eng muhim bosqichidir. Aynan, shu qarorga asosan sug‘urta kompaniyasining biznesi rivojlanadi va faoliyatning moliyaviy natijalari oydinlashadi. Anderraytingning yakuniy bosqichi shartnomaning aniq shartlarini shakllantirish, tarif stavkasi va franshizani aniqlash jarayonidan iborat. Bunday holatda anderrayter tayyorlanayotgan shartnomaning texnik parametrlarini aniqlaydi va sug‘urta kompaniyasi o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilaydi hamda kelgusida tushishi mumkin bo‘lgan sug‘urta mukofotlari hajmini aniqlaydi.
    Endi “anderrayting” tushunchasiga aniqlik kiritib bo‘ldik va shu sababli uning mohiyatini atroflicha qarab chiqishga harakat qilamiz.
    YUqorida keltirilgan tariflardan ma’lumki, o‘zining professional funksiyasini bajarish davomida anderrayter bajaradigan asosiy tushuncha risk bilan bog‘langan. Aynan, risk sug‘urta kompaniyasi faoliyatining asosini tashkil etadi. Anderrayter sug‘urtalash uchun taqdim etilgan arizalarni ko‘rib chiqishda riskni baholaydi. Faqat, sug‘urta kompaniyasiga mijoz o‘tkazmoqchi bo‘lgan risklarni o‘rganib chiqqandan so‘ng, u yoki bu risk sug‘urta qilinishi mumkinmi?, - degan savolga javob beradi.


    3. Jismoniy shaxslar mulkini sug‘urtalash shartnomasini tuzish va rasmiylashtirish tartibi quyidagicha bo‘ladi:
    - sug‘urta shartnomasi tomonlarning kelishuviga binoan bir yil va undan ko‘p muddatga tuzilishi mumkin.
    - sug‘urta shartnomasi, agar unda boshqa holat belgilanmagan bo‘lsa, sug‘urta mukofoti yoki uning birinchi qismi to‘lanishi bilan kuchga kiradi.
    Sug‘urtalovchining javobgarligi, agar sug‘urta shartnomasida boshqa holat belgilanmagan bo‘lsa, naqd pulli hisob-kitobda sug‘urta mukofoti yoki uning birinchi qismi to‘lanishi bilan va naqd pulsiz hisob-kitobda sug‘urta mukofoti yoki uning birinchi qismi sug‘urtalovchining hisob-kitob raqamiga kelib tushgandan so‘ng kuchga kiradi.
    Mulkni sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma tuzilayotganda sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi quyidagilar bo‘yicha bitimga kelishlari kerak:

    • sug‘urta ob’ekti bo‘lgan mulk yoki boshqa mulkiy qiziqish;

    • sug‘urta hodisasining tasnifi haqida /shunday hodisaning tasnifi haqida kelishib olinadi, ushbu voqea (sug‘urta hodisasi) ro‘y berishidan sug‘urta qilanadi

    • sug‘urta summasining miqdori haqida;

    • sug‘urta qoplamasining miqdori haqida, agar shartnomada sug‘urta qoplamasini sug‘urta summasidan kam bo‘lgan miqdorda to‘lanishi ko‘rsatilgan bo‘lsa;

    - sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati (muddatlari);
    - sug‘urta shartnomasini amal qilish muddatlari haqida.
    Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha mulk, uning saqlanishida sug‘urta shartnomasiga asoslangan qiziqishi bor sug‘urtalanuvchi yoki manfaatdor, uning mulkdori, mol-mulkka boshqa mulkiy huquqi bor shaxs, ijarachi, pudratchi, saqlovchi, dallol va boshqalar foydasiga sug‘urtalanishi mumkin. Sug‘urtalanuvchi va manfaatdor shaxsda sug‘urtalangan mol-mulkni saqlashda manfaat bo‘lmasa, tuziladigan sug‘urta sharnomasi haqiqiy hisoblanmaydi. Manfaatdor shaxs foydasiga tuzilayotgan sug‘urta shartnomasi manfaatdor shaxsning ismi yoki nomlanishi ko‘rsatilmasdan tuzilishi mumkin. Bunday sug‘urta shartnomasining tuzilishida sug‘urtalanuvchiga ko‘rsatuvchi egalik qiladigan sug‘urta polisi beriladi. Bunday shartnoma bo‘yicha huquqlarni amalga oshirish uchun sug‘urtalovchiga ushbu polis taqdim etilishi kerak. Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi shartnomada ko‘rsatilgan hodisa (sug‘urta hodisasi) yuz berganda sug‘urtalanuvchiga yoki boshqa shaxsga (manfaatdor) to‘langan sug‘urta mukofoti evaziga ko‘rilgan zararni shartnomada ko‘rsatilgan sug‘urta summasi chegarasida qoplab berish majburiyatini oladi.
    Sug‘urta shartnomasi yozma ravishda, bir hujjat tuzish bilan yoki sug‘urtalanuvchining yozma yoki og‘zaki arizasiga binoan sugurtalovchi tomonidan imzolangan sug‘urta polisini topshirish orqali amalga oshiriladi. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra shartnomaga boshqa shartlar kiritilishi mumkin. Agar sug‘urta shartnomasida sug‘urtalanuvchi qonunda belgilangan holatlarga nisbatan holatini yomonlashtiradigan shartlar bo‘lsa, bunday hollarda shartnoma shartlari o‘rniga qonunchilikning muvofiq holatlari ishlatiladi. Sug‘urta shartnomasini tuzishda, hamda tuzilgan yoki tuzilishi mumkin bo‘lgan barcha shartnomalarda sug‘urta ob’ektiga tegishli, sug‘urtalanuvchi o‘ziga ma’lum bo‘lgan sug‘urta hodisasini sodir bo‘lishi ehtimolini va uning sodir bo‘lishidan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar hajmini aniqlashda ahamiyatga ega bo‘lgan barcha holatlar haqida sug‘urtalovchiga ma’lum qilishi kerak. Ahamiyatli holat deb sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta shartnomasi (polisi)ning standart shaklida ko‘rsatilgan holatlar hisoblanadi.
    Jismoniy shaxslarning mulki quyidagi risklardan sug‘urtalanishi mumkin:
    - ichki santexnik tizimlarning ishdan chiqishi - sug‘urtalangan mulkni suv krani, kanalizatsiya, isitish va yong‘inga qarshi tizimlardan chiqqan suv ta’sirida zararlanishi yoki yo‘q bo‘lib ketishi ko‘zda tutiladi.
    Sug‘urta quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
    - suv, kanalizatsiya, isitish tizimlarining quvurlari muzlaganda yoki yorilishi natijasida mulkka etkazilgan zarar (yordamchi ishlar va eritish ishlari uchun xarajatlar ham inobatga olinadi);
    -qo‘shni xonalardan suvning sizib kirishi;
    -yong‘in - ochiq olov shaklidagi yong‘in nazarda tutiladi;
    -portlash - gaz va parlarning kengayishiga asoslangan bosimning emiruvchi kuchi ko‘rinishi;
    -zilzila - er silkinishlari bilan kuzatiladigan er ostida sodir bo‘ladigan tabiat hodisalarining natijasi;
    - suv toshishi - daryo va ko‘llardagi suv sathining ko‘tarilishi natijasida ma’lum bir xududni suv bosib ketishi;
    - bo‘ron (dovul) - tezligi 15m/s dan yuqori bo‘lgan kuchli shamol. Tezligi 15,3 dan 29m/s ni tashkil qiladigan shamol - bo‘ron, tezligi 29 m/s dan ortiq bo‘lgan shamol dovul.
    Sug‘urtalovchi dovul natijasida sug‘urtalangan mulkning zararlanganligi uchun sug‘urta qoplamasini to‘laydi, agar zararlanish quyidagilar natijasida bo‘lsa:
    - shamolning bevosita ta’siri;
    -bo‘ron ta’sirida sug‘urtalangan mulk ustiga binoning ayrim qismlari, daraxtlar yoki boshqa jismlarning tushib ketishi.
    Sug‘urtalangan ob’ektga bo‘ron natijasida etkazilgan zarar.
    - do‘l - do‘lning bevosita ta’siri natijasida sug‘urtalangan mulkning yo‘q bo‘lishi yoki zararlanishi.
    -o‘g‘irlik - yashash uyi yoki binoga qonunga zid holda kirib sug‘urtalangan mulkni yashirincha o‘g‘irlash.
    -talonchilik - qo‘lga olish yoki zulm o‘tkazgan holda sug‘urtalangan mulkni ochiq o‘g‘irlash.
    - uchinchi shaxslarning qonunga zid bo‘lgan harakatlari.
    -erning cho‘kishi, o‘pirilishi - o‘zining og‘irlik kuchi ta’sirida tog‘ jinslarining joyidan siljishi. Er cho‘kishlari va o‘pirilishlari ko‘l, daryo, soy qirg‘oqlari, jar yoqalari, chuqurliklar, kanallarning keskin qiyaliklarida vujudga keladi.
    -sel - oz vaqt ichida ko‘p miqdorda yog‘ingarchiliklar bo‘lishi, qorlarning tez erishi natijasida ko‘l va daryolardagi suvning keskin ko‘tarilishi oqibatida yuzaga keluvchi kuchli oqim.
    - chaqmoq urishi.
    - jala.
    - quvur osti suvlarining chiqishi.
    - uchuvchi apparatlarning qo‘lab tushishi.
    - mazkur hudud uchun noan’anaviy bo‘lgan uzoq vaqt davom etgan yomg‘irlar va/yoki qorning ko‘p miqdorda yog‘ishi.
    Quyidagilar natijasida sodir bo‘lgan voqealar sug‘urta hodisalariga kirmaydi:

    • sug‘urta shartnomasida boshqa shartlar keltirilmagan bo‘lsa sug‘urta ob’ektiga kirmagan mulkning tashqi elektr o‘tkazgichlar, jumladan ustunlar, machtalar va turli hil to‘sinlarning zararlanishi;

    • sug‘urtalanuvchi yoki manfaatdorning sug‘urta hodisasi bo‘lishga olib keladigan qasddan sodir etgan harakatlari;

    • sug‘urtalanuvchi va/yoki uning oila a’zolarining toksik zaharlanish, narkotik yoki alkogol ta’sirida bo‘lgandagi harakatlari (xarakatsizliklari);

    • mulkning o‘zidan-o‘zi yonib ketishi, chirishi yoki boshqa tabiiy xususiyatlari;

    • mulkning o‘g‘irlanishi, uchinchi shaxslarning qasddan sodir etgan qonunga zid bo‘lgan xarakatlari natijasida mulkning zararlanishi, agar bu haqda tegishli idoralarga murojaat etilmagan yoki tegishli organlar tomonidan bu fakt tasdiqlanmagan bo‘lsa;

    • qirchumoli (termit), kuya, parazitlar va boshqa hashoratlar, yashirin defektlar, tabiiy eskirish, zamburug‘lar, mog‘or, atmosfera namligi va hokazolar ta’sirida mulkning zararlanishi;

    • oyna yoki boshqa tez sinuvchi, mo‘rt jismlarning urilishi natijasida mulkning zararlanishi, rangini o‘zgarishi;

    • deraza yoki eshiklarning ochiq qolishi natijasida uy anjomlariga zarar etishi;

    • urush yoki urush xarakatlari, inqilob, qo‘zg‘olon, g‘alayon, ish tashlash, hukumatni qonunga zid ravishda qo‘lga kiritish, suiqasd, fitna, terroristik xarakatlar natijasida mulkning zararlanishi, vayron bo‘lishi, hukumat organlarining topshirig‘i bilan mulkni musodara, rekvizitsiya qilinishi, yadro reaksiyasi, yadro nurlanish yoki radioaktiv zaxarlanish;

    • sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilmagan boshqa hodisalar.

    Jismoniy shaxslar mulki quyidagi hollarda sug‘urtalanmaydi:

    • yashash man etilgan avariya holatidagi bino va inshootlar va/yoki buzishga mo‘ljallangan inshootlar;

    • bino, inshoot egasi mazkur hududda istiqomat qilmasa va ushbu inshoot kerakli nazorat ostida bo‘lmasa, belgilangan maqsadda ishlatilmasa;

    • san’at ustalari, xonaki kosiblar tomonidan uyda yasalgan jihozlar;

    • sug‘urtalanuvchining shaxsiy mulki yoki tashkilotga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar, sug‘urtalanuvchining uyida joylashgan va tashkilot tomonidan yollab ishlash uchun mo‘ljallangan mexanizm va asbob-uskunalarni;

    Jismoniy shaxslarning quyidagi mulklari bilan odatda ommaviy sug‘urta shartnomalari tuzilmaydi:
    qimmatbaho metallardan, qimmatbaho, yarim qimmatbaho (rangli) toshlardan yasalgan buyumlar;
    portlovchi moddalar;
    hujjatlar, qimmatli qog‘ozlar, chek daftarchasi va qog‘oz pullar, qo‘lyozmalar;
    kolleksiyalar (markalar, taqvimlar, etiketkalar, tangalar, ko‘krak nishonlari, o‘simliklar, minerallar va boshqalar);
    nodir asarlar va buyumlar (dunyoda yagona yoki noyob bo‘lgan o‘tgan zamon va zamonaviy rassomlarning san’at asarlari va bu asarlarning qimmatbaho nusxalari);
    transport vositalarining ehtiyot qismlari, uskunalari va boshqa tegishli narsalari.
    Jismoniy shaxslarning mulki sug‘urtasida sug‘urta tariflari bir yil muddatga quyidagicha belgilanadi:
    yashash uylari va binolari uchun sug‘urta summasining yillik 0,25 dan 2,0 foiz chegarasida;
    Sug‘urtalanuvchining qay darajadagi tavakkalchilikka yo‘liqqanligi bilan bog‘liq bo‘lgan holda uy mulki uchun sug‘urta summasining yillik 0,25 dan 2,0 foiz chegarasida. Sug‘urta tarifi sug‘urta shartnomasining ayrim shartlari, tavakkalchilik darajasi, sug‘urtalash muddati bilan bog‘liq bo‘lgan holda ko‘tarilishi yoki pasayishi mumkin.
    Jismoniy shaxslar mulki sug‘urtasida quyidagi hollarda sug‘urta shartnomasi tugatiladi:
    - har ikkala tomon xohlagan vaqtda sug‘urta shartnomasini bekor qilish xuquqiga ega, bunda mo‘ljallangan bekor qilish muddatidan 30 kun oldin ikkinchi tomon so‘nggi manzili bo‘yicha, yozma ravishda ogohlantirilishi lozim.
    Sug‘urta shartnomasi quyidagi holatlarda to‘xtatiladi:

    • amal qilish muddati tugaganda;

    • shartnoma bo‘yicha sug‘urtalovchi o‘z majburiyatlarini to‘liq bajargan bo‘lsa;

    • bir tomonning talabiga binoan shartnomaning bekor qilinishi;

    • sug‘urtalovchi sug‘urtalash qoidalariga amal qilinmaganda sug‘urtalanuvchining talabiga binoan bekor qilinishi;

    • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda yuridik shaxsni - sug‘urtalanuvchini yoki sug‘urtalovchini faoliyatini to‘xtatish;

    • Sug‘urtalanuvchining o‘limi (jismoniy shaxs), agar uchinchi shaxs sug‘urtalanuvchining majburiyatlarini o‘z bo‘yniga olmasa;

    • sud qaroriga binoan sug‘urta shartnomasini bekor qilinishi;

    • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa holatlarda.

    Sug‘urta shartnomasi amal qilish muddati tugagunga qadar to‘xtatiladi, agar u kuchga kirgandan so‘ng sug‘urta xodisasidan tashqari, boshqa ba’zi sabablarga ko‘ra sug‘urta tavakkalchiligi yoki sug‘urta xodisasi sodir bo‘lishi ehtimolining yo‘qolishi, jumladan: sug‘urta hodisasidan tashqari sug‘urtalangan mulkning yo‘q bo‘lishi. Bunda sug‘urtalovchi shartnoma amal qilgan muddatga mutanosib ravishda sug‘urta mukofotining bir qismini ushlab qolishga haqlidir.
    Sug‘urtalanuvchi (manfaatdor shaxs) tomonidan muddatidan avval sug‘urta shartnomasi tugatilganda sug‘urtalovchiga to‘langan sug‘urta mukofoti qaytarilmaydi, agar sharnomada boshqa holat belgilanmagan bo‘lsa.
    Agar sug‘urtalanuvchining yolg‘on ma’lumotlari asosida sug‘urta shartnomasidagi sug‘urta summasining oshirilgani aniqlansa, sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasini bekor qilishni va ko‘rgan zararlarini qoplash maqsadida sug‘urtalanuvchi tomonidan to‘langan sug‘urta mukofoti miqdoridan ko‘proq miqdorda to‘lov talab qilish xuquqiga ega. Agar sug‘urta shartnomasi tuzilganidan so‘ng sug‘urtalovchiga sug‘urtalanuvchi tomonidan shart-sharoitlar haqida ataylab yolg‘on ma’lumotlar berilgan bo‘lsa sug‘urtalovchi shartnomani bekor qilinishini talab qilish xuquqiga ega.
    Jismoniy shaxslar mulki sug‘urtasida fuqarolar quyidagi huquq va majburiyatlarga egadirlar:
    - sug‘urta muddati davomida sug‘urta masalalari bo‘yicha sug‘urtalovchidan maslahatlar olishga.

    Download 25,02 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   136




    Download 25,02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug’urtalash

    Download 25,02 Mb.